Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 017 (The first six disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

3. Birinchi oltita ishogirdlar (Yuhanno 1:35-51)


YUHANNO 1:40-42
40 Yahyodan Iso haqida eshitib, Uning orqasidan ergashganlardan biri Simun Butrusning ukasi Idris edi. 41 U dastlab akasi Simunni topdi-da, unga:-Biz Masihni topdik,-dedi. ( Masih-"Xudo yoborgan"-demakdir). 42 Idris akasini Isoning oldiga olib keldi. Iso esa unga tikilib:-Sen Yunus o'g'li Simunsan-ku, sen Kifa ( y'ani Tosh) degan nom olasan,-dedi.

Butrusning ukasi Simun, Tiberiyas Ko'lining qirg'og'idagi Baytsaydadan bo'lib, u baliqchi edi. U gunohdan tavba qilish uchun Yahyoning oldiga keldi, va Masihning kelishini kutdi. Simun Yahyoning guvohligini qabul qildi, va Isoga ergashdi. Uning yuragi xursandchilikka to'lgan edi; u o'zining kashfiyotini o'zida ushlab tura olmadi, lekin u boshqalarga qaraganda birinchi akasini izladi. Shunda Simun g'ayratli katta akasini topib unga shunday yaxshi yangilikni aytdi, "Biz va'da berilgan Masihni, Qutqaruvchini va Xudoning Qo'zisi Tangrini topdik". Butrusda ikkilanishlar bo'gan bo'lishi mumkin. Lekin Simun uni ishontirdi. Oxiri Butrus unga ergashib Isoning yoniga bordi lekin ozgina ikkilandi.

Butrus uyga kirganida Iso uning ismini aytib chaqirdi. Iso uning fikrlarini bilib, unga yangi "Tosh" degan ism berdi. Iso ehtiyotsizlik bilan umr kechirgan Butrusning o'tgan, hozirgi va kelajagidagi hamma narsani bilar edi. Iso Unga bo'lgan ochiq yuraklarni biladi. Butrus tushundi va Isoning nazariga bir muddat topshirildi. Iso sabr-toqatlik bilan ehtiyotkorsiz bo'lgan baliqchini mustahkam toshga o'zgartirishni boshladi. U Masihda Ibodatxona uchun poydevor bo'ldi. Buning ma'nosi shuki, Simun asos soluvchi shogird bo'ldi.

Boshqa shogird ham uning akasini yetaklash uchun asbob bo'ldi. Yuhanno Yoqubni, ukasini Isoga etagladi, hatto u kamtarlik belgisi qilib o'zining Xushxabarida ikkala ismlarini yashiradi. Rostan ham Simun va Yuhanno shu vaqtda birinchi bo'lgan ikki shogirdlar edilar.

Bu kirish oyatlarining go'zalligi quyosh ko'tarilishi bilan taqqoslashdagi, yangi davrning tongidir. Bu ishonuvchilar o'zlarini o'ylaydigan ishonuvchilar emasdilar, balki o'zlarini akalarini Masih tomon boshladilar. Bu qadam bilan ular asosiy yo'lga va oddiy yo'lga Xushxabar aytish uchun ketmoqchi emas edilar, balki ular qarindoshlarini o'ylab, ularni Masih tomon boshlab keldilar. Ular ikkilanuvchilarni yoki siyosatchilarni quvib chiqarmadi, balki Xudoga chanqoq, yuragi singan va tavbaga muhtoj bo'lgan oadamlarni izlashdi.

Shunday qilib biz qanday qilib inoyat Xushxabaridan o'tishni o'rganamiz, kuch bilan emas, balki Iso bilan aloqa orqali xursandchilik bilan o'rganamiz. Bu birinchi bo'lgan shogirdlar tiologika maktablarini topmadilar, yoki ular o'zlarini ishlarini yozmadilar, lekin ular o'zlarida yuz bergan hodisani so'zlari bilan guvohlik berdilar. U Isoni ko'rdi va eshitdi, qo'lini ushlab ko'rdi va unga ishondi. Bu yaqin do'stlik ularning obro'-e'tiborlarining asoschisi edi. Uning Xushxabarida Iso bilan uchrashdingizmi? Do'stlaringizni sabr-tovqatlik bilan va ishonishlik bilan etakladingizmi?

IBODAT: Iso Tangrim, bizning yuraklarimizda xursandchilik borligi uchun minnatdormiz. Bizlarni O'zingning hamrohlik shirinliging orqali boshqalarni Sen tomon boshqarishimizga bizlarni harakatlantir. Sevgi bilan Xushxabar aytishimiz uchun bizlarga kuch ato et. Bizlarning qo'rqoqligimizni va uyalishlarimizni kechir, shunda biz Sening noming bilan qo'rqmasdan guvohlik aytaylik.

SAVOL:

  1. Qanday qilib birinchi bo'lgan shogirdlar Isoning ismini eshittirdilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:15 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)