Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 098 (Christ predicts the joy of the disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

5. Masih tirilish bayramida shogirdlarining hursandchiligini oldindan aytib beradi (Yuhanno 16:16-24)


YUHANNO 16:16-19
16 Ko'p o'tmay, sizlar Meni ko'rolmay qolasizlar, yana ko'p o'tmay, ko'rasizlar. Chunki Men Otamning oldiga ketyapman. 17 Shu payitda Isoning shogirdlari biri ikkinchisiga: -Ajabo, U bizga nima deyapdi o'zi? "Ko'p o'tmay Meni ko'rolmay qolasizlar", dedi "Otamning oldiga ketyapman", deb ham aytdi. 18 "Ko'p o'tmay" deyishi bilan nima demoqchi ekan, biz anglay olmadik, -der edilar. 19 Iso shogirdlari O'zidan gap so'ramoqchi bo'lganliklarini payqadi va so'z oldi: -Ko'p o'tmay Meni ko'rolmay qolasizlar, yana ko'p o'tmay ko'rasizlar, deb Men sizlarga aytdim-ku, nahotki bu gapimni muhokama qilyapsizlar?

Bu kechqurunda, Iso uch marta O'zining ketishi to'g'risida gapirdi. Bu takidlash shogirdlari uchun zarba edi; ular Isoning maqsadini tushunishmadi. Lekin Iso dastlab Fisih Bayramida yuz beradigan qabirdan O'zining tirilishini aytib, va undan keyin yana qaytib kelishiga va'da berdi. Keyin, U sezgir devorlar bo'lgan shogirdlariga ko'rindi; bu Otasining oldiga ketayotgan yo'lidagi qisqa tashrifidan keyingi hayirlashuv bo'lishi kerak edi.

Iso ular Zaytun Tog'iga chiqib ketayotganlarida bularni oldindan aytdi, ular Isoni tushunmadilar. Ilgari, U O'zining ketishi to'g'risidagi rejani ularga aytgan edi. Hozir U sodir bo'lishi haqidagi aniq ajralish haqida ularga aytadi. Ular bu rejalar va maqsadlar ularga cho'pchak ekanligini tan oldilar. Ular tashvishlandilar va gangib qoldilar, Iso jannatga ketayotganidan yuraklari siqildi.

YUHANNO 16:20-23
20 Sizlarga rostini aytayin: sizlar yig'lab dod-faryod qilasizlar, dunyo esa quvonadi. Sizlar qayg'urasiz, lekin qayg'ungiz shodlikka aylanadi. 21 Oyi to'lgan ayol dard bilan tug'adi. Ammo bola tug'ilgandan keyin, dunyoga odamzod keldi deb quvonadi va chekkan dardini unitib yuboradi. 22 Shunga o'xshash sizlar ham endi g'am-qayg'u chekyapsizlar. Lekin Men sizlarni yana ko'raman va yuragingiz quvonchga to'ladi. Quvonchingizni esa sizlardan hech kim tortib olmaydi. 23 O'sha kuni Mendan hech narsa so'ramaysizlar. Sizlarga rostini aytayin: agar Mening nomimdan Otadan nima so'rasangizlar, O'zi sizlarga beradi.

Iso shogirdlarning fikrlarini o'qiydi va U hatto eshitmagan bo'lsa ham, ular gapirayotganlarini bajaradi. Ularning qo'rqishlariga bo'lgan javobda, Iso ularning qo'rquvlarini tinchlantirmadi yoki ularning g'am-qayg'ularini yoritmadi, balki U ko'p og'riq, ko'z yoshilari va dardlar ularning hayotlarida bo'lishini ta'kidladi. Bu yaxshi shohning o'limiga o'xshardi; odamlar siqildilar va umidlarini yo'qotdilar. Shogirdlar qayg'urishgan payitda, ularning dushmanlari hursand bo'ladi. Dushmanlar orqali Iso faqat Yahudiylarning qonunlarini emas, bu dunyoni ham ko'zda tutdi. Masihning Jamoatidan tashqaridagi hamma odamlar Xudodan uzoqda bo'lgan va Muqaddas Ruhga qarshi g'alayon qiladigan adashganlar bu dunyoga tegishlidirlar.

Qo'shimcha qilib Iso, shogirdlariga buyuk hursandchilikka ega bo'lishlariga va'da berdi. Bu qayg'uli soatlar ona tuqqan payitda azob chekkanday bu qisqa bo'ladi. Onalar sabirlilik bilan bu tug'ish og'rig'larini qo'llariga go'daklarni olganlaridagi hursandchilikka solishtirilgan deb hisoblaydilar.

Shogirdlardagi hamma savollar tirilishda yo'q bo'ldi. Ayib ishlar ular uchun hal bo'lgan edi, va o'lim muammosi ketgan edi, Shaytonning hokimyati yo'q bo'ldi va Xudoning g'azabi endi zulmatda ularni ezmaydi. Ularning rad etishlari, qo'rquvlari va ishonchsizliklari Masihning kelishini va ularning kechirimlarini aynitmadi. Yahudiylar ularni qo'lga olishga qobilyatsiz edilar, chunki Rabbi ularni saqlab turardi. Shunda Tirilgan Masihning Shaxsidagi Tirilish kuni haqidagi shifo, hamma ularni tashvishga solgan savollar va qiyin holatlar javobini topdi.

YUHANNO 16:24
24 Hozirgacha Mening nomimdan Otadan biror narsa so'ramadingizlar. So'ranglar erishasizlar va quvonchingiz kamol topadi.

Iso O'zining hayirlashuv munozarasining boshida, U Ota ulug'lanishi uchun shogirdlar Otadan nima so'rashsa berilishini so'rashlariga qistadi (Yuhanno 14:13). Bu iltimosnomalar Jamoatni barpo bo'lishini va xushxabar harakatlarini qoplaydi, chunki Iso ko'plarni Uch Birlik sevgisining birligiga kirishini xohlaydi. U shunday deb bizga nasihat qildi, "Xudoning shohligi payida bo'ling, shunda hammasi sizga qo'shimcha qilib beiladi". Iso yerli narsalarga o'xshab samoviy narsalar uchun ham Xudo ibodatga javob berishiga va hanuz samoviylarda yerdagi ishlardan ham muhim ishlar borligiga va'da beradi.

Sizning yiragingizdagi savollar va talablar qanday? Sizga pul, sog'lik va omad kerakmi? Siz boshqalar va sizning o'rtangidagi halqa uchun so'rayapsizmi? Xudoning mavjudligi va mexribonchiligining ikkilanishlari sizni bezovta qiladimi? Siz gunoh og'irligini sezasizmi va sinovlar, kasalliklar va azoblar tufayli azob chekyapsizmi? Siz yovuz ruhlardan titraysizmi? Siz Masihning kelishini va tinchlik Hukmdorining tarqalishini kutyapsizmi? Qanday savollar sizning qalbingizni, ruhingizni va tanangizni qiynaydi? Siz yuzaki qaraysizmi yoki tubdanmi? Hayotga umid bilan qaraysizmi yoki umidsizmisiz? Siz tezda og'riqni sezasizmi? Siz Muqaddas Ruhga to'lish uchun Xudodan so'raysizmi?

Har bir muammolaringiz uchun ibodat qiling. Osmondagi Otangizga yuragingizni oching. Lekin ibodat qilganingizda aljimasdan, nima so'rashingiz haqida extiyotkorlik bilan o'ylang. Birinchi Iso sizga bergan in'omlar va qobilyatlar to'g'risida o'ylang, va bular uchun Unga rahmat ayting. Shukrona bizga yarashadi. Gunohlaringizni tan oling, chunki imoningiz va sevgingiz kam bo'lgan va ozgina umid bu Xudoning oldida yiqilishdir. Tan olingan gunohlar uchun kechirim so'rang va sizni eshitishi uchun Unga ishoning. Hech qachon Xudo sevgiligini unutmang va boshqalarni ham marhamatlashni xohlashini ham unutmang. Xudo xuddi shunday inoyat bilan boshqalarni marhamatlashi uchun do'stlaringiz va dushmanlaringiz uchun shafoat qiling. Faqat siz muhtoj azoblanuvchilar emassizlar. Hamma odamlarda ham shunday bo'ladi. Masihga savollaringizni qo'rqmasdan bering va boshqalarning o'rniga iltimosingizni va muammolaringizning atrofida minnatdorchilikning va etirof etishning gulchambarini to'qing. Siz keyin Isoning nomi bilan haqiqiy ibodatning sirini o'rganasiz.

Asl ibodat shukronadagi, sajdadagi va iltijodagi Xudo bilan suhbatlashishdir. Jarangdor so'zlardan foydalanib qiynalmang. Ota-onangizga gapirganingizdek oddiy tarzda nima o'ylasangiz shuni ayting. Mabatdagi umum halq "Rabbi men gunohkorga inoyat ko'rsatdi" deb shivirlaganda oqlandi. Osmondagi Ota Lazar vafot etganda Masih uni tirilishi uchun oddiy ibodat qilganda Lazarni o'limdan tiriltirdi. Bu najot, yordam va omad to'playdigan imondir. Botir bo'ling va inoyat, botirlik va minnatdorchilik orqali Xudoga ibodat qiling. Siz Uning bolalari deb nomlandingiz, boladek hursandchilik bilan gapiring, Undan hech narsani yashirmang.

Masih ibodatingizga javobdek birinchilikni emas, balki Xudo va Uning O'g'li bilan sizning tinglashingizning yorlig'i uchun hursandchilikni sizga berishni xohlaydi. Sizga qaysi biri muhimroq, sovg'ami yoki Beruvchimi? Xudo sizga kamolatni beradi, lekin U barkamolligini yodda tuting. Iso bizning hursandchiligimiz to'la bo'lishini xohlaydi. Iso biz tanqis bo'lganlarning ibodatlarimizga javob berganini tushunganimizda, bizda hursandchilik kuchayadi. U bizning ibodatlarimiz orqali boshqalarni marhamatladi va saqlab qoldi. Biz Isoni osmondan bulutlar ichida kelayotganini ko'rganimizda, bizning hursandchiligimiz yuksak bo'ladi. Keyin bizning hursandchiligimiz tariflashga til ojizdek bo'ladi. Masihning dabdabali kelishi ibodatlaringizning eng muhimi bo'ladimi?

IBODAT: Osmondagi Otamiz, biz yuragimiz tubidan shukur aytamiz, chunki Sen bizlarga O'g'lingni Qutqaruvchidek yubording. Bizning dunyoviy daxmazalarimizni kechir, va xochning muhimligini bilishimiz uchun bizga yordam ber. Samimilik bilan bolalar ota-onalari bilan gaplashishadegandek Sen bilan shunday gaplashishimiz uchun javobgarlik bilan ibodat qilish uchun bizni ozod qil. Ahmoqlik va nafrat bilan g'am chekadigan va gunoh ostida horg'in bo'lgan bizning dushmanlarimizni ham qutqargin. Biz bilan Sening huzuringni hursandchiligiga ega bo'lishlari uchun ularning bog'liqliklaridan ozod qil.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Ota Xudo Iso nomi bilan bizning ibodatlarimizga javob beradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:02 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)