Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 097 (The Holy Spirit reveals history's developments)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

4. Muqaddas Ruh tarixning eng mazmundor taraqqiyotlarini ochib beradi(Yuhanno 16:4-15)


YUHANNO 16:12-13
12 Sizlarga yana aytadiganlarim ko'pu, lekin endi ichingizga sig'dirolmaysizlar. 13 Muqaddas Haqiqat Ruhi kelgach, U sizlarni butun haqiqat yo'liga boshlaydi. U O'zicha gapirmaydi, neki eshitsa, o'shani so'zlab beradi, U kelajak haqida sizlarga xabar qiladi.

Masih hamma narsani bilguvchidir, va U falaklarning va kelajakning sirlari haqida sevikli shogirdlariga ma'lum qilishni xohladi, lekin qalb va fikrning qobilyatlari to'lalikda shunday haqiqatlarni o'z ichiga ololmadi. Agar Ruhning fikri bizni yoritmasa, biz mantiqan Masih osmonda Xudoning o'ng tomonidan joy olganiga va xuddi shu paytda bizning yuraklarimizda yashayotganini tushuna olmaymiz. xuddi shunday, biz tabiatdan Xudo uchta shaxs ekanligini tushunolmaymiz. Bu inson miyyasi tushunishga qobilyatsizdir, lekin Ruh bizning kuchsizliklarimizga yordam beradi va fikrlarimizni yoritadi. U bizga kelajak sirlarini va yurakning yashiringan fikrlarini ochib beroladi, chunki U Muqaddas Uch Birlikning chuqurliklarini biladi.

Masih haqiqat Ruhi kelishini va hamma haqiqatga ularni boshlashini oldindan aytgan. Haqiqat nima o'zi? Iso dunyoviy dalilarni tasvirlashdagidek ko'plikda "haqiqatlar" deb aytmadi, balki U "Men haqiqatman" deganida birlikda gapirgandi. Ruhning kelishi haqidagi vahiy Masihning to'laligiga bizni hatti-harakatda va mohiyatda boshqarishini anglatadi. Iso oddiy inson emas, balki Unda Ota bor va Otada Udir. Hamma haqiqatga boshlash Otaning bilimini va Uning sevgisiga bizning sodiqligimiz va abadiylikda yashash ma'nosini anglatadi. Xushxabardagi "Haqiqat" so'zi qonuniy haqiqatni yoki mantiqiy ishonch yoki hatto ahloqiy haqiqatni anglatmaydi, balki uning ma'nosi kengroqdir, va u hamma dalillarni, umumiylikni va hoslikni o'rab oladi. Biz Uch Birlikdagi Xudoni bilishimiz uchun va Uning ajoyib kuchlariga ega bo'lishimiz uchun bu Ruh samoviy haqiqatlarga bizni boshqaradi.

Muqaddas Ruh gapirish, eshitish, va erkin iroda bilan mustaqil shaxsdir, xuddi shu paytda U Otaning irodasini saqlaydigan hech narsa qilmaydi. U mahsus fikrlar bilan kelmaydi, balki U Ota nima aytgan bo'lsa shuni bizlarga aytadi. Uch Birlikda sevgining erkinligidagi o'zaro itoatgo'ylikdan tashqari hech narsa yo'q. U guvohlikda sodiqdir va U Xudoning O'g'lidan tarqaladi. Mana shunda U Jamoatning kuyovi bo'lgan Masihning kelishida mukammal bo'lishi uchun Masihning tanasidek butun Jmoatni qurishni xohlaydi.

YUHANNO 16:14-15
14 U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma'lum qiladi, shu bilan Meni ulug'laydi. 15 Otam ega bo'lgan hamma narsa Menikidir. Ana shu sababdan, U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma'lum qiladi, deb aytdim.

Muqaddas Ruhning ishlarining orqasidagi sabab Masihning ulug'vorligidir. Iso O'zidan kechib, faqat Otasiga hamma ulug'likni berganidek, xuddi shunday Muqaddas Ruh O'zini ulug'lamaydi, balki O'zining hamma harakatlari bilan Isoni ulug'laydi.

Muqaddas Ruh hamma ishni O'zi bajarmaydi, balki U Iso so'zda va hatti-harakatda boshlagan ishini bajaradi. U Isoning so'zlaridan shogirdlarga eslatadi va ularda O'zining ilohiy hayotini o'rnatadi. U o'zlarining Qutqaruvchilarida ularni ildiz otqizdirib, O'zining buyrug'ini saqlash uchun ularni majburlaydi. Biz Muqaddas Uch Birlikda doimiy o'zaro munosabatni olisdan ko'ramiz. Bir Shaxs O'ziga ulug'likni olmaydi, balki hardoim boshqani ulug'laydi va ko'taradi.

O'zining dunyodagi hizmati davomida, Iso butun kamtarlik bilan shunday dedi, "Otam Mendan buyukroqdir", lekin U hayirlashuv murojatida shunday dedi, "Osmonda ham, yerda ham butun hokimyat Menga berilgandir", chunki Iso Ota bilan birgalikda hamma narsani yaratgan. Har bir Ota bolalariga tegishli bo'lganidek va U ularga tegishli bo'lganidek, Ota ham Isonikidir.

IBODAT: Rabbim Iso Masih, Sen bizlarni xochda ozod qilding, va gunoh og'irligimizni olib tashlading. Buyuk sevging uchun minnatdormiz. Bizni Muqaddas Ruhinga to'ldir, va shunda bizning butun hayotimiz Sening qurbonligingni va tirilishingni ulug'lasin. Bizlarni O'zingni yaxshi haqiqatingda yashashimiz uchun dangasalikdan, ikkiyuzlamachilikdan va mag'rurlikdan ozod qil.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Muqaddas Ruh bu dunyoning taraqqiyotida ishlaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:01 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)