Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 006 (The Baptist prepares the way of Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

2. Yahyo Masihning yo'lini tayyorlaydi (Yuhanno 1:6-13)


YUHANNO 1: 9-10
9 Dunyoga kelayotgan hamma odamzotni yorituvchi haqiyqiy nur bor edi. 10 Kalom dunyoda bor edi, Dunyo U orqali bor bo’lgan edi, Biroq dunyo Uni tanimadi.

Masih dunyodagi haqiyqiy nurdir. Muqaddas Ruh Uning kelishini payg’ambarlar orqali, yuz yillar oldin oldindan aytgan. Eski Ahd kitobi bizning dunyomizga keladigan Masih haqidagi ma'lumotlar bilan to’la. Payg’ambar Ishaya shunday degan, "Qara zulmat dunyoni qoplaydi va ulkan qorong’ulik insonlarni qoplaydi; lekin Xudo sening ustingdan ko’tariladi va Uning shon-shuhratini senda ko’rinadi" (Ishaya 60:2).

Oyatimizda "dunyo" so’zi to’rt marta qaytarilgan. Chunki Havoriy Yuhannoning bu so’zining ma’nosi, zulmatning ma’nosiga qaratilgan, u yozishi bo’yicha bilamizki, bizlar Xudodanmiz, "butun dunyo yovuz shaytonning hukmidadir" (1Yuhanno 5:19).

Azalda dunyo yovuzlashmagan edi, chunki Xudo uni yaxshi qilib yaratgan. Olam Uning chiroyi va sharofati bilan to’la bo'lgan. "Xudo butun yaratganlariga qarab, hammasining juda yaxshi ekanligini ko’rdi (Ibtido 1:31)". Xudo insonzodni O’z suratiga o’xshab yaratdi va oynadek Yaratguvchining nurini aks ettirgan insonzodning ota-onasiga Xudoning shon-shuhrati imtiyoz qilib berildi.

Lekin mag’rurlik tufayli hamma narsa yovuzlikka va beboshlikka aylandi. Ular yuraklarida Xudoni unitdilar chunki ular o’zlarini zulmat ruhiga ochib berdilar. Xudodan uzoqlashib, hardoim qabih ish qiladi, Dovud, Zabur 14:1 da tan olganidek, "Axmoq o’z ko’nglida: ’Xudo yo’q‘,-deydi. Bundaylar buzilib, razolat botqog’iga botar. Yaxshilik qiladigan kech kimsa yo’q.

Xolbuki havoriy Yuhanno qorong’ulik g’arq bo’lib quyosh asta-sekin ko’tarilishiga o’xshab, bu yovuz dunyoga Iso Masih kelishi haqida shohidlik qilgan. Masihning nuri chaqmoq chaqishiga o’xshab bizning dunyomizga kirib kelmadi. Lekin U muloyimlik bilan va hamma insonlarni ruhlantirib kirib keldi. Rabbiy hukm qiluvchidek va jallotdek kelmadi. Lekin U Qutqaruvchi va Najatkor sifatida keldi. Hamma odamlar Masih orqali solihlikka erishishi kerak. Solihliksiz ular zulmatda qoladilar. Masih haqiyqiy solihlikka erishtiruvchidir, boshqa hech kim shunday emas. Kimki Xushxabar orqali Uning solihligini qabul qilsa, uning xulq-atvori o’zgaradi va yaxshi inson boladi, boshqalarni solihlikka etaklay oladi.

"Yaratguvchi O’zining dunyosiga keldi" so’zning ma’nosiga tushundingizmi? Xo’jayin o’zinikilar oldiga kirdi va shoh o’zining odamlariga yaqinlashdi. Kim uyg’onib Uning kelishi uchun tayorgarlik ko’radi? Kim U kelishi haqidagi haqiqatni, Uning qonunini va Uning maqsadini o’rganadi? O’z dunyosini va murod-maqsadini qoldirib, Xudoga yaqinlashib keladigan vaUni qabul qiladigan kim? Xudoda keladigan, aniq vaqt-soatini va bu inqilobni sezadigan kim?

Shunday qilib, Rabbiy gunohkorlar orasida kutilmaganda sodir bo’ldi. U sezilmasda kichik bo'lib va jimjitlik bilan keldi. U buyukligi bilan, kuchi bilan va shon –shuhrati bilan dunyoni buyuk bilimga ega qilishni xohlamadi. Balki U O’zining kamtarligini, sevgisini va haqiqatini oshkor qildi. Yaratilishning boshidan beri, mag’rurlik insoniyatni qulashiga sababchi bo’lib keladi. Shunda Qudratli Xudo O’zining kamtarligi bilan namoyon bo’ldi. Xatto Shayton Xudodek kuchli, ulug’vor, va dono bo’lishni xohladi. Lekin Masih, jirkanchli oxurda yotib kuchsiz chaqaloqdek namoyon bo’ldi. U O’zining kamtarligi bilan, muloyimligi bilan va itoatkorligi bilan g'alaba qozonib chiqdi. U hammani ko’tarish uchun va saqlash uchun Osmondan pastga tushib inson qiyofasida bo’ldi.

Eshiting, ey siz hammalaringiz! Bu yaxshi xabardan keyin, biz dunyo nurni bilmagan va uni cezmagan degan vahimali so’zni o’qiymiz. Dunyo, Xudoning O’g’li unga yaqinlashgani va uning orasida bo’lganini payqamadi. Odamlar faylasuf bo’lishlariga qaramasdan, ilmli bo’lishlariga qaramasdan va dunyoviy ulug’ istedodli bo’lishlariga qaramasdan, ular ko’rligicha va ahmoqligicha qoldilar. Ular Xudoning O’zi ularning yonlarida turganini payqamadilar. Ular o’zlarini Yaratguvchilarini bilmadilar va hukmlovchi Qutqaruvchini qabul qilmadilar.

Biz bu azob beradigan haqiqatdan, Xudoning shohligida muhim qoidaga xulosa chiqarishimiz mumkin. Biz Xudoning miyyamiz bilan va insoniylik saloxiyatimiz bilan tushuna olmaymiz. Masihning sevgisi haqidagi hamma bilimlar haqiyqiy inoyat va Xudoning sevgisidir. Chunki bu bizni Xushxabar orqali chorlagan Muqaddas Ruhdir, O’zining sovg’alari bilan bizni ruhlantiradi va xaqiyqiy imonida saqlaydi. Shuningdek biz tavba qilishimiz kerak va miyyamizning aqliga yoki qalbimizning his-tuyg'usiga qarab qolmasligimiz kerak. Gul quyoshning nuriga ochilganidek hammamiz haqiyqiy nur tomon o’zimizni ochishimiz kerak. Shu yo’l bilan Masihdagi imon haqiyqiy bilimni yaratadi. Bu boshlanayotgan imon bizdan emas balki bu Unga bo’ysunayotganlarning hammasida Xudoning Ruhi ishlayapdi.

IBODAT: Rabbiy Masih, dunyoga kelganing uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sen hukm qilish uchun va qasos olish uchun kelmading balki insonlarga najod ulashish va ularga yordam berish uchun bu dunyoga kelding. Lekin biz ko’r va ahmoqmiz. Bizning betamiz qiliqlarimizni kechir va bizga bo’ysunuvchan yurak baxsh et. Ko’zlarimizni och va biz ko’ra olaylik, muloyim nur tomon qalblarimizni och va Muqaddas Ruhingni kuchida yashay olaylik.

SAVOL:

  1. Masihning nuri va Qorong’u dunyo o’rtasidagi munosabat qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)