Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 015 (Testimonies of the Baptist to Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

2. Yahyoning Masih haqida yana shahodatlari (Yuhanno 1:29-34)


YUHANNO 1:31-34
31 "Men Uni bilmas edim, lekin Isroil Uni tanib olsin, deb men odamlarni suvga cho'mdirib, tavba qildirgani keldim". 32 Yahyo yana shunday shahodat berdi: "Men Ilohiy Ruhning osmondan kaptarday uchib kelib, O'shaning ustiga qo'nganini ko'rdim. 33 Men Uni bilmas edim. Lekin odamlarni suvga cho'mdirishga meni yuborgan Xudoning O'zi: "Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo'nganini ko'rsang, bilki, Muqaddas Ruhga Cho'mdiruvchi O'shadir"-degan edi menga. 34 Men esa uni ko'rdimu, mana bu Xudoning O'g'lidir, deb shahodat berdim".

Xudo Yahyoning 30 yoshida Masihning yo'lini tayyorlash uchun va odamlarga bildirish uchun chaqirdi. Bu tavba -tazarru qilib Masuhni qabul qilganda, suvga cho'mishi paytida keldi. Xudo Yahyoga oldin hech kim ko'rmagan, Muqaddas Ruhning guvohlarini Masihdagi sulolani ko'rishiga va'da bergan. Hususan Ruh Masihga qo'ndi. Eski Ahddagi payg'ambarlar bir muncha vaqtgacha ruhlandilar, lekin Masih doyim Muqaddaslik bilan to'lgan. Ruh doim buloqqa o'xshab imonlilarni ilohiy kuch bilan to'ldirib turadi.

Ikta yosh kishi O'rdun daryosining qirg'og'ida turishgan edi; Osmon keng ochilib ketdi, darhol Yahyo tinchlik va kamtarlik ramzida oppoq kabutardek Muqaddas Ruhni ko'm-ko'k osmondan kelayotganini ko'rdi. Bu Ruh Yahyoga yoki tavba-tazarru qilganlarga tushmadi, lekin to'g'ri kelib Isoga qo'ndi va Yahyo uchun bu Nazaryalik hamma payg'ambarlarga va jonjozdarga qaraganda buyukrog'ligini ijobiy isbotladi. Yahyo Abadiy bo'lganni kutilgan Isoning oldida Xudo turganini bilar edi.

Shubhasiz Maryam shod-xurram bo'lgan amakivachchasi Elizabetnikiga bo'lgan tashrifida Yahyo onasining qornida jumbushga kelib, xursandchilik va ulug'luk bilan to'ldirilgan edi (Luqo 1-36-45).

Yahyo Masihni Ruh beruvchidek tushunib etdi, va u buni yashirmadi, lekin ovozini baland qilib shunday deb e'lon qildi, "Xudo keldi; U shu erda, lekin U hukm qilish uchun emas, balki sevgi va yaxshilik qilish uchun shu erdadir. U oddiy odam emas, balki Ruh bilan to'lgan Xudoning O'g'lidir. Kimdir Iso Xudoning Ruhi deb tasdiqlaydi va bir vaqtda U Xudoning O'g'li deb tan oladi". Shunday qilib Yahyo Masihning kelishining maqsadini aniqlab oldi: Muqaddas Ruh bilan tavba qilib suvga cho'mish. Xudo Ruhdir, Uning O'g'li Xudoning Ruhidan qilingan etdir. Bu Uning ajoyib xursandchiligi Uning izdoshlarini asl ilohiylik bilan to'ldirishidir: Xudo sevgidir.

Aziz birodar, Muqaddas ruhga to'ldingizmi? Hayotingizda Masihning kuchi bo'lganmi? Bu ilohiy sifatga faqat Masihning qurbon bo'lganligiga ishonish orqali va gunohlar kechirilishi orqali ega bo'lasiz. Kim Xudoning Qo'zisidan kechirim qabul qilsa, shu inson Muqaddas Ruhga to'ldiriladi. Xudoning O'g'li hamma ishonuvchilarga ruhiy sovg'ani hadya qilish uchun tayyordir.

IBODAT: Ey Xudoning Muqaddas O'g'li, biz Seni kuylaymiz va ulug'laymiz. Sen bizlar uchun xaqir bo'lding va bizning gunohlarimizni O'zinga olding. Biz Sening xochdagi to'kkan qoning orqali gunohlarimiz kechirilgani uchun Sendan minnatdormiz. Biz yana bizga va Seni sevganlarga Muqaddas Ruhingni kuchini berganing uchun shukronalar bildiramiz. Gunohlarida va qabih ishlarida uxlab yotganlarni uyg'otgin. Ajoyib haqiyqating orqali ularni to'ldir va yangilagin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso Muqaddas Ruh beruvchidir?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:14 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)