Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 112 (Christ's word to his mother; The consummation)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
A - Dafn qilish uchun qo'lga olish hodisalar (Yuhanno 18:1 - 19:42)
4. Isoning xochga mixlanishi va o'limi (Yuhanno 19:16b-42)

c) Masihning onasiga bo'lgan so'zi (Yuhanno 19:25-27)


YUHANNO 19:24b-27
24b Askarlar xuddi shunday qildilar. 25 Isoning xochi yonida Uning onasi, onasining opasi, Klopaning xotini Maryam hamda Magdalalik Maryam turar edi. 26 Iso onasi yonida O'zining sevikli shogirdi turganini ko'rdi-da, onasiga:-Ey ayol, mana bu sening o'g'ling!-dedi. 27 Keyin shogirdiga qarab: -Mana bu sening onang!-dedi. O'sha ondan boshlab u shogird Maryamni o'z uyiga olib ketdi.

Yohanno Isoning butun dunyoni kechirib, xochdan bo'lgan birinchi so'zini yozmaydi. Na u Yahudiylarning davom etgan mazxara qiluvchisini va na Isoning o'ng tomonidagi qaroqchini Iso kechirganini eslatib o'tadi. Bu hodisalar allaqachon Yuhanno yozganidagi ibodatxonalarda tanish.

Ruhoniylar Iso Otasining kechirimi uchun yalinganini va Uning iltijosini eshitmasdan xoch turgan joydan ketib qolishdi va olomon ham Fisih qo'zilarini qurbon qilish uchun Quddusga shoshilib u yerni tark etishdi. Tayyorgarlik uchun vaqt qisqa edi. Diniy qoidalar ham buyuk milliy bayram uchun urf-odatni bajarish uchun ketdi. Truba shahar devorlaridan yangradi, qo'zilar ma'batda so'yildi va qon chiqarildi. Bu ma'bad maqtovlar bilan qayta yangradi. Quddusning tashqarisida esa ayiblangan, yuz o'girilgan va nafratlangan xochda Xudoning Qo'zisi osuvli turardi. Xudobahabar Rim qorovullari xochda osilganlarni qo'riqlab turishar edi.

O'sha vaqtda, ba'zi ayollar sekingina xochga yaqinlashishdi va u yerda jim turishar edi. Bo'layotgan hodisalar ularning miyyalarini gangiratib qo'ydi. Qudratli Iso ularning boshlarini tepasida juda kuchli og'riq bilan osuvli turar edi. Yupanch so'zlari yo'q edi, va yuraklar zo'rg'a ibodat qilolardi. Balki ba'zilari Zaburdan so'zlarni shivirlab aytgandirlar.

Iso onasining samiymiy yig'isini eshitdi va sevimli shogirdi bo'lgan Yuhannoning ko'z yoshlarini tushindi. Iso O'zining behushligining yaqinlashishidan qat'iy nazar, O'zining holati to'g'risida juda ko'p o'ylamadi. To'satdan ular "Ey ayol, mana bu sening o'g'ling" degan Uning ovozini eshitdilar.

Masining sevgisi dunyoni qutqarish uchun Uning azoblarining orasidagi sevganlarining shifolanish uchun extiyotlanayotgan, eng buyuklariga edi. Shimyon Bokira qiz uchun, bu tig' uning qalbini sanchadi ( Luqo 2:35)-degan bashorati bajo bo'ldi.

Uning onasi pul va uy bilan taminlashga qodir emas edi, Iso O'zining shogirdlariga bergan sevgisini unga ham taqdim etdi. Yuhanno Masihning onasi bilan keldi (Matto 27:56), hanuz u o'zining ismini yoki Bokira qizning ismini eslatib o'tmaydi, Masihning ulug'vorlik soatida U tufayli e'tibordan qolish emas edi. Iso onasini Yuhonnoning g'amho'rligiga topshirib, murojat qilganida faqat shogirdi xochning nuriga o'zini kirgizdi. U Maryamni quchoqlab uni o'zining uyiga qabul qildi.

Qolgan ayollar bu iltifotni guvohi bo'ldilar. Rabbiy ulardan birini yettita iblisdan qutqargan edi. Bu Magdalalik Maryam edi. Maryam qalbida Isoning g'olibona qudratini boshidan kechirgan edi. U o'zining Qutqaruvchisini sevdi va Unga ergashdi.


d) Bajarilish (Yuhanno 19:28-30)


YUHANNO 19:28-29
28 Shundan keyin Iso endi hammasining amalga oshganini ko'rdi. Zabur oyati bajo bo'lsin deb, U:-Chanqadim!-dedi. 29 Bu yerda sirka to'la bir idish turar edi. Askarlar sirkaga shimgichni botirdilar-da, nayning uchiga ilib, Isoning og'ziga olib bordilar.

Xushxabarchi Yuhannoda bir necha so'zlarda ko'p aytish uchun in'omlar bor edi. U bizga yerni qoplab olgan qorong'ulik haqida aytmaydi yoki bizning gunohlarimizning tepasidagi Xudoning qahridagi qarovsiz qolishdan Masihning yig'isini biz eshitmaymiz. Lekin bizga uch soat tugab Isoning tanaviy kurashining oxirida o'lim yaqinlashib qolganini U his qilganini ma'lum qiladi. Yuhanno Isoni o'lim yutib yuborgandek hisoblamadi, balki Iso jon deb unga topshirganini hisobladi. Isoning qalbi qutqarish ishini bajarish uchun holdan toygan edi. Iso Xudoga kelish uchun haqiqatni ularga berib va gunohlaridan milliyonlab gunohkorlarni qanday qilib Uning o'limi ozod qilishini hammaga beradigan barkamol najotni ko'rdi. Iso hosilni va o'limining mevasini oldindan ko'rdi.

Bunda "Men chanqadim" degan ho'rsinish Uning og'zidan qochdi. Olamni yaratgan va suv yuzida yurgan kislorod va vodoroddan biriktirilgan Iso chanqadi. Sevgi mujassami O'zining O'g'lidan yuzini yashirgan Otasining sevgisiga muxtoj edi. Bu insonning chanqoq tanasi va qalbi jonlanish uchun topolmaydigan jahannamning manzarasidir. Oldinroq, Masih boy kishi do'zax olovida juda chanqab, do'zaxda Ibrohimdan Lazarni yoborishini va Lazar barmog'ini suvga botirib, uning og'ziga bir tomchi suv berishi uchun undan yalinib yolvorganini eslatgan edi. Iso tabiy chanqoqlikni qondiradigan haqiqiy Kishi edi, lekin U najot ishi bajo bo'lmaguncha O'zining chanqoviga iqror bo'lmadi. Keyin Muqaddas Ruh Unga Zabur 21:13-18da Uning qutqarish hizmati ming yillar oldinroq e'lon qilinganini va Zabur 68:21 da ichish uchun sirka ham eslatib o'tilganini ochib berdi. Biz askarlar Isoga tozza sirkani yoki suvga aralashtirilgan sirkani ichish uchun nafrat bilan yoki nola bilan berganmi yo'qmi bilmaymiz. Biz bu tozza suv emasligini bilamiz. Xudoning O'g'li bo'lgan Iso yordamsiz payitda edi.

YUHANNO 19:30
30 Iso sirkani tatib ko'rgach: -Amalga oshdi! -dedi-yu, boshini egib jon berdi.

Iso qahr sirkasini tatib ko'rganidan keyin, U "Amalga oshdi!" degan g'alaba so'zini aytdi. Bu zafar yig'isidan oldingi kun O'g'il Otasidan bizni ozodligimiz uchun Otasining O'zi ulug'langanidek xochda Uni ulug'lashini so'radi. O'g'li Otasi Unga bergan ishini bajargan bu ibodatga javob berilishi uchun imon bilan buni etirof etdi ( Yuhanno 17:1-4).

Xochdagi Iso qanday pokdir! Uning og'zidan nafratli so'z chiqmagan yoki afsuslanish uchun ho'rsinish yoki umidsiz yig'isi yo'q edi, lekin U biz uchun dushmanga o'xshab tuyilgan Xudoning sevgisini ushlab O'zining dushmanlarini kechirdi. Iso qutqarish ishini tugatganini bilar edi, chunki Xudo azoblanish orqali bizning najotimizning asos soluvchisini barkamol qildi. Hech kim Uch Birlikning sevgisining balandliklarini va chuqurliklarini tushuna olmaydi, chunki O'g'il O'zini beg'ubor va tirik qurbonlik bo'lgan abadiy ruh orqali Xudoga taqdim qildi (Ibroniylar 9:14).

Xochda Masihning oxirgi yig'isi ko'proq barkamol bo'lishga muxtojlik emas, najot bu to'liqdir. Bu bizning hissalarimi, yaxshi ishlarimiz, ibodatlarimiz, bizning solihligimizni olib keladigan muqaddasligimiz yoki hayotimizga qo'shilgan muqaddaslik emasdir. Xudoning O'g'li hamma uchun buning hammasini bittadayoq bajardi. Uning o'limi orqali yangi asr boshlandi va tinchlik hukm suradi, chunki Xudoning qurbonlik Qo'zisi Osmondagi Otasi bilan bizni yarashtirdi. Kimki ishonsa oqlanadi. Maktublar " Amalga oshdi!" degan ilohiy va oxirgi Isoning sozlaridagi sharhdir.

Iso oxiri hurmat va olijanoblik bilan boshini egdi. U qalbini doimo Uni sevgan Otasining qo'llariga topshirdi. Bu sevgi, U bilan birga bo'lgan Otasining o'ng tomonida bugun o'tirgan inoyat tahtiga Uni tortdi.

IBODAT: Ey dunyoning gunohini olgan Muqaddas Qo'zi; Sen qudratni, boyliklarni, donolikni, kuchni, hurmatni, ulug'vorlikni, marhamatni va mening hayotimni ham olishga loyiqsan. Ey xochga mixlangan Iso Senga ishonib, mening hamma gunohim uchun Sendan kechirimni qidirib, Senga qarashim uchun boshimni ko'tar va Sen inoyating va qoning orqali meni muqaddas qilasan.

SAVOL:

  1. Isoning uchta so'zlari qanaqa?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:18 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)