Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 100 (Introduction to the intercessory prayer; Prayer for the Father's glory)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
E - Isoning o'z ummati uchun ibodati (Yuhanno 17:1-26)

1. Ummati uchun ibodatga kirish


Iso O'zining Xushxabari bilan va ishlari bilan insonzodga hizmat qildi; cho'loqqa shifo berdi, ochlarni to'ydirdi, ko'rlarning ko'zlarini ochdi, va o'liklarni tiriltirdi. Uning sevgisi nafrat va o'limning o'rtasida Xudoning ulug'vorligining vahiysi edi.

Isoning xizmatining boshida, Uning orqasidan ko'plar ergashdi. Yahudiy din kengashi (tarafkashlarning va ikkiyuzlamachilarning uydirmalari) o'zlarining dinlarining asoslarini va qonunchilik qimirlayotganini ko'rganlarida, ular Isoni va Uning izdoshlarini o'lim bilan va taqiblash bilan ularga do'q qildilar. Olomonning g'ayrati Uni so'ndirdi va ular Uni chetlatishdi. Masihdan keyin Uning ba'zi sodiq izdoshlari quvg'in qilindilar, lekin U har bir kishini sevishda davom etdi.

Oxirida Kengash tashviqoti o'n ikkita shogirddan birini oldi; u o'zining Ustoziga hiyonat qilish uchun tayyorlandi, holbuki Ahd kechligi davomida havoriylardek ularning maqsadlari uchun Iso O'zini tayyorlayotgan edi. Hayirlashuvida Ota bilan O'zining birligini va qanday qilib Yupatuvchi Ruh quvg'inni kelishidan qat'iy nazar, ilohiy sevgining munosabatida ularga kelishini e'lon qildi.

Lekin shogirdlar Rabbiylarining maqsadini tushunishmadi, chunki Muqaddas Ruh hali qalblariga tushmagan edi. Shunday qilib Iso bevosita Otasining oldiga ketdi va bu Oliy Ruhoniycha ibodatda O'zini va izdoshlarini Otasining qo'llariga topshirdi. U bu havoriylarning guvohliklari orqali Unga ishonadiganlarni ham eslatib o'tdi.

Masihning ummati uchun 17 Bobda yozilgan ibodati Muqaddas Uch Birlikning Shaxslari o'rtasidagi sevgining turlarini va Otasi bilan suhbatlashgan Xudoning O'g'lidagi tarzga birlik zakovatini bizlarga beradi. Shu yerda Ibodat Ruhi yetukdir. Kimki bu bobga chuqur kirsa, Xudoning sajda qiladigan va ummat tarqaladigan Mabadiga kiradi.


2. Otaning ulug'vorligi uchun ibodat (Yuhanno 17:1-5)


YUHANNO 17:1
1 Shu gaplardan keyin ko'zlarini osmonga tikib, dedi: "Ey Ota! Vaqt-soati keldi. O'g'ling Seni ulug'lashi uchun Sen ham O'z O'g'lingni ulug'lagin.

Masih Otasi bilan bir ekanligini shogirdlariga e'lon qildi. Uni ko'rgan kishi Otani ko'rgan bo'ladi. Lekin shogirdlar bu yorqin vahiyni tushunishga aqllari yetmas edi. Ular tanada ilohiy huzurni tushunishga harakat qilishganda ularning miyyalari ishlamay qoldi. Iso O'zining kuchsiz nodon shogirdlarini muqaddas sevgida va ilohiy munosabatda ularni saqlashi ushun va yoritish uchun Otasining ihtiyoriga topshirdi.

Ko'zlarini osmonga tikib, Iso shogirdlarini hayratda qoldirdi. Qanday qilib U osmondagi Otaga ibodat qiladi va xuddi shu vaqtda U Otada yashashligini va Ota Unda yashashligini aytadi? Bu tushunarsiz harakatlar ularning fikrlarini gangitib qo'ydi. Biz bilamizki bu ikkala fikrlar ishonchlidir: har Shaxsning avtonomiyasi bilan birga Ota va O'g'ilning o'rtasidagi to'la birligidir. Xudo bizning fikrlarimizga qaraganda qudratliroqdir, va Muqaddas Ruh ishonchlidek ikkala tushunchalar bilan muomala qilish uchun bizlarni o'rgatadi. Agar bu zexn qiyin bo'lsa sizni yoritishi uchun Xudodan so'rang. Muqaddas Ruh tushuntirib bermasa, hech kim Otani to'la tushunmaydi.

Bu ibodatda Iso Xudoni Ota deb chaqirdi. Chunki Xudo faqat muqaddas Tangri va qattiq Hukmlovchi emas, balki Uning inoyatli sevgisi boshqa O'zining hamma sifatlarini qamrab oladi. Xudoning O'zi muqaddas Sevgidir va marhamatli Haqiqatdir. Mehrli Otadek bo'lgan bu yangi Xudoning g'oyasi Xudoning O'g'li bo'lgan Iso, Muqaddas Ruhdan tug'ilganda ko'tarilgan. U Xudo bilan abadiy yashagan, lekin Muqaddas Xudoning bolalari bo'lishimiz uchun Iso bizni qutqarish uchun inson bo'di. Bu Xudo uchun Ota nomining vahiysi dunyoga Iso orqali kelgan xabarning mohiyatidir. Bu jonlangan haqiqat orqali, Iso bizni hukm qo'rquvidan ozod qildi, chunki Hukmdor bizning Otamizdir va kafolatchi qarzlarimizni to'lagan bizning Akamizdir. Agar yuragingizga Isoning atganlarining ko'pida Otaning ismini ishlatsangiz va bu bilim bilan bitimda yashasangiz, siz Xushxabarning xabariga tushungan bo'lasiz.

Masih Otasining oldida Inson va Xudoning o'rtasidagi yarashish soati va dunyoning eng ruhiy soatlari tiqilganini etirof qildi. Insonzod, farishtalar, dinlar va falsafachilar bu soatni bilmasdan kutishdi. Bu soat keldi. Masih Xudoning Qo'zisi bo'lib bu dunyoning gunohini oldi. U Xudoning qahrining otashida faqat o'lish uchun tayyor bo'ldi. Bu keskin daqiqalarda hoin yuvosh va himoyasiz o'lish uchun tayyor bo'lgan kuchli Kishi bo'lgan Xudoning O'g'lini qo'lga olish uchun ma'bad mirshablari bilan yo'lda yaqinlashayotgan edi.

YUHANNO 17:2
2 Sen Unga butun bashariyat ustidan hokimlikni berding; Sen Unga bergan odamlarning hammasiga U abadiy hayot ato qiladi.

Ko'pchilik "ulug'vorlik" ning ma'nosini nur va yorug'lik deb o'ylaydi. Iso O'zining qurbonlik sevgisini ulug'vorlikning mohiyati va O'zining ilohiy borlig'ining o'zagiligini tan oldi. U ilohiy sevgining nurlari xochga mixlanganda to'la porlaydigan og'riqning va qo'rquvning bo'ronlaridagi xochdagi soatlar mobaynida bu sevgi bilan Uni asrashini Otasidan so'radi. O'g'il qo'zg'olonchilar va jinoyatchilar Uning o'limi orqali oqlanishlari uchun O'zini qurbon qilishga tayyor edi. Bu O'gilning ulug'vorligining mag'zidir.

Iso O'zi uchun o'lmasligini, balki U yana hech kim qilolmaydigan o'lchovni O'z bo'yniga olayotgan Otasining ulug'vorligi uchun o'lishligini aytdi. U xochda Otasini ulug'ladi va Xudo bilan insonzodning yarashtirdi. Gunoh kechirilganda, Xudoning sevgisi namoyish bo'ladi va hamma asrab olinish uchun taklif qilinadi. Poklikda barkamol yurishning mohoyatlari orqali imonlilar Otalarini ulug'lashlari uchun, Masihda ularning ustilariga Muqaddas Ruh yog'iladi. Ko'plab bolalarga Uning Ota bo'lishiga qaraganda Otaning nomi ulug'lanadigan buyukrog' belgilar bo'lolmaydi. Shunday qilib Iso bu Ota nomiga maqtovda ko'p bolalar Ruhda va haqiqatda tug'ilishlari orqali, qutqarilish sevgisining to'la bajarilishini so'raydi.

O'g'il, O'tasi Unga ayol zotidan tug'ilgan barcha insonlarning ustidan hamma hokimlikni bergan ilohiy davosini yangiladi. Masih haqiqiy Xudo, Yaratguvchi va Qutqaruvchidir. U bizning Rabbimiz, Shohimiz va Hukmdorimizdir. Biz Uning va U bizning haqiqiy umidimizdir. U bu berilgan huquqni hukm qilish uchun va vayron qilish uchun emas, balki qutqarish uchun va yo'l ko'rsatish uchun qabul qildi. Masihning kelishining maqsadi Unga ishonganlar abadiy hayotni qabul qilishlaridir. Ishonganlarda o'lim endi hokimlik qilmaydi. Iso xochda insonzodning gunohini kechirdi. Hatto najotning bu taqdimiga bir nechda javob bo'lsa ham, Otaga, O'g'ilga va Muqaddas Ruhga ishonadigan imonlilar tanlangan halqdirlar va Masihning qutqarish ulug'vorligida davom etadilar. Ilohiy Ruh ularda yashaydi. Otaning nomini ulug'lab, ularning yangi hayotlari bizning davrimizning mo'jizalaridir.

YUHANNO 17:3
3 Abadiy hayot esa Seni – tanho haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib bilishdan iboratdir.

Muqaddas Ruh Iso Xudo haqida aytganlarini isbotlaydi. U Masihning va bizning Otamizdir. Kimki bu ilohiy sirdan xabardor bo'lsa va Unga ishonsa, abadiy hayotga ega bo'ladi. Iso Masihning Shaxsida Xudoni bilishdan boshqa hech qanday boshqa kalit yo'qdir. Xudoning Otaligini va Undagi haqiqatlarni O'g'ilda ko'radigan kishi, muqaddas asranishning doirasiga o'zgaradi. Masihning gaplaridagi yorqin bilim oddiy ilm emas, balki ruhiy borliq bo'lishdir. Xudo har bir ishonuvchida O'zining timsolini yangilaydi. Bu ilohiy timsolining mohiyati nima? Bu Xudoning farzandlariga Muqaddas Ruh olib keladigan sevgi, haqiqat va halollikdir. Yana bu Otaning ulug'lanishidir, holbuki Uning yaxshiliklari oshkor etiladi.

Masih Ruhdan tug'ilgan, xochga mixlangan va qayta tirilgan va Xudoni bilmaganlar O'zining yurishi orqali ular tushunishlari uchun Xudo tomonidan duyoga jo'natilgandir. O'g'il sevgi va muqaddaslik bilan insoniyligida hamma hokimyatlarni jamlagan ilohiy Havoriydir. Agar siz haqiqiy Xudoni bilishni istasangiz, Ruh orqali moylangan Xudoning timsoli bo'lgan Isoning hayotini o'rganing. U Sxohlar shohi, Oliy ruhoniy, Barkamol Payg'ambar va Xudoning so'zidir.

YUHANNO 17:4-5
4 Sen Menga topshirgan vazifani Men ado etib, yer yuzida Seni ulug'ladim. 5 Dunyo yaratilishidan avval Men Sening huzuringda ulug'vor edim. Endi, ey Ota, O'z huzuringdagi o'sha ulug'vorlikni Menga tag'in ato qilgin.

Iso bu dunyoda yashagan payitda doim Otasi haqida fikr yuritar edi, va O'zining ishlari orqali Xudo haqida guvohlik berib yurar edi. U Otasini ulug'lashi uchun O'zidan kechdi. Otasidan nima eshitgan bo'lsa, shularni bizga bildirdi. Uning butun hayoti ibodatlariga javob berilishi uchun, ishonch bilan Otasini ulug'ladi. U xochda qutqarish topshirig'ini bajardi. Bu mag'rurlik emas edi, balki buni Otasi bajarish uchun bu topshiriqni Unga bergan edi. U Ota hamma narsalarni oxiriga yetkazganligini etirof etdi. Holbuki, Iso O'zidan kechdi va faqat O'zi uchun sharaf olmadi, U abadiy ulug'vorlik Unga imkon berishiga loyiqdir. Mana shunda U Abadiy ulug'ligini, Xudodan bo'lgan Xudoligini, Nurdan bo'lgan Nurligini, yaratilmagan baliki berilganligiga dalolat berdi. U maqsadlarini bajarib bo'lgandan keyin U Otasining oldiga qaytib ketishni xohladi. U jannatga yetib borganda, farishtalar va boshga mavjudotlar Uni shunday deb ulug'ladilar, "Qudratni, boyliklarni, donolikni, kuchni, hurmat-e'tiborni, ulug'vorlikni va marhamatni qabul qilish uchun qurbon bo'lgan Qo'ziga sharaf".

IBODAT: Osmondagi Otamiz, muqaddas isming ulug'lansin. Sening O'g'ling O'zining harakatlari, ibodatlari va qurbonligi orqali Seni ulug'ladi. Biz Sen tomon ko'zlarimizni tikishga loyiq emasmiz. Bizning gunohlarimizni kechirganing uchun rahmat, chunki Masih biz uchun o'ldi; Sen bizlarni O'zingning bolalaring qilding. Mening yuragimga Muqaddas Ruhning kelishi orqali abadiy hayotga meni o'zgartirganing uchun Sendan minnatdorman. Biz Seni doim ulug'lashimiz uchun va ulug'vorlikni o'zimizga olishni emas, balki O'g'lingni amrlariga bo'ysunishimiz uchun va Senga o'zimizni topshirib, Sening otalikdagi bizning yaxshi ishlarimizni va Seni ulug'lashimizni boshqalar ko'rishi uchun bir-birimizni sevishga yordam ber.

SAVOL:

  1. Isoning ibodatining birinchi qismidagi asosiy fikr nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:04 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)