Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 061 (Christ exists before Abraham)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)

g) Masih Ibrohimdan oldin bor bo'lgan (Yuhanno 8:48-59)


YUHANNO 8:48-50
48 Bunga javoban yahudiylar:-Sen samariyaliksanu, Seni jin uribdi, deb xato qilmabmiz!-deyishdi. 49-Meni jin urgani yo'q, -dedi Iso.- Men faqat Otamni hurmat qilaman. Sizlar esa Meni badnom qilyapsizlar. 50 Men O'z shuhratimni izlamayman, Meni Ulug'lovchi va Hukmlovchi bor.

Iso Yahudiylarning haqiqatni mensimasliklari orqali, Shaytonning ruhi bilan ularning yolg'onlarini o'zlariga ko'rsatib, niqoblarini yirtib tashladi.

Bu hujumga ergashib, yovuz ruh ochiqlikka chiqib ketishi uchun majbur qilindi. Ular gunohlariga a'za tutish va tavba qilish o'rniga, Muqaddas Ruh orqali Isoning tug'ilishini rad etish orqali ular shakkoklik qilganliklarini tan olib, iblis bilan o'zlarini hamdo'stliklarini ko'rsatdilar. Ular Uni chachishgan qabiladan bo'lgan Samariyalik deb nomlashdi. Bu Samariyaning yuksalish yangiliklari Quddusga yetib bordi va Yahudiy irqchiliklari hafa bo'ldilar.

Bir qism Isoning Yahudiylik tag-tomiri haqida bilar edi, va U haqiqatdan Yahudiy ekanligiga qistashdi. Lekin ba'zilar Uni iblisning yordami bilan mo'jizalar ko'rsatyapdi deb turib oldi. Iblis ega bo'lgan narsa ularning haqiqiyy hol-ahvolidan behabar edi lekin ular Xudoning Muqaddas Biri iblis egaligi ekaniga da'vo qilishdi. Mana yolg'onlarning otasi, qoradek oq bilan munosabat qilish uchun va oqdek qora bilan munosabat qilish uchun ularning fikrlarini burib tashladi.

Bosiqlik bilan Iso ruhiy ko'r bo'lgan halqga javob berdi va shunday dedi, "Menda Shayton yo'q; Men Muqaddas Ruh bilan to'lganman. Hech qanday uchqun yovuzlik dunyoviy xohishlar uchun Meni eshitmaydi. Men haqiqat va sevgi bilin to'lib toshaman; Men O'zim uchun yashamayman; Men O'zimdan kechdim va Otamni ulug'layman; bu Mening ma'qul keladigan sajdamdir. Men Xudoning ismini sizlarga e'lon qilaman va hatti-harakatim orqali Otani ulug'layman. Ha, men sizlarga Xudoning haqiqatini ochib beraman, lekin sizlar Xudo Mening Otam deb e'lon qilganim uchun Mendan nafratlanasizlar. Sizdagi yovuz ruhda Xudoning Ruhi sizlarni qamrab olish uchun sizlarni tark etib ketishga hohish yo'q. Siz Muqaddas Xudoning bolalari bo'lishni hohlamaysizlar, shunda sizlar Menga shak keltirasizlar va Mening o'limimni hohlaysizlar. Men o'z ulug'ligimni qidirmayman, chunki Men Otada abadiy qolaman. U Meni qo'riqlaydi, Men uchun g'am chekadi, va Meni yuksaltirib ulug'laydi. Sizlar Meni rad qilganingiz uchun U sizni hukm qiladi. Kimki Ruhdan tug'ilgan Isoni rad etsa, Xudoning hukmiga duchor bo'ladi. Bu Najatkorni qabul qilishdan ularni aynitib, Uni rad etadiganlarning ustida turgan yovuz ruhdir."

YUHANNO 8:51-53
51 Sizlarga rostini aytayin: Kim Mening so'zimga roya qilsa, abadiy o'limga yuz tutmaydi. 52-Endi biz bilamiz, Seni jin uribdi,-deyishdi yahudiylar Unga. -Ibrohim va payg'ambarlar bari o'lib ketgan, Sen esa: "Kim Mening so'zimga roya qilsa, abadiy o'limga yuz tutmaydi", deyapsan-a?! 53 Nahotki Sen vafot etgan otamiz Ibrohimdan ham katta bo'lsang ?Payg'ambarlarning hammasi ham o'lib ketishgan. Sen O'zingni kim deb hisoblaysan?

Iso O'zining Xushxabarining hulosasini beradi va shunday deb aytadi,-Uning so'zlarini eshitgan, ularni qabul qilgan va yuraklarida ularni saqlagan har bir kishi, bu so'zlar ularning hayotlarida kuchli bo'ladi. Ular abadiy hayotni qabul qilishadi va hech qachon halok bo'lishmaydi. Ular uchun o'lim, ularning savob ishlari uchun emas, balki Masihning so'zlari ularda qolgani uchun, Otalari Xudoga darvoza bo'ladi. Bu Xudoning Shohligining asosini tushundingmi? Masihning so'zlarini yuraklarida saqlamagan har bir odam gunohga va Shaytonning hokimyatiga qulaydi. Xushxabarni va Uning so'zini saqlaganlar abadiy yashaydi.

Yahudiylar jahl bilan ko'tarilishdi va shunday deb baqirishdi, "Sen Iblissan, Sen yolg'on gapiryapsan. Hamma imon qaxramonlari o'lgan. Qanday qilib Senga ishonganlarga Sening so'zlaring abadiy hayot taqdim etadi deb ayta olasan? Sen o'lim orqali tugamagan hayotni berganing uchun Yaratguvchidan ham yaxshiroqmisan? Sen Ibrohim, Muso va Dovuddan ham buyukrog'misan? Sen O'zingni O'zing ulug'lading."

YUHANNO 8:54-55
54 Iso javob berdi: Agar Men O'zimni O'zim ulug'lasam, Mening ulug'ligim puchdir. Otamning O'zi Meni ulug'laydi. Sizlar uni Xudoyimiz deysizlar, 55 ammo aslida Uni taniganingiz yo'q. Men esa Uni tanib bilaman va Uning kalomiga roya qilaman.

Bosiqlik bilan Iso javob berdi, va O'zining mohiyatini buyuk tafsilotda ochib berdi. U O'zi uchun shun-shuxratni qidirmaydigan Masihdir. U doim tabiat orqali ulug'vordir. Xudo O'g'ilda Otadekdir, Xudo O'g'lining ulug'ligiga kafolot beradi, U orqali Xudoning Otaligi aniqlandi. Ha, bu Yahudiylar Jabbor Xudoni o'zlarini Xudolari deb aytishgan, lekin ular Uni haqiqatdan ham bilishmagan. Ularning otalari "Xudoning ismi" ostida o'zini yashirib, bu ismdan yolg'oncha foydalangan shayton edi. Ular xudojoylikni bahona qilishgan, lekin ularda sevgi Ruhi yo'q edi. Kimki Xudoni bilasa, uni sevadigan Xudodek sevadi. Bu sabab uchun ba'zi din "Xudo" ismini oddiy saqlash yetarli deb da'vo qiladi, va hayotning bu yo'lini ishonchliligini isbot qilmaydi; bu butun imon xato bo'lishi mumkin. Xudo Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhdir. Boshlang'ich fikrlarga qaraganda boshqa dinlar og'zi bo'lgan Ilohiy mohiyatning hamma nomlari va hususiyatlari hech narsa emas. Xudoning haqiqati Uch Birlikning birligida yotadi. Shunday qilib Iso Yahudiylarni koyidi va shunday deb aytadi, "Siz Uni bilmaysiz. Sizlarning hayotingiz va fikrlaringiz yolg'onlarga ko'radir. Sizlar haqiqat uchun ko'zlaringiz ko'rdir. "Shunda, Iso Barhayotni bilishligiga turib oldi. Agar bu shunday bo'lmaganida edi, Uning Otalikga bo'lgan shahodati yolg'on bo'lgan bo'lar edi. Lekin Iso Yahudiylarga Xudoning haqiqiy tasavvurini e'lon qildi.

YUHANNO 8:56-59
56 Otangiz Ibrohim Mening kunimni ko'rishini bilib, shod-xurram bo'lgan edi. Endi ko'rib xurram bo'ldi. 57-Sen hali ellik yoshga to'lganing yo'g'u, Ibrohimni ham ko'ribsan-a?! -deyishdi yahudiylar Unga. 58 Iso ularga:-Sizlarga rostini aytay: Ibrohim vujudga kelmasdan oldin Men bor edim,-dedi. 59 Shunda Isoga otish uchun tosh oldilar. Lekin Iso ulardan chekinib, ma'baddan tashqariga chiqdi. [Halqning o'rtasidan yorib o'tib, uzoqlashib ketdi.]

Iso Yahudiylarga ular haqiqiy Xudoni bilmasliklarini aytgandan keyin va ularning xudojo'yliklaridagi majburiy boshqarish bu Shayton ekanligini aytdi, va Iso O'zining abadiyligini ochib berish orqali ular uchun Uni rad etishlarini yoki qabul qilishlarini aytib tugatdi. U imon asoschisi Ibrohimdan bo'lgan misol orqali O'zining Xudoligini ham ochib berdi. Bu bilan Iso, Ibrohim Xudo bilan yashaganligini va Masihni ko'rishdan hursand bo'lganligini bizlarga habar qiladi; chunki bu orqali Ibrohimga qilingan va'da bajarilgan edi, va uning nasl-nasabi avloddan avlodga barakali bo'lib boradi.

Shunda Yahudiylar gangirab qolishdi, va shunday deyishdi, "Sen yosh kishi bo'lsang, ikki yil oldin yashagan Ibrohimni ko'rganman deysan-a?Sening miyyang kasal bo'lsa kerak."

Iso shahona gap bilan javob berdi, "Ibrohimdan oldin Men bor edim." U, "sizlarga rostini aytay, "deb qo'shib qo'yib, ular uchun O'zining Otasidek, Xudo abadiy ekanligini tushunishlari uchun ularga bu da'voni berdi. Bu bilan Yahyo Cho'mdiruvchi Masihning abadiyligini e'lon qildi. Olomon bu haqiqatni qolib ketishdi, yoki bu Kishi abadiy Xudo bo'la olishiga ishonishmadi.

Ular Isoning shahodatini imkonsizdek, Xudoga hujum va kufrdek muomala qildilar; ular uncha ko'p rasmiy hukm uchun kutmadilar, lekin Isonga otish uchun tosh oldilar. Ular Uni toshbo'ron qilmoqchi bo'lganlarida, Iso ularning oralaridan g'oyib bo'ldi. Biz qanday bo'lganini bilmaymiz. Uning vaqt-soati hali kelmagan edi. Iso ma'bad darvozasi orqali jo'nab ketdi.

IBODAT: Iso Tangrim, biz Seni ulug'laymiz; Sen abadiy, sodiq va haqiqat, sevgiga to'la bo'lgan Xudosan. Sen O'zing uchun shon-shuxratni izlamaysan, lekin Sen Otani O'zini ulug'laysan. Bizlarni hamma mag'rurlikdan qutqar, shunda biz Shaytonning gonohiga qulamaymiz. Bizlarga osmondagi Otamiz nomini doim ulug'lashimiz uchun va Senda imon orqali abadiy hayotni qabul qilishimiz uchun bizlarga yordam ber.

SAVOL:

  1. Nima uchun Yahudiylar Isoni tosh bo'ron qilishni xohlashdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)