Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 101 (Jesus intercedes for his apostles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
E - Isoning o'z ummati uchun ibodati (Yuhanno 17:1-26)

3. Iso havoriylari uchun shafoat qiladi (Yuhanno 17:6-19)


YUHANNO 17:6
6 Men dunyodan Menga bergan odamlarga Sening ismingni izhor qildim. Ular Meniki edilar va Sen ularni Menga berding. Ular esa Sening kalomimga amal qildilar.

Isoga Otasi Uni qutqarish uchun kuch berishiga ishonishgandan keyin va abadiy hayotga ega bo'ladigan ko'p bolalarning tug'ilishi orqali Otasining ulugvorligi yuksalishini bilganlaridan keyin, Uning fikrlari dunyodan tanlab olingan va ilohiy kelishuvda ularni birlashtirilgan shogirdlari tomon harakatlandi.

Masih Xudoning Ota degan yangi ismini e'lon qildi. Bu axborot orqali ular dunyodan tanlab olingan Uning bolalari bo'ldilar. Bu mavjudlikning rasmi Jamoatning siridir. Xudodan tug'ilganlar o'zlariga qarashli emaslar, balki ular yangi tug'iltirgan Xudonikidirlar va U ularga O'zining O'g'lini berdi va Uning qoni orqali ularni sotib oldi. Agar Masihga ishonsangiz, siz Unga tegishli bo'lasizlar.

Bu ilohiy otalik va imonlilarning Uning bolalari bo'lishlari, Xushxabardagi ularning imonlari orqali va Uning qimmat baho so'zlarini tushunishlari orqali shogirdlarda bajarildi. Bu so'zlar shunchaki chalinmayapdi yoki tutundek g'oyib bo'lmaydi, va dunyoning bosmalarida eng qora maktiblar chop etilgandek emasdir. Ular ijodiy kuch bilan to'lib toshgan Xudoning so'zlari va maktublaridir. Yuragida Otaning so'zlarini saqlagan kishi, Uning qudratida yashaydi.

YUHANNO 17:7-8
7 Ular endi tushinib oladilar: Sen Menga nima bergan bo'lsang, hammasi Sendan ekan. 8 Menga bergan kalomlaringni qabul qilib, Men Sening huzuringdan chiqqanligimni chinakkamiga tushundilar, Meni Sen yuborganingga ishondilar.

Xudoning so'zlari Isoning ustunligida buzilgan hayotlarni o'zgartirish uchun saqlash bilimini yaratadi. Iso O'zining xabarini yetkazdi va KALOM kuchi orqali O'zining ishlarini bajardi. Uning hamma kuchlari va marhamatlari Otaning Kalomida bizlarga keladi. O'g'il shaxsiy bilimni da'vo qilmadi, balki Unga berilgan O'zining hokimyatini, qudratini, donoligini va sevgisini Xudoga yozib qo'ydi.

Masih O'zining eng qimmat baho mulkini taqdim qildi: O'zining so'zlarini. Bu O'g'il Xudoning Kalomi bo'lishi uchun Otasidan bo'lgan. Bu so'z bizning kuchimizdir. Biz shunda bu so'zning kuchini tajribamizdan o'tqazdiramiz va u orqali ruhlanamiz. Biz bu belgilarni va so'zlarni hursandchilik bilan qabul qildik. Bu xushxabarning harakatlari Otaning, O'gilning va muqaddas Ruhning haqiqatligini sezish uchun bizga imkoniyat beradi.

Biz shu yerda Masih ibodatda shogirdlarining zexnini va Uning so'zini tushunishlarini ochib berishini topamiz, chunki Iso ularning yuraklarida imon urug'larini ekdi. Ular Unig so'zlarini hatto qisqa vaqtga emas, balki hursandchilik bilan qabul qilishdi. Keyin Iso ularga Ruhini yog'dirdi; bu so'z o'sib Xudoning vaqtida hosil olib keldi. Masih bu hodisalar haqiqatdan sodir bo'lishini imon orqali buni oldindan bashorat qildi.

Masihning so'zlari shogirdlarida bilim bilan imonni hosil qildi. Bu imon nima edi? Bu Otadan bo'lgan O'g'ilning jarayoni, vaqtida Barhayotning huzuri, insoniy shaklidagi Uning ilohiy ulug'ligi, nafratdan qat'iy nazar Uning sevgisi, kuchsizlikdagi kuchi, xochda Xudodan ajralganidan qat'inazar Uning Xudoligi va o'lim naridagi hayotidir. Muqaddas Ruh ularni Qutqaruvchilarida o'rnatdi va ular Uning tanasida a'zolar bo'ldilar. Ular ruhan oddiy ishonchning bosqichida uzoq so'nib qolmadilar, balki ualr butun yuraklari bilan Uni chaqirdila, holbuki U ruhan ularda yashayotganedi. Masihning Xudojo'yligidan Ruhning ishlari orqali ular shunaqa ongli bo'lganlari mujassamlantirdi.

Masihning vujudida, shogirdlar Isoning "Ruhdan tug'ilgan Ruhdir" degan epigrammasini bilib, o'zlarining o'zgacha tug'ilishlariga o'xshashlikni topdilar. Bu muborak Ruh shogirdlarning tanalaridagi ilohiy kuchdir. U Isoning so'zlari orqali keladi.

IBODAT: Iso Tangrim, Sen bizlarga Otangning kuch va qudrat va hayotning to'la so'zlarini berganing uchun Senga rahmat. Sen bizlarda imonni va bilimni namoyon qilding. Sen bizning kuchimizsan, biz Seni sevamiz va Seni bizga bergan Ota bilan Seni ulug'laymiz.

SAVOL:

  1. Iso orqali Otaning nomini ochib berishning mohiyati nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:05 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)