Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 034 (Healing of the paralytic)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
A - Quddusga ikkinchi safar (Yuhanno 5:1-47) -- Mavzu: Iso va Yahudiylarning orasidagi dushmanlikningkelib chiqishi

1. Bayt-Saydada sholning shifo topishi (Yuhanno 5:1-16)


YUHANNO 5:10-13
10 Shuning uchun yahudiy mansabdorlari sog'ayib ketgan odamga: -Bugun dam olish kuni-ku, senga to'shagingni ko'tarish mumkin emas!-deyishdi. 11 -Meni sog'aytirgan odam menga: "To'shagingni olib yur", deb ayti-da, - dedi u odam. 12 "To'shagingni olib yur", deb aytgan odam kim?-deb so'radilar. 13 Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u yerda halq ko'pligidan Iso O'zini chetga olgan edi.

Aqidaparast qonunchilaridan tashqari Bayt-saydaning peshayvonidagi o'sha tortiqlardan zavqlanishdi. Bu aqidaparastlar xasad qiluvchi telbalar edi. Ayniqsa Dam olish kunidagi shifolashning ro'y berishida. Iso faqat nogironni shifolamadi, unga shahar qatorlari orqali to'shagini ko'tarib ketishini buyurdi. Hamma ishlar dam olish kuniga qolishiga to'g'ri kelganda ularning tushunchalari bo'yicha bu Xudoga qarshi gunoh edi. Ba'zi bu Qonunning gunohkorlari o'limga sabab bo'ldi ( Sonlar 15:32-36). Yahudiylar agar butun halq sinchiklab Dam olish kuniga roya qilmasa Masih kelmaydi deb hisoblaganlar.

Bu Yahudiylar o'sha zahotiyoq to'shagini ko'tarib ketayotgan bu odamni tosh bo'ron qilmadilar chunki hukmdan oldin berilgan ogohlantirish o'tib ketgan edi. Bu shikoyat po'pisaniga o'xshagan ma'noni anglatgan. Shifo topgan odam Isoning buyrug'ini eslatish orqali o'zini himoya qildi. To'shagini ko'tarish, to'la shifo topish holati edi.

Qonunchilarning jahillari chiqib, shifo topish harakatidan hech qanday huzurni sezmadilar. Ular Isoning bu shifolashda ko'rsatgan sevgisini hokimyatini sezmadilar. Ular Shifo beruvchi Shaxsdan nafratlanib ko'rolmaslik bilan muhokama qilishni boshlashdi. Iso Dam olish kunida nogironga to'shagini olib yurishi uchun buyrug' berishiga jur'at etgan. Shunday qilib Iso ularning fikrlarida o'limga loyiq gunohkor bo'ldi.

Bu shifo topgan kishi Shifolovchini bilmagandi, modomiki Iso begona edi. Bu Uning Bayt-Saydaga birinchi tashrifi bo'ldi. Shifolashdan keyin u g'oyib bo'lganga o'xshadi. Iso mo'jizalarga ko'ra O'ziga ishonchni xohlamadi, balki Uning mehribon insonligiga ko'ra bo'lgan imonni xohladi.

YUHANNO 5:14-16
14 Keyinroq Iso u odamni ma'badda uchratib qoldi. - Mana sen sog'ayding. Endi boshqa gunoh qilma, tag'in boshinga yanada yomon kun kelmasin, -dedi unga. 15 Bu odam borib, Uni sog'aytirgan Iso ekanligini yahudiy mansabdorlariga xabar qildi. 16 Ular esa, dam olish kunida bunday ishlar qilib yuribdi, deb [Isoning joniga qasd qilib,] Uni quvg'in qila boshladilar.

Iso shifo topgan odamni gunohlaridan ozod bo'lish orqali butunlay sog'ayishi uchun uni qidirdi. U bu odamni ma'badda Xudoni ulug'layotganda topdi. Bu odam Isoni ko'rgan paytda hadiksirab, hursand bo'ldi. Iso bu odamga nima deganini bilamiz:

Sen shifo topding. Senga kelgan ta'jublanishingni ma'nosini tushunib yet. Sen 38 yildan beri kasal eding. Bu insoniniylik emas ilohiy harakat edi. Bu bor bo'lgan Xudo O'zi sening qalb ko'zlaringni ochib tashladi.

Sen gunohlaringni bilasan. Xudosiz hayot bu xalokatga sababchi edi. Seni shifolashim orqali, sening barcha gunohlaring kechirildi. Shifo topish uchun uning ichki borlig'ini o'rab olish uchun, Iso undan gunohga emas balki Unga itoat qilishini so'radi. Kechirim so'rash qarorini qabul qilish huddi shu gunohga qaytmaslikdir. Kimki Masihning kuchli so'zini qabul qilsa va qayg'uda tavba qilsa u ilohiy kuchni qabul qiladi va Xudoning yordami bilan shaytonning ustidan g'olib keladi. Masih bizlardan mumkin bo'lmagan narsani so'ramaydi, balki U bizlarga bizning tanaviy vasvasalarimiz va erkalik nafratlarimiz ustidan g'alaba qozonish kuchi uchun Ruhni beradi. Haqiqat Ruhi bizlarga shaytonga qarshi turishimiz uchun va undan o'zimizni olib qochishimiz uchun hokimyatni beradi.

Ba'zan dardlar va lat yeyishlar Xudo O'ziga olib kelishi uchun Xudoning sevgisini tanbehlari bo'ladi. Boshqa paytlarda boylik va mo'lchilik Xudo tomon bizlarning tosh bag'irligimiz uchun ilohiy jazo bo'lishi mumkin. Inson abadiy yo'qolishda tomom bo'lib yovuzlikga aylanadi. Gunoh bilan o'ynashmana, lekin asosan, mag'lubiyatga uchrashga o'zingizning bog'lig'ligingni tan oling va Masihdan sizni ozod qilishini so'rang. Iso va sizning gunohlaringiz o'rtasida turgan betaraflikni tanlamang. Gunohga bog'liqligingizni parchalab tashlang. Ahd tuzib Qutqaruvchingizga va'da bering. U sizni saqlaydi.

Qanday ajoyib! Isodan maslahat olgandan keyin shifo topgan kishi yahudiylarning oldiga yugurib ketdi, va ularga Nazariyalik unga shifo berganini va Dam olish kunining qonun-qoidasidan adashtirishga boshqarganligini aytib berdi. Qonunchilar hoynohoy Isoni tutib berishi uchun uni ayg'oqchi bo'lishiga umid qilgan bo'lishlari mumkin.

Iso ma'badni tozalagan paytda shifolashdan keyin ruhoniylar orqali ko'rsatilgan nafrat Isoga qarshi dushmanlik Fariseylardagi zo'ravonlik emas edi. Masih ularning "solihligini" qanchalik kamligini ochib berdi va solihlik o'zligidan qonunni saqlashga ko'ra emasligini ko'rsatib berdi. Xudo sevgini va mehrni talab qiladi. Sevgisiz muqaddaslik yolq. Xudo bizlarda mehr-shavqatni qidiradi, urf odatni emas. Xudoga shukur Xudo sevgisini berib bizlarni minglab qonun-qoidalardan ozod qildi.

SAVOL:

  1. Nima uchun Yahudiylar Isoni quvg'in qildilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)