Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 100 (Paul’s Parting Sermon)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

9. Pavlusning Oqsaqollar va Ruhoniylarga Va'z borishi (Havoriylar 20:17-38)


HAVORIYLAR 20:17-24
17 Militdan Pavlus Efesga odam yuborib, mahalliy imonlilar jamoatining oqsoqollarini o'z qoshiga chaqirtirdi. 18 Ular uning huzuriga kelganda, dedi: “Men Asiya viloyatiga oyoq bosgan ilk kundan beri, yoningizda yashagan shuncha vaqt davomida qanday harakat qilganimni o'zlaringiz bilasizlar. 19 Yahudiylarning yovuz niyyatlari tufayli boshimdan o'tgan og'ir sinovlar ichida kamtarlik va ko'zimning yoshi bilan Rabbimga xizmat qilib yurdim. 20 Foydali bo'lgan hech bir narsadan sizlarni mahrum qilmayin, deb ko'chama-ko'cha, uyma-uy yurib ta'lim berish fursatini bekor o'tkazmadim. 21 Tavba qilib, Xudoga iltijo etinglar va Rabbimiz Iso Masihga imon keltiringlar, deb yahudiylar bilan yunonlarga jiddiy nasihat qilib turdim. 22 Mana endi Muqadas Ruhning bandi bo'lib, Quddusga boryapman. U yerda men bilan nima yuz berishini bilmayman. 23 Faqat shuni bilamanki, shaharma-shahar yurgan sari zanjiru kishanlar, qayg'u alamlar meni kutadi. Buni Muqaddas Ruh menga ayon qilmoqda. 24 Lekin bunga qaramay, o'z jonimni ham ayamayman – qani endi faoliyatimni tamomlab, Xudoning inoyatidan dalolat beruvchi Xushxabarga guvohlik bermoq uchun Rabbim Isodan olgan topshiriqni quvonch ila bajo keltira olsam.

Pavlusning kemasi Milit bandargohida to'xtadi va bu havoriy oqsoqollardan va uning viloyati bo'lgan Asiya va Efesdagi jamoatning sardorlaridan hatto ular 60 kilometr uzoqda bo'lgan bo'lsalar ham uning oldiga kelishlarini so'radi. Pavlus odamlar u yerda unga qarshi g'alayon qilganlaridan keyin Efesga borishni o'yladi. Sodiq birodarlar Masihdagi ruhiy otalarini ko'rish uchun va tinglash uchun va Muqaddas Ruhdagi xizmatlari uchun undan ilohiy barakani va kuchni olish uchun shoshildilar.

Luqo bu daf'ada Pavlus o'zining hamkorlariga va jamoatlar xizmatchilariga topshirgan yagona va'zni bizga aytadi. Bu xabarning har bir so'ziga chuqur kirish uchun Masihning xizmatkori va har bir imonli uchun yaxshidir. Bu Jamoat xizmatidagi xushxabarni voizlik qilish bilan birgalikdagi hosildor xizmatga qanday qilib muyassar bo'lish uchun rahbarlikni o'z ichiga oladi. Pavlus uchta mazmunni taqdim etgan:

Xizmatining tarzi.

Voizligining mavzusi.

Muqaddas Ruhning kelajak haqidagi tasviri.

Pavlus barcha xalqlarga Masihning elchisi edi. Lekin u Masih yumshoq va kamtar bo'lganidek, sodda va kamtar xizmatkordek keldi. Bu sifatlar bilan jamoatga kelmaydigan kishi va xizmatida va idorasida bu xizmatlarni ifodalamaydigan kishi qurmaydi balki barbod qilib, parchalab tashlaydi.

Bu birinchi joyda Rabbiyning xizmatidagi bu xizmat qilishning maqsadi jamoat emas, balki ular javobgar bo'lib turadiganlarning oldida turadigan Rabbiyning O'zi ekanligini eslatib o'tilishi kerak. Ular Isoni sevishadi va Muqaddas Kelindek Unga jamoatni taqdim etishni istashadi. Bu xizmat mumdek shirin emas, balki ularni quvg'in qiladigan dushmanlarni duo qilib va buyuk sabr -toqat bilan ruhiy go'daklarni boshqarib, g'alayonchilarning ojarliklariga toqat qilib, iflos gunohga yiqiladiganlarni tozalab, gunoh zanjiridan qullarni ozod qilishni anglatadi.

Iblisning birinchi maqsadi Masihning xizmatkorlariga zulim o'tkazdirish, va ularni Xudoning sevgisining cho'qqisidan zino botqog'iga, nafratga va takabburlikka, vasvasa yo'llariga, bo'htonlariga va zulmiga qulatishdir. Shuning uchun Pavlus Rabbiyning xizmatkorlariga xizmat ustidagi belgi mazali mevalarda, hursandchilikda, rohatda emas balki ko'plab ko'z-yoshlarda, qiyinchiliklarda va azoblarda yoziladi. Masihga xizmat qilishni xohlagan kishi o'zini maoshi ko'payishi, yuqoriroq tabaqaga ko'tarilishi va boshqa shunday ruhiy yangilik yaratish emas balki qiyinchiliklar uchun, quvg'in va nafrat uchun tayyorlashi kerak.

Pavlus hayotida va o'zining hislatida pok Masihiy imonni jamoatning oldida yoritib berdi. U aytganidek yashadi va voizligiga ko'ra o'zini harakatlantirdi. Uning yaxshi misoli xushxabarini ochib berdi va uning xatti-harakati so'zlaridek muhim edi. Atrofimizdagi bizning hayotimiz va harakatimiz Masihning qutqarishi, sevgisi va kuchining shubhasiz guvohligi bo'lishi kerak. Sizda yo'q narsani tinglovchilar tushuna olmaydi, chunki sizning harakatingiz voizligingizning negizidir.

Pavlus xushxabarining mohiyatini va ma'nosini ko'rsatish uchun uchta uslubni ko'rsatdi: voizlik qilish, o'rgatish va guvohlik. Pavlus har bir kishining tushunchasiga qarab ular uchun qulay so'zlarni topdi. U go'daklarga bu Ruhda bag'ishlangan ovqatni bermadi, balki ular tushunishlari uchun va uning xushxabarini hazm qilishlari uchun sut berdi. Uning shahodatining maqsadi Xudo so'zining muhimligini tushunishlari bilan birga Masihda imonlilarning ruhiy o'sishi edi.

Ular o'zlarida ruhiy hayotning poydevori uchun vitamin kerak bo'lmagan. Pavlus Masihning kamoloti haqida yashirmadi yoki saqlamadi balki Xudoning va'dalari va inoyati bilan boshlab, Uning qutqarish rejasini jamoatga oshkor qildi. Pavlus ularga Ruhga to'lgan hayotning tushunchasini ham berdi. Pavlus imonlilarni marhamatlarga, kuchlarga va xushxabarning daldalari tomon yo'naltirdi, va ularni umid qilishga, Masihning kelishi uchun tayyorlanishga va singan yuraklarga kelishga ulug'vorlik uchun turtdi.

Pavlus faqat va'zlarni voizlik qilish bilan qoniqtirilmagan va jamoat uchrashuvlari mobaynida ta'lim bermagan. U uylarida oilalarga tashrif buyurgan, ish joylarida, ko'chalarda odamlar bilan gaplashgan. Pavlus ularni kelayotgan Xudoning qahridan o'zlarini saqlash uchun va Masihning inoyatida davom etishlari uchun ularni majburladi.

Pavlusning va'zidagi eng muhim mavzular Xudoga qaytib kelib va suhbatlashib, tavba qilish edi. Xudoning qidiruvchilar pullarini va o'zlarini endi sevmasliklari kerak, balki ular Muqaddas Xudoni tushunishga chuqur tavba qilishni xohlashlari, Uning irodasini o'rganishlari, gunohlarini tushunishlari, ayiblarini tan olishlari va o'zlarining yovuz harakatlaridan uyalishlari kerak.

Shunday qilib, haqiyqiy tavbasiz haqiyqiy imon yo'q, va gunohni tushunmasdan kechirim yo'q. Siz o'tmishingiz haqida jirkanchlikni sezdingizmi va titrab ketdingizmi? Xudodan qo'rqasizmi? Siz o'zingizdan kechdingizmi va Muqaddas Xudoning oldida gunohlaringizni tan oldingizmi? Siz doim tavbada va siniqlikda yashaysizmi?

Xudo haqidagi bizning bilimimizning birinchi maqsadi takabburligimizni buzishdir. Bizning Masihga qaytishimizda ikkinchi maqsad yotadi, chunki dunyo uchun hozirgi yoki kelajak umid yo'q. Bizning umidimiz faqat Iso Masihdadir. Masih bilan birlik imonimizning negizidir. Bu Masihning hayotini va shaxsini eshitishimiz bilan boshlanadi va bu biz Unga uyg'onganimizda, Unga yaqinlashganimizda, ishonishni o'rganganimizda va Unda qolganimizda, Unga o'zimizni bag'ishlaganimizda va Uning kelishini kutishni oshirganimizda davom etadi.

Keyin biz Uni qidirishimizdan oldin U bizni qidirganini, Xudo bilan bizni yarashtirganini, Unga qaytib kelishimiz uchun kutganini, Sevgisi orqali bizni O'ziga tortganini va biz yo'ldan ozayotganlarni qabul qilganini, bizlarni poklaganini, bizlarni muqaddaslaganini, Muqaddas Ruhi bilan bizni to'ldirganini, bizlarni azizlar qatoriga qo'shganini, va Xudoga xizmat qilish uchun bizlarni chaqirganini tushinib yetamiz. Biz Masihdagi imonimizda ikki harakatlarni ko'ramiz: Uning oldiga borishimiz va Uning bizni oldimizga kelishi. Siz shaxsan Masih bilan uchrashganmisiz? Siz Uning Yangi Ahd ta'limlarini qabul qilasizmi? U sizni saqlab qolish uchun tayyorlangan. Siz Unga ishonasizmi?

Pavlus ruhda bog'langanini aytib o'tgan, chunki u o'zining dunyoviy hayotining erkinligidan yuz o'girib, Masihda va U uchun yashagan. Pavlus o'zining yo'llarida yurmasdan har doim Muqadas Ruhning rahbarligiga quloq soldi. Quddusga uni jo'natgan bu ilohiy Boshqaruvchi, unga Quddusda Rabbiy hayotining oxirida azoblanganidek, unga ham havoriylik hayotining oxirida u yerda uni og'riqli qiyinchiliklar kutganini oldindan aytdi. Uning hordig'ining va urinishlarining hosili mukofot yoki hurmat-izzat emas edi, balki qiyinchiliklar, zindonbandlik, va uyat edi.

Pavlus bu bilan duch keladigan payitda falokatdan qochib ketmadi, balki u ehtiyotkorlik bilan unga yaqinlashdi. U o'zini muhim yoki olijanob inson deb hisoblamadi yoki u o'zining tajribalari haqida yozmadi. U o'zini foydasiz xizmatkor deb hisobladi va tirik Rabbiyning ishiga to'la-to'kis ishondi. Rabbiy bizning shaxsiy hayotimizda ham huddi shunday munosabatni bizga hadya etadi! Rabbiy Iso bizlarga hamma narsa bo'lishi uchun biz ham o'zimizni foydasiz deb hisoblashimiz kerak.

Pavlus o'zidan kechishidan tashqari, boshqa ikkta narsalarni istadi: Birinchisi, u nafrat va hafagarchilikka tushmasdan unga keladigan vasvasalarda Rabbiysiga sodiq qolishi mumkin edi. U dushmanlarini sevishni, unga qarshi bo'lgan ularning yomonliklarini kechirishni va muqaddaslikda va inoyatda o'zini harakatlantirishga davom ettirishni istadi. Ikkinchisi, u harakatda sodiq bo'lish uchun faqat davom ettirish bilan qoniqmadi, balki u muqaddas chaqiruvini nihoyasiga yetkazdirishni ham xohladi. U o'zi uchun emas Rabbiysi va Uning jamoati uchun yashadi. Pavlus bu xizmatni qidirmagan yoki u buni o'zi bajara olmagan. Masih uni tanladi va U chaqirig'ini bajarish uchun unga kuch berdi.Xizmatdagi Pavlusning hayotining yakuni nima edi? Bu Xudoning inoyatiga bo'lgan guvohlik edi. Muqaddas Xudo bizdan O'zining g'azabini chetlatdi, chunki Masih bizlarni oqladi. Xudo O'g'li Isoni sevganlarga Muqaddas Ruhini berib, Otamizdek O'zini ochib berdi. U buzilgan gunohkorlarni O'zining muqaddas bolalari qildi. Bu ajoyib inoyat emasmi?

Ibodat: Ey osmondagi Otamiz, biz Seni hursandchilik bilan, minnatdorchilik va olqish bilan sajda qilamiz, chunki Sen ko'plab gunohlarimiz tufayli bizni yo'q qilib tashlamading, balki Sen Iso Masihda bizga muruvvat ko'rsatding, va bizni inoyat orqali bolalaring qilding. Bizga bu inoyatingdan loyiq bo'lib yurishimiz uchun va umidsiz bo'lganlarga Sening ajoyib mehribonchiligingni voizlik qilishimiz uchun bizlarga yordam ber. Omin.

Savol 100: Havoriy Pavlusning voizligining natijasi, tarzi va hursandchiligi nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)