Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 084 (The new commandment)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
B - Tangrining qutlug' kechligiga ergashadigan hodisalar (Yuhanno 13:1-38)

3. Jamoat uchun yangi buyrug' (Yuhanno 13:33-35)


YUHANNO 13:33
33 Bolalarim! Endi Men sizlar bilan uzoq bo'lmayman. Meni qidirasizlar. Yahudiy mansabdorlariga aytgan edim, sizlarga ham aytyapman: Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar.

Ota Ruhda ulug'langandan keyin, Iso bizlarni imonimizning asosi va xislatlar tomon boshlaydi. U faqat tanada bizlar bilan emas, balki jannatda yashaydi. Tirilgan Masih dunyodagi eng hayotiy dalildir. Barhayotni bilmagan odam va Unga ishonmagan odam ko'r va adashgandir, lekin Uni ko'radigan inson yashaydi va abadiy hayotga ega bo'ladi.

Iso shogirdlariga U boradigan joyga ular borolmasliklarini ma'lum qildi. Iso Kengashning oldidagi sudga, yoki ochiq qabirga borishini emas, balki U osmonga ko'tarilishini eslatyotgan edi. Ota shunday deb aytdi, "Dushmanlaringni oyoqlarim ostiga yiqitmagunimcha Sen Mening o'ng tomonimda o'tirajaksan." Iso o'sha zahotiyoq shogirdlaridan ketib qolmadi, balki U inson o'z ishlari orqali kirolmaydigan jannatga ko'tarilishini qo'shimchasiga o'lib tirilishi haqida barvaqt ularga malum qildi. U Yahudiylarga bu ish haqida oldindan aytgan edi, lekin ular tushunishmadi. Hozir shogirdlar hoinlik qilish soati tushunishadimi? U shogirdlarini kelajak zulmati va g'am-qayg'ularga cho'kmasliklari uchun Ota va O'g'ilning ulug'lanishida qatnashtirdi. Ularni tark etmagan Isoning sodiqligiga ular ishonishdimi? Ularni oddiy muassasalari hech qachon muvaffaqiyatsizlikga uchramadimi?

YUHANNO 13:34-35
34 Sizlarga yangi buyruq beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo'lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. 35 Agar orangizda muhabbat hukmron bo'lsa, sizlar Mening shogirdlarim ekanligingizni hamma shundan bilib oladi.

Iso shogirdlarini Ruh ularga tushmaguncha Uni to'la tushunmasliklarini bilgandi. Ular ishonish uchun qobilyatsiz ko'r edilar va na ular "Chunki Xudo sevgidir, sevgida yashaydigan kishi Xudoda yashaydi va Xudo unda yashaydi" degan sevgi haqidagi gapni tushunmadilar. Muqaddas Uch Birlik sevgidir. Holbuki Muqaddas Uch Birlik Kishilari o'rtasidagi sevgi chidaydigan birlikni keltirib chiqaradi, Iso insoniyatda mujassamlik bo'lishi cuhun Muqaddas Uch Birlikni harakatlanadigan qoidasini xohladi va bu rostan ham shogirdlarida muqaddaslik manbasi bo'ldi.

Shunday qilib Iso shogirdlariga jamoatining a'zolari orasida o'z aro sevgi bo'lishini nasihat qildi. U Eski Ahddagi o'nta taqiblarni qo'yib qo'ymadi, balki faqat hamma boshqa ilohiy qonun-qoidalarni o'z ichiga oladigan bitta qoidani berdi. Sevgi Qonunning amalga oshirishidir. Muso odamlarga salbiy qoidalar bergan, Masih esa O'zi namuna qilgandek bizlardan ijobiy harakatlarni talab qiladi.

Sevgi bu Masih shahsining siridir. U adashib ketgan qo'ylarga va yo'qolgan qo'ylarga muruvvatli bo'ldi. U shogirdlari bilan sabirli va yumshoq bo'ldi. Masih Shohligining yorlig'ini sevgi qildi. Sevadigan kishi Isoning himmatida yashaydi, lekiin nafratlanadigan kishi Shaytonga tegishlidir. Sevgi ko'ngilchandir, hech ham ado bo'lmas. U sabirlidir, havoriylarimiz birnecha marta Maktublarda uning sifatlarini yoyib berganidek , bu hatto dushmaniga yaxshilik tilaydigan sevgidir. Xudoning sevgisi hech ham ado bo'lmas; u yetuklikning rishtasidir.

Jamoatlar uchun boshqa sevgi uchun saqlanadigan qurbonlik belgisi yo'q. Agar biz o'zimizni hizmat uchun tarbiyalasak biz Uning shogirdlari bo'lamiz. Biz Iso tomonidan boshqarilganda amaliy sevgining mohiyatini bilib olamiz. Bizlar Uning kechirimida yashaymiz va boshqalarni hursandlik bilan kechiramiz. Hech kim buyuklikni ko'zlamaydi, hamma hursand chunki Masihning Ruhi ularni birlashtirdi,j annat yerga keladi va bizning barhayot Xudomiz Muqaddas Ruhga to'lgan jamoatlarni o'rnatadi.

SAVOL:

  1. Nima uchun sevgi Masihiylarni ajratadigan bitta belgidir?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)