Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 056 (Legalists bring an adulteress to Jesus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)

d) Iso dunyoning nuri (Yuhanno 8:12-29)


YUHANNO 8:21-22
21 Iso ularga yana dedi:-Men ketyapman. Siz Meni qidirasi-u, gunohkor bo'lib o'lasizlar. Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar. 22 -Nahotki U O'zini O'zi o'ldiradi? "Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar", deb aytyapdi-ku, -deyishdi o'zaro yahudiylar.

Iso ma'bad hizmatkorlari tomonidan hamma tomondan orab turilganini bilar edi. U kelajak haqida chuqur ma'noli noaniq atamalarda gap yuritdi, "Mening o'lim soatim yaqindir. Men dunyoni tark etaman va sizlar Meni boshqa ta'qib qila olmaysizlar. Sizlar o'zlaringizning rejalaringizga ko'ra Mening qotillarim emassizlar. Men O'zimning ketish vaqt-soatimga qaror qilaman."

"Lekin Men toshlardan o'tib, berkitilgan qabrdan turaman. Sizlar Meni qidirasizlar, lekin topa olmaysizlar. Men Otamning oldiga ketaman va siz u haqida habardor bo'lmaysizlar. Siz Xudoning Qo'zisi bo'lgan Meni rad etdingizlar, va insonzodni Qutqaruvchisi bo'lgan Menga ishonmadingiz. Sizlar gunohkor tanangizda halok bo'lasizlar." Iso shunday demadi, "Siz gunohlaringizdan o'lasizlar." Bizning har-hil ijtimoiy gunohlarimiz bizning asl ayibdorligimizni tashkil etmaydi, balki u Xudo bilan bizning munosabatimizdir, va bizning ishonmasligimiz bu bizning gunohimizdir.

Yahudiylar Isoning oxirgi jo'nab ketishi haqida gappiryotganligini sezdilar, lekin U Otasining oldiga qaytib borishi haqidagi guvohligini tushunmadilar. Lekin ular Farziylar va ruhoniylar bilan zidma-zidligida Uning faoliyatining chegaralarida qaytib kelganligiga tahmin qildilar. Iso uchun hech narsa qolmagan edi ammo Uning joniga qasd qilish qolgan edi. Do'zax yoki jahannam joniga qasd qilishdek Uni yutib tashlarmikan? Yahudiylar solihliklari tufayli bu qismatni bo'lishmasliklarini o'ylashdi va fikr yuritdilar. Lekin Eramizdan 70 yildan keyin Rim Quddusni o'rab olganda minglab Yahudiylar ochlikdan va noumidlikdan jonlariga qasd qilishgan.

YUHANNO 8:23-24
23 Iso ularga shunday dedi:-Sizlar pastdansiz, Men esa yuqoridanman. Sizlar bu olamdan, Men esa bu olamdan emasman. 24 Siz gunohkor bo'lib o'lasizlar, deb aytdim-ku sizlarga. Ha, agar O'sha Men ekanligimga ishonmasangizlar, gunohkor bo'lib o'lasizlar.

Iso yovuz dunyomizning ustida Xudoning haqiyqiy olami borligini e'lon qildi. Biz hammamiz yomon fikrlarga to'la bo'lgan loyning quyidanmiz. Yovuzlikning urug'i chirik mevani olib keladi. Tabiatdan bo'lgan inson Xudoning olamini tushuna olmaydi, lekin Uning borligini hira sezishadi.

Masih bizning dunyomizdan emas; Uning yuragi Otadan chiqadi. U Otasining olamini yuqoriga joylashtirdi lekin giografik ma'nosida emas. Og'irlik pasayganda biz yuqoriroqqa boramiz, shunda Xudoga yaqinlashganimizda gunohning vahimasi ham yo'qoladi. Bizning dunyomiz biz undan qochib qutuaolmaydigan qamoqdir .Bizlar Xudoning sevgisiga bo'ysunishni rad etadigan atrof-fuhidimizning bolalarimiz. Bizning hayotimiz to'la gunohdir. Bunda Iso ko'plikda "gunohlar" dan foydalandi va holbuki ko'p gunohlar va hatolar bizning qarama – qarshiligimizdan chiqadi. Biz og'riqlar va dog'larga to'la mahovga o'xshaymiz. Qashshoq hanuz tirik bo'lsa ham sekin o'lganidek shunga oxshaymiz. Gunoh insonni barbod qilishga o'xshagan. Bizlar halok bo'lamiz chunki biz gunoh qilganmiz. Gunoh nima degani? U ishonchsizlikdir, chunki kimki Masihga bog'lansa abadiy yashaydi- Xudoning O'g'lini qoni gunohdan bizlarni tozalaydi. Uning kuchi qalblarimizni tozalaydi va fikrlarimizni poklaydi. Lekin kimda kim Masihdan ajralsa, gunoh tanasida qolib, hukmni kutib, o'limni tanlaydi. Faqat Masihdagi imon bizlarni Xudoning g'azabidan ozod qiladi.

O'zining shaxsida imonni talab qiladigan Iso kim? U yana O'zini "U Menman" deb tariflaydi ( Yuhanno 6:20 va 8:24). Mana shunda Iso O'zi haqida hamma buyuk guvohliklarga hulosa chiqaradi. U O'zini haqiyqat Xudosi, Tirik Xudo va huddi "Menman"(Chiqish 3:14;Ishaya 43:1-12) dagi iboralar bilan butada Musoga O'zini ochgan Muqaddas Rabbiy deb nomladi. Boshqa hech kimda najot yo'qdir. Har bir Yahudiy bu ikkita iboralarni bilar edi. lekin behuda Xudoning nomidan foydalanishdan qochib ularni talafuz etishga jur'at etmadilar. Lekin Iso umumiy O'zini ular orqali nomladi. U faqat Xudoning O'g'li Masih emas, balki haqiyqatdagi Xudo hamdir.

U xushxabarning namunasidir. Masih tanadagi Xudodir. Kimki Unga ishonsa, yashaydi. Lekin Uni rad etgan va Uning huquqiga e'tiroz bildirgan kishi kechirimdan o'zini maxrum qiladi. Imon yoki ishonchsizlik insonning taqdirini hal qiladi.

SAVOL:

  1. "U Menman" deb O'zini nomlagan Zoddagi imonni ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)