Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 102 (Paul’s Parting Sermon)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

9. Pavlusning Oqsaqollar va Ruhoniylarga Va'z borishi (Havoriylar 20:17-38)


HAVORIYLAR 20:33-38
33 Men hech kimning simu zariga yohud kiyimiga ko'z tikkanim yo'q. 34 O'zimning, shuningdek, yo'ldoshlarimning ehtiyojlarini qondirishda shu qo'llarim xizmat etganini o'zlaringiz yaxshi bilasizlar. 35 Shuning mehnat qilib, ojizlarga yordam berishda men sizlarga namuna bo'lib qoldim. Shu bilan birga, “Olishdan ko'ra berishning bahtiyorligi katta”, - degan Rabbimiz Isoning so'zlarini ham eslab turinglar”. 36 Bu so'zlarni aytib bo'lib Pavlus tiz cho'kdi-da, hamma bilan birga ibodat qildi. 37 So'ng hammalari zor yig'lab, Pavlusning bo'yniga tashlanib uni o'pishardi. 38 Pavlusning: “Ortiq yuzimni ko'rolmaysizlar”, - degan so'zi esa ularni ayniqsa g'amgin qilgan edi. Nihoyat uni kemagacha kuzatib borishdi.

Pavlus Efesda uch yil xizmati mobaynida o'zining ta'limotini to'pladi va balki Anatoliya va Yunonistonda bu yagona va'zda hamma voizliklari uchun to'plagan. Bu faqat ozgina qatorlardagi ko'plab bu so'zlarni tushintirish mumkin emas, chunki bu bayonlarning mohiyatlari uch yilgi va'zlarni to'ldirish uchun yetarli bo'ladi. Bu har bir so'zda yashiringan hazinalarga ega bo'lish uchun 20 bobning 17 oyatidan 38 gacha qayta o'qib chiqish kerak.

Qanday ajoyib! Pavlus o'zining va'zining oxirida ruhiy narsalar haqida gapirib o'tmadi, balki pul haqida gapirdi, chunki pul bilan buning atrofidagi ruh fikrga ham keladi. Pavlus o'zi uchun hech qanday sadaqalarni yoki hissalarni olishga tayyorlanmagan. Yoki u jamoat a'zolari uchun boylikka ko'z olaytirmagan. U bu halokatli dunyoning boyligidan nafratlangan va u hamma narsani Masihning bilimining ustunligi uchun yo'qolgan deb hisoblaganini aytgan. U tanaviy va jinsiy aloqalardan keyin halok bo'ldi, chunki u xochda o'lib Masih bilan ko'mildi va hozir samoviy narsalar uchun yashayapdi.

Pavlus o'z qo'llari bilan o'zining muhtojligini qondirish uchun ishladi, va o'zining kasbida astoydil mehnat qildi. U shu so'zlarga ko'ra mehnat qildi: “Qiladigan har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbingiz uchun qilayotganday, chin qalbdan bajaringlar” (Kol.3:23). U o'zi uchun va o'zi bilan bo'lganlarni taminlash uchun ham yetarlisidan ham ko'ra ko'proq pul topdi. U mag'rurlik bilan qo'llarini oqsoqollarga ko'rsatdi, chunki ular mehnat bilan og'riqdan qo'rs va hunik bo'lib ketgan edi. Pavlus bularni hurmatning aniq ko'rsatmalari deb hisobladi. U bir kitob yozish uchun qalamlarni ko'tarmadi balki u qo'llari bilan ishladi, og'zi bilan gapirdi, va oyoqlari bilan uzoq masofani bosib o'tdi. Pavlus faqat miyyasiga emas balki tanasiga ham Xudoga va Uning tanlangan O'g'liga maqbul, tirik qurbondek taqdim qildi.

Pavlus dangasalikdan och va tushkunlikka qulaydigan uyiga ruhsat berib, Rabbiysining kelishi uchun hayoliy Uni kutib, dangasalik va dam olib o'tirgan birorta Masihiyga qo'shilmadi. Pavlus Rabbiysining ismini ulug'lash uchun vaqtdan yutish bilan birgalikda o'zining kasbida misol bo'lish uchun kunu tun qattiq ishladi.

Pavlus o'zini va hamrohlarining muhtojliklarini qondirish uchun faqat pulini ketkazmadi, balki u bechoralar uchun ham qurbon qildi. Bizning oylik maoshimiz yoki kunlik oyligimiz faqat muhtojliklarimizni qondirish emas. Ular bizga xizmat, berish va qurbonlikka yordam berish uchun maqsad qilinadi. Masih degan: “Har doim siz bilan bechoralar bor.” Kasallar, kuchsizlar, bevalar va yetimlar ko'pdir va sizning yordamingizni kutishadi. Siz faqat Masihni ular bilan topasiz, chunki U aytgan “Men yalong'och edim, zindonband, kasal edim va muhtojlikda edim, lekin siz Meni ko'rgani kelmadingiz, Meni kiyintirmadingiz va Men haqimda qayg'urmadingiz (Mat. 25:31-46) Sizlar qurbonlik va xizmatning hayoti boshlanishidan oldin nimani kutyapsizlar? Sizlar qiynalganlarni ko'ra olmaydigan bag'ri tosh yoki hali ham ko'rmisizlar?

Pavlus o'zining so'zlarini yakunlash uchun Xushxabarimizning ayrimlarida yozilmagan Masihning aytganini takidladi. Biroq bu xus hxabarning yig'inini va Pavlusning hamma maktublari ustidan belgini sig'diradi: “Olishdan ko'ra berish saodatliroqdir.” Bu oyat bizga har doim yaxshi hadyalar beradigan va doimiy bizni duo qiladigan bahtli, quvnoq va hursand bo'lgan Xudoning yuragining tubini ochib beradi. Masih gunohkorlar uchun O'zini berishga kelgan.

Boshqalar uchun o'zining hayotini berish va qurbonlik qilishning qoidasi Masihiylikning ruhiy poydevoridir. Xudoning sevgisi o'zimizni qondirishimiz uchun emas balki bu sevgiga loyiq bo'lmaganlarni qondirish uchun bizdan hissaga, xizmatga, harakatga va qo'shilishga bizni boshlaydi. Masih ko'plar uchun hayotini to'lov qilib berganidek, Rabbiy bizlarni oilamizda, ishimizda, jamoatimizda va odamlar ichida boshqalarga yordam berish uchun pulimizni va vaqtimizni qurbon qilishimiz uchun bizlarni chaqiradi.

Siz Xudo va inson uchun o'zingizni qurbonlik qilmaguningizcha haqiqiy hursandchilikni bilmaysiz. Shuning uchun Masihning qurbonligi jamoat belgisi va fikrlarimiz, so'zlarimiz va hatti-xarakatlarimizning tepasidan belgi bo'ldi. Siz yuragingizning tubida baxtsizmisiz? Agar shunday bo'lsa, siz qattiq ishlashingiz kerak va bechoralarga yordam berishingiz kerak. “Kerak” degan so'z agar siz haqiqiy Masihiy, oqsoqol yoki jamoatda yo'l boshlovchi bo'lsangiz aniq so'zdir.

Pavlus mavhum falsafachi emas edi, balki u haqiqiy ibodat jangchisi edi. Ibodatsiz hosil yo'q. So'zlarning ko'pi foydasizdir, chunki Xudoning O'zi duo qiladi va ta'lim beradi. Bu havoriy jamoat oqsaqollari bilan muk tushdi-da butun yuraklari bilan ibodat qilishdi. Siz Pavlusning yuragidan ichki borlig'idan oqib chiqqan havoriylik ibodatni biror marta o'qiganmisiz? Efesliklarga (1:3-14; 1:17-23; 3:14-21) ga bo'lgan maktubni o'qing. Agar siz fikrlab va doimiylik bu havoriylik ibodatlarda ishtirok etsangiz, siz bizning ibodatlarimiz qanchalik bechora ekanligini tushunib yetasiz. Ibodat ruhi uchun Isodan so'rang, chunki solih kishining zo'r berib qilgan iltijosi ko'p yordam beradi (Yoqib 5:16).

Oqsoqollar Pavlusning og'zidan eshitadigan oxirgi so'zlarini bu ibodatda borligini tushunib yetdilar. Ularning ko'z-yoshlari minnatdorchilikdan, sevgidan, achinishdan va og'riqdan oqib chiqdi. Bu pok va samimiy fikrlar tufayli yig'lashga inson uchun uyat emas. Ko'z-yoshi insonlarga samo eshigini ochgan va ularning oralarida tanasi bilan xizmat qilgan Xudoning kishisi uchun to'kilgan edi. Endi u og'riqqa va qiyinchilikka boshlayotgan edi. Ular uni birma-bir Xudoning abadiy oilasi ichidagi ta'sirli ramzdek o'pishdi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz, va najotning to'liqligini bizga so'zing bergani uchun va umiddagi dalda va sevgi uchun kuchni bergani uchun Senga tashakkur bildiramiz. Biz dangasa bo'lmasligimiz uchun maktabda, ishimizda va uyda qattiq ishchi bo'lishimiz uchun bizga o'rgat. Sen yo'qolgan bizlar uchun hayotingni berganingdek boshqalar uchun mol-mulkimizni va vaqtimizni qurbon qilishga o'rganaylik. Omin.

SAVOL 102: Nima uchun olishdan ko'ra berish bahtiyorlikdir?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)