Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 018 (The first six disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

3. Birinchi oltita ishogirdlar (Yuhanno 1:35-51)


YUHANNO 1:43-46
43 Ertasi kuni Iso Jalilaga bormoqchi bo'ldi. U Filipni topib unga:-Orqamdan yur!-dedi. 44 Filip Baytsayda shahridan, Idris bilan Butrusning hamshahari edi. 45 Filip ketdi. U Natan'ilni topib, unga:-Biz Muso va boshqa payg'ambarlar Tavrotda yozilgan Yusuf o'g'li Nosiralik Isoni topdik, -dedi. 46 -Nosira shahridan biron yahshilik chiqarmikin?-dedi Natan'il unga. -Borib ko'rgin!-dedi unga Filip.

Biz oxirgi to'rt kunda sodir bo'lgan hodisalarni o'tgan oyatlarda o'qidik. Birinchi kuni Quddusdan vakillar keldi; Ikkinchi kun Yahyo Isoni Xudoning Qo'zisi deb e'lon qildi; uchinchi kuni Iso to'rtta shogirdlarni yonladi; to'rtinchi kuni Iso Filipni va Natan'ilni shogirdlarining safiga chaqirdi.

U Filipni izlagan Iso edi. Shubhasiz Filip, Iso ularning orasidaligini Yahyodan oldinroq eshitgan edi. Yahyo Isoni Xudoning Qo'zisidek ko'rsatganida u ajablangandi. Filip Isoga yaqinlashishga jur'at etolmagan. U Xudoni bilishni xohlagan, lekin Ilohiy Zod bilan hamdo'st bo'lish uchun o'zini loyiq hisoblamagan. Shunda Iso uning oldiga bordida, uning qo'rquvlarini chetlatib Uning orqasidan ergashishini aytdi.

Iso O'zi uchun odamlarni tanlashga haqqi bor edi, chunki U ularni yaratgan, sevgan va qutqargan. Uni qabul qilishni tanlagan biz emas, balki U bizlarni birinchi ko'radi; U bizlarni izlab topdi va Uning xizmatiga bizlarni chaqiradi.

Chaqirmasa ergashmaydi va Masihning buyrug'isiz xizmat foydali emas. Kimdir tanlanmasdan Xudoning Shohligidagi vazifani bajarsa, shu inson o'ziga ham va boshqalarga ham zarar keltiradi. Lekin kimdir Masihga quloq tutib, Unga bo'ysunishga tayyor bo'lsa, u Masihning ajoyib g'amho'rligida xursandchilikka ega bo'ladi. Iso hardoim u inson uchun javobgar bo'ladi.

Filip bu Xushxabarni aytgani tashqariga chiqdi; do'sti Natan'ilni topib, unga Xushxabarni berdi; Jamoatning hatida u shunday ifodalangan, "Biz Masihni topdik!", shunday emas,"Men topdim", lekin U jamoatning e'tirof etishida kamtarlik bilan O'zini qo'shdi.

Iso Uning topshirig'i jarayoni haqida shogirdlarini xabardor qilgani yuzaga keladi. Yusuf Uni voyaga yetkazgan otasi edi. Iso Baytlahmdagi tug'ilishi haqida hech narsa aytmaydi. Bu bosqichda shogirdlar bu voqea haqida hech narsa bilishmagan.

Muqaddas Bitiklarda Natan'il mahoratli edi. U Musoning va Payg'ambarlarning kitoblarini qidirgan, va u Dovudning avlodidan, Baytlahmda tug'iladigan, xalqi uzra Shoh bo'ladigan Zodning kelishini bilib, Masihga tayinlangan va'dalar haqida o'rgangan. Natan'il qabul qilishga qiyin bo'lgan, hatto Eski Axdda yozilmagan va bashorat bilan bog'lanmagan shunday dalilni Masih kichkina shaxarda tug'iladi degan dalilni topdi. Natan'il Rimga qarshi dinga qiziquvchilarni va vatanparvarlarning aqidaparast g'alayonining manzarasini esladi. Bu g'alayonda ko'p qon to'kilgan.

Bu dalillar Filip uchun ishtiyoq emas edi. Uning xursandchiligi Masihni topishda juda ulkan bo'lgan. Uning qiziqishi Natan'ilning shubhasini yengib chiqdi. U tortishuvni to'xtatib shunday degan, "Borib ko'r". Xushxabar uchun bu shior haqiqat uchun tajribadagi asosiy shiordir, va "Borib ko'r" deganiga yetaklaydi. Iso haqida tortishmang, lekin Uning kuchini va hamrohligini boshingizdan kechirib ko'ring. Bizning guvohligimiz tasavvurli hayollarga ko'ra emas, balki Xaqiyqiy Xudoga bo'lgan guvohlikdir.

IBODAT: Aziz Iso Tangrim, bizlarni yuraklarimizni to'ldirgan xursandchiliging uchun rahmat, ajoyib hamrohligingda Sen tomon boshqalarni boshlashga bizlarni qo'zg'at. Bizlarga sevgida voizlik qilishga xohish ato et, va bizda bor bo'lgan qo'rqoqliklarimizni, ishingni galga solishlarimizni va uyalishlarimizni kechir, va Sening Nomingni botirlik bilan e'lon qilishimiz uchun xohish ber.

SAVOL:

  1. Qanday qilib birinchi shogirdlar Isoning Ismini boshqalarga e'lon qildilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:17 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)