Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 099 (From Troas to Miletus)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

8. Troasdan Milit shahriga (Havoriylar 20:13-16)


HAVORIYLAR 20:13-16
13 Bizlar oldin kemaga tushib, Pavlusni u yerdan olib ketish uchun Assa shahriga suzib bordik; chunki o'zi piyoda bormoqchi bo'lib, bizlarga shunday topshiriq bergan edi. 14 Bizlar Assada uchrashgach, uning bilan Mitilina shahriga bordik. 15 U yerdan suzib ketib, ertasi kun Xios oroli qarshisiga keldik. Uchinchi kun esa Samos oroliga o'tib, Milit shahriga yetib bordik. 16 Pavlus Asiyada kechikib qolmaslik maqsadida Efes shahriga kirmay o'tib ketishga qaror qilgan edi. Agar iloji bo'lsa, Hosil bayramini Quddusda qutlayin, deb shoshilayotgan edi.

Pavlus va turli hil jamoatlarning vakillari ajoyib tunda uxlab qolishmadi. Ular tongda Quddus tomon suzib ketdilar. Pavlus Assa portiga 25 kilometr piyoda borganida, yarim orol atrofi bo'ylab dengiz orqali safar qilgan hamrohlaridan o'zini ajiratdi. Pavlus yakka yurib, o'zini tortishni xohladi va Iso ajoyib tunda qilgan hammasi uchun Uni ulug'lab, sharaflab, minnatdorchilik bildirib, ibodat qilib va hilvat joyda Xudo bilan suhbatlashish uchun ko'proq erkin bo'ldi. Pavlus Xudoga hamma ulug'likni berishni istadi.

Pavlus birodarlaridan o'zini ajratdi. U ular dabdabali modada unga qaramasliklarini yoki unga hushomad qilishlarini xohlamadi. Balki ular birga o'ylashlari va Rabbiy Iso Troasda yosh kishini tiriltirishda qanday qilganini tushinib yetishlari kerak edi. O'lik kishining hayotga qaytib kelishi ishda Xudoning kuchining guvohligi edi. Bu Uning ko'plarning gunohlaridan ko'tarishining ramzi edi, to'g'ri kelgan joyga Xushxabarning pokligi va to'laligi voizlik qilinadi. Pavlus uzoq masofani piyoda bosib o'tdi. Unda bizda tez-tez bo'ladigandan ko'proq vaqt bor edi. Biz mamlakatlarda tezda safar qilamiz va ibodat qilishimizga qaraganda ko'proq gapiramiz. Bu havoriy yakkaligida ibodat qilib, Masihning hududida va abadiylikda qatnashdi.

Siz haritada Turkiyani ko'rasizmi? Turkiya va Yunon o'rtasida yotgan buyuk Mitilin, Kiyos va Samos orollarining ismlarini qidiring. U yerda siz Masihning zafarli yurishining safarini ifodalayotgan chiziqlarini ko'rasiz.

Bu vaqt safarchilar ruhiy va tanaviy mashaqqatdagi askarlardek jo'nashmadi balki yuk bilan to'lib toshgan kemaga yoki hosil barakalari bilan to'lgan mashinaga o'xshar edi. Pavlus har bir jamoatdan oliyhimmat to'plam bilan keldi. Uning qo'lidagi hayr-exson qurbonlikning tartibini mashiq qilayotgan Masih- tarbiyalagan jamoatlarning qurbonligini anglatgan. Bu Isoning xochda o'limidan keyin yigirma besh yil edi. Ular Rabbiylariga muxtojlarga yordam berish uchun faqat kumush va oltin taqdim etishmadi, balki o'zlarini ham tirik qurbondek taqdim etishdi. Ular atrofdagi havf-hatar va qiyinchiliklardan qat'iy nazar vaqtlarini va kuchlarini qurbon qilishdi. Siz Masih uchun to'liq qurbondek hayotingizni taqdim etganmisiz? Siz hali ham o'zingizni o'ylab ziqnamisiz?

Pavlus Hosil bayramida Quddusga kelishni xohladi. Bu eski Yahudiy bayrami hosilning yakunidan keyingi Minnatdorchilik Kuni edi. Shu vaqtda bu bayram Masihiy jamoatning boshlanishi edi. Pavlus butun dunyoga xushxabarni voizlik qilish uchun boshlanishga olib keladigan buyuk hosil bilan keldi. Hech kim Pavlus qilganidek ko'p posilkalar olib kelmagan. Faqat shogirdlar ibodat qilyotganlarida Muqaddas Ruhning tushishidan keyingi bir asr bu muborak Ruh bilan to'lgan Quddus va Rim o'rtasidagi barcha markaz va poytaxtlarda jamoatlar barpo etildi. Bu jamoat tarixining birinchi vaqtining eng buyuk mo'jizasi edi.

Bu poytaxtlar tananing oyoq-qo'llariga hayot qoni ishlab chiqaradigan yuraklarga o'xshar edi. Bu tarzda Xushxabar hamma tumanlarga kirib bordi. Bularning hammasi qilichning urishisiz, markaziy tashkilotsiz, mablag'siz va halqaro yordamsiz sodir bo'ldi. Isoning ismi barcha odamlarning ustidan Najotkordek porladi, hatto Xushxabar Yunonistonda hali yozilmagan bo'lsa ham. Ayniqsa najot Xushxabari faqat guvohlarning og'zaki shahodatlarida yoki maktublarda o'rin oldi. Bu xushxabar keyinchalik Isoning hayoti haqida va Uning ishlarining tarixi haqida bilishni istagan yangi jamoatlarni kuchaytirish uchun yozilgan edi. Bu jamoat asrining boshlanishini belgilayotgan birinchi kitoblar xushxabarlar emas edi, balki najot kuchining isbotidek havoriylarning hayot tarzi orqali hamroh bo'lgan maktublar edi.

Hatto bugun ham biz Masihning havoriylaridan oqib chiqayotgan ilohiy kuchdan yashaymiz, chunki ularning maktublari kuchli va'zlar, ogohlantirishlar, malomatlar va jamoatlar uchun daldalardir. Siz ilk jamoatda ruhiy hayotni bilishni istaysizmi? Maktublarni o'rganing. Siz u yerda Masihga itoatlarida o'zlarini o'rnashtirib, imonlilarni o'stirib hozirgacha bu dunyodagi ishda Muqaddas Ruhning daryolaridan tatiysiz.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sendan minnatdormiz, chunki Sen qiynoq va gunohning o'limidan halqni turg'izdirding. Sen bizlarni inoyating ramzidek ularning so'zlari orqali kuchli qilasan. Biz tanamizni taqdim etishimiz uchun so'zda va tuyg'ularda emas, balki hatti -harakatda, haqiqatda yurib Senga hordig'imizni taqdim etib, vaqtimizni va pulimizdan foydalanishda abadiy va ma'qul qurbonlikdek yashashimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 99: Pavlus nima uchunTroasdan Efesgacha o'zi yakka bordi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)