Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 099 (Christ's peace in us defeats the world's afflictions)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

6. Bizdagi Masihning tinchligi dunyoning azoblarini mag'lubiyatga uchratadi(Yuhanno 16:25-33)


YUHANNO 16:25-26a
25-Shu vaqtgacha sizlarga ramz bilan gapirib keldim. Lekin shunday bir vaqt keladiki, endi sizlarga ramz bilan gapirmay, Otam haqida ochiqdan-ochiq xabar qilaman. 26a O'sha kuni istaganingizni Mening nomimdan so'raysizlar.

Iso dunyoga qaraydiganlar oldida yashiringan sirlar bo'lgan ramzlarni va suratlarning yo'li orqali samoviylarning haqiqatlarini ochib berdi, lekin solihlik uchun chanqoqlarga ularni fosh qilib berdi. Iso shogirdlari Uni to'la tushinib, yetishlarni istadi va o'limdan tiriladigan kunini va ularga ilohiy Ruhuni jo'natib, Xudoning o'ng tomonida o'tirish uchun jannatga ko'tariladigan buyuk kun uchun umid qildi. U bu hamma saqlanish hodisalarni bir kundek hisobladi. Ruh Uning izdoshlarining yuraklariga kelganda, masallar va ramzlar to'xtamadi, chunki Masihning Ruhi masallarning fasasini nihoyalab, imonlilarning yuraklarida yoritishni yaratadi. Xudo Otadir va Masih Uning O'g'lidir. Muqaddas Ruhsiz, hech kim Xudoni bilolmaydi, lekin O'g'ilning Ruhi Xudoning oilasiga bizni tortadi. Sizning yerli otangiz bormi? U bilan gaplashasizmi? U siz to'g'ringizda qayg'uradimi? Bular vijdodan bo'lgan savollardir. Yuksakroq darajada Isoning so'zlari va Ruhining daldasi Xudoni jabbor ekanligiga, Muqaddas Xudoligiga va bizni sevadigan bizning shaxsiy qadirdon Xodoyimizligiga bizni ishontiradi. Hatto biz hammamiz gunohkor bo'lsak ham, biz Uning sevimli farzandlaridirmiz, lekin Masihning qoni orqali Uning oldida biz muqaddas bo'ldik. Muqaddas Ruh haqiqiy ibodat uchun bizning og'izlarimizni ochadi, chunki bu Ruh Masihnikidir. Ruhiy ibodatda Masih biz orqali gapiradi. Otaning ishonchida va O'g'ilning do'stligida Ruh nima uchun ibodat qilsa, shu uchun ibodat qiling. Sizning ibodatlaringiz O'g'il bilan bir bo'lgan Otangiz va sizdagi Ruh o'rtasidagi suhbat bo'ladi.

YUHANNO 16:26b-28
26b Men esa sizlar uchun Otamdan iltimos qilaman, deb aytmayapman. 27 Otamning O'zi sizlarni sevadi, chunki sizlar Meni sevib, Xudo huzuridan chiqqanimga ishondingizlar. 28 Men Otamning huzuridan chiqib, dunyoga keldim. Endi yana dunyoni tark etib, Otamning oldiga ketmoqdaman.

O'zining o'g'lini sevmaydigan ota, ota emas. Xudoning ismini ochish orqali, Xudoning buyuk sevgisini tushunish uchun Iso bizga eng oddiylikni berdi. Otaning ismiga yetuklikni berish Masihning maqsadini mag'zidir. Otani bilgan kishi Xudoni biladi, va Xudoning sevgisiga sodiq qolib, Uning bolasiga aylanadi. Bu Ismda biz to'la Xushxabarni va abadiylik uchun umid topamiz. Masih sizga bundan buyog'iga vositatachilik kerak emas, chunki Otaning O'zi sizni sevadi, va U sevgiga va mehirga to'laligini e'lon qiladi. Holbuki Masih xochda o'ldi, Ota va bizning oramizda hech qanday to'siq yo'q. Otaning Qo'zisi bo'lgan O'g'ildagi imon Masihni sevadiganlarning ustiga O'zining sevgisi tushishi uchun Otaga imkoniyat beradi. Masihning ilohiyligidan va Xudo bilan yashab, Undan kelib chiqishidan habardor bo'lgan kishi Muqaddas Uch Birlikka yaqinlashgandir. U Xudoning hayotida sodiq qoladi va Ruhda doim hursand bo'lib, Otaning inoyati bilan to'ldiriladi.

Bir gapda Masih shogirdlariga qutqarilish mo'jizasini tasvir etadi. U Xudo bo'la turib yuksakliklardan pastga tushdi va bu dunyoda yashadi, bu ixtilofchiliklar va axloqsizliklar bilan muammo edi, lekin Iso xochda insonzod uchun solihlikni o'rnatganda, U hayot bulog'i bo'lgan Otasining oldiga jo'nab ketish uchun bu dunyoni tark etdi.

YUHANNO 16:29-30
29 – Mana, hozir Sen ochiq so'zlayapsan, hech ramz qo'llamayapsan,- deyishdi shogirdlari Isoga. 30 -Hozir ko'rib turibmizki, Sen hammasini bilasan. Biron bir kishining berishiga ham muhtoj emassan. Ana shuning uchun biz Sen Xudo huzuridan chiqqaninga ishonamiz.

Shogirdlar Xudoning sevgisining buyukligidan va Isoning abadiyligadan xabardor bo'layotgan edilar. Iso haqiqiy Xudo, hamma narsani Biluvchi, muqaddas va abadiydir. Lekin ular U sevgi Xudosiligini eslamaslikka mubtalo bo'lishgandi va Xudoni Ota deb chaqirishmadi; hatto Iso bu haqiqatlarni qaytadan aytib o'tdi. Ular bu ishlarni nazariy deb qabul qilishdi, lekin ular Uning haqiqiy tabiatining mohiyatini tushunishmadi.

YUHANNO 16:31-32
31- Endi ishonasizlarmi?- dedi Iso ularga. 31 – Mana, har biringiz o'z tomoningizga to'zib, Meni yolg'iz qoldiradigan vaqt-soat keladi va hatto keldi ham. Biroq Men yolg'iz emasman, chunki Otam Men bilandir.

Kulib shunday dedi, "Sizlar Mening haqiqatligimni faqat zexn orqali tushuna olasizmi? Shunday bilim haqiqiy imon bilan bir hilmi? Bu sinov ro'y berish haqidadir va u sizning imoningiz sevgidan maxrumligini ko'rsatadi. Siz Xudoni tushunmaysiz, chunki siz Uning otaligiga ishonmaysizlar. Hammalaringiz qochib ketasizlar va rad etilgan Meni tashlab ketasizlar. Sizning imoningiz maqsadsiz bo'lib ko'rsatiladi.

"Men o'limda yolg'iz emasman, chunki Otam Men bilandir." "Tangrim nega Meni tashlab qo'yding" deb Isoning xochda yig'lagani qarama-qarshilikmi? Yo'q, chunki Muqaddas Xudo yuzini O'g'lidan yashirgandi, lekin Masih Otasining huzurida ishonishni davom ettirdi. Uning yig'isi Xudoni o'zgarmas bo'lib qolishini ko'rsatadi, "Men Seni ko'rmaganimda ham Seni tark etmayman. Qo'llaringa ruhimni topshiraman". Xudoning otaligidagi Masihning imoni bizning o'rnimizga Uning ustiga tushgan hukmni ustidan g'alaba qozondi. Otasi uchun O'g'ilning sevgisi gunoh orqali tuzalmagan bizning qarzlarimizni uzib, Xudoning g'azabining olovini so'ndirdi. Uning doimiylik umidi biz uchun Otani ko'rishga eshiklarni ochib berdi. Otaning maslahati bilan Uning o'limi tufayli biz shunday deb aytishimiz mumkin, " Men yolg'iz emasman, chunki Otam Men bilandir."

YUHANNO 16:33
33 Bularni sizlarga Menda xotirjam bo'lishingiz uchun aytdim. Dunyoda qayg'u-alam chekasizlar; lekin dadil bo'linglar, Men dunyoni yengdim.

Iso O'zining hayirlashuv xabarini hamma imonlilar uchun shunday dalda izoxi bilan yakunladi, "Men bir muncha sizlar bilan yashadim va ilohiy tinchlik yuraklaringizni to'ldirishga o'rgatdim. Ishonmaydiganlarda tinchlik yo'q. Men, O'g'il yuraklaringizni kechirdim va ichki borlig'ingizni tozaladim. Men sizning ichingizga O'zimni tinchlik Ruhimni beraman. So'zlarimga sodiq qoling. Shaxsan Men sizning himoyachingizman. Mendan bo'lak sizning himoyachingiz yo'q. Xudo bilan sizning yarashishingiz bu tinchlikning asosidir. Sizda Mening qonim bilan gunohlaringizning kechirimisiz tozza vijdon yo'q. Men sizlarni qutqardim va Mening Ruhim sizdadir. Mening tinchligim sharpa emas balki haqiqatdir. Men sizlarga tinchlik berish uchun keldim; uni qabul qiling va Menga ishoning."

"Siz bu dunyoda tinchlik bizni kutyapti deb faraz qilmang. Yo'q! U yerda ko'p yashirin xatarlar bor: quvg'in, kasallik, yolg'on, qo'rquvlar va o'lim. Qonunchilar sizni rad etishadi, yuzaki qaraydiganlar mazxara qiladilar. Minglab yolg'onchilar va falsafachilar imoningizni sinaydilar. Hatto Mag'rurlik yaqin bo'ladi. Pulga mehr bog'lamang; boylik sizni saqlamaydi."

"Mening sevgimni biling va Mendek kamtar bo'ling, Men O'zimni berishimga va O'zimdan kechganligimga sodiq qoling. Men dunyoni yengdim. Men O'zim uchun hech narsa so'ramadim. Men Xudoning Muqaddas Biri bo'lgan zamiridadirman. Menda Xudoning shunday amri bajo bo'ldi, ' Muqaddas bo'ling zero Men muqaddasman'. Men sevgining kamolotiman, Menda siz Otamni ko'rasizlar."

Siz Isoning hayirlashuv munozarasining muhimligini tushindingizmi? Masihning tinchligi bilan yuragingiz sluh tuzishingiz uchun, U sizni Otasining munosabatida o'rnashtirdi. Bu tinchlik imonlining hayotida eng hayotiy haqiqatdir. Bu dunyo yovuzligicha qoladi va sizni muammoga qo'yadi. Lekin o'lim va Shayton ustidan G'olibga bo'lgan sizning imoningiz Xudo g'azabi olovidan va tashqi qiynoqdan sizni ozod qiladi. Masihga inongan kishi Xudoning mehrini qabul qiladi. Isodan bo'lgan bu xabar sizni to'ldirdimi? Sizdagi Muqaddas Ruh shunday deb aytadimi, "Otam meniki, O'g'il mening Najotkorim, va Ruh menda yashaydi. Bu Yagona Xudo bizda yashaydi. Men Uning inoyatiga sodiq qolaman."

IBODAT: Rabbim Iso Masih, Sen mening yuragimni yengding va O'zing uchun meni sotib olding. Sen meni iblisning tuzog'idan O'zingni himoyang bilan asrading va uning yo'lg'onlarining zindonidan meni ozod qilding. Sen menga abadiy hayot ato etding. Men Seni kutganimda o'limdan qo'rqmayman. O'zingni irodang bilan meni saqla va men Seni hamma azizlar bilan ulug'lashim uchun va Otaga sajda qilishim uchun O'zingning kuching bilan meni to'ldir. Men birodarlarimni sevayin va odamlarni kechirayin va Sen orqali boshqarilgandek tinchlik o'rnatuvchi bo'layin. Men Senga suyanaman; Sen G'olibsan.

SAVOL:

  1. Nima uchun va qanday qilib Ota bizni sevadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:03 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)