Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 104 (Jesus intercedes for the church's unity)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
E - Isoning o'z ummati uchun ibodati (Yuhanno 17:1-26)

4. Iso jamoatning birligi uchun shafoat qiladi (Yuhanno 17:20-26)


YUHANNO 17:20-21
20 Men faqat ular uchungina so'ramayman, balki ularning gapi bo'yicha Menga imon keltiradiganlar uchun ham so'rayman: 21 Hammalari bir bo'lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda hozir bo'lganimizga o'xshab, ular ham bizda hozir bo'lib, bir bo'lishsin. Shu tariqa dunyo Meni Sen yuborganinga ishonsin.

Masih shogirdlarini Yovuz Shaytondan saqlashini va xochga mixlanishi uchun qo'lga olinishidan oldin Xushxabar orqali ularni muqaddaslanishi uchun Otasidan so'rab, Xudoning sevgisida va Ruhning kuchida ularni joylashtirdi. Amin bo'lgandan keyin O'zining havoriylari va Jamoati o'rniga qilgan ibodatiga javob oldi, U kelajakka qaradi va U havoriylarining xushxabaridan oqib kelayotgan ishonuvchilarning tumonatini ko'rdi. Shaytonning va gunohning ustidan xochga mixlangan G'olibning timsoli ularni ozod qildi. Ularning Masihning hayotiga ishonishlari orqali Ruh ular ilohiy hayotning inoyatida bo'lishishlari uchun ularning yuraklariga keldi. Ular imon orqali abadiy birgalikda Ota va O'g'il bilan birlashdilar.

Masih havoriylar orqali ishongan imonlilar uchun ibodat qildi. Ajablanarlisi shundaki, Iso ibodat qilganida ular hali topilmagan edi. Uning so'zlari havoriyning xabaridan asosiy rostgo'ylikni isbot etadi. Xop, biz uchun Uning talabining mohiyati nima? U bizning sog'lig'imiz uchun ibodat qildimi? U bizning faravonligimiz uchun va kelajakdagi omadimiz uchun ibodat qildimi? Yo'q! U Otasidan biz hamma sodiq Masihiylar bilan bir bo'lishimiz uchun bizga kamtarlik va sevgi berishini so'radi. Biz boshqalarga qaraganda yaxshirog'miz deb o'ylamasligimiz kerak, yoki ularni chidab bo'lmaydigan harakatini topishni o'ylamasligimiz kerak.

Imonlilarning birligi Masihning maqsadidir, Jamoat u uchun Isoning rejasi yoriq ziddiyatlardir. Balki, Masih talab qilgan bu birlik hamasidan ustun bo'lgan Ruhda va ibodatdagi ruhiy bog'lanishdir. Zamirdagi Xudo birdir, Masih hamma Unda havsiz bo'lishi cuhun va Muqaddas Ruhning munosabatiga hamma inonuvchilarni olib kelish uchun Otasidan so'radi. Iso "Ular Menda yoki Senda bir bo'lishsin" deb ibodat qilmadi, balki "Bizda bir bo'lishsin" deb ibodat qildi. Iso bu barkamol o'zgacha birlikni Ruhda Otasiga va O'g'ilga ko'rsatadi va bu namunadir. U sizni O'zining darajasiga ko'tarishni xohlaydi, chunki Uch Birlikning birligining tashqarisida hech narsa yo'q, lekin faqat do'zax bor holos.

Masihning birligida o'rnashishning maqsadi, ruhan o'zimizni hursand qilish uchun emas, balki biz uchun Xudodan uzog'da yashaydiganlarning oldida guvohlik berishdir. Umid qilamizki, ular gunohda o'lik ekanliklarini va mag'rurliklarida yovuz ekanliklarini va extiroslarining quli ekanliklarini tushunib yetishadi, shunday qilib kechirim so'rang va Najotkoringizning oldiga qayting. Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhga yopishib olgan sizlar ruhan ozodlikda hamma ishonuvchilarni sevish uchun va Masihning sevgisiga qimmat baho guvoh bo'lish uchun ular bilan ularning oldilarida hursand bo'lish uchun kamtarlikka, sevishga kuchni olasizlar. Bizning hammamiz Iso Kishining Xudoligiga isbotlarmiz. Agar faqat hamma Masihiylar sodiq qolganida edi, bu dunyoda hech qanday Masihiylar qolmagan bo'lar edi. Ularning sevgilari va tinchliklari barchani tortib, ularni o'zgartirgan bo'lar edi. Kelinglar Isoning talabiga va birligiga diqqat qilaylik! Siz Masihning tanasi bo'laklarga bo'linganidek, bo'lingan Jamoatda siz ishonmaslik uchun sabab bo'lishni faraz qilasizmi?

YUHANNO 17:22-23
22 Menga ato qilgan ulug'vorligingni ularga berdim, toki biz bir bo'lganimizdek, ular ham bir bo'lishsin. 23 Sen Menda, Men esa ularda hozir bo'lib, mukammal birlikka erishsinlar. Natijada, dunyo Meni Sen yuborganingni tan olsin, Meni qanday sevsang, Menikilarni ham shunday sevganingni dunyo bilsin.

Isoning ulug'vorligi nima? Bu Uning olijanobligining nurimi yoki Uning nurimi? Yoq! Uning olijanobligi Uning kamtarligining, sabrining va muloyimligining orqasiga yashiringan. Ruhning sovg'asining har bir yaxshiligi Uning olijanobligining nuridir. Shunda Yuhanno ko'rib, shunday deb dalolat berdi, "Biz Uning ulug'vorligini ko'rdik." U faqat o'zgarishni yoki tirilishini zikr etmayotgan edi, balki U oxurni va O'zining bag'ri tosh xochini anglatishini aytayotgan edi. Bularda ilohiy sevgining ulug'vorligi O'g'il inson qiyofasida O'zining olijanobligining mohiyatini ifodaladi va shubhasiz ulug'vorlik uchun O'zidan kechadigan joyda aniq nomoyon bo'ldi. Bu ulug'vorlikni Iso bizga hadya qildi. Ota va O'g'ilning Ruhi bizga tushdi.

Bizga berilgan bu farqning maqsadi korgazma va o'zini e'lon qilish uchun emas edi, balki bu biz hizmat uchun birlikda itoat qilishimiz uchun va o'zaro hizmat uchun va boshqalarni e'zozlashga maqsad qilishimiz uchundir. Bu ruhiy asoslar bilan Iso Otasidan ayni birlikni va bu sifatlar bilan bizga ko'rsatish uchun Muqaddas Uch Birlikni ta'riflab beradigan munosabatni so'radi. Xudoning bu sevgisi Jamoatni sinash uchun o'lchovdir. U O'zining abadiy timsoliga bizlarni shakillantiradi.

Haqiqatdan ham, Xudo O'zining to'laligida Jamoatni turg'izadi ( Efesliklar 1:23; Kolosiyaliklar 2:9). Yoki sizda xuddi o'sha yo'nalishda keladigan bu shunday so'zlarni, "Masihda xudojoylikning kamolati tanaviy yashaydi va biz Unda to'liqmiz" deb aytish uchun jasoratingiz kammi? Bu havoriylik guvohlik Isoning o'limidan oldin javob berilgan ibodatlarining isbotidir. Biz Xudoga sajda qilamiz va Uni ulug'laymiz, chunki U biz gunohkor va vayron bo'lganimizdek bizdan nafratlanmaydi, balki U bizni tozaladi va muqaddasladi, biz uchun O'zining ilohiy hayoti yashashi uchun bizga O'zini qo'shdi.

Iso biz sevgida va kamtarlikda barkamol bo'lishimiz uchun sirdosh edi. Biz bir-birimizni e'zozlaylik va sevaylik. U bizda boylikdagi, qobiliyatlardagi va donolikdagi barkamollikni emas, balki mehr-muruvvatdagi, sevgidagi va oqibatdagi barkamollikni xohlaydi. U shunday, "Otangiz barkamol bo'lgandek, sizlar ham barkamol bo'linglar" deb aytganida mehribonlik va sabr-toqatlik Uning birinchi maqsadi edi. Bu buyrug' dushmanlarni sevish uchun Uning munosabatini yakunlaydi. Lekin Uning shafoat ibodatida Iso barkamollikning yuksakroq darajasini va Xudo bilan Jamoatda ruhiy birlikni maqsad qildi. Bu Ruh chetlatishga boshlamaydi, balki azizlarning munosabatiga boshlaydi. Bu Uch Birlikning inoqligi bizning namunamizdir. Agar biz bir bo'lmasak, dunyoda biz Xudoni ifodalamaymiz. Eski Ahdda Xudoning timsolini kimsalar olib yurganidek, Muqaddas Uch Birlikning timsoli Jamoat o'zining a'zolarini ko'rsatish bilan ko'proq olib yuradi.

Jamoatning ichidagi ahillik, biz Xudodan kelishimizni ko'rishi uchun dunyoviylarni rom etadi. Ular Xudo sevgi ekanligini ko'rishni boshlaydilar. Bu oddiy so'z emas yoki ularning o'zlarida imonni yaratadigan uzun tushunchalar emas. Bu uzun va'zlardan ko'ra, yaxshiroq va balandroq gapiradigan Xudoning bolalarining yig'ilishidagi hursandchilikdir. Shunday qilib Muqaddas Ruh ruhiy asl birlikda oldingi Jamoatni Quddusda birlashtirdi.

IBODAT: Iso Tangrimiz, biz Senga ishonishga loyiq bo'lmagan bizlarni boshqarganing uchun Sendan minnatdormiz. Sen bizlarni sevgingni guvohligi orqali O'zingni hizmatchilaring qilding. Biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen bizlarni poklading va O'zingni ruhiy tanangni a'zolari qilish uchun bizni jixozlading. Bizni Muqaddas Uch Birlikning sevgisida o'rnashtir. Biz Seni ulug'laymiz va shon-sharaf aytamiz va biz sog'lom birlikda va amalda jamoatlarimizda yashash uchun kuch berishingni Senda o'tinamiz.

SAVOL:

  1. Iso bizning foydamiz uchun Otasidan nimani so'radi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:08 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)