Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 074 (The raising of Lazarus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
4. Lazarning tirilishi va natijasi (Yuhanno 10:40 – 11:54)

c) Lazarning tirilishi (Yuhanno 11:34-44)


YUHANNO 11:38-40
38 Iso tag'in qattiq iztirob chekib, qabr oldiga keldi. Qabr bir g'or bo'lib, uning og'zida tosh yotgan edi. 39 Iso:-Toshni ko'taringlar!- dedi. Marhumning singlisi marta Unga:-Hazrat, U qabrga qo'yilganiga to'rt kun bo'ldi, endi hidlanib qolgan,-dedi. 40-Agar inonsang, Xudoning ulug'vorligini ko'rasan, deb senga aytgan edim-ku,-dedi Iso.

Quddus atrofidagi odamlar o'zlarining o'liklarini toshdan chopilgan Xonaga ko'mishardi va kichkina ochiqlikka katta dumoloq toshni qo'yishar edi. Agar qabrni ochishni Xohlashsa bu toshni chapga yoki o'nga dumalatsa bo'lar edi.

Toshdan qilingan qabirga ko'milgan Lazar u yerda yotar edi. Iso yaqinlashdida hammaga o'limning daxshatini eslatdi. U o'limda Xudo barbot qiluvchining qo'llariga hayotni topshirganidek, Xudoning g'azabi hamma gunohkorlarga tushishini ko'rdi. Lekin Yaratguvchi jonzodning o'limini xohlamaydi, ammo ular yashash uchun tavba-tazarru qilishlarini va U bilan suhbatlashishlarini xohlaydi.

Iso qabrni og'zi berkitilgan toshni olib tashlashni buyurdi. Odamlar vahimaga tushib qoldilar, chunki o'likka tegish o'sha kunlar uchun ifloslik edi. To'rt kundan keyin u chirishni boshlagan edi. Marta shunday deb shikoyat qildi, "Hazrat, o'likni qo'zg'atmaslik kerak, u hidlanib qolgan." Marta imoning qani? Sen yaqinda Iso Xudoning O'g'li va Masihdir va U o'likni tiriltirishga qudratlidir deb tan olgansan-ku. O'likning dalili va qabrning tasviri uning ko'zlarini hiralashtirib qo'ygan edi, va u Tangrisi nimani xohlashini bilmas edi.

Balki Iso uning imonini mustaxkamladi va inson qobilyatlarini oshirib uni ishonishga nasihat qildi. U Xudoning ulug'vorligining ko'rinishi hizmatligiga butun ishonchni talab qildi. Iso, "ishongin va Men buyuk mo'jiza ko'rsatishimni ko'rasan" demadi. Oldinroq U shogirdlariga lazarning kasalligi o'lim bilan tugamasligini, balki u Xudoning ulug'lanishiga sabab bo'lishini aytgan edi (Yuhanno 11:4). Iso Otasining irodasi bilan O'zining birligi tufayli nima qilishni bilar edi. Iso imonni ochib berib, Xudoning ulug'vorligiga o'limning qo'rquvidan uning diqqatini tortishni izladi. Uning maqsadi O'zini ulug'lash emas, balki Otasining qudratini va ulug'vorligini ulug'lash edi.

Shuningdek, Masih sizga shunday deydi, "Agar inonsangiz, Xudoning ulug'vorligini ko'rasiz." Kozlaringizni muammolaringizdan va sinashlaringizdan uzoqlashtiring. Ayibdorligingizga va dardingizga mukkasidan ketmang, Isoga qarang, Uning borligiga ishoning va o'zingizni bola onasini quchoqlaganidek Unga o'zingizni topshiring. Uning irodasi bajo bo'lsi; U sizni sevadi.

YUHANNO 11:41-42
41 Shunday qilib marhum yotgan g'or og'zidan toshni ko'tarib oldilar. Iso esa osmonga ko'z tikkancha:-Ey Ota!-dedi,-Meni eshitganing uchun Senga tashakkur bildiraman. 42 Sen Meni doimo eshitishingni bilaman-u, lekin bu so'zlarni shu yerda turgan halq uchun, Ular Meni Sen yuborganinga ishonsin deb aytdim.

Isoning so'zlariga bo'lgan Martaning imoni Isoning amirlaridagi ishonch bilan bitim tuzdi. Marta toshni olish uchun u yerdagilarni qistadi. Olomon orasida kuchlanish ko'tarildi. Iso qabirga kirib, suyukli marhumni quchoqlaydimi yoki U nima qiladi?

Lekin Iso qabir yonida jim turdi. U ibodat qilib ko'zlarini osmonga tikib, aniq so'zlarni gapirdi. Shu yerda bizda Isoning aytgan ibodatlarining biri bor. U Xudoni Ota deb chaqirdi. U Otaga minnatdorchilik bildirdi, chunki Uning butun hayoti Xudoning Otalik sevgisi va muqaddasligi edi. Lazar tirilishidan oldin Xudo Uning ibodatiga javob bergani uchun Unga aniq shukronalar aytdi. Boshqalar yig'lagan payitda, U ibodat qildi. U Otasidan o'limni yengadigan ilohiy hayotning belgisini va do'stining tirilishini so'radi. Ota rozi bo'lib, Unga o'limning qo'rqinch qurbonligidan qutqarish hokimyatini berdi. Iso ikkilanmasdan ibodatlariga javob olishiga ishongandi. Chunki U hardoim Otasining ovozini eshitar edi. Uning hayotining hamma vaqtida, Iso ibodat qilishni davom ettirgan, lekin U shu yerda baland ovoz bilan sodir bo'ladigan sirlarni bilib olishi uchun ibodat qildi. U Otasiga har doim Uning ibodatiga javob bergani uchun shukur aytdi. Hech qanday gunoh Ularni ajiratmadi, va na Ularning o'rtalarida to'siq ko'tarilmadi. O'g'il O'zining xohishida turib olmadi, yoki O'zi uchun hurmat yoki uning uchun qudratni maxoratini talab qilmadi. Otaning barkamolligi O'g'ilda ishlaydi. Uning otalik xohishi Lazarni o'limdan tiriltirdi. Buning hammasini Iso olomonning oldida Xudo ularga Uni yuborganligini sezishlari uchun tan oldi. Shunday qilib Lazarning tirilishi Otaning ulug'vorligi va Uch Birlikning uyushqoqligining mo'jizali belgisi bo'ladi.

YUHANNO 11:43-44
43 Shunday dedi-yu, baland ovoz bilan xitob qildi:-Lazar, tashqariga chiq! 44 Shu payt qo'lu oyoqlari doka bilan bog'langan, yuzi ro'mol bilan bog'langan jasad chiqib keldi. -Uni yechintirib, qo'yinglar, ketaversin,-dedi Iso odamlarga.

Iso "Lazar, tashqariga chiq" deb baqirganidayoq, Xudoni ulug'laganidan keyin, o'lik kishi eshitdi (aslida o'lik hech narsani eshitmaydi). Insoniy shaxsiyat o'limda halok bo'lmaydi. Jannatda imonlilarning ismlari yozib qo'yilgan. Yaratguvchining chaqirig'i, Qutqaruvchining ovozi va hayot beruvchi Ruhning serharakatlanishi o'lim qatlamlari pastidan uchib o'tadi. Muqaddas Ruh azalda zulmat ichida tartibsizlikdan tartibni yaratishni o'ylayotgan edi.

Lazar Isoning ovozini eshitishni va Unga itoat qilishga odatlangandi. Qabirda ham imon orqali Uni eshitdi va itoat qildi. Masihning hayoti asosi unga oqib o'tdi; uning yuragi urishni boshladi, ko'zlari ochildi va qo'l-oyog'i harakatlana boshladi.

Keyingi, mo'jizaning ikkinchi qadami sodir bo'ldi, chunki Lazar kafanga maxkam o'rab bog'langan edi. Bu o'lik kishi hech narsani sezolmaydigan va issiq edi. U bog'lan qo'llarini yuzidagi ro'molni olib tashlash uchun qimirlatishga ojiz edi. Shunda Iso ularga uni yechib yuborishni buyurdi.

Hamma Lazarning oqargan yuzini ko'rib hayron bo'ldi; u bog'langaniga qaramasdan yuryapdi. Ularning hammasi Iso tomon kelganida unga tikilib qarashdi.

Lazar uyi tomon odamlar orasidan yirib ketdi. Yuhanno bizga Isoning oldidagilarning boshini egkanligi haqida, yoki hursandchilikdan yig'lab quchoqlashganliklari haqida hech narsa aytmaydi. Uning ikkinchi kelishida Isoga ishonuvchilarning hursandchiligi bilan bu tirilishni solishtirmaydi. Buning hammasi ikkinchi darajali ahamiyat haqida edi. Yuhanno biz ishonishimiz va abadiy hayotni qabul qilishimiz uchun ko'zlarimiz oldida hayot berivchi Isoning suratini chizib beradi. Havoriy, Yuhanno, bu odamlar orasida edi va imon orqali u O'g'ilda Xudoning ulug'vorligini ko'rdi, chunki u Masihning ovozini eshitgan edi va Uning kuchiga o'zini topshirgan edi. Siz Masihda imon orqali o'limdan tirildingizmi?

IBODAT: Aziz Tangrim Iso, Otang nomidan Lazarni tiriltirganing uchun Senga rahmat. Sen ham o'limdan tirilgansan. Bizdagi hayoting uchun biz Sendan minnatdormiz. Imon orqali biz Sen bilan tirildik. Biz Sendan Senga ishonmaydiganlar Senga ishonishi uchun va Sen bilan birlikda abadiy hayotni qabul qilishi uchun bizning halqimiz orasidan o'liklarni tiriltirishingni so'raymiz.

SAVOL:

  1. Lazarning tirilishida Xudoning ulug'vorligi qanday namoyon bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:22 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)