Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 092 (Abiding in the Father's fellowship appears in mutual love)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

2. Bizning Otaning birligidagi aloqamiz o'zaro sevgida namayon bo'ladi (Yuhanno 15:9-17)


YUHANNO 15-9
9 Otam Meni qanday sevgan bo'lsa, Men ham sizlarni shunday sevdim. Mening muhabbatimga sodiq qolinglar.

Ota O'g'ilni shunday sevdiki, U O'rdun daryosida suvga cho'mayotganda falaklarni bo'lib tashladi. Muqaddas Ruh kabutar shaklida Uning ustiga tushdi va shunday ovoz eshitildi, " Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman." Iso suvga cho'mish belgisi ostida insonzodning gunohini O'ziga olganida, Muqaddas Ruhning e'loni O'zining yo'lida qurbon bo'lish uchun Xudoning Qo'zisining ishini boshlayotgan edi. O'g'il bizni qutqarilishimiz uchun O'zidan kechib, Otaning irodasini bajardi. Bu sevgi Ota va O'gil uchun chegaralanmagan, lekin ular bu yovuz dunyo uchun buyuk qutqarilishni tayyorlab, sevgida birga birlashdilar.

Iso bizlarni Otasining sevgisining o'lchovida sevadi. Chunki U itoatkor edi, bizlar bo'lsa shunday emasmiz. Asrlar oldin bizning hech birimiz abadiylikdan bo'lmaganmiz. Yuz bergan narsa shuki, O'g'il biz gunohkorlarni tanladi va bizni pokladi. U bizlarga Ruhdan ikkinchi tug'ilishni berdi va bizni muqaddasladi. Biz Uning qo'lida qaysi paytda bo'lsa ham tashlab yuboriladigan o'yinchoqlardek ko'rinmaymiz. U ilohiy xavotir bilan bizlar uchun qayg'urib, butun kun biz haqimizda o'ylaydi. U biz uchun shafoat qiladi va xushxabarda bizga sevgi maktubini yozadi. U bizga ishonishni, sevishni va umid qilishni nasihat qiladi. Agar har doim yerda ota-onalarimiz orqali berilgan hamma sevgini to'plaganimizda va inson buzuqligini va hamma nopokliklarni bu sevgi poklaganda, hammasi biz tomon hech qachon tugamaydigan Isoning sevgisi bilan solishtirilganda kichkinaga o'xshab tuyulardi.

YUHANNO 15:10
10 Men Otamning amrlariga amal qilib, Uning muhabbatiga sodiq qolganman. Xuddi shu singari sizlar ham, agar Mening amrlarimga amal qilsangizlar, muhabbatimga sodiq qolasizlar.

Iso sizni shunday deb ogoxlantiradi, "Mening sevgimdan o'zingizni ajiratmang. Men sizni sevaman va Meni sevishingizni isbotini orziqib kutaman. Sizning toat-ibodatlaringiz qayerda, ular osmon bilan bog'lanadigan telfon halqasiga o'xshaydimi? Mening qutqarish ishimga javob beradigan muxtojlarga bo'lgan sizning hissalaringiz qayerda? Men sizga yaxshi va yoqimli narsa qilish uchun, mexribonlik va muqaddas bo'lish uchun nasihat qilyapman. Mening sevgimga sodiq qoling. Muqaddas Ruh, Xudo har doim yaxshilik qilganidek sizni ham yaxshi ishlar qilishga majbur qiladi."

Xudo sevgandek sevmaslik bu gunohdir. Masih bizni Xudoning rahimdilligining darajasiga ko'tarishni xohlaydi, Men va Otam rahimdil bo'lgandek sizlar ham rahimdil bo'linglar". Siz buni mumkin emasdek his qilishingiz mumkin. Agar bu ish inson o'yi bilan bo'lsa siz haqsiz. Lekin siz Masih nimani xohlashini va sizda nima qilolishini bilmaysiz. U sizga Ruhini beradi va siz shunda U sevgandek sevasiz. Pavlus bu ruhda shunday deydi, "Meni kuchli qiladigan Masih orqali men hamma narsa qilolaman."

Iso Otasining irodasi bilan birlikdagi narsadan U hechqachon chegaralarni kesib o'tmagan, balki U hardoim Otaning sevgisiga sodiq qolganligini U bu dalil uchun shahodat keltirgan. Masih bizlarda Xudoning Tinchligini, Ruhda ibodatni va sevgi hizmatini olib kiradi.

YUHANNO 15:11
11 Mening shodligim sizlarga o'tsin va ko'nglingiz quvonchlarga to'lsin deb, Men bu so'zlarni sizlarga aytdim.

Tashnalik insonning yuragi Xudodan uzoqda ekanligi uchun iztirobda ekanligini biladi. Otasining sevgisiga sodiq qolgan Masih, hursandchilikka va saodatga to'la edi. Uning ichki borlig'ida to'htovsiz kuylash va ulug'lash bor edi. U O'zining najoti bilan birgalikda ichki sevgining okeanini bizlarga berishni xohlaydi. Xudo hursandchilik Xudosidir.

Sevgi Ruhning mevalarining ro'yhatida ikkinchi mevadek hursandchilik orqali ergashtiriladi. Gunoh inkor qilingan joyda, hursandchilik tarqaladi. Masih boshqalarga to'lib, toshishi uchun najot hursandchiligini bizda kuchaytiradi. Hursand kishi o'zida quvonchni saqlolmaydi, balki u kechirim saodatiga va Xudodagi ishonchning hursandchiligiga boshqalarni qutqarishni xohlaydi. Keyin bizning quvonchimiz ko'plar qutqarilganda to'la bo'ladi. Havoriy aytganidek, "Xudo hammani qutqarilishini va haqiqat kelishini xohlaydi." Xushxabarlash qarshilikda va azoblanishdagi hursandchilikning chashmasidir.

YUHANNO 15:12-13
12 Mening amrim shu: Men sizlarni qanday sevgan bo'lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. 13 Kim o'z jonini do'stlari uchun bag'ishlasa, bundan ortiq sevgi yo'q.

Iso bizni sevadi, U bizning ismlarimizni, hususiyatlarimizni va o'tmishimizni biladi. U bizning muammolarimizni va azoblarimizni his qiladi. Unda bizning kelajagimiz uchun reja va yordam bor. U hardoim ibodatda Biz bilan suhbatlashishga tayyor, U bizning gunohlarimizni kechiradi va bizni haqiqatda va poklikda muqaddas yashashga tortadi.

Iso bizni sevganidek U biz bir-birimizni sevishimizni xohlaydi. Biz qarindoshimiz va do'stlarimiz haqida ko'proq xabardor bo'lamiz va ularning holatlarini va azob-uqubatlarini sezamiz. Biz ularning shaxsiyatlarini va maqsadlarini tushunishni boshlaymiz. Biz ularning muammolarini yechimini topamiz va ular bilan vaqt o'tqazib, ularga sezish yordamini taqdim etamiz. Agar ular xato qilsalar ularning xatolarini va muvaffaqiyatsizliklarini eslatmasdan biz ularni kechiramiz va ularga chidaymiz.

Iso O'zining hayotida sevgi cho'qqisini tasvirlab berdi. U shunchaki gapirib, yordam bermadi, balki gunohkorlar uchun O'zini qurbon qildi. U faqat biz uchun yashamadi, balki bizning o'rnimizga o'ldi. Xoch Xudoning sevgisini bizga tushuntirib beradigan sevgi tojidir. U bizdan pulni va vaqtimizni qurbon qilishimizni xohlaydi va najot xabarini aytishimizni xohlaydi. Agar Iso boshqalar bilan Xushxabarni bo'lishishga va O'zi biz uchun qilgandek ularning oldilariga borish uchun harakat qilishimizga chaqirsa, U bizdan o'zimizni, molk-kulkimizni va harakatimizni berishimizni kutadi. Iso Unga qo'pollik qilganlar uchun ibodat qiladi va ular bilan do'stlarcha momila qiladi. U O'zining dushmanlari uchun shunday deb ibodat qilgan, " Ota, ularni kechir, chunki ular nima qilyotganlarini bilmaydilar". Iso faqat ularni birodarlar yoki Xudoning bolalari deb aytmadi, balki suyuklilar deb ham aytdi. Uning sevgisiga loyiq bo'lmaganlar uchun, U ularni qutqarish uchun o'ldi.

YUHANNO 15:14-15
14 Agar sizlar buyurganlarimni bajo keltirsangizlar, Mening do'stlarim bo'lasizlar. 15 Men sizlarni endi qul deb atamayman. Qul ho'jayini nima qilishini bilmaydi. Sizlarni do'stlarim deyman, chunki Otamdan eshitgan hamma narsani sizlarga bildirdim.

Xudo sizni "Sevikli" deb chaqiradi. U shaxsan buni hammaga qiladi. Siz hech kim bilan yaqinlashmaslik uchun ayrilishingiz mumkin. Siz uchun o'lib, yashayotgan Isoga qarang. U sizning eng yaxshi do'stingizdir va U har doim yordam berishga tayyor. U sizning fikrlaringizni biladi va U do'stlikda sizdan javobni kutadi. Uning do'sligida sodiq qolishning holati U sevgandek biz ham hammani sevishimizdir. Ikki kishi bir-biri bilan zidma-zidlikda qololmaydi, chunki ular o'zlarini Masihning suyukligidek tasvirlashadi. Uning do'stligi bizdan bir-birimizni sevishimizni talab qiladi. U bizni seviklilarim deb chaqirdi. Biz Unga tegishlimiz chunki U bizni yaratgan, va Unda qullardek biz bilan munosabatda bo'lishga haqqi bor. U bizni jabr-zulm bo'yintrug'idan ozod qildi va bizni ko'tardi. U bizlarga O'zining ilohiy ishlarini ma'lum qildi. U bizni mensimasdan tashlab ketmaydi, balki Otaning ismini, xochning kuchini va Muqaddas Ruhning sevgisini bizga o'rgatadi. Bizga Muqaddas Ruhning sirini ko'rsatish orqali bizga yashiringan abadiy haqiqatni ochib beradi. Ota bizga ularni ochib berish uchun O'zining qo'liga bu ishlarni oldi. Uning do'stligi bizni O'zining ishlarida, marhamatida, hurmat- e'tiborida, kuchida va hayotida qatnashishimiz uchun ruxsat beradigan darajagacha buyukdir. U hatto o'g'illik yoki asrandi haqidagi haqqoniylikni ushlab turmaydi, balki bizni Xudoning bolalari bo'lishimiz uchun O'ziga yaqinlashtiradi.

YUHANNO 15:16- 17
16 Sizlar Meni emas, Men sizlarni tanladim. Borib hosil beringlar va hosilingiz boqiy bo'lsin, deb sizlarni tanladim. Shunday qilib, Mening nomimdan Otadan nimaiki so'rasangizlar, U sizlarga beradi. 17 Xullas, sizlarga buyrug'im shu: bir-biringizni sevinglar.

Iso bilan sizning aloqangiz sizning irodangizda, xohishingizda va tajribangizda boshlang'ich bo'lib qolmaydi, balki Uning sevgisida, tanlovida va sizni chaqirishida qoladi. Sizlar gunohingizga Shaytonning qaramog'ida va o'lim olamida qul edingizlar. Siz qamoqdan tashqariga chiqolmas edingiz, lekin Iso sizni abadiylikdan tanladi va O'zining qimmat baho qoni orqali sizni ozod qildi. U sizni O'zining do'sti qildi va U sizni o'g'illikning haqqoniyliklariga merosxo'r qilib tayinladi. Uning tanlovi inoyat orqali batomomdir. Sizlarniki esa Uni tanlash yoki tanlamaslikdir. Iso xochda sizning gunohlaringiz uchun qurbon bo'lganda hamma insonzodni tanladi. Hamma Uning chaqiruvini eshitavermaydi, balki gunoh botqog'ida qolishni afzal ko'radilar. Ular Xudoning bolalarining ozodligini bilmaydilar. Iso sizni gunohdan ozodlikka va ilohiy do'stlikka chorladi. Sevgida o'zingizni tarbiyalang. Sizning ozodligingizda bitta Xudoyingizga va insonlarga ixtiyoriy hizmat qilish maqsadi bor. Qullar bilan bo'lgandek hech qanday majburiyat yo'q. Iso sevgi uchun ixtiyoriy hizmatkor bo'ldi. U O'zi uchun qayg'urmaydigan, balki Uning qayg'urishi O'zining aziz kishilari uchun bo'lgan bizning namunamizdir.

U shuningdek cho'pon o'zining qo'ylariga qayg'urganidek, siz ham do'stlaringizga qayg'urishingizni xohlaydi. Holbuki bizning qobilyatlarimiz cheklangan, inson gunoh qulligidan boshqani ozod qilolmaydi. Iso bizni O'zining nomidan ibodat qilish uchun dalda beradi. Chunki agar biz ozod bo'lganlarni boshqarishini, ularni ahloqiy va ruhiy barpo etishini va tanalari, qalblari va ruhlari uchun kerak bo'lgan narsalarni yetqazib berishi uchun Isoga ibodat qilsak, Xudo O'zining xohishiga ko'ra javob beradi. Javob berilgan ibodatning siri sevgidir. Agar siz bu ruhda do'stlaringiz uchun ibodat qilsangiz, Iso sizga beqaror gunohlaringizni ko'rsatadi va sizni donolikka, foydali hayotga va haqiqyi ibodatga, sinuvchanlikka va kamtarlikka boshqaradi. Agar siz Xudodan do'stlaringizga yetib borish uchun muqaddaslikni va najotni so'rasangiz U sizga javob beradi. Biz sizni ibodatda davom etishingizga chaqiramiz. Iso sizga so'nayotgan natijalarni va'da qilmadi balki qoladigan hosilni va'da qiladi. Sizning ibodatlaringiz va guvohligingiz orqali ishonadigan kishi o'limdan hayotga o'tib, abadiy yashaydi.

Iso, ishonchdan ham, ibodatlardan ham, guvohlikdan ham ko'proq do'stlaringizni samimiy, o'tkirlangan va pok sevgi bilan sevishingizni buyuradi. Ularning qiyin xulq-atvorlaridan qat'iy nazar ular bilan sabir-toqatli bo'ling. Xudo siz bilan muloyim bo'lganidek, siz ham ular bilan muloyim bo'ling. Axloqsiz va hunuk dunyoni Xudoning sevgi nuri bilan yoriting. O'zingizni hizmatda, qurbon qilishda, eshitishda va javob berishda tarbiyalang. Masihning sevgisi sizdan porlasin.

IBODAT: Iso Tangrimiz, Senga rahmat aytamiz, chunki Sen bizlarni gunoh qulligidan ozod qilding, va O'zingni sevilgan farzandlaring qilding. Sen bizni sevganinga o'xshab biz ham hammani sevishga o'rganaylik. Biz Senga sajda qilamiz, va o'zimizni Sening ixtiyoringa beramiz. Bizni itoatkorlikka o'rgatgin, shunda biz mo'l-ko'lchilikda sevgining hosillarini keltiraylik.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Iso gunohga qul bo'lganlarni O'zining sevganlari qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)