Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 025 (Herod’s Attempt to Kill Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

4. Isoni O'ldirish uchun Hirodning Harakati (Matto 2:12-23)


MATTO 2:16-18
16 Hirod munajjimlar tomonidan aldanganini payqagach, ju-da qattiq g'azablandi. Ulardan bilib olgan vaqtga ko'ra Bayt-lahm hamda uning tevarak-atroflaridagi ikki yosh va undan kichik bo'lgan hamma o'g'il bolalarni qilichdan o'tkazgani kishi yubordi. 17 O'shanda Yeremiya payg'ambarning ushbu karomati bajo keldi. 18 “Ramadan bir nido eshitilur, cheksiz bir nolayu ohu fig'on, bu. Bolalari uchun yig'lar Rohila, hech na yupatolmas, endi ular yo'q.
(Yeremiya 31:15; Ibtido 35:19)

Hirod munajjimlar yangi tug'ilgan chaqaloqni ko'rishgandan keyin undan qo'rqib, uni hurmatlab va oldiga to'g'ri keladilar deb o'ylagan. Hirod ular unga e'tibor bermaganliklarini ko'rganida, judayam jahli chiqdi. Ular Masih qayerdaligini unga aytish uchun qaytib kelmadilar. U ko'pincha buni eslaganda g'azablanar edi.

Isroil tomon dushman va Edomlik bo'lgan Hirod o'zining suyaklarida tarbiyalangan edi. Har doim kichik bolalar inson tabiati bilan birga insoniy qonunlarning mahsus himoyasi ostiga olingan, lekin bular bu zolimning g'azabi uchun qurbon bo'ldilar. Hirod shunda yetmish yoshda edi, shunda ikki yoshdan past bo'lgan bola hoynahoy uning saltanatiga tahdit qilmagan. Hirodning hokimligi ostida, ayibsiz saqlanib qolinishi uchun kafolot yo'q edi.

Hirod saltanati uzra qonho'r kishi bo'lgan. Bu qotildan oldin uzoq vaqt o'tmasdan, u butun Kengashni yo'q qilgan. U o'zining bolalariga va ularning o'sishiga qiziqmasdan Aleksandir va Aristobulus o'g'illarining ikkalasini bo'g'ib, o'zi o'lishidan oldin keyinroq o'g'li Antipater faqat besh kunlik bo'lgan edi. Bu u o'zining butunlay bu narsani qilgan mag'rurlik va jinoyatlikning qo'pol hirslaridan zavqlanish uchun edi. Qonxo'rlikka bo'lgan qon istisqo bilan ularga suvdekdir.

Qaysar Avgust Hirod ikki yoshli bolalar orasida o'zining o'g'lini o'ldiribdi bu buning ostida u bo'g'ib o'ldirilish uchun buyrug' beribdi deb eshitganda, u Hirod ustidan bu hazilni gapirgan: “Hirodning o'g'li bo'lishdan ko'ra, uning cho'chqasi bo'lish yaxshiroq edi.” Bu tumanning udimi cho'chqani bo'g'ib o'ldirish uchun uni taqiqlagan, lekin hech narsa o'g'lini o'ldirishdan uni to'xtatib qololmagan.

B'azilar Baytlahimliklarning g'am-kulfati Masih haqidagi ularning hurmatsizligi uchun ular ustida hukm bo'lishi uchun bu shunday bo'ldi deb ishonishadi. Xudoning O'g'li tug'ilgani uchun quvonmaydiganlar ancha o'zlarining o'g'illarining o'limi uchun yig'lashga majbur bo'ladilar. Biz Baytlahimliklar cho'ponlar olib kelgan yangilikdan faqat “ajablangan” liklari, lekin ular cho'ponlarni qabul qilmaganliklari haqida o'qiymiz.

Matto Yeremiya davrida qurshovga olinib, Bobilga surgun etilgan xalqiga qo'llagan Yeremiya 31:15 dan bir bashoratni 18 oyatga qo'yadi. 17 oyatga e'tibor qiling, Matto bu vaqt Baytlahimdagi “bajarish” deb aytish bilan emas, balki “bajarilgan” deb aytish bilan begunoh bolalarni o'ldirilganligini eslatib o'tib, bu bashoratni tanishtiradi. Ikki iboralarning o'rtasidagi farq buyuk ahamiyat haqidadir. Agar yozuv hodisani bashoratda gapirilgan “bajarilish” ekanini aytsa, bu hodisa aytilgan bashorat haqidagi faqat maqsadni anglatadi; lekin agar yozuv bashoratda aytilgan “bajarilgan” ligini aytsa, Matto qilgandek, bu hodisa faqat maqsad emas, balki bashorat bitta hodisadan ko'proq hodisani qo'llashini anglatadi.

Yeremiya payg'ambar Baytlahim yo'lida ko'milgan Yoqubning suyukli xotini Rohilani u bolalari va avlodi haqida so'rab, qabridan yig'layotgan yo'ldek va Rohila ularni topolmaganda, u ular yerlarida emas balki dushmanlarining zolimligi tufayli tarqalib ketganliklari uchun tasalli topishni rad etgan ayoldek uni tasvirlaydi (Ibtido 35:19). Haqiqiy meros bo'lgan Masih Rohilaning avlodlari, ikki yosh va undan kam bo'lgan barcha bolalarni o'limga qo'ygan dushman Shoh Hirod va zolimlardan qochganda, bu bashoratning bajarilishini Xudo Mattoga ochib berdi.

G'alati narsa shundaki, Baytlahimliklar cho'ponlarning va munajjimlarning yangiliklariga ishonishmadi va chaqaloq Isoga qiziqib ham ko'rishmadi. Ular Isoga sajda qilish uchun kelishmadi. Chunki ular ajoyib shahodatlardan qat'iy nazar bunga ishonishmagan, Xudoning kuchli qo'li ularning bolalarining qotilllariga ruhsat berish orqali ularning boshiga tushgan.

Faryod haqidagi bu bashorat va hafa bo'lgan viloyat ba'zi Masihga qarshi yaratadigan e'tirozni taklif qilishga xizmat qilgan. Bu e'tirozchilar so'rashlari mumkin, “Isroilning Yupatuvchisi bo'lishi kerak bo'lgan Masihga bu hamma faryodlarni tanishtirishadimi?

Ha, bu oldindan aytilgan va yozuv bajarilishi kerak. Hatto, agar biz bu bashoratning keyingi oyatlariga qarasak, biz Romada “achchiq yig'i” tugaganida va “Ishingiz taqdirlaniladi . . . va kelajagingizga umid bor” (Yeremiya 31:16-17) deganda Rohila yupanadigan va'dani topamiz. Ular uchun yo'qolganlarini tuzatish uchun Masih tug'ilgan.

Baytlahimdagi Xudoning hukmi ular Xudoga qaytib, tavba qilishlari va chaqaloq Iso Masihga ishonishlari uchun Rabbiylaridan bo'lgan sevgi kasalligi edi.

Yahudiylarning yaratilishining boshida bir xalqdek Rabbiy Iso bolaligida ular bilan solishtirish mavzusini Matto olishi aniq bo'ladi. Yahudiylar chiqqandek, Iso Misrdan chiqadi; lekin Yahudiy xalqi imoni kamligi tufayli oldin yiqilgan joyga Masih zafar qozonish uchun keladi. Xushxabarchi Matto Masihning umumiy yo'nalishini yana ta'kidlab, Uning bolaligining hodisalari haqida ko'rsatmasini tugatadi. U xalqoro safda Jalilada joylashgan birinchi viloyati Nasroniyani eslatib o'tadi.

Bu G'ayriyahudiylarning to'liqligi va birja harakati edi, va tez-tez ahloqsizlik va butparastlikning ifodalari bilan bajarilgan. Oxir oqibatda, Yozuv “Ular Undan nafratlanishdi” degan gap bajo bo'lishi uchun Yahudiya yeri alohida Nasroniyadan bo'lganlarga va umumiy Jaliladan bo'lganlarga hurmatsizlik bilan qaraganlar.

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, Sen haqsan va sababsiz zajolamaysan. Men olib tashlanishga loyiqman chunki men buyukligingni mensimasdan, kam-bag'allardan nafratlandim va bashoratingni o'ylamadim. Menga va xalqimga mehr ko'rsat chunki gunohlarimiz jannatda ma'lumdir. Qonunsiz harakatlarimiz uchun bizda g'am-qayg'uni yarat. Bizlarni yovuzligimiz haqidagi tushunchaga boshla. Tavba qilish uchun bizlarni boshqar va fikrimizni o'zgartir. Biz Sening oshkor bo'lgan va kelayotgan hukmingdan ozod bo'lishimiz uchun Masihning to'loviga ko'zlarimizni ochgin va sevging bilan to'ldirgin. Omin.

SAVOL:

  1. Xudoning jazolarining oxirgi maqsadi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)