Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 007 (The Baptist prepares the way of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- Hausa? -- Hindi -- Indonesian -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

2. Yahyo Masihning yo'lini tayyorlaydi (Yuhanno 1:6-13)


YUHANNO 1:11-13
11 O’zinikilarning yoniga keldi U, Lekin O’zinikilar Uni qabul qilmadi. 12 Uni qabul qilganlarga esa, Barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo’lish iqtidorini bardi. 13 Ular na qondan, Na tana xohishidan, na er xohishidan, balki Xudodan tug’ildilar.

Eski Ahd davridagi insonlar Xudoga tegishli edilar, chunki Xudo Ularni poklagandan keyin bu gunohkorlarga ahdu-paymoni orqali O’zini bo’g’ladi. U yuz yillar davomida ularni boshqardi. U ularni yuraklarini qonun omochi bilan haydadi, va Xushxabarni sepish uchun ularni tayyorladi. Shunday qilib Ibrohim avlodlarining tarixi Masihning kelishi tomon qaratilgan. Uning paydo bo’lishi Eski Ahdning ma’nisi va maqsadi edi.

Bu g’alati fakt shu ediki, Iso Masihni qabul qilishga tanlanganlar Uni rad etdilar va Uning nurini qabul qilmadilar. Ular hukm tomon shoshilib qonun zulmatida yashashni afzal ko’rdilar. Shunday qilib ular to’la inoyatni qoldirdirib Masihdagi najotga qaraganda ko’proq ishlarini sevdilar. Ular tavba qilmadilar va haqiqat ruhiga qarshi yuraklarini tosh qildilar.

Faqat Eski Ahd davridagi insonlar Xudoning mulki emas edilar, balki hamma insoniyat ham Uning mulkidir, chunki Parvardigor toshlarni, o’simliklarni, hayvonlarni va hatto hamma insonlarni yaratgan. Shu sababdan Eski Ahd davridagi odamlardek dunyodagi insonlar bir hil javobgarlikni olib yuradilar. Bizning Yaratguvchimiz va Egamiz bizning uyimizga va yuragimizga kirishni xohlaydi, kim Uni Qabul qiladi? Siz Xudoga tegishlisiz. Kim Xudoning ihtiyoriga o’zini topshiradi? Afsuski xalqlarning ko’pchiligi Masihning nuriga yuraklarini ochish uchun tayyor emaslar. Ular o’zlarini zulmat botqog’laridan Isoning nuri ozod qilishini xohlamaydilar. Bizning asrimizda shu yo’l bilan yana bir bor Xudoning O’g’lini rad etadilar.

Ibrohimning yoki insonzodning avlodlaridan kimdir Masihga yuragini ochsa va Oliyjanob Qutqaruvchining qo’llariga o’zini topshirsa, shu inson ulkan mo’jizaga ega bo’ladi. Chunki samoviy nur uni ilohiy nur bilan ruhlantirib, uning yuragida turgan qorong’ulikni engib chiqadi. Xudoning kuchi ham uning yuragiga kiradi va ichki borlig’ini yangilaydi. Masih gunoh qulligidan sizni ozod qiladi. U sizni Xudoning bolalarining erkinligiga o’tqazadi. Agar siz Masihni sevsangiz Muqaddas ruh sizda yashaydi va sizning hayotingdagi najod ishini boshlaydi.

Hozir havoriy Yuhanno biz Xudoning bolalari bo’ldik yoki Xudoning bolalari bo’lamiz deb aytmayapdi, lekin biz ruhiy o’sish orqali Uning bolalari bo’lamiz. Biz bu so’zlar o'rtasida katta farqni topamiz, chunki Masihga ishonadigan inson yangi hayotga kiradi. Xuddi shu vaqtda u rivojlanish vaqtida bo’ladi va u ruhiy holatidagi kamolot tomon o’sadi. Xudoning kuchi bizni yangi ijotdek yaratib va muqaddaslab kamolotga etkazadi.

Biz faqat asrab olishinish orqali Xudoning farzandi bo’lmadik balki ruhiy tug’ilish orqali Uning farzandi bo’ldik. Masih ruhining sulolasi bizning yuragimizning vositasidir va biz Xudoning hokimyatiga to’la bo’lamiz. Bu ilohiy hokimyatni beruvchi imonlilarga faktni ko’rsatib, bu dunyodagi hech qanday kuch oxirgi vaqtlarda ilohiy ahloqqa to’la bo’lishlariga to’sqinlik qila olmaydi. Masih imonning muallifidir va uning komolotidir.

Xudoning bolalari va dunyoning bolalarani bir –biri bilan solishtirib bo’lmaydi. Biz ikta ota onalarning tabiy kelishuvlari orqali tug’ilganmiz. Balki ular birgalikda Ruhning boshqaruviga itoat qilib ibodat qilishgandir. Lekin ota-onamizdan bolgan ma’naviy, ruhiy va jismoniy meroslar Xudodan yangi tug’ilishimizga munosabat bo’la olmaydi. Chunki har-bir masihiy Xudodan to’g’ridan –to’g’ri tug’ilsa ruhiy yangilanish Xudodan keladi va muqaddas bo’lishdan boshlanadi. Chunki U haqiyqiy ruhiy Otadir.

Hech qanday bola o’zini tug’a olmaydi. U tug’iladi. Shunday qilib bizning ruhiy tug’ilishimiz aniq marhamatdir. Masih O’zining Xushxabar urug’ini bizning yuraklarimizga sepadi va ularni qabul qilib, saqlaydi. Undagi Xudoning abadiy hayoti o’sib boradi. Xudoning so’zlarini eshitgan va ularni yuraklarida saqlagan kishi saodatlidir.

Masihiy oilada tug’ilish yoki Masihiylar bilan jamoatda bo’lish bu Xudoning bolalari bo'lish degani emas, balki Masihning ismiga ishonish bu Xudoning bolalari bo’lish deganidir. Bu ishonchning ma’nosi, Unga yaqin kelish, Uning sifatlariga o’zini qo’shish, va Uning kuchida o’sib, muloyimliklarini tushunishdir. Bu o’sish, O'ziga o’xshatib bizni o’zgartirib va bizlarni saqlashiga ishonib, Uning qo’llariga o’zimizni topshirgunimizcha sodir bo’ladi. Masihga ishonish, U va bizning oramizdagi munosabatni va abadiy ahdni sezgan yurakdir. Ruhan tug’ilish faqat imon orqali bajariladi, va yangitdan tug’ilish ishonchga qaraganda ulug’roq emas yoki qiyinroq emas, va yangilanishga qaraganda oz ham emas, osson ham emas deb aytishimiz mumkin. Ular bir hildir.

Havoriy Yuhanno o’zining Xushxabarida bu joyga kelishidan oldin Iso Masihning nomini eslatib o’tmadi. Buning o’rniga ishonuvchilarning fikriga yaqin so’zlardan foydalanib, Uning shaxsiyatini tushuntirib berdi. Siz havoriy o’zining jamoatining oldiga qo’ygan Masihning sifatlarining oltita ma’nosiga tushundingizmi? Bu hislatlarning kuchiga yuragingizni ochdingizmi va ularga bo’yin egdingizmi? Shunday qilgan bo’lsangiz siz Xudoning haqiyqiy farzandi bo’lasiz!

IBODAT: Ey Iso Masih Tangrim, men Senga bosh egaman, Seni sevaman va Senga yuragimni ochaman. Mening gunohlarimga qaramasdan mening oldimga kel va mening adolatsiz gunohlarimdan meni tozala va Muqaddas Ruhing orqali mening qalbimdan joy ol. Ey Tangrim yuragim eshiklarini Senga keng ochdim.

SAVOL:

  1. Masihni qabul qilganlar bilan nima yuz beradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)