Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 009 (The fullness of God in Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

3. Oyatda Xudoning kamoloti paydo bo'ladi (Yuhanno 1:14-18)


YUHANNO 1:15-16
15 Yahyo U haqida guvohlik berdi va ovozini baland qilib dedi: " Mening ketimdan kelayotgan bor, U mendan ham ulug’, chunki U mendan ilgariroq bor edi, deb aytganim shuning O’zidir".16 Uning kamolotidan biz hammamiz marhamat ustiga marhamat oldik.

Yahyo Isoni vaqtincha bo’lgan nasl-nasablaridan o’zib va Yahyo Isoni o’zidan oldin hayot bo’lganligini va o’zidan oldin kelgan Isoni baland ovozda e’lon qildi. Buni e’lon qilish orqali Yahyo Masihni abadiyligini tasdiqladi. U haqiqatga shohidlik berdi va Masih fazodan, vaqtdan va najotdan yuqori, U benihoyat va muqaddas Xudodir.

Yahyo cho’lda odamlarning og’ir gunohlarini ko’rib yuragi orqaga tortib ketdi. Ular gunohlaridan ozod bo’lish uchun tavba qilish haqida ularga o’rgatdi. Lekin Isoni ko’rib sevinchdan yuragi quvnab ketdi chunki Masih haqiqatga to’la abadiy inson bo’lib tugi’lgandi, shuningdek o’lim Uning ustidan g’alaba qozona olmaydi. Masihning tug’ilishi va mujassamlanishining xursandchiligi inson jismidagi Xudoning abadiy hayotining ko’rinishidagi uning manbasidir. Bu bilan o’lim ustidagi hayotning g’alabasi boshlandi chunki undagi o’limga sababchi bo’lgan gunoh engildi.

Yahyo bu inoyatni chuqur anglab yetib u Xudoning to’la Masihda namoyon bo’lganini anglab Uni ulug’ladi. Pavlus "Unda Xudoning to’la jismi yashaydi va Sen unda yashaysan" deb tan olgan. Yuhanno o’zining buyuk bayonida bu haqiqatlarni jamladi." Biz Uning kamolotidan marhamat ustiga marhamat oldik".

Masihning kamoloti nima va biz Undan nima oldik? Agar siz o’tgan 14 chi oyatdagi Yuhannoning Masihning shaxsi haqidagi izohni eslasangiz, siz Uning shaxsiyati haqidagi buyuklikni bilasiz va bugunlik kunda Uning inoyati bizga yetib kelayotganini sezasiz.

Masih insonning og’zidan so’zlari chiqganisek U ham Xudodan chiqgan Xudoning Kalomidir. U Xudoning yagona yuragi va Uning irodasi, mag’zi va zavqidir. Xushxabar so’zi bizning miyyamizga kirib, xohishlarimizni o’zgartirib bizlarga yetib kelganidek, Masih ham bizning yuraklarimizga kelib Uning olijanobligiga ko’ra bizni o’zgartirdi. Bu ajoyib inoyat emasmi?

Masih Xudoning hayoti: Olimlar uylarni, ko’priklarni, va katta bo’mbalarni ishlab chiqarishlari mumkin, lekin hech kim hayotni yarata olmaydi. Ota-onalarga Xudo baxsh etgan hayotni ularning bolalariga eshittirilish bilan topshiriladi. Bu inoyat emasmi? Va erdagi hayot yo’q bo’lguncha Masih abadiy yashaydigan ishonuvchilarga O’zining Ruhini in’om qildi. Xudoning hayotini boshqalar bilan bo’lishgan Masihiylar hech qachon o’lmaydilar. Bu inoyat emasmi?

Masih dunyoning nuri. U zulmat ustidan g’olib va qorong’ulikdagi nurning yaratguvchisidir. U zulmatdagi dunyoga umid beradi, kuchsizlikdagi xo’rsinish dunyosiga kuch jo’natadi. Masihning nuri Uning porlashi bilan bizning xiralashgan dunyomizni o’zgartira oladi. U Unga ishongan kishilarga siyosatlarda va zavotlarda, oilalarda va ibodatxonalarda inoyat va haqiqatini beradi. Bu inoyat ustiga inoyat emasmi?

Masih dunyoning Yaratguchisidir. Unda Xudoning to’la kuchi turadi. Uning mo’jizalari Uning hokimyatini belgilarini ko’rsatadi. Uning o’limdan tirilishi o’lim ustidagi hayotning kuchini isbotlaydi. O’zining tanasida og’irlik kuchini mag’lubiyatga uchratdi va suv ustida yurdi. U kichkina nonni sindirib besh mingta odamni ular to’yguncha to’ydirdi. U sizning boshingizdagi sochlarni nechta ekanligini ham biladi: Siz qachon mehribonlik inoyatiga bosh egasiz?

Hali ham Masihning kamoloti to’g’risida ko’proq bilishni xohlaysizmi? U borliqni Egasidir. Hamma narsalar va dunyo, sizning hayotingizni har bir minuti va hatto siz ham Unga tegishlidirsiz. U sizni yaratdi va sizning hayotingizni saqlayotgan Udir. Masih hamma narsani egasidir. U sizni U uchun hamma narsani boshqarishga va hamma narsadan foydalanish uchun ularni qo’llaringizga topshirdi. Sizning muskullaringiz, o’ylaringiz va oat-onangiz Xudoyingizning sovg’alaridir, U sizni taqdirladi . Bu inoyat uchun qachon siz Unga rahmat aytasiz?

Mujassamlanish va Masihning tug’ilishi haqidagi ajoyib narsa shuki, Xudoning kamoloti inson tanasida bo’lgan chaqaloqda aks etgan. Muqaddas Ruhdan ilhomlanib "Biz uchun bola tug’ildi, biz uchun O’g’il berildi va hokimyat Uning elkasida bo’ladi. Uning ismi Ajoyib, Nasihatgo’y, Qudratli Xudo, Abadiy Ota va tinchlik Hukmdori deb ataladi ( Ishaya 9:6)" deb aytilishdan oldin 700 yillarda bu aniq mo’jiza Ishaya orqali bashorat qilingan. Achinarlisi shundaki, odamning miyyasi sekin o’zlashtiradi chunki Masihda bo’lgan Xudo O’zining aniq suratida insonni qayta tikladi va yaratilishning boshida inson bor edi. Masih Ulug’vor donodir, yorqin Nasihatgo’y va Xudoning abadiy kuchidir. Hamma Xudoning sovg’alari va hislatlari oxurdagi chaqaloqda namoyon bo’lgan. Iso orqali bizga Xudo kelgan ajoyib marhamatni tushunib yettingizmi? Hozir biz: Xudo biz bilan! deb aytishimiz mumkin.

Masih O’zining ajoyib fazilatlarini O’zi uchun saqlashni xohlamaydi, shunday bo’lganda U jannatda qolgan bo’lar edi. U bizning dunyomizga, bizning ichimizga keldi va biz uchun jannatga yo’l ochish uchun bizni bechora holimizni O’ziga oldi, va O’zining Otasi bilan bizlarni yarashtirib, kamoloti bilan toldirdi. Shunga o’xshash Pavlus Xudoning maqsadi ibodatxonada Uning kamoloti nomoyon bo’lishligi haqida shohidlik qiladi. Efesliklar 1:23; 4:10 va Kolosiyaliklar 2:10 o’qing va siz Xudoning ulug'vorligini guvohi bo'lasiz va Xudoyingizni marhamatini ulug’lashni boshqarasiz. Gunohlaringizni davom ettirma ng balki Masihning kamolotiga yuragingizni oching. Oxurning chaqalog’iga keling va ko'p xar-hil marhamatlar sizga oqib keladi. U atrofingizdagilar uchun sizni marhamatning manbasi qiladi.

IBODAT: Iso Masih Tangrim , Sen Xudoning O’g’lisan. Butun sevgi, butun kuch va butun haqiqat Senda namoyon bo’ladi. Biz Sening oldingda tazim qilamiz va xursand bo’lamiz chunki Sen bizdan yiroqda emassan biroq Sen bizning oramizda yashading. Sen bizni sevasan. Sen inson qiyofasida bo’lib bizlarni qutqarding. Biz Senga tashakkurlar bildiramiz chunki Sen bizga inoyat ustiga inoyat baxsh etding.

SAVOL:

  1. Masih kamoloti orqali belgilangan narsa nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)