Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 103 (Jesus intercedes for his apostles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
E - Isoning o'z ummati uchun ibodati (Yuhanno 17:1-26)

3. Iso havoriylari uchun shafoat qiladi (Yuhanno 17:6-19)


YUHANNO 17:14
14 Men ularga Sening kalomingni topshirdim. Dunyo esa ulardan nafratlandi. Chunki Men dunyodan bo'lmaganim kabi, ular ham dunyodan emaslar.

Iso Otasining so'zlarini shogirdlariga Otalik ismini ma'nolari bilan ochib berib, shogirdlariga bularni taqdim qilganini ibodatlarida dalolat berdi. Bu vahiy orqali U bizga Muqaddas Uch Birlikni e'lon qildi. Bu Xudoning mohiyatining mo'jaz vahiysi shogirdlarga tegdi. Kuch bilan shogirdlarni to'ldirib bu ularni o'zgartirdi, shunda ular Masihning ruhiy tanasining a'zolari bo'ldilar.

Bu hislat va yaxshiliklar tufayli bu dunyo Isodan nafratlanganidek shogirdlaridan ham nafratlandi. Masihning manbasi Xudodan bo'lganidek va Uning hayoti abadiylikdan Xudoda yashiringanidek, shunga o'xshab hamma qayta tug'ilganlar abadiy yashaydi.

YUHANNO 17:15
15 Endi ularni dunyodan olishingni emas, balki yovuz shaytondan saqlashingni so'rayman.

Iso osmonga shogirdlarini olib ketmadi, hatto azoblar va qiyinchiliklar hamma yerda ularga hujum qilsa ham U ularni chetlatmadi. Iso Otasidan O'zining izdoshlarini shaytonning tasiridan va yovuz ruhlar bo'lgan notiqlarning yolg'onlaridan asrashini so'radi. Bizning Xudoyimiz biz uchun shafoat qiladi. Har bir imonli Uning kafolat qilingan va muxrlangan quchog'ida yashaydi. Masihning qoni bizni himoya qiladi, va Uning qurbonligi tufayli Xudo biz bilandir. Hech kim bizni ayiblay olmaydi va barbod qila olmaydi. Biz Muqaddas Xudoning inoyati orqali solih, barhayot bo'ldik va saqlanib qoldik. Agar biz itoatsizlikdan qaytmasak va o'zimizning moyillik gunohlarimizga ergashishdan qaytmasak, keyin U bizni , bizda burkirab yashaydigan va fosh etilgan uyatga qo'yadigan gunoh uchun vasvasaga qulashimizga ruhsat beradi. Keyin biz qaltirab, ko'z-yoshlarimiz bilan yolvorib, shunday deb yig'laymiz, "Ota bizlarni vasvasaga yo'liqtirma, biroq yovuz shaytondan halos qil." Kimki o'z kuchi bilan Shayton va o'lim bilan jang qilishga harakat qilsa, o'zini o'zi aldaydi. Masihning qoniga va Uning shafoatiga qarang, U bizning yolg'iz Najotkorimizdir.

YUHANNO 17:16-17
16 Men bu dunyodan bo'lmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar. 17 Ularni haqiqating bilan muqaddas qilgin. Sening kaloming – haqiqatdir.

Iso ibodatlarida shogirdlariga ular bu yovuz dunyodan chiqib ketmaganliklarini, hatto ular tanadan ekanliklarini va boshqalarga o'xshab yovuzlikka berilganliklari haqida O'zining shahodatini qaytarib o'tdi. Ular yomonliklaricha qoladilar, lekin Xudoning inoyati uchun Masihning qoni ularni Yovuz shaytonning tuzog'idan halos qildi. Ular bu dunyoda begona bo'ldilar va jannatning fuqorolari bo'ldilar.

Bu imonlilarning yangi tabiatida tanadan va qalbdan tashkil bo'ldi, u yerda rahimsiz va to'xtovsiz doimiy qarshilik bor. Agar biz o'zimizni, ishimizni va oilamizni boshqalardan ko'ra ko'proq sevsak Muqaddas Ruh azoblanadi. O'zimizning rohatimizdagi hamma urinishlar vijdonimizni yaralaydi. Har bir yolg'on tutaydigan tayo'qdek hotiraga yonadi. Xudoning Ruhi siz o'g'irlangan narsalarni uyingizda saqlashingizga ruhsat bermaydi. Agar siz biror kimni jinoi harakatlar bilan yoki haqorat bilan yuragini og'ritgan bo'lsangiz, haqiqat Ruhi sizni oldiga borib, kechirim so'rashingizga majbur qiladi. Chunki Muqaddas Ruh hamma yovuzliklarni, yolg'onni va hayotingizdagi nato'g'ri narsalarni ochib tashlaydi va sizni hukm qiladi.

Masih bizni muqaddas qilish uchun Otasidan so'radi, chunki nopok odam boshqalarni muqaddas qila olmaydi. Bu muqaddaslanish bizni Uning haqiqatiga jalb qilish orqali tasir ettiradi. Bunda biz Xudoning sevgisini tushunamiz va O'g'lining inoyatida va Muqaddas Ruhning kuchida yashaymiz, biz muqaddas bo'ldik. Bizning hayotimizdagi Xudoning huzuri bizga tasir qiladi. Xudoning O'zi, O'zining shunday maqsadini bizda bajaradi, "Muqaddas bo'ling, zero Men muqaddasman." Isoning qoni bizdagi hech narsadan kamchilik bo'lmagan Muqaddas Ruhdek hamma uchun bir marta bizni muqaddas qiladi. Muqaddas Uch Birlikning tabiatidagi sizning imoningiz sizni butunlay muqaddas qiladi.

Bu muqaddaslanishga Xudoning qismida Uning so'zida bizning chuqurlashishimiz orqali erishiladi. Bu xushxabar bizning poklanishimizning manbasidir, va itoatkorligimizning tomiridir. Mesihning so'zlari bizni imonga, o'zimizdan kechishga va sajda qilish uchun sevishga o'rgatadi, shunda biz halal berishsiz Xudoga yaqinlashish uchun loyiq bo'lamiz. Otangizning so'ziga yuraklaringizni oching, chunki Xudo sevgidir va sevgida yashagan odam Xudoda yashaydi va Xudo ham unda yashaydi.

YUHANNO 17:18
18 Sen Meni dunyoga yuborgan eding, Men ham ularni dunyoga yubordim.

Iso shogirdlarini muqaddas bo'lishlari uchun so'rab ibodat qilganidan keyin, U ularni yovuz dunyoga yangilab jo'natdi. U bizlarni hayotlarimizni muqaddaslash uchun saqladi; keyin U bizni ko'plarni saqlash uchun va muqaddaslash uchun dunyoga jo'natdi. Jamoat qon bilan hukm chiqaradiganlar va o'zining dindor gapirishlari bilan quvonib, jimjitlikdagi to'planish emasdir. Bu yo'qolganlarning bir holatdan ikkinchi holatga o'tishida sabr-toqati va ibodatlari orqali maqsad qilib, imon orqali Shaytonning qal'asiga bostirib kiradigan harakatning hamjihatligidir. Jamoat Otaning shohligini e'lon qiladi, va yerda xushxabar aytish uchun Uning irodasi amalga oshishini qidiradi. Siz xushxabarda hatti-harakat uchun Masihning ibodatidan xabardor bo'ldingizmi?

Iso sizni ulug'laydi va Otasi Uni jo'natganidek, sizni ham yo'qolganlarning oldiga jo'natadi. Bu maqsad uskunaga o'xshagan bir hildir. U sizga faqat Masihda Xudoning haqiqatlari haqidagi vahiylarni taqdim etadi. Iso sizlarni amalda qiladigan hizmatga chaqiradi, hordiq chiqarish uchun yoki hato qilish uchun chaqirmaydi. Uning Muqaddas Ruhi sizning kuchingizdir.

YUHANNO 17:19
19 Ular haqiqiy muqaddas bo'lsin deb, Men O'zimni ular uchun bag'ishlayman.

Iso shogirdlarining hech biri xushxabar aytishga qobilyatli emasligini va ruhiy shifo bera olmasligini bilar edi, va hammaliri o'zlarining yuraklaridagi va vijdonlaridagi halokatli yaralar bilan yiqilishlarini ham bilar edi, lekin Xudoning muqaddasligi ularni o'rab oldi. Shu sababdan O'g'li hatto har doim muqaddas bo'lgan bo'lsa ham O'zini bag'ishlab qurbon bo'ldi. Bizning Masihning qonidagi imonimiz orqali Shaytonning ayiblashlari so'nishi uchun, U muqaddaslikning hamma talablari bilan uchrashdi. Bu kechirilish o'limining asosida, shogirdlarni hayot suvini olib yurish uchun ularni idish qilgan va Isoning nomidan voizlik qilib Unga ularni shohidlik qilgan Muqaddas Ruhni qabul qila oldilar.

Shunda ular hiyladan ozod qilindilar, va ularning og'izlari yolg'on zaharlaridan tozalandi. Ular hatto bu qalblarga tashvish olib kelishga sabab bo'ladigan gunohni fosh etish uchun hech qachon haqiqatni rad etmaslik uchun balki oxirida najotga boshlaydigan jasoratni qabul qildilar. Bu yolg'on gapirish bilan, axloqsizlik bilan va mag'rurlik bilan ziddiyatlik faqat Masihning qonining va Uning shafoatining tasirining himoyasi orqali muvaffaq bo'ladi.

IBODAT: Xudoyim, bizlarning yuraklarimizdagi nafratni, yolg'onlarni va mag'rurlikni kechirgin. Biz tabiatdan gunohkormiz, Sen esa muqaddassan. Bizlarni Shaytonning tuzog'laridan qutqar. Biz Sening so'zlaring bizni haqiqattan muqaddas qilishi uchun va biz voizligimizga mos darajada yashashimiz uchun bizlarga Xushxabaringni tushuntirgin.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib Otasidan bizni yovuzlikdan saqlashni so'radi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:07 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)