Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 016 (The first six disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

3. Birinchi oltita ishogirdlar (Yuhanno 1:35-51)


YUHANNO 1:35-39
35 Ertasiga Yahyo yana ikkita shogirdi bilan shu erda turgan edi. 36 U yurib kelayotgan Isoga tikilib qarab:-Mana Xudoning qurbonlik Qo'zisi!-dedi. 37 Ikkala shogird Yahyoning bu so'zlarini eshitIb, Isoning orqasidan ergashib borishdi. 38 Iso o'girilib qarab, ularning ergashib kelayotganini ko'rdi-da: -Sizlarga nima kerak?-deb so'radi ulardan. -Sen qayerda turasan, Ravviy?- deyishdi ular. ("Ravviy" ustoz ma'nosidir). 39 – Borib ko'ringlar,-dedi Iso. Ular borib, Isoning turar joyini ko'rishdi. O'sha kuni U bilan qolishdi. Soat to'rtlar chamasi edi.

Masih Xudoning mujassamlangan Kalomi, yorug'lik manbasi va hayotning o'zi va Xudodir. Bu havoriy qanday mazmunda Uni tasvirlaganidir. U yana Isoning ishlarini va xizmatini ham tasvirlab bergan. U hammaning Yaratguvchisi va Qutqaruvchisidir. U bu Otaning muruvvatidek Xudoning yangi aql-idrokini bizlarga berdi. Shunda u takrorlaydi, "Qaranglar Xudoning Qo'zisi", bu shiorga ko'ra hamma hislatlar bir natijaga keltirildi.14 oyatda u Masihning mazmun-mohiyatini tasvirlab beradi, va 29 oyatdan 33 oyatgacha Masihning xizmatdagi maqsadini ko'rsatib beradi.

Masih Xudo O'z O'g'lini bizlarni hukmdan ozod qilish uchun va gunohlarimizni O'ziga olish uchun Xudoga taqdim qilingan qurbonlik Qo'zisi bo'lish uchun inson sifatida bo'ldi. Xudo bu qurbonlikni xohladi va uni qabul qilish uchun va barakalanish uchun uni taqdim qildi. Pavulning so'zlarida "Xudo insonning gunohiga qarshi hukm qilish emas, O'zi bilan dunyoni yarashtirish uchun Masihda edi; va yarashtirish xizmatini bizlarga berdi".

Bizning gunohlarimiz kechirilishi uchun biz xayvonlarni bo'g'izlab yoki so'ymagunimizcha "Xudoning Qo'zisi" degan iborani bizning xalqimiz tushunishi osson emas. Eski Axdning qurbonlik tuzumidagi mutaxasis qon to'kilmasdan kechirim bo'lmaydi degan ilohiy usulni sezadi. Voajab, Xudo bizlarni gunohlarimizni o'zimizni qonimiz to'kilishi orqali bizlarni jazolamaydi, lekin bu maqsad uchun O'zining O'g'lini berdi. Muqaddas Iso bizdek isyonchilar uchun o'ldi. Xudoning O'g'li ularni samoviy Xudoning solih o'g'illari qilish uchun, aybdorlarning gunohi uchun qurbon bo'ldi. Keling U bilan bizni qutqargan Muqaddas Ruhni va O'g'ilni birgalikda ulug'laylik va sevaylik.

Ikki izdoshlar, "Xudoning Qo'zisi" degan iboraning chuqur ma'nosiga ozgina bo'lsa ham tushunmadilar. Lekin Xudoning Q'o'zisini ko'rgan Yahyoning yo'lini ko'rib, ular ham dunyoning Xakami bo'lgan Xudoni va xuddi shu vaqtda insonzod uchun qurbonlik Qo'zisi bo'lgan Isoni bilishni xohladilar. Shunday fikrlar ular diqqat bilan eshitganlarida shu ikkala shogirdining miyyalarini egalladi. Iso O'ziga Yahyoning shogirdlarini, yoki Yahyoning ham ergashishini man qilmadi. Shogirdlar bu yangi hamdo'stlikga rozi bo'ldilar.

Iso ularning maqsadlarini bildi va ularning armonlarini sezdi. Ular Isoda sevgi va inoyatni ko'rishdi, va bu Xushxabardagi "Sizlarga nima kerak?" degan Isoning birinchi so'zini eshitishdi. Xudo ularning ustiga og'ir talumotni yog'dirmadi, lekin ularga o'zlarining fikrlari gapirishiga imkoniyat berdi. Sizga nima kerak, birodarim? Hayotdan maqsadingiz nima? Isoga ega bo'lishni xohlaysizmi? Qo'ziga ergashasizmi? Maktabingiz imtixonlariga qaraganda, buyuk haqiqatlarni o'rganing.

Ikkta shogrdlar Isodan Uning uyiga boroshga sherik bo'lishlari uchun ruhsat so'radilar. Ularning yuraglaridagi savollari, olomonning baqir-chaqirig'i halaqit beradigan yo'ldagi munozaralarga qaraganda fahrli edi. "Keyin Iso shunday deb javob berdi, Keling va ko'ring." U shunday deb aytmadi,"Keling va Men bilan o'rganing", lekin, "Ko'zlaringizni ochinglar va siz Mening haqiyqiy Insonligimni, Mening hatti-harakatlarimni va kuchimni ko'rasizlar va Xudoning yangi suratini sezasizlar". Masihga yaqinroq kelgan odam dunyoning yangilangan qarashini qabul qiladi, va Isodagi Xudoni ko'radi. Masihning qarashi bizning ruhiy tarzimizni yiqitadi. U bizning umidlarimizning nishoni va fikrlarimizning maqsadi bo'ladi. Ikta shogirdlar qilganidek "Biz Uning inoyatga va haqiqatga to'la bo'lgan, Otaning yagona O'g'lining ulug'vorligini ko'rdik" degan havoriylar bilan tan olganiga o'xshab, siz ham keling va ko'ring.

Butun kun ikkta shogirdlar Iso bilan birga qolishdi. Qanday yoqimli inoyatli soatlar. Xushxabarchi shunday deb shahodat qildi uning hayotida bu inoyatli soatlarning bir kuni keskin edi. Bu uchinchi soat edi. Xushxabarchi Yahyo Ruh tasiri orqali Masihning haqiqatini sezdi, chunki uning Xudosi uning imonini qabul qilib unga solihlikni berdi va aniq Iso va'da qilingan Masih edi. Sizning qalbingdagi qorong'ulikda Masihning nuri porladimi? Hardoim Unga ergashasizmi?

IBODAT: Xudoning muqaddas Qo'zisi, biz Seni ulug'laymiz. Sen bizni Xudo bilan yarashtirib dunyoning gunohini O'zinga olding. Bizdan voz kechma, balki biz Senga ergashaylik. Bizning g'arazliklarimizni kechir; Ulug'vorligingni ochib ber, shunda biz Senga o'zimizni topshirib xizmat qilaylik.

SAVOL:

  1. Nima uchun ikki shogirdlar Isoga ergashdilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:15 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)