Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 085 (Christ predicts Peter's denial; God is present in Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
B - Tangrining qutlug' kechligiga ergashadigan hodisalar (Yuhanno 13:1-38)

4. Masih Butrusning tonishini oldindan aytadi (Yuhanno 13:36-38)


YUHANNO 13:36-38
36 Simun Butrus Isoga dedi:-Rabbim, Sen qayerga ketyapsan?-Endi Men boradigan joyga sen orqamdan borolmaysan, keyinchalik borarsan,-dedi unga Iso. 37-Rabbim,-dedi Butrus,-Nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman? Men Sen uchun jonimni fido qilaman! 38 Iso javob berdi:-Men uchun joningni fido qilasanmi-ya? Senga rostini aytsam, xo'roz qichqirmasdanoq, sen Mendan uch marta tonasan!

Butrusning yuragi bezovtalandi va Iso sevgi haqida nima deganiga quloq solmadi. Ularning Tangrilari ularni quvg'inda va hiyonatlikdagi o'rab olinadigan xatarda ularni tashlab ketishidan u habardor qildi. U o'ziga, o'zining samiymiyligiga va oydinligiga suyandi. Butrus Isoni U qayerga borsa Unga ergashishiga ishontirdi. U o'zining kuchsizligini va chegaralarini sezmadi, u manmanligini amalga oshirishga ishongan edi. Butrus Iso uchun g'ayrat bilan yonayotgan edi va kurashishga va U uchun o'lishga tayyor edi.


C – YUQORI HONADAGI HAYIRLASHISH MANZILI (YUHANNO 14:1-31)

1. Xudo Masihda hozir (Yuhanno 14:1-11)


YUHANNO 14:1-3
1 Iso shogirdlariga dedi:-Yuragingiz g'ash bo'lmasin. Xudoga ishoning, Menga ham ishoning! 2 Otamning uyida maskan ko'p. Shunday bo'lmasa edi, Men sizlarga joy tayyorlagani ketyapman, deb aytarmidim? 3 Mana, Men borib sizlarga joy tayyorlaymanu, yana kelib Men bo'lgan joyda bo'lishingiz uchun sizlarni oldimga olib ketaman.

Shogirdlar Iso ularni tashlab ketayotganidan bezovtalandilar, va ular Uning manzili tomon Unga ergasholmadilar. Iso Butrus Unga ergashishga turib olganda va o'zinining kuchli imonidan mag'rurlanganda Iso uning tonishini oldindan aytib berdi. Ba'zi shogirdlarda balki yaqinda ketadigan va hatto o'ladigan Isoga ergashib xato qilgan bo'lsak kerak degan hissi bo'lgan. Iso qattiq qonun bilan ularning hafagarchiligiga qarshi bo'ldi. U hardoim to'la Xudoga suyangan mustahkam poydevordir, hamma qalqiganda ham U qalqimaydi. U bizlarning notinchliklarimizga tanbeh beradi. Qo'rquvning ma'nosi ishonmaslikdir. Sizning samoviy Otangiz sizni aldamaydi va tark etmaydi. Sizning imoningiz dunyoni yengadigan g'alabadir.

Iso O'zining izdoshlaridan Otasi loyiq bo'lgandek ibodat va ishonch bilan ba'zi imonning o'lcho'vini talab qildi. U Ota bilan birdir. Ota bizning kelajagimizga kafolat berganida, O'g'il bizga ishonchni taqdim qiladi. O'g'ilda Ota dunyoga keldi. Uning sevgisi bizning imonimizga loyiqdir. Uninig haqiqati mustahkam qoyadir.

Iso O'zining o'limi va ko'tarilishidan keyin yuz beradigan hodisa haqida shogirdlariga oshkor qildi. Shahar chekkasida yoki shahardagi boylikka ega bo'lgan narsalardan ko'ra Xudo bilan yaxshiroq va buyukroq qasr bordir. Xudoning saroyi hardoyim hamma azizlarga yetadigan keng va balandlikdagi bepayon shaharga o'xshaydi. Agar hatto siz hozir kulbada va chodirda yashasangiz hafa bo'lmang. Otangning saroyida xonalar va yashash joyi ko'p. U siz uchun tozza, issiq va yorug' uy tayyorlab qo'ygan.

Xudo O'zi Masihga ishonuvchilarni sevadi va ular uchun joy tayyorlab qo'ygan.I so jannatga qaytib borganda bu saroylarni tekshirib taraddudlarga qo'shib qo'ydi. Lekin U bizlarning oldimizga kelishga ham qaror qildi; Iso bizdan uzoqda bo'lishni xohlamaydi. U kuyov kelinini sevadigandek ularni sevadi; U Otasining oldida faqat Otasiga tanishtirilishni emas balki O'zining Jamoatini, Kelinini hadya qilishni va jannatdagi oilada Unga o'xshagan bo'lishni ko'zlaydi. Biz doim Uning ximoyasida qo'riqlanib, Uning sharofatida ko'tarilib, U bilan birga bo'lamiz.

YUHANNO 14:4-6
4 Men boradigan joyni sizlar bilmaysizlar, yo'lni ham bilmaysizlar. 5 -Rabbim,-dedi Unga Toma,-Qayerga borishingni bilmaymiz-ku, yo'lni ham qanday bila olamiz? 6 Iso unga dedi:-Men yo'l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi.

Iso shogirdlariga shunday dedi, "Men boradigan joyni sizlar bilasizlar, Xudoga yo'lni ham bilasizlar." To'ma shunday deb javob berdi, "Qayerga borishingni bilmaymiz-ku, yo'lni ham qanday bilamiz?" Hafa bo'lganida, u uzoqdagi maqsadni ko'ra olmadi. Qo'rquv uni titratib yubordi; u o'zining tuyg'usini yo'qotdi.

Iso yana uni muloyimlik bilan ishontirdi, "Men Xudoga boradigan yo'ldirman, Mening sevgim va haqiqatim jannatga boshlaydigan haqiqiy Qonundir. Men insonzod uchun Xudo sizlarni hukm qiladigan saviyadirman. O'zingizni johil inson darajalari bilan o'lchamanglar. Xudoga boshqaradigan yo'lni saqlang. Mening oldimga keling va Menga o'zingizni solishtiring; siz o'zingizni hech narsa emasligingizni balki buzilgan gunohkorlar ekanligingizni topasizlar."

Masih sizni qo'rquvdan qo'rquvga, noumidlikdan noumidlikka itarmaydi. Siz hayotingizni oxirgi nuqtalariga yetib borganingizda, U sizga saqlash uchun qo'lini uzatib shunday deydi, "Men sizga yangi haqiqatni beraman, eski haqiqat ortingizdadir. Men siz uchun o'ldim, va inoyat orqali Yangi Ahdni olib keldim. Sizning gunohlaringiz kechirildi; imoningiz sizni qutqardi. Asrab olishning haqiqatida yashash uchun Men bilan birga bo'ling. Menda sizlar Xudo yaqinlashishi orqali haqiqatni qabul qilasizlar. Mensiz halok bo'lasizlar."

Siz shunday deb aytishingiz mumkin, "Men buning hammasini eshitaman, lekin menga imon, kuch, ibodat va muqaddaslik yetishmaydi." Iso shunday deb javob beradi, "Men sizga abadiy hayotni beraman; Men hayot bulog'iman. Imon bilan Menga ishoning va siz Muqaddas Ruhni qabul qilasiz. Bu Ruhda sizlar faravon hayotni topasizlar." Kimki Masihga ishonsa abadiy yashaydi. Undan uzoqqa ketma; U sizning hayotingizdir. Siz gunohlaringizda o'lik holda qolib, Masihda yashaysiz. Hech qanday o'rta yo'l yo'q. Masih imonlining hayotidir.

Masih bilan bog'langanlar, Xudoning oldida turib Uni mehribon Otadek ko'rishadi. Hech qanday din, falsafa, qonun yoki ilm sizni Xudoga yaqinlashtirmaydi. Faqat Xudoning O'g'li Masih buni qiloladi; Unda sizning oldingizda Ota turadi. Iso Xudoning komil vahiysidir. Hech kim Ota U orqali saqlashini bilmaydi. Bizda Xudoning bilish yutug'i bor; Biz Unga yaqinlashamiz, chunki Masih sevgidir, va U bizlarni Xudoning bolalari qildi.

YUHANNO 14:7
7 Agar Meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar. Bundan buyon Uni bilasizlar, Uni ko'rgansizlar.

Bu dunyoning bolalari gunohlari tufayli Xudodan uzoqdalar. Hech kim o'zicha Xudoni bilmaydi. Hech kim Xudoni ko'rgan emas, lekin faqat Otaning bag'ridagi Uning O'g'li ko'rgan. Bizga U shunday deydi: Agar Meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar. Lekin ular buni bilishmagan. Bilim faqat ilimni tushunishni anglatmaydi, balki o'zgarishni va yangilanishni ham anglatadi. Xudoning bilimi bizlarda gavdalanadi , va hayotda mujassamlanadi. Aldanmanglar, dinni o'rganish Xudoni bilish degani emas. Xushxabarni yoritadigan nurga topshirish kerak. Siz o'zgarib nur bo'lasiz.

Hiyonat hoinlik qilish soatida Iso shogirdlariga taajublanib shunday dedi, "Hozirdan boshlab sizlar Meni bilasizlar. Men faqat yengadigan jabbor, dono va ulug' emasman, balki dunyoning gunohini oladigan Xudoning Qo'zisi hamdirman. Mening kechirimli o'limimda Xudo O'zini Ota yarashishiga o'xshab ochib beradi, chunki U sizni g'azab bilan yoki yo'q qilib tashlash bilan jazolamaydi. Balki siz Uning bolalariga o'xshab yaqin bo'lib, ozod bolishingiz uchun va muqaddaslikga o'zgarishingiz uchun U O'zining O'g'li bo'lgan Meni jazolaydi."

Xochda, Xudo Otadek O'zini ko'rsatadi. Yuksalgan Xudo uzoqda emas, balki U sevgi, mehribon va qutqaruvchidir. Xudo sizning shaxsiy Otangdir. Sizlar Menga ishonadigansizlar, va sizning o'zingiz Xudo haqidagi haqiqatni bilasizlar. Bu bilim sizni aloqada va yaxshilikda o'zingizni a'lo darajadagi amaliy bilimingiz bo'lishingiz uchun o'zgartiradi.

YUHANNO 14:8-9
8 Filip Isoga dedi:-Rabbiy, bizlarga Otani ko'rsat, shu biz uchun yetarli! 9 - Filip,-dedi unga Iso, -Men shuncha vaqtdan beri sizlar bilan birgaman-ku, Meni tanimaysanmi? Meni ko'rgan Otamni ko'rgan bo'ladi. Endi sen qanday qilib, "Otani bizlarga ko'rsat", deyapsan?

Iso, "Sizlar Otani ko'rgansizlar va Uni bilasizlar" deganda, Filip ajablandi, yani shunday dedi, "Yo'q, biz Uni ko'rmaganmiz", lekin u Xudoning ulug'vorligi orqali hijolatda qoldi. Buning o'rniga bu so'zlarni aytdi, "Tangrim bizlarga Otani ko'rsat ,shuning o'zi yetadi." Bu javob u Isoning sirini va Uning kuchini tushunganligini ko'rsatadi. Bu sir Ota va Uning birligiga bog'liq. Agar Iso ularni tashlab ketganda ham, Jabbor Xudoning qudratida U qo'riqlanganidek, ularga mehr-shavqat ko'rsatilishi uchun hatto bir vaqt uchun Otani ularga ko'rsatish yetarli edi. Keyin ular Xudoning joyini bilib, ko'rib va odamlar ustidan hokimyatni va shifo berish uchun, poklash uchun kuchni qabul qiladilar.

Lekin bu so'rov orqali Filip, Otani yoki O'g'ilni hanuz bilmaganligini tan oldi. U ilohiylikni va haqaqatni sezmadi. Iso uni koyimadi, balki unga rahimdil edi, va U O'zining oxirgi kechasida bu buyuk haqiqatni e'lon qildi, "Meni ko'rgan Otani ko'rgandir." Iso bu aniq so'z bilan shogirdlarning oldidagi pardani yirtib tashladi. Hech qanday qarashlar va orzular Xudo haqidagi haqiqatni ochib bermaydi; faqat Iso Masihning shaxsi ochib beradi. U yolg'iz muhim shaxs emas edi, balki biz Unda Xudoning O'zini ko'rdik. Bugun agar siz Isoni ko'rib Uni payqab olsangiz, sizda Xudoning qarashi bo'lishi mumkin. To'ma ham bu so'zlarni eshitdi va ularning muhimligini tushunmadi. Lekin Isoning tirilishidan keyin, Ustozining oldida yiqilib, shunday deb yig'ladi, " Tangrim va Xudoyim !".

YUHANNO 14:10-11
10 Men Otamda hozirman, Otam esa Menda hozir, sen bunga ishonasanmi? Men sizlarga O'zimdan to'qib gapirmayapman, balki Menda hozir bo'lib turgan Otam O'z ishlarini bajarmoqda. 11 Menga ishoninglar; Men Otamda Otam Menda hozirdir. Bordiyu bunga ham ishonmasangizlar, aqalli bajarayotgan ishlarimning o'zi orqali Menga ishoninglar.

Agar shogird Ruh orqali yurakdan o'zgarmagan bo'lsa, bu shogird uchun xushxabarni yod olish va Isoni sal ko'rishga imkoniyat bo'lishi mumkin, lekin Uning mohiyatini tushunmaydi. Iso Filipni O'zining xudoligidagi chuqurroq imonga bir savol bilan mag'lubiyatga uchratdi, "Men Otamda hozirligimga ishonmaysanmi? Mening hayotimning shiyori Otamni ulug'lashdir. Men Otamda hozirman. Otam esa tanada bo'lgan Menda hozirdir. Xudoning kamoloti Menda hozirdir. Men Muqaddas Ruhdan tug'ilganman, va sizning orangizda gunoh qilmasdan yashadim. Men Uni va Menda gavdalangan bu bilimni azaldan bilaman. U Menda O'zining otalik sharofatini va O'zining mehr-shavqatini ochib beradi.

"Menda bu shahodat uchun isbot bor: Mening obro'li so'zlarim va ilohiy ishlarim. Menda Otamning huzuridagi imonga ega bo'lish cuhun topishga qiynalsangiz, Men orqali Otam gapiradigan so'zlarni eshiting. Bu so'zlar sizga hayot, kuch va dovyuraklikni baxsh etadi. Agar so'zlarimga ishonmasangizlar, ishlarimga qarang; Xudoning O'zi sizning orangizda samoviy belgilar bilan ishlayapdi. U siz yo'qolganlarni Men orqali saqlaydi. Endi sizlar Mening o'limim orqali O'zi bilan insonzodni yarashtirib, eng buyuk bo'lgan Uning ishlari Mening xochga mixlanish soatida ko'rasizlar. Ko'zingizni ochinglar, quloqlaringizni berkitib olmanglar. Siz xochga mixlangan Zodda Xudoni taniysizlar. Bu sizlarni hukm qilmaydiga, balki sizni saqlaydigan haqiqiy Xudodir."

IBODAT: Iso Masih Tangrim, men inoyat orqali shunday deyman, "Mening Tangrim va Xudoyim!" Mening ishonchsizligimni va sevgim kamligi uchun kechir. O'limdan ko'ra hayotga Sening biliming hissa qo'shib, men Sendagi Otani ko'rishim uchun va Uning sevgisiga o'zgarishim uchun Muqaddas Ruhinga ichki ko'zlarimni ochib yubor. Senga ishonmaganlar imon orqali yangi hayotga ega bo'lishlari uchun ularga ulug'vorligingni mohiyatini ochib ber.

SAVOL:

  1. Ota Xudo va Masihning o'rtasidagi munosabat nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)