Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 054 (Legalists bring an adulteress to Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- Hausa? -- Hindi -- Indonesian -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Spanish? -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)

c) Qonunchilar sinash uchun Isoning oldiga fohishani olib kelishadi (Yuhanno 8:1-11)


YUHANNO 8:1-6
1 Iso zaytun tog'i tomon ketdi. 2 Ertalab yana ma'badga qaytib keldi. Butun halq Uning oldiga kelar, U esa odamlarga ta'lim berib o'tirar edi. 3 Shu orada ulomolar bilan farziylar bir ayolni Isoning oldiga keltirishdi, uni zino qilayotganda ushlab olishgan edi. 4-Uztoz!-deyishdi ayolni o'rtaga qo'yib. -Bu ayol zino qilayotganida ushlandi. 5 Muso payg'ambar Qonunimizda bundaylarni toshbo'ron qilishni buyurgan. Sen nima deysan? 6 Bu so'roq bilan Isoni tuzoqqa ilintirib ayiblamoqchi edilar. Iso esa ularga e'tibor bermay, engashib barmog'i bilan yerga yozar edi.

Kengash a'zolari uylariga jahil bilan jo'nashdi, chunki Iso ularning qo'llaridan chiqib ketgan edi. Olomon ularning boshlovchilari Isoga ma'badda erkin gapirishiga ruhsat bergan deb tahmin qilishdi. Lekin bu a'zolar Unga tuzoq qo'yish uchun Unga qarshi ayg'oqchilikda qolishdi. Iso Kidron vodiysini kesib o'tib kechda shahar tashqarisiga jo'nab ketdi.

Keyingi kuni Iso odamlar bilan to'la bo'lgan ma'badga kirib, shahar markaziga qaytib keldi. U Bayramning oxirida qochib ketmadi, balki dushmanlari orasida aylanishni davom ettirdi. Bu Farziylar ahloqiy mirshab majburligining salohiyatida, asosan hursandchilik va sharob ichish bayramidek harakat qilishdi. Ular ayolni zino qilayotganida ushlab olgan edilar. Bu sabab bilan ular Isoni sinashlari uchun bu ular bilan yuz berdi. Uning sifatidagi ba'zi yumshoqlik halqning urf-odatlari gunoh qilishidek Xudo va insonlar orqali ko'riladi. Lekin qonun jazosida turib olish Uning talabchanligini va Uning dong'i yo'qolishini isbotlaydi. Isoning ayolga bo'lgan hukmi ahloqiy shakkoklik orqali qilingan sharmandalik uchun hukm bo'ladi. Shunda ular Isoning hukmini sabirsizlik bilan kutishdi.

YUHANNO 8:7-9a
7 Ular bu haqda so'rayvergach, Iso tik turdi-da:-Sizning ichingizda kim begunoh bo'lsa, o'sha birinchi bo'lib ayolga tosh otsin, -dedi. 8 So'ng yana engashib yerga yozaverdi. 9 Ular bu gapni eshitib, vijdonan fosh bo'lishdi. Chollardan boshlab, keksayu yosh hammasi birin – ketin keta boshlashdi.

Farzilar Isoni oldida fohishani ayiblashganda, Iso yerga engashib barmog'lari bilan yerga yozdi. Lekin biz U nima yozganini bilmaymiz balki Sevgi- so'zida yangi qonunni yozgan bo'lishi mumkin.

Keksalar dunyoni hukm qilish sabr-toqatligini va u ularning vijdonlariga sanchilyotganini sezmasdan Isoning "ikkilanishi" dan sababni ko'risha olmadi. Ular Isoni chalkashtirib o'rab oldik deb o'ylashdi.

Iso turdida achinib ularga qaradi; bu ilohiy qarash edi va Uning so'zlari rad etilmaydigan haqiyqat edi. U " hukm" da shunday dedi, "Sizning orangizda kim ayibsiz bo'lsa, birinchi bo'lib bu ayolga tosh otsin." Iso qonunning oddiy jumlasini o'zgartirmadi, lekin uni to'ldirayotgan edi. Bu fohisha o'limga loyiq edi; buni Iso tan oldi.

Bu harakati bilan Iso "dindorlarni" fohishadek hukm qildi. Shunda Iso ularni birinchi tosh otish orqali o'zlarini ayibsizliklarini isbotlash uchun taklif berdi. Bu bilan Iso ularning yuzidan diniy niqobni yirtib tashladi. Xudoning oldida gunohkorning va dindor ikkiyuzlamachining ortasida hech qanday farq yo'qdir. Chunki hamma yo'ldan ozgan va buzilgan. Kimki bitta qonunni buzsa, u qolgan butun qonunni buzgan bo'lib, abadiy jahannamga loyiqdir.

Keksalar va qonunchilar o'zlarining gunohlaridan kechirilish uchun gunohkorliklarini tan olib ma'badda hayvonlarni qurbon qilishar edi. Masihning so'zi ularning qalblariga tegdi. Ular Nazariyalikni qo'lga tushirishni xohladilar, lekin bu ularning yovuzliklarini fosh qilgan va ularni hukm qilgan Iso edi. O'sha vaqtda U qonunni saqladi. Bu ayiblovchilar Isoning muqaddasligidan titrab, Xudoning O'g'lini yonida ekanliklarini his etib, boshlarini egdilar.

Keksalar va ularning hamdardlari jo'nab ketishdi va hech kim qolmadi, Isoning O'zi orqada qoldi.

YUHANNO 8:9b-11
9b – Oxirida yolg'iz Iso bilan o'rtada turgan ayol qoldi. 10 Iso o'rnidan turdi-da, ayoldan boshqani ko'rmay:-Ey ayol!-dedi,-seni ayiblovchilar qani? Hech kim seni mahkum qilmadimi? 11-Hech kim Hazrat!-deb javob berdi ayol.-Men ham seni hukm qilmayman,-dedi Iso. -Bor, bundan keyin boshqa gunoh qilma.

U yerda ayol qaltirab turgan edi. Iso unga rahimdillik va adolatlik bilan qaradi-da shunday deb so'radi, "Seni ayiblovchilar qani? Hech kim seni mahkum qilmadimi? U Isoni Muqaddas Iso uni jazolamasligini va U faqat uni to'g'ri hukm qiluvchi yagona Insonligini his etdi.

Iso gunohkorlarni sevadi; U darbadarlarni qidirish uchun keldi. U gunohkor ayolni jazolay olmadi, lekin O'zining inoyatini bu ayolga taklif qildi. Chunki U dunyo uchun o'lishga tayyor bo'lib, bizning gunohlarimizni oldi. U ayolning hukmini O'ziga oldi.

Shunday qilib U sizga butun kechirimni taklif qiladi, chunki U siz uchun o'ldi. Uning sevgisiga ishoning, shunda U sizni hukmdan ozod qilsin. Uning kechirim Ruhini ham qabul qiling, shunda siz boshqalarni hukm qilmaysiz. Hech qachon siz ham gunohkorligingizni, yoki boshqalardan yaxshiroq emasligingizni unutmang. Agar boshqa odam zinoga berilgan bo'lsa, siz o'zingizni pok deb hisoblaysizmi? Agar u o'g'irlik qilgan bo'lsa, siz sadoqatlimisiz? Hukm bu siz hukm bo'lmaysiz degani emas. Siz o'lchov bilan o'lchasangiz, sizga ham o'lchov bilan o'lchanadi. Nima uchun siz o'z birodaringiz ko'zidagi cho'pni ko'rasizu, o'z ko'zingizdagi xodani sezmaysiz?

Iso shundan keyin xatoga qaytmasligi uchun buyrug' berdi. Xudoning buyrug'i sof bo'lishi uchun mustahkamlaniladi va yumshatilmasligi kerak. U ayolni Xudoga qaytib kelishiga sevgini xohlashiga va gunohini tan olishiga yetakladi. Shunda bu ayol Qo'zining qonidan Muqaddas Ruhni qabul qiladi. Iso ayoldan mumkinmas narsalarni talab qildi, lekin unga singan yurak uchun mavjud bo'lgan kuchni berdi; muqaddaslikda yashash uchun. Mana U sizga endi gunoh qilmasligingizni buyuradi; U sizning yuragingizni tan olishini eshitishga tayyor.

IBODAT: Ey Tangrim Iso, men Sening oldingda uyatdaman, chunki men fohishadan yaxshiroq emasman. Boshqalarni yuragini og'ritganim uchun va hukm qilganim uchun meni kechir. Meni gunohdan tozala. Meni kechirganingdan minnatdorman. Men Sening sabr-toqating va mehr-muruvvating uchun Seni ulug'layman. Xozirdan boshlab gunoh qilmasligim uchun menga yordam ber. Soflikda meni kuchlantir va meni tasdiqlagin. Meni muqaddaslik hayotiga yetakla.

SAVOL:

  1. Nima uchun fohishani ayiblovchilar Isoning oldidan chekindilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)