Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 010 (The fullness of God in Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

3. Oyatda Xudoning kamoloti paydo bo'ladi (Yuhanno 1:14-18)


YUHANNO 1:17-18
17 Tavrot qonuni Muso orqali berilgan edi, ilohiy marhamat va haqiqat esa Iso Masih orqali zohir bo’lgan. 18 Hech kim hech qachon Xudoni ko’rgan emas; Otasining bag’rida bo’lgan yagona O’g’il O’zi Uni izhor qildi.

Inoyat orqali bo'lgan solihlik va Qonun orqali bo'lgan solihlik o'rtasidagi farqga, Eski Ahd va Yangi Ahd o'rtasidagi farq tashkil qiloladi. Xudo Musoga o’nta qonunlarni berdi qurbonliklar qoniga ta'luqli Qonun va hayotga tartib olib keluvchi qonun to’g’risidagi o’nta qonunlarni berdi. U bu pand-nasihatlarni saqlab hayotni qadirladi. lekin kim ularning biriga qarshi bo’lsa o’limga munosibdir. Shunday qilib Qonun o’limga hukm chiqarar edi, chunki hech kim komil emas. Eng o'zlarini baland tutadigan odamlar tavba qilish orqali sindirildilar va Qonunning hamma qoydasini saqlab uni bajarish mumkin emasligi ochildi. Yuzaki odamlar o’zlarini yaxshi insonlardek hisobladilar go’yo ularning hayotlari Xudoga yoqqandek. Bu ularni faqat o'zlarini o'ylashga va aqidaparast qonuniga boshqardi. Ular sevgini unutishdi va o'zlarini manfatlarini o'ylaydigan solihliklari bilan maqtanishdi. Albatta, Qonun juda muqaddas chunki u Xudoning muqaddasligini aks etadi. Lekin uning oldida hamma qabihdir. Shunday qilib Qonun bizni horlikga va o’limga boshlaydi.

O'limni hidi kelib turadigan bu havoda, havoriy Yuhanno Iso Masihni Xudoning qahridan Saqlovchi va horlikdan Qutqaruvchidek Xushxabarida birinchi marta eslatib o’tadi. Nazariyalik Iso Muqaddas Ruhning komoloti bilan Masih moylangan deb va'da bergan. U shohlar Shohi, Xudoning so’zi, va buyuk Oliyruhoniydir. U butun najot va umidning yig’indisidir.

Masih bizga yangi tizimdagi qonun bilan kelmadi balki U Qonun lanatidan ozod qilish uchun keldi. U O’zining ajoyib sevgisi bilan bizdagi o’zgarmas qonun talablarni bajardi. U dunyoga qarshi bizning gunohlarimizni va hukmni oldi va Xudo bilan bizni yarashtirdi. Xudo bizning gunohlarimiz uchun bizning dushmanimiz emas, biroq Tangrimiz Iso Masih orqali biz Xudo bilan tinchlikga ega bo’ldik. Iso samoviy Otasining oldiga ko’tarildi va bizning ustimizga Muqaddas Ruhini yog’dirdi. U toza his tuyg’ularimizni, haqiqatni va sharafli fikrlarimizni sezib yuragimizga Qonunni muhrladi. Biz endi qonun ostida yashamaymiz balki U bizda yashaydi. Shunday qilib Xudo bizga Uning sevgisini talablarini bajarish kuchini berdi.

Masihning kelishi bilan inoyat asri boshlandi va biz unda yashaymiz. Xudo bizdan hayr-ehson, xizmatlar va o’zimizning solihligimizga suyanib qurbonlik keltirishimizni so’ramaydi, biroq U bizga O’z O’g’lini in’om qilish uchun ilohiy solihlikni jo’natdi. Kim Unga ishonsa oqlanadi. Bu tufayli biz Uni sevamiz va rahmat aytamiz va bizni muqaddas qilgani uchun Unga hayotimizni bag’ishlaymiz.

Masih bizni yetimlardek qoldirib ketmaydi balki bizlarda qoladi va bazlarga O’zining sovg’alarini yog’diradi. Biz gunohlarimiz kechirilishiga yoki Xudoning Ruhiga sherik bo'lishga munosib emasmiz. Va na Uning marhamatiga na boshqa sovg’aga munosib emasmiz. Hamma narsa Uning marhamatdir. Rostan biz hech narsaga munosib emasmiz biroq biz qahr-g’azabga va haroblikga munosibmiz. Lekin imon orqali Masih bilan bog’lana olamiz. Biroq inoyatini bizga taqdim qilgan Xudoning farzandlari bo’ldik. Siz gunohning qullari bilan inoyat bolalari o’rtasidagi farqni bilib oldingizmi?

Bu inoyat Muqaddas Xudoning yuragidagi oddiy his-tuyg’uni sezish emas. Balki u haqiqatga ko’ra sevgidir. Xudo kimni xohlasa shu insonni kechira olmaydi, chunki gunohkorning gunohi o'limini talab qiladi. Biroq, Masihning bizning o'rnimizga to'lov to'lashi, hamma solihlikni bajardi. Bu noyat biz uchun to'g'ri bo'ldi va Xudoning asil g'amho'rligi tugamaydi. Masihdagi inoyat bizning hayotimiz uchun Xudo bilan qonun asosidir.

Siz so'raysiz: Erkin harakat qilib, haligacha Uning adolatiga bo'g'langan, bu Xudo kim? Biz sizga javob beramiz: Ko'pgina dinlar jiddiylik va qiyinchilik bilan Xudoni tushunishga harakat qildilar. Lekin ular yerga o'rnatilgan va osmonga yetolmaydigan narvonga o'xshaydilar. Lekin Masih erga mahkamlangan osmondan tushib keladigan ilohiy narvonga o'xshaydi. U orqali Xudo bilan uchrashishimiz hech kimni noumidda qoldirmaydi.

Hech kim abadiy Yaratuvchini ko'rgan emas, chunki bizning gunohlarimiz Muqaddas Zotdan bizlarni ajiratib turadi. Xudo haqidagi hamma axborotlar noaniq fikr yuritishga qaraganda ko'proq emas. Lekin Masih Xudoning O'g'li, azaldan Xudo bilandir, va Uch Birlikning biridir. O'g'il, Ota kimligini bildi. Hamma Burungi vahiylar foydasizdir. Lekin Masih Xudoning to'la so'zi va haqiqatning yig'indisidir.

Masihning xabarining o'zagi nima?

U ibodatda Xudoga shunday tarizda yaniy "Osmondagi otamiz" debmurojat qilishni bizlarga o'rgatdi. Iso shu tarzda murojat qilish bilan U bizlarga Xudoning mazmun-mohiyatini, va Uning otasiligini e'lon qildi. Xudo odamlarga hukmini o'tkazadigan, g'alaba qozonuvchi yoki barbod qiladigan Xudo emas. Na U loqayd, na befarqdir. Ota o'z o'g'li haqida o'ylaganidek, U biz uchun g'amho'rlik qiladi .Bola botqog'ga yiqilib tushsa Xudo uni botqog'dan chiqarib olib uning ustini tozalaydi va gunohkor dunyoda yo'qolib qolmasligi uchun uni tashlab ketmaydi. Biz Xudoni Otamiz deb bilib olganimizdan beri, bizning xavotirlarimiz orqali tushkunlikga sabab bo'lgan gunohlarimiz bizlardan olindi. Chunki Otamizga qaytib kelishimiz orqali, biz tozalanishga va qabul qilinishga ega bo'ldik. Biz Xudo bilan bir umir yashaymiz. Yangi Masihiylar Otaning ismida dunyomizga buzulgan diniy inqilobni Masih olib kelgan deb o'ylashadi. Uning ajoyib ismi Masihning so'zlarini va ishlarini ushlab turadi.

Masih kelishidan oldin U Otasi bilan birga edi. Bu ajoyib tassavur Masih va Xudoning o'rtasidagi sevgi munosabatini aniqlab beradi. O'lib tirilgandan keyin O'g'il Otaga qaytib bordi. U faqat Xudoning o'ng tomonida o'tirmadi balki Uning bag'rida ham o'tirdi. Buning ma'nosi shuki, U Xudo bilan bir va Xudodadir. Masihning hamma Xudo haqida aytgan so'zlari haqiqatdir. Masihda biz Xudoning kim ekanligini ko'ramiz. O'g'il Otasidek va Ota ham O'g'lidekdir.

IBODAT: Osmondagi Otamiz, Seni ulug'laymiz va tashakkur bildiramiz chunki Sen O'zingni sevimli O'g'ling Masihni bizlarga jo'natding. Qonun zulmatidan bizlarni ozod qilganing uchun va bizlarni ilohiy solihligingda o'stirganing uchun Senga ta'zim qilamiz. Hamma ruhiy sovg'alaring uchun rahmat aytamiz va Otalik Ismingdagi biz ega bo'lgan imtiyozlar uchun Seni ulug'laymiz.

SAVOL:

  1. Masih qanday yangi fikrni dunyoga olib keldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)