Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 024 (Herod’s Attempt to Kill Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

4. Isoni O'ldirish uchun Hirodning Harakati (Matto 2:12-23)


MATTO 2:12-15
12 Hirodga qaytmaslik haqida tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yo'l bilan o'z yurtlariga qaytib ketdilar. 13 Mu-najjimlar jo'nab ketganlaridan so'ng, Xudovandning bir fa-rishtasi Yusufga tushida ko'rinib: “O'rningdan tur! - dedi. - Chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qoch va men senga biror narsa aytmagunimcha, u yerda qolgin. Chunki Hirod chaqaloqni qidirib topsa, Uni halok qilish niyati bor”. 14 Yusuf shu kechasiyoq turib, chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qarab yo'lga tushdi. 15 Hirodning ajali yetgunigacha u yerda qoldi. Shu tariqa Xudovandning: “Men O'g'limni Misrdan chaqirib oldim”, - deb payg'ambar orqali aytgan so'zi bajo keldi.(Ho'sheya 11:1)

Xudo chaqaloqni topish uchun Hirod munajjimlarga ishonganda uning rejasiga halal berdi. Shayton Masihni va Unga ergashadiganlarni yo'q qilishni xohlaydi, lekin Xudo xochda xizmatini tomomlagunicha tanlangan farzandini himoya qildi.

Hech kim Xudoning qutqarish irodasini kechiktirolmaydi yoki halal berolmaydi chunki U buyuklikkacha O'zining xabarchilarini himoya qiladi. Xudo munajjimlarni yovuz Hirodning oldiga qaytib bormasliklari uchun tushlarida ularni ogohlantirdi. Shunga ko'ra ularning hammasi bir vaqtning o'zida bir hil tush ko'rdilar. Ularda ishlagan Xudoning qo'lini tushunib, ular Iordan Vodiysiga yashirincha ketdilar. Imon orqali Masihga ruhan bog'langanlarda ular begona bo'lganlaridan oldin birlik va osmon bilan aloqa ularda bo'r.

Yusuf qulay emas edi. Munajjimlarning tashriflari va hadyalari uni gangiratib qo'ydi. Yusuf uyquga ketishidan oldin, u Xudo uni nima qilishga boshqarishi uchun ibodat qildi. Tushida Xudovand ulug'vor farishtasi orqali hatar chaqaloq va butun oilani kutib turgani chunki Hirod Uni yo'q qilish uchun yosh shohni qidiradi deb uni ogohlantirdi. Xudo zolimning rejasidan xabardor edi va Yusuf Misrga qochish uchun ogohlantirilgan edi.

Yusuf ikkinchi marta Rabbiysiga bo'ysundi. Yusufga o'xshab, biz ham insonlarga bo'ysunishdan ko'ra yoki ularning tashkilotlariga itoat qilishdan ko'ra ko'proq imon bilan Xudoga bo'ysunishiz kerak. Tushdan keyin, yarim kechasida, Yusuf o'rnidan turib, onasini o'yg'otib chaqaloqni olib, tunning yarmida Gibronga qochdilar. U yerdan ular cho'l orqali Misrga janub tomon yo'l oldilar. Xushxabarchi Matto bizga ular uzoq safarlarida havf-hatarga yoki muammoga duch kelganliklari haqida hech narsa aytmaydi. Biz ularda yaxshi tayyorgarlik ko'rganliklari haqida yordamlar borligini, ular piyoda yurganlarmi yoki biron narsani minib ketganlarmi bilmaymiz. U faqat Xudoning maslahati har doim haqiqat ekaniga dalolat beradi. Bu halal berishsiz asta-sekin ta'sirga qiladi.

14 oyat deydi, “u (Yusuf) yosh chaqaloqni va onasini oldi.” Ba'zilar bu yosh chaqaloq birinchi asosiy shaxsdek eslatiladi va Maryam “Yusufning xotini” emas, balki uning buyukroq hurmati bo'lgan “yosh chaqaloqning onasi” deb atashadi. Bu jahildor birodarlardan bosh pana uchun Kanon yurtidan Misrga haydalgan birinchi Yusuf emas edi. Shunda ular o'zlarini butparastlarning orasida va Xudoning ma'badidan uzoqdagi Misrda topishadi. Hatto ular Xudoning ma'badidan uzoqda bo'lgan bo'lsalar ham, “qurbonlikni emas balki inoyatni xohlaydigan” ma'badning Xudosi ular bilan edi (Ho'sheya 6:6). Xudoning bolalari Xudoning xalqi bilan birlikdan uzoqda bo'lishlari mumkin va yovuz odamlarning huzurida yashashlari mumkin, lekin bu gunoh emas; gunoh bu yovuzning sajdasiga ergashishdir.

Bu qullik uyi va o'zga yer bo'lgan Misrda Xudoning o'g'illari bo'lish uchun fikr yuritib bo'lmaydigan narsa emas. Xudo uni olib chiqadi. Oilalar Misrda yashirinishi mumkin, lekin Xudo u yerda ularni tark etmaydi. Tabiat orqali g'azabning bolalari bo'lib, Xudoning barcha tanlanganlari ruhiy Misrda va qayta tug'ilishda tug'ilganlar Misrdan ozodlikka chaqiriladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq uchun Xudoning irodasi munajjimlar orqali hadya etilgan oltinda ko'rindi. Bu Xudoning safar haqida to'lov to'lashi edi. Xudo har doim o'g'illari haqida qayg'uradi va ularning muhtojliklarini o'z vaqtida qondiradi.

Eramizdan 4 oldin Iso Hirod vafot etguncha Misrda oilasi bilan qoldi. Bu tarixiy ko'rsatgich bizga ikkinchi marta Iso dindor Dionysiusda eslatib o'tilgan kundan oldin tug'ilganligini ko'rsatadi. Bugunlik kunda, biz kunini belgilash orqali tahmin qilingan sanadan oldin Masih 7-8 yillarda tug'ilganini bilamiz.

Xudo Yoqubning avlodlarini Misrdan chaqirib olganidek, U O'g'lini O'zining yeriga qaytib borishi uchun Misirdan chaqirib oldi. Matto xushxabaridagi bu oyat Isoni “Xudoning O'g'li” deb birinchi marta ataydi. Bu guvohlik xushxabarchining jasoratini ko'rsatadi, chunki Yahudiylar bu nomni tosh bo'ron qilinishga loyiq bo'lgan shakkoklik deb hisoblashgan. Masihning Xudodan bo'lgan o'g'illigi mag'rurlikni va mohirlikni anglatmaydi. Esta tuting, U dunyolar kuchlarni boshqarishi orqali rad etilgan, quvg'in qilingan va vatangadolikning boshidan bo'lgan.

Iso chaqaloqligida, ulug'vorlik azob chekish orqali bajarilganligini ko'rgan. Biroq, Uning samoviy Otasi Unga g'amho'rlik qilib, Misrda begonadek yashash uchun Unga hokimyatni berish uchun kerakli oltinlarni jo'natgan.

IBODAT: Ota men Senga sajda qilaman, chunki shohlar va boshqaruvchilarning hech qachon Senga qarshi chiqishda omadlari chopmaydi. Sen insonlarning yuraklarining sirlarini bilasan. Iltimos men Sening O'g'lingning dushmani bo'lmasdan, balki Unga ishonishim uchun meni qidir, meni bil va meni shifolagin. Ey Rabbiy, suyukli O'g'ling uchun sevgim tufayli meni quvg'inga, rad etishga va nafratlanishga topshirishganda, iltimos meni himoyang ostida saqla. Omin.

SAVOL:

  1. Xudo qanday qilib chaqaloq Isoni va Uning ota-onasini Hirod qo'lidan saqlab qoldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)