Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 101 (Paul’s Parting Sermon)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

9. Pavlusning Oqsaqollar va Ruhoniylarga Va'z borishi (Havoriylar 20:17-38)


HAVORIYLAR 20:25-32
25 Endi yana shuni bilamanki, garchi orangizda Xudo shohligini e'lon qilib yurgan bo'lsam-da, hech biringiz mening yuzimni ortiq ko'ra olmaysizlar. 26 Shuning uchun bu kunning o'zida sizga ta'kidlab aytamanki, men birovning halokatiga javobgar emasman. 27 Chunki Xudoning murod-maqsadini sizlarga tamoman bayon etish uchun biron fursatni boy bermadim. 28 O'zingizni va Muqaddas Ruh sizlarni nazoratchi qilib tayinlagan barcha jamoatni ko'z-quloq bo'lib ehtiyotlanglar. Sizlar cho'ponlik qilayotgan ushbu suruvni Rabbimiz Iso O'z qoni evaziga sotib olgan. 29 Men ketganimdan keyin suruvni ayamaydigan yirtqich bo'rilar orangizga suqulib kirishlarini bilaman. 30 Hatto o'z oralaringizdan chiqqan odamlar ham teskari so'zlari bilan Iso shogirdlarini yo'ldan ozdirib, orqalaridan ergashtiradilar. 31 Shuning uchun hushyor bo'lib turinglar. Men sizga qay tariqa uch yil kechayu kunduz, ko'zlarimning yoshi bilan har biringizga hormay-tolmay pandu nasihat berib yurganimni xotirlanglar. 32 Endi birodarlarim, sizlarni Xudoning panohiga va Uning inoyatli kalomiga topshiraman. Bu kalom sizlarni mustahkamlashga va Xudoning butun azizlari bilan sizlarga ham nasib etgan meros ulushiga sazavor qilishga qodirdir.

Pavlus ko'proq ruhiy bolalarini ko'rmasligini unga aytgan Muqaddas Ruhning boshqaruviga ishongan edi. Pavlus bu ilohiy vahiyni kamtarlik bilan qabul qildi va u Xudoning oilasidagi qarindoshlari bilan hayirlashdi. Ular endi uni ko'rmaymiz deb og'riq bilan, yig'lab va yaxshi xavoriyni quchoqlab, ajiralish harakati kelganligini tushinishdi.

Pavlus Efesliklar tomon Xudo oldida begunoh ekanligini yuragining tubidan bildi. Pavlus voizligiga nisbatan buni to'la barcha hurmatda bajardi. Pavlus ularga bu to'la xushxabarni berdi, ularni tavba qilish uchun chaqirdi, haqiqiy imonda davom etishlari uchun ularga turtki berdi, va xushxabarning inoyatining to'liqligini ularga aniqlab berdi, haqiqatlarni Xudoning shohligining kuchini ochib berdi, qanday qilib Masihning shohona fuqoroligiga loyiq bo'lish uchun ularga ochib berdi, va ularni Muqaddas Ruhning qo'llariga topshirdi.

Ular Masihning qonining kuchiga va amaliy himoyasiga ega bo'ldilar. Xudoning shohligi bu jamoatga haqiqiy tushuncha emas edi. Xudoning huzuri bu so'zning to'la mazmunida ular bilan edi. Ular Masihning ikkinchi kelishi yaqinlashishida bu shohlikning ulug'vorligining ko'rinishini kutishdi. Shunday qilib, ular bilimlari, tajribalari va ilohiy sovg'alari uchun javobgarlik bilan birga imonda boy bo'lishdi.

Ayniqsa, Pavlus Xudoning maslahatining sirlarini jamoatning oqsaqollariga ochib berdi. Pavlus ularga ulug'vorlikda kelish uchun o'zgarilishlariga, imonlilarning saylanishidan, yaralishdan komilikka, Muqaddas Ruhning rejalarini ochib berdi. Ilohiy o'qishlar chuqur, keng va oliydir. Siz hamma narsa haqida Xudoning irodasini bilaman deb mag'rurlik bilan o'ylamang, chunki siz hali ham Xudoning hursandchiligiga chuqur tushunchaga muhtoj bo'lib, past shogirdsiz. Imonimizning oxiri faqat ilohiy sirlarni bilish emas, balki sevgida mashq qilishda, va amaliy hayotda ularni bajarish hamdir. Ishlarsiz imon o'likdir, va buyuk hosilsizdir.

Luqo jamoatning sardorlarini “oqsaqollar” deb ataydi, chunki Pavlus ularni “nozirlar” deb ataydi. Ular o'zlarini Arab tilida bu bobning 17 oyatida qanday tarjima qiladigan ruhoniylar yoki metropolitanlar, yoki poplar deb atashmaydi, balki jamoatda mablag' rahbarligini va uchrashuvnu uyishtiruvchilari bo'lgan himoyachilar va sodiq xizmatchilar deb atashadi. Ular ibodat qilish uchun birga uchrashishgan, kasallarni ko'rgani borishgan, yo'qolganlarga voizlik qilishgan va azoblanganlarga dalda berishgan. Ular o'zlarining ish joylarida maosh olishmagan, ularga Masihning ruhiy kuchidan ko'ra boshqa tabaqaga ko'tarilishmagan yoki ularda mahsus huquqlar bo'lmagan. Jamoatda faqat Muqaddas Ruh bo'ladi. Lekin u yerda turli hil in'omlar va odamlarda har-hil yetuk darajalar bo'ladi. Har bir Masihiy boshqalar uchun yaxshi na'muna bo'lishga va muhtojlar orasida hursand xizmatkor bo'lishga chaqirilgan.

Masih degan: “Muqaddas Ruhni qabul qiling”. Agar siz har qanday kishining gunohlarini kechirsangiz, ular kechiriladi; agar siz gunohlarini saqlasangiz, ular saqlanib qoladi.” Bu buyrug' butun xushxabarni voizlik qiladiganlarda seziladi va shunga asoslanib yashaydi. Pavlus oqsoqollarni jamoatning ruhoniylari bo'lish uchun o'zining xohishiga ko'ra belgilamadi. Muqaddas Ruhning O'zi ularni tayinladi, ularni chaqirdi, ularni to'ldirdi, va ruhiy hosil keltirish uchun ularni boshqardi. Muqaddas Ruhdan chaqiruv olmaganning holiga voy, u jamoatda xizmat qilish uchun hasad qiladi, o'zini ulug'laydi, yoki imonlilarga o'zining dunyoviy fikrini quyadi! Shunday kishi o'zi zararlanadi va butun podani bulg'aydi. Uning harakatlari muvafaqqiyatsizlikda va noumidlikda tugaydi.

Pavlus tavba qilishda singan va kamtarlik bilan yurganlarga ochiqchasiga gapiradi: “O'zingizga e'tibor bering. Sizlar komil emassiz balki iblis orqali ham vasvasaga tushasiz. U sizni o'zining nishoni qilib olgan. Bu barbod qiluvchi podalarni tarqatish uchun gunohga, shubhaga va mag'rurlikka qulash uchun jamoatning oqsoqollarini va sardorlarini boshqarishni istaydi. Bu aytishga to'g'ri bo'ladi: “Poda ham, cho'pondek.” Qayerda voizhon Xudodan in'omlar, marhamatlar va uning jamoat a'zolariga kuch so'rasa, uning uyi haqiqatdan o'zgaradi. Xudo jamoatiga inoyatining daryolarini quyadi, chunki Masih cho'ponlar orqali bu jamoatga kuchini yog'diradi. Bu Masihning yakuni cho'pon emas balki cho'ponga qaraganda Unga muhimroq bo'lgan qo'y ekanligini anglatadi.

Jamoatdagi yo'l boshlovchilar Xudoning agentlar va boshqaruvchilar bo'lishga ruhsat etilganlar. U yagona O'g'lining qoni bilan O'zi uchun jamoatini sotib oldi. Xudo bizning qutqarilishimiz uchun bizni kumush, oltin, va qimmat baho taqinchoqlar bilan sotib olmagan, balki O'zida bo'lgan juda qimmatbaho narsani qurbon qildi. U bizni butunlay saqlab qolish uchun hayotini berishga O'g'lini jo'natdi. Havoriy ular qo'yning ovozini har doim eshitish uchun va ular uchun qayg'urish uchun jamoatni kuzatishda doim sergak bo'lishlari uchun oqsoqollarga buyuradi. Bo'rilar aniq kelyapdi, dushmanlar ularga yugurishyapdi va yolg'onchilar uzoqda emaslar. Jamoat har doim havf-hatarda. Biz har doim tinchlikda yashamasligimizni biroq jannat va do'zax o'rtasidagi kurashda yashashimizni tushinishimiz kerak.

Iblis imonlilarni aldash uchun ayyorlik qilib yolg'onlardan foydalanadi. Natijada yovuz aqidalar, aralash targ'ibotlar, va yuzaki adolat jarayoni yuzaga keladi. Xuddi shu vaqtda, ba'zilar Masihning kechirimiga qaraganda qo'shimcha ilohiylikni qidiradigan qonuniy tarafkashlikni ushlaydi. Shunday qilish orqali ular o'zlarining ishlari orqali o'zlarini saqlab qolishni istashadi. Agar Kitobiy imon g'oyib bo'lsa, sevgi va umid ham g'oyib bo'ladi. Jamoat allaqachon buzilib bo'lgan, quvg'in va qiyinchilikdan emas balki yolg'on ta'lim orqali.

Yolg'onchini quydagi hislatlar orqali bilib olsa bo'ladi:

U odamlarni Masihga berishni xohlamaydi, balki ularni o'ziga bog'lab olishni istaydi. U hamma uni hurmat qilishini va ulug'lashini kutadi va u hamma narsaning markazi bo'lishni istaydi.

Unda havf-hatarda va qiyinchilikda qo'ylar uchun mehr-shavqat yo'q, balki u qiyinchilikning boshida qochib ketadi. Hatto u yaxshi kunlarda ham pul yoki o'zining muhim holatining ozginasini ajratishdan ko'ra jamoatdagi buzuqlikni afzal ko'radi.

U ta'limotni buzadi va o'zining qo'ylarining hamma a'zolarini zaxarlab va tozza pok suvga zaxarni quyib, ilohiy xushxabarga insoning g'oyalarni kiritadi. U o'zining zaxarini dunyoviy shaklda, insoniy g'oyalarda va ijtimoiy loyihada mazali asaldek taqdim qiladi. Bir tomondan, u tavba qilishdan voz kechadi va xochdagi najotni mensimaydi.

Jamoat oqsaqolining eng muhim in'omlaridan biri o'zga ruhlarning hidini tezda bilib olish uchun uni qobilyatli qiladigan ruhlar haqida sezishdir. U keyin kamtarlikda va sevgida bularni tushinib, bularni ibodati va hokimyati orqali yenga oladi va qo'yni tutishga tayyor turgan bo'rilarni quvib chiqaradi. Shunda jamoat saqlanib, harakatlanib va ishlab qoladi. Pavlusning o'zi Efes shahrida Masihning haqiqati va sevgisining to'laligida odamlarga isbotlab, uch yil shunday yo'l bilan xizmat qildi. Kelajak yo'l boshlovchilarni o'rgatish yo'li katta uchrashuvlar orqali emas, balki yagona xizmat orqali va Rabbiy orqali tanlanganlar bilan uzoq suhbat orqali bo'ladi. Jamoat faqat odamlar bir-birlari orqali o'z-aro ta'lim olgan joyda davom etadi.

Pavlus hatto hamma maslahat bilan u faqat maslahat tavbasiz va hushyorliksiz haqiqiy yordam emasligini bilganligini bu mehribon havoriyga berdi. U darhol oqsoqollardan tirik Rabbiysiga burildi. Pavlus Xudoga gapirdi va Unga jamoatni va ruhoniylarni topshirdi. Isoning O'zi barchani saqlay oladigan Yaxshi Cho'pondir. Pavlus imonining kafolotchisidek Masihning qo'liga o'zining og'irligini qo'ydi.

Xuddi shunda bu havoriy inoyat so'zi bo'lgan ilohiy kuch uchun faqat favvoraga tinglovchilarini boshladi. Biz Yangi Ahd kitobidan boshqa Ruh kuchi uchun, Xudoning bilimi uchun, imon jasorati uchun yoki sevgi g'ayrati uchun hech qanday manba topmaymiz. Bu tarzda bu havoriy sizni ruhan halok bo'lmasligingiz uchun har kuni ibodat bilan Muqaddas Kitobni o'qishingiz uchun sizdan o'tinadi.

Inoyat so'zidagi kunlik fikr Masihda sizni joylaydi va sizda umid mevasini ishlab chiqaradi. Har bir Masihiy bu dunyodagi emas, balki keladigan dunyodagi samoviy ulushni oladi. Siz Rabbingizdan pul, hurmat, uylar, sog'lik yoki moshinalar kutmang, balki Xudoning o'ng tomonida o'tirgan Masih bo'lgan joydagi narsalarni qidiring. Biz bizdagi xizmat tufayli emas, balki faqat Uning inoyati orqali bo'lgan tirik va uxlab yotgan azizlar bilan birga Samoviy Otamizning shohligiga ega bo'lamiz. Bu dunyoga ega bo'lgan kishi jannatni yo'qotadi. Shunday qilib tanlang: siz Xudoni sevasizmi, yoki boyliknimi?

Ibodat: Ey Rabbiy Iso, Sening inoyating bizning yurishimizga yo'nalish berish uchun bizni boylik sevgisidan saqla va bizni Sening so'zingning kamolotida bizlarni o'rnashtirgin. Biz Sening qo'ylaring uchun sergak va ibodatgo'y bo'laylik. Biz Sendan ko'plab adashganlarni saqlashingni va ularni yolg'onchilardan saqlashingni so'raymiz. Omin.

Savol 101: Nima uchun Xudoning qo'yining cho'ponlari har doim hushyor bo'lib turishlari kerak?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)