Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 005 (The Baptist prepares the way of Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

2. Yahyo Masihning yo'lini tayyorlaydi (Yuhanno 1:6-13)


YUHANNO 1:6-8
6 Xudo tomonidan yuborilgan bir odam bor edi, uning ismi Yahyo edi. 7 U shohidlik qilgani, nur haqida shohidlik qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin. 8 Uning o’zi nur emas edi, u faqat nur haqida shahodat berishga yuborilgan edi.

Xudo qorong’u dunyoga insonlarni ilohiy nurga chorlash uchun suvga Cho’mdiruvchi Yahudoni yobordi. Ko’p gunohlar qorong’uda yashiringanligini hamma biladi. Lekin kimdir Xudoning oldida ayibdorligini tan oladi, tavba-tazarru qiladi va singan yuraklar nurga keladi. Sizchi? Nurga keldingizmi yoki hali ham qorong’ulikda yashirinib yuribsizmi?

Suvga cho’mdiruvchi odamlarga ularning yuraklarini tushuntirib berdi. Xudoning qonuniga munosabatda, hamma qabihdir. Ular tavba qilishlari kerak va tubdan o’zgarishlari kerak shunda Xudoning hukm kunida halok bo’lmaydilar. Suvga cho’mdiruvchuning chaqirig’iga tumonat odam keldilar va cho’lda odamlar gunohlari uchun tavba qilishga shoshildilar. Ular gunohlarini ochiq tan oldilar va ziqnaliklarini tashlab yangi hayotga kelib gunohlaridan poklanishni ramzi sifatida O'rdun daryosida suvga cho’mishlarini so’radilar.

Xudo suvga Cho’mdiruvchi Yahyoni tanladi. Xudo uni ruhlantirib, insonlar o’zlariga kelishi va fikrlarini o’zgartirib, Masihga kelishiga tayorgarlik ko’rishlari uchun, insonlarning oldiga borish uchun Yahyoga topshiriq berdi. Eski Ahd davridagi odamlar Xudoning nomidan keladigan Zod haqida ko’proq bilar edilar. Ishaya payg’ambar shunday aygan, "Zulmatda yurgan odamlar ulug’ bir nurni ko’rdilar; o’lim soyasining erida yashaganlarning ustiga nur porladi" (Ishayo 9:2). U yana Xudo nomidan shunday dedi. "Qo’zg’al, porla; chunki sening nuring keldi! Va Tangrining shuhrati senga tushdi ( Ishayo 60:1)". Suvga cho’mdiruvchi faqat Eski Ahd davridagi odamlar uchun zulmatga nur kelgan deb o’ylamagan, balki U har bitta inson uchun kelgan. Suvga cho’mdiruvchining Xushxabari butun dunyoga marhamat olib keldi, shunda Osiyo Minordan va Mediteranean dengizi atrofidagi turli –xil dindagi insonlar uning o’limidan keyin bir necha yillardan beri unga ergashib kelishdi.

Uning men nur emasman deyishiga qaramasdan minglab odamlar uning orqasidan ergashdilar, lekin uning oldiga jarchi jo’natdilar. U insonlarga o’zini ko’rsatmadi, lekin ularni Masih tamon boshladi. Bu Xudoning haqiyqiy Xushxabarchilarining aniq belgisi, ular o’zlarining izdoshlarini o’zlariga bo’g’lab qo’ymaydilar balki yagona Masihga bog’laydilar.

Yuhannoning xizmatining maqsadi tavba qilish yoki suvga cho’mish emas edi biroq Masihga ishonish edi. U insonlar o’zini Masih deb e’lon qiladi deb umid qilishganini u bilar edi. Lekin u vasvasaga tushmasdan Tangrini yo’lini tayorladi. U odamlarni Muqaddas Ruhga cho’mdiradigan Masih kelishini bilar edi. U yana inson gunohlari uchun suvga cho’mib, ruhan tavba qilsa ham umuman yetarli emasligini bilar edi. Lekin, u ichki borlig’imizni tubdan yangilashimiz kerakligini bilgan. Xudo Eski Ahdagi ba’zi payg’ambarlarga yuraklarni o’zgartirish hokimyatini bermaganiga o’xshab unga ham bu hokimyatni bermagan. Bu imtiyoz Uning nuriga yuraklarini ochganlarida va Uning ismiga ishonganlarida O’zining hokimyati bilan insonlarni qaytadan yangilay oladigan hayot berish va yaratadigan aniq Nur uchun berilgan. Shu yo’l bilan Yuhanno tumonat odamlarni imonni bilish, yangi asirga ularni olib kelishiga va Masihga ishonishga ularni boshqardi.

Apollos suvga cho'mdiruvchi Yahyoning pand-nasihadlariga ergashadigan va tirishqoq faylasuf va otashin insin bo’lgan. U Yangi Ahdning nuri haqida aniq tajribaga ega bo’lmasdan Masih uchun ta’sirchan voizlik aytgan. Lekin u Masihga o’zini topshirganda, shu paytda uning yuragiga nur kirgan, va Tangrining soyasida nur bo’lib qorong’ulikdagi yoritqich bo’lgan. U ko'plarni ruhlantirgan (Havoriylar 18:24-28)

IBODAT: Ey Tangri Masih, biz Seni ulug’laymiz va Senga rahmatlar aytamiz chunki Sen dunyoning nurisan va qashshoq va bechoralarning umidisan. Sen zulmatda bizning yuraklarimizga dalda berding, gunohlarimizni fosh qilding va gunohlarimizni keshirding. Biz minnatdormiz chunki Sen bizlarni nurning farzandlari qilding va abadiy hayotga ega qilding. Biz do’stlarimiz va qarindoshlarimiz haqiyqiy tavbaga ega bo’lishlarini va Sening ulug’vor nuringa imon orqali ega bolishlarini va Sening nuring ularga etib kelishini so’raymiz .

SAVOL:

  1. Yahyo cho’mdiruvchining xizmatidagi asosiy maqsadlari nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)