Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 102 (Jesus intercedes for his apostles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
E - Isoning o'z ummati uchun ibodati (Yuhanno 17:1-26)

3. Iso havoriylari uchun shafoat qiladi (Yuhanno 17:6-19)


YUHANNO 17:9-10
9 Men ular uchun so'rayman; dunyo uchun emas, balki Menga berganlaring uchun so'rayman. Chunki ular Senikidir. 10 Zotan Meniki bo'lgan hamma- Seniki, Seniki esa – Menikidir. Shu tariqa Mening ulug'vorligim ular orqali zohir bo'ladi.

Isoning ibodati abadiylikda O'g'li bilan birlashgan Ota bo'lgan Xudoga ishongan hamma uchun edi. Iso butun dunyo uchun shu yerga kelmadi, modomiki insonlar Xudoning Ruhini rad etdilar va hukmni tanladilar. Isoning ko'rsatgan sevgi va iltifoti Uning Jamoati va Xudoning tanlovi bilan bog'liq edi. Masihiy olamshumul Jamoat, hamma insonzotni qabul qilayotganini tushunmaydi, chunki bu hamma odamlardan tanlab olingan Jamoat yaqqol, tanlangan va Masihning o'limining birinchi hosillaridir.

Iso O'zi uchun mahsus egalikga davo qilmadi, balki U qayta-qayta ular Otasining maxsus egaliklari ekanligini, hatto Otasi Unga ularni berganligiga guvohlik berdi. Bu O'g'il kamtarligicha qoldi va ibodatda Otasiga O'zini bo'ysuntirdi.

Iso Unga ishonganlarda ulug'lanishini e'tirof etdi, holbuki biz tanqid qilishga shoshilamiz va bizning Jamoatlarimiz kuchsiz va Masihga g'alva deb aytamiz; U bunga qaraganda chuqurroq sezadi. Ota xochning nurida bizlarni ko'radi. U O'g'li orqali O'zining Ruhini ishonganlarga to'kadi. Bu ruhiy to'kilish, xochning yutug'ining isbotidir. Masih behudaga o'lmadi, balki Muqaddas Ruh mo'lchilikda meva yetishtiradi. Hamma qayta tug'ilganlar Masihga shon-shuxrat olib keladi.

YUHANNO 17:11
11 Bundan so'ng Men bu dunyoda bo'lmayman, Sening huzuringga qaytaman. Ular esa bu dunyoda qoladilar. Ey Muqaddas Ota! Menga kimni bergan bo'lsang, O'z noming bilan asrab qolgin, toki ular ham bizday bo'lsinlar.

Masih bu sodir bo'lishi kerakligini, hatto hoin qaroqchilar bilan Uni qo'lga tushirish uchun yaqinlashishiga ishontirdi va Otasining oldiga qaytib ketayotgan edi. Iso o'limi naridan Otasining ulug'vorligini ko'rdi va "Men dunyoda uzoq qolmayman" deb bashorat qildi, hatto U hali ham bu dunyoda edi.

Iso bu dunyoni ulkan tezlik bilan o'zining suvlari bilan shoshayotgan va onda sonda tepalikdan tushib sharsharaga qaytayotgan keng daryoga o'xshatadi. Masih bu oqimga qarshi suzayotgan edi va insonlar harakatiga teskari edi. U shogirdlari yovuzlikka qarshi chiqish uchun topolmasliklarini bilar edi. Shunda U Otasidan O'zining nomi bilan sevganlarini saqlab qolishni so'radi.

Iso bu murojatnomada bu "Ey Muqaddas Ota" degan yagona iborani qo'lladi. Bu dunyoning mahobatli yovuzliklarining yuzida O'g'il beayib, benuqson bo'lgan Otasining muqaddasligiga shahodat berdi. Ota Xudo pok va muqaddasdir. Uning muqaddasligi Uning sevgisi uchun kiyimdir, vaholanki sevgi nuridagi ulug'vorlik namoyish etildi.

Xudoning muqaddas ismi shogirdlar jaxilning hokimligidan boshpana topgan joyda boshpanadir. Masihda yashagan kishi, Otasida yashaydi. O'g'il bilan aloqada bo'lgan kishi, Ota bilan aloqada bo'ladi. Xudoning otaligi O'zining bolalarini O'zining himoyasida va g'amho'rligida saqlashiga ishontiradi. Shayton Otaning qo'llaridan ularni tortib ololmaydi.

Ularning himoyasiga ishontiradigan bu holat ular nafratda va olovda yashamaydilar, balki ular har kuni doimiy o'zaro sevgi bilan bir-birlarini kechiradilar. Bu sevgi tabiatan insondan chiqmaydi, balki Muqaddas Ruhning sevgisiga sodiq qolgan kishi boshqalar uchun kuchni, sabr-toqatni va sevgini qabul qiladi. Masih Otasi bilan O'g'il bir bo'lganidek, har doim U bilan bir bo'lish uchun Uning munosabatida bizni saqlashini Otasidan so'radi: Bu aytish Xudo bilan bizning munosabatlarimiz uchun aqidaparastlik tadqiqot yoki nazariy ta'rif emas, balki Isoning hayirlashuv talabiga Otasi javob bergan edi. Bizning imonimiz kibirli yoki sirli emas; u Isoning ibodatining mevasi va biz uchun Uning azoblanishidir.

YUHANNO 17:12-13
12 Men ular bilan bo'lganimda, Sening noming bilan ularni asrar edim. Ha, Menga bergan odamlarning hammasini omon saqladim. Faqat oyat bajo bo'lsin deb, peshanasiga halokat yozilgan odamdan boshqa ulardan hech kim halok bo'lmadi.13 Endi esa Sening oldinga boray deb turibman. Mening shodligim ularga o'tib dillarini butunlay to'ldirsin, deb bularni hali dunyoda bo'lganimda aytyapman.

Iso sabir-toqat va donolik orqali shogirdlarini turli tuman hislatlaridan qat'iy nazar Shaytonning vasvasalaridan asradi. U Butrusga shunday dedi, "Shayton sizlarga changal solishni xohlagan edi, lekin Men sizning imoningiz yo'qolmasligi uchun ibodat qildim." Shunda bizning imonimiz Uning ibodati uchun tirik qoladi va biz faqat inoyat orqali qutqarilamiz.

Bu izdoshlarini saqlash qobilyati haqiqat Ruhiga qarshi chiqishdan va harobalikdan Ruhga Yahudoning bo'ysundirilishi uchun undan chetlatildi. U jaxannamning o'g'li bo'ldi. Samoviy Otamiz bu asralib qolish sovg'asini qabul qilish uchun hech kimni majburlamaydi. U odamlarning ko'ksida nima bo'lsa va oldingi hodisalarning oqimlarini biladi va hatto Yahudoning hoinlik qilishi bu sodir bo'lmasdan oldin ming yillar oldin Eski Ahdda yozilgan. Holbuki, Yahudo Masihning u uchun g'amhor'ligidan rad qilgani uchun javobgar bo'lib qoladi. Bizning qudratli Xudoyimiz hokim emas, balki dono Otadir; dunyoviy otalar o'zlarining bolalariga javobgar bo'lish uchun ozodlikka ruhsat berganiga o'xshab, Uning sevgisining hislatlari insonlarga ozodlik sovg'asidir.

Iso zulmatlikda yorqin yo'lda Otasining oldiga boradigan yo'lni ko'rdi. U Xudoning oldiga qaytishi uchun na Shayton, na gunoh va na o'lim yo'ldan uroladi. O'g'il har doim muqaddas edi va bu sabab uchun to'la hursandchilik mavjutdir. Gunoh Uning vijdonini kemirmadi. Qo'rquv Uning ibodatlarini qamrab olmadi. O'g'il ozod edi va Otasi Uni qo'riqladi, hardoim itoatkor edi. Bizning Xudoyimiz hursandchilik Xudosidir. Iso shogirdlarining yuraklariga bu ilohiy hursandchilik tarqalish uchun Otasidan o'tinib so'radi. U shogirdlariga g'amginlikni xohlamadi, balki U ularga to'la saodantman bo'lishni, va ular dunyoning zulmatida va umitsizligida bo'lishlaridan qat'iy nazar, jannatning hursandchiligi ularniki bo'lishini xohladi. Xudoning oilasida joyimiz uchun minnatdorchilik va kechirim uchun hursandchilik bizning o'rnimizga Masihning iltijosining hosilidir.

IBODAT: Iso Tangrim biz uchun Ota bilan shafoat qilganingdan minnatdormiz. Biz uchun bizni iltijolaring orqali imonda ushlab turganing uchun Seni ulug'laymiz. Bizdagi Sening huzur halovating uchun Senga sajda qilamiz. Sening huzuring va Otangni Ruhi bizga hayot beradi va bizni ruhan boyitadi, va abadiy marhamatni beradi. Biz uchun qilgan ibodatlaring uchun rahmat; biz Sening shafoating orqali yashaymiz.

SAVOL:

  1. Otaning ismidagi bizning himoyamiz nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:06 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)