Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 039 (The reason for unbelief)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
A - Quddusga ikkinchi safar (Yuhanno 5:1-47) -- Mavzu: Iso va Yahudiylarning orasidagi dushmanlikningkelib chiqishi

5. Ishonmaslik uchun sabab (Yuhanno 5:41-47)


YUHANNO 5:41-44
41 Men insonlardan tahsin-tasanno qabul qilmayman. 42 Lekin sizlarni bilaman, qalblaringizda Xudoga muhabbat yo'q. 43 Men Otamning nomidan kelgan bo'lsam-da, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. O'z nomi bilan keladigan allakimni qabul qilaverasizlar. 44 Sizlar-ku bir-biringizdan tahsin-tasanno olishni yahshi ko'rasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazavor bo'lishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham ishona olardingizlar?

Iso O'zining dushmanlarining qurollarini sindirib tashladi va U ularning yuraklarining holatini va kelajak taqdirlarini ko'rsatib qo'ydi. Iso ularning yomon maqsadlarini va nopok hislatlarining unsurini ham ta'kidlab o'tdi.

Isoda odamlarning olqishlari yoki yomonliklari uchun muhtojlik yo'q edi, chunki Uning topshirig'i tufayli Unga ishonishgan. Bu e'tiqod Uning xizmatining natijalarini ko'rgazmalariga bo'g'liq bo'lmagan. Agar U ulug'langanda U Otasiga ulug'likni bergan bo'lar edi. U Shohlikni talafuz etishni o'rgatib, O'ziga qaraganda Otasiga birinchi bo'lib shunday ibodat qilishni o'rgatdi, Osmondagi Otamiz, Sening noming ulug'lansin, osmonda bo'lgani kabi yerda ham Sening shohliging kelsin. Iso O'ziga ulug'likni va sharafni qidirishning hamma maqsadlaridan voz kechdi. Otasining shon-shuhrati Uning shiori edi. Xudoning haqiqatiga bo'lgan g'ayrat Uni o'z ichiga oldi.

Xudoning sevgisi yaratishda, qutqarishda va tugallikda hamir uchidan patirdir. U Muqaddas Uch Birlikdagi mohiyatning mag'zidir. Qonunning bajarilishi va kamolotning rishtasi bu sevgini ta'riflaydi. Bunga erishgan inson o'zi uchun yashamaydi na o'zini ulug'laydi, biroq boshqalarni hurmat qilib, o'zidan kechib boshqalarga xizmat qiladi. U kambag'allarga o'zidagi borini beradi. Sevgi hech qachon mag'lubiyatga uchramaydi.

Hech kim o'zining kuchi bilan Xudoni sevmaydi, lekin gunoh tufayli kirga bo'yalgan kishi Masihda Xudoning sevgisiga ishonib va tavba qilib tan oladi, Xudoning sevgisi Pavel qilgandek bizlarga Muqaddas Ruh berilib, yuraklarimizga yog'iladi. Bu sevgi qurbonlikda, kamtarlikda va sabirlilikda namoyon bo'ladi. Kimki Xudoning Ruhiga yuragini ochsa, u inson Muqaddas Uch Birlikni va hamma insonlarni sevadi. Lekin o'zini mag'rur tutgan kishi va o'zini yaxshi deb o'ylagan kishi haqiyqatdan tavba qilgan kishi emas, balki Xudoning Ruhining yovidir. U pastkashdir. U yangi ijod bo'lishni xohlamaydi, va unga Najotkor kerakligiga aqli yetmaydi, lekin yuragini tosh qilib oladi. Masih notanish xudoning nomidan kelmadi, biroq Xudoning sevgisini va mehr -muruvvatini oshkor etib Otaning nomidan keldi. Masihni inkor etgan hamma insonlar onglari Xudoning sevgisiga bekilganini isbot etadilar. Ular nurga qaraganda zulmatni ko'proq sevadilar, va nurdan tug'ilganlardan nafratlanadilar.

Masih Xudoning sevgisiga qarshi isyonkorlikda hamma o'zini o'ylovchilarni yetaglaydigan Masihning ko'rinishiga qarshi bo'ladigan kishini dushmanlariga ma'lum qildi. U mo'jizalar ko'rsatadi va Masihga o'xshash bo'ladi.

Ko'pchilik haqiyqiy tavbaga qaraganda o'zaro kelishuvni afzal ko'rib ishona olmaydi. Ular o'zlarini yaxshi, kuchli va aqilli deb hisoblashadi. Ular Muqaddas Xudoning oldida qaltirashmaydi va faqat U yaxshi ekanligini sezishmaydi. O'zini o'ylaydigan solihlik ishonmaslikning sababidir, va mag'rurlik nato'g'ri munosabatning belgisidir.

Xudoni va o'zining qalbini bilgan odam hamma ulug'liklardan voz kechib gunohlarini tan oladi, va har doim O'g'ilga va Otaga ulug'likni beradi. U Xudoning inoyatini ko'kka ko'taradi. Biz gunohkorlar kechirilishimiz uchun ishonchimiz bizlarni hatti-harakatlarimizda mag'rurlikdan ozod qiladi. Biz kimligimizni va Xudo kimligini bilamiz. Sevgi do'stga haqiqatni aytadi; mag'rur kishi bizlarni kamtar qiladigan Xudoning Ruhidan ajratib o'zini va boshqalarni aldaydi.

YUHANNO 5:45-47
45 Men sizlarni Otam oldida ayblayman, deb o'ylamanglar. Sizlarni ayblovchi o'zingiz umid bog'lagan Muso bo'ladi. 46 Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishonar edingizlar; u Men haqimda yozgan edi. 47 Musoning yozuvlariga ishonmabsizlarmi, Mening so'zlarimga qanday ishonasizlar?

Masih qonunchilarning mag'rurliklari kamayishda uzoqroqqa ketdi, va shunday dedi, ''Men Xudoning oldida ayblovchi emasman, Musoning o'zi ayblaydi. U sizni hukm qiladigan Ahd Qonunini berdi. Sizlar sevgini qoldirib, Qonunning nomidan Meni o'ldirishni istadingiz. Xudodan ajralib zulmatda daydib yuribsizlar. Men Dam olish Kunida kasal odamni shifoladim, va sizlar Xudoning ishidan mamnun bo'lmadingizlar; balki sizlar Mendan nafratlanasizlar, Men Xudoning sevgisini mujassamlanishidirman. Sizlar bu Masihning ishlar ekanligiga ishonishdan voz kechasizlar: Sizning ruhingiz g'alayonchi va dag'aldir. Xudo sizlarga Qonunni o'lim uchun emas hayot uchun berdi. Agar sizlar tavba qilishingiz kerak bo'lganda, sizlar Najotkorni xohlagan bo'lardingizlar. Qonun va Payg'ambarlar kelayotgan Zodga oddiy kirish edi. Sizlar Qonunning maqsadini egdingizlar va Xudoning buyrug'larini hukm qilishni xohlashingizga ruhsat berdingizlar. Sizlar karomatni tushuna olmaysizlar. Sizning yomon ruhingiz haqiqatni tushinib yetishingizga halaqit beradi. Sizlar Xudoning Ruhiga qarshi bo'lib nodonligingizcha va garangligingizcha qolasizlar. Qaysarligingiz tufayli Hayot Kalomiga ishonmaysizlar.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso boshqalar qilgandek O'ziga ulug'likni olmadi?

2-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobhon 19 ta savoldan 17 tasiga to'g'ri javob jo'nating. Biz sizga bu o'qish kitobini chop etilgan birini jo'natamiz.

  1. Nima uchun Iso ma'badga kirib savdogarlarni quvib chiqardi?
  2. Nikodimning diniy burchi va Masihning maqsadining o'rtasida qanday farq bor?
  3. Imonlilardagi yangi tug'ilishning belgilari nima?
  4. Masih qanday qilib cho'ldagi ilonga o'xshaydi?
  5. Nima uchun Masihga ishonganlar hukmdan o'tmaydilar?
  6. Masih qanday ma'noda kuyov?
  7. Qanday qilib biz abadiy hayotni qabul qilamiz?
  8. Iso bizlarga beradigan sovg'a nima? Bu sovg'alarning sifatlari qanday?
  9. Haqiyqiy sajdaga nima halal beradi va unga haqiqatdannima ta'sir qiladi?
  10. Qanday qilib bizning hayot baxsh suvi orqali chanqog'imiz qondiriladi?
  11. Qanday qilib biz Iso uchun foydali hosil keltiruvchilar bo'lamiz?
  12. Amaldor boshidan kechirgan imondagi o'sishning bosqichlari qanaqa?
  13. Qanday qilib Iso Bayt-Saydaning ko'lida sholni shifolaydi?
  14. Nima uchun Yahudiylar Isoni quvg'in qiladilar ?
  15. Qanday qilib va nima uchun Xudo O'g'li bilan ishlaydi?
  16. Ikkita muhm vazifaning qaysi biri Ota ijro etishi uchun Masihga berilgan?
  17. Iso orqali bizlarga tushintirilgan O'g'il va Otaning o'rtasidagi bog'liqlik nima?
  18. To'rtta guvohlar kimlar va ular nimaga guvohlik qilishdi?
  19. Nima uchun Iso boshqalar qilgandek O'ziga ulug'likni olmadi?

Ismingizni yozishni va savol javob sahifasidagi aniq manzilni yozishni unitmang, faqat konvertda emas. Quydagi manzilga jo'nating:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:38 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)