Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 079 (Founding of the Church at Philippi)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

4. Filippiyada Jamoatning Shakillanishi (Havoriylar 16:11-34)


HAVORIYLAR 16:11-15
11 Troas shahridan jo'nab, to'g'ri Samofrakiya va ertasi kuni Neapol shahriga suzib bordik. 12 U yerdan chiqib, Makedoniyaning o'sha qismidagi birinchi Rim koloniyasi bo'lmish Filippi shahriga keldik va o'sha yerda bir necha kun turib qoldik. 13 Yahudiylarning dam olish kunida biz shahardan tashqariga chiqib, xuddi o'ylaganimizdek daryo bo'yida ibodat qilayotgan jamoatga duch keldik. Yig'ilgan ayollar bilan suhbatlasha boshladik. 14 Tinglovchilar orasida Lidiya ismli xudojo'y bir ayol bor edi. U Tiyatira shaharlik alvon to'n sotuvchi edi. Pavlusning aytayotganlarini fahmlashi uchun Rabbimiz uning qalbini ochdi. 15 Lidiya o'zining uy ahli bilan birga suvda imon keltirganidan so'ng, bizni mehmon qilmoqchi bo'ldi. “Agar sizlar meni Rabbimiz Isoga imon keltirgan deb hisoblasangizlar, uyimga kirib o'tiringlar” - deb bizni ko'ndirdi.

Xudoning sevgisining bo'roni tezda Asiyadan Yevropaga havoriylarining kemasini siljitdi. Odatda shunday safar besh kunu besh tun kerak bo'lar edi. Biroq ilgarigi odatdagiga qarshi kema ikki kunda yetib keldi. Pavlus dengiz portida qolmadi, balki viloyat markazi bo'lgan Filippi shahriga tezda ketdi.

Qaysar Avgust Qaysar Juliyaning qotillari mashxur tekisliklardagi va daxshatli urushlar topilgan bu shaharga ularni quvganida ularni yengdi. Keyinchalik u qo'zg'alib, ko'payib, va Filippini yasatib, buni solihlardan ozod qildi, va buni nafaqaga chiqqan askarlar uchun chekintirdi. Bu o'zining atmosferasida va rejimda Suriya shahri Antioxiyaga o'xshash edi.

Pavlus vahiyda ko'rgan Makedoniyalikni uchratishni xohlab esankirab qoldi. U Masih va Uning najoti haqida g'amho'rlik qilgan birorta odamni topmagani qanday g'alati. Ularning hammalari rohat uchun va sukunat uchun maqsad qilyotgan edilar. Masihning xizmatkorlari Yahudiy odamlarini topishmadi, chunki bu shaharda jangavor hislat zafar qozongan lekin reklama harakat emas. Bu kishlar balki bu vahiy o'chlikmikin deb va bu chaqiruv o'zlarining xohishlarining mulohazasi emasmikan deb ajablandilar.

Pavlus ibodatxona yo'q bo'lgan shahrlarda Yahudiylar oddiy ibodat uchun shaharning tahqarisidagi daryo qirg'oqlari bo'ylab har bir Shanba kunda to'planishga odatlangan edilar. Ular u yerda o'zlarining diniy xizmatlari mobaynida va bundan oldin tozalanishni ijro etardilar. Havoriy shahardan chiqib shahardan ikki kilometr bo'lgan Gangitiya qirg'og'iga bordi. U yerda havoriy Yahudiy va Yunon ayollari ibodat uchun to'planganlarini ko'rdi. U ayollarni ko'rganida, Pavlus ajablandi: “Men bilan bajarishga to'g'ri kelgan ayollarning qiziqishi nima? Men vahiyda ayolni emas erkak kishini ko'rdim. Men begona ayolni qidiryotganim yo'q.”

Muqaddas Ruh G'ayriyahudiy havoriysini kamtar qildi. U boy va kambag'alning, buyuk va kichikning arkak va ayolning, ozod va qulning oq va qorani farqiga bormaydi balki Xudoning so'zi uchun och bo'lgan har bir qalbni qondiradi. Shu yerda Ruh Pavlus orqali najotning kamoloti ustidan daryo qirg'og'i bo'yida o'tirgan ayollarga gapirdi.

Tinglovchilardan biri Muqaddas Ruh havoriylarini voizlik qilishdan taqiqlagan mamlakat Asiyodagi Tiyatira shahridan bo'lgan pushti kiyimdagi ayol olibsotar edi. U hozir Filippining Makedoniya shahrida najot xushxabarini eshityapti. U o'sha vaqtda eng qimmat molning biri binafsha rangni ishlab chiqarish bilan shug'ullanib boy bo'lgan edi. U sergak va odamlarning sezgiri edi. U havoriylardan chiqayotgan Xudoning kuchini sezdi.

U xushxabarni diqqat bilan tinglaganida Xudoning ovozini sezdi. Rabbiy uning yuragini ochib, uning ruhini ruhlantirdi. U o'sha zahoti yaxshiligi tufayli emas balki Xudoning so'ziga och bo'lib uni tinglagani uchun qayta tug'ildi. Hatto bugun ham bu xushxabar Xudoning solihligini qidiryotganlarning yuragini yangilaydi. Bu haqiqat Ruhi Unga bo'ysunganlarda yashaydi.

Lidiya eng oxirgi va kiyimlar ichida eng yuqori turiga ko'ra kiyingan zamonaviy ayol bo'lgan. U chaqqon va aqillilikka ega bo'lgan edi. U darhol najot yuragini bilib suvga cho'mishni so'radi. U xochda uning gunohlarini kechirgan Isoni Xudoning O'g'li deb ishondi. Shuning uchun u suvga cho'mishga rioya qilib Muqaddas Ruhga to'ldi va sevgi, haqiqat va abadiy hayotga ega bo'ldi.

Qanday ajoyib! Pavlus faqat bu ayolni suvga cho'mdirmadi, balki u bu ayolning erini, bolalarini, xizmatkorlarini va uning barcha hamkasblarini o'z ichiga olib butun xonadonini suvga cho'mdirdi. Pavlus Xudoning Ruhining kuchiga ishondi va u bu ruhlangan ayol boshqalarni ham ruhlantira olishini bilar edi. Xudoning sevgisi bilan taqdirlangan bu ayol hudbinlikgan xizmatkorlarini tajribada Rabbiyning izdoshlarini mehribon qilolar edi. Pavlusning yuragi qanday keng edi! U suvga cho'mish uchun tayyorgarlikda uzoq dars bermadi, balki unda Masih boshlangan yaxshi ishni bajarishiga ishonib Unga butun odamlar guruhi bo'ysunishi uchun jasorat bor edi. Pavlus o'zi emas balki faqat Masih Unga ishonganlarni qutqarishini bilar edi.

Keyinchalik bu boy imonli Pavlus va uning uchta sheriklari shaharda qolgan payitlarida uning mehmondo'stligini qabul qilishlarini ulardan so'radi. Bu ayol xushxabarlash uchun markaz bo'lgan uyini ularga ochdi. Holbuki, Pavlus bu yordamni qabul qilishni xohlamadi. U va sheriklari o'zlari uchun qo'llari bilan mehnat qilib ishlashni afzal ko'rdilar. Hanuz bu aqilli olibsotar ular uning taklifini qabul qilgunlarigacha Xudoning kishilariga yalinib yolvordi. Ular shaharda yangi imonlilarni mustahkamlash uchun qoldilar. Pavlus bu ayolning mehmondo'stligini qabul qildi va uning sevgisi ilgarigi kayfiyatlarning ustidan g'alaba qozondi. Haqiqatdan ham sevgi uning eng muhim asosi edi.

Pavlus vahiyda erkak kishini ko'rgan edi, lekin bu yangi imonli ayol edi. Bu havoriy kishiga hokimlikni bergan dindan kelib chiqqan, hanuz Yevropada Masih birinchi ayol kishini tanladi. Biz bu rivojlanishlarda havoriyning Muqaddas Ruhni tinglash qobilyati bilan birga ayol kishining ozodligi uchun ramzlarni ko'ramiz. Havoriylarning itoatkorligi orqali Yevropaga xushxabar keldi, va birinchi hosil binafsha rang sotuvchisi bu ayol edi.

IBODAT: Ey Rabbim, Sen Lidiyaning yuragini ochib uning Ruhing tushishi orqali armoniga javob berganing uchun Sendan minnatdormiz. Bizning chegaralangan fikrimizni kechir va barcha poklik va donolik bilan xushxabarning haqiqatini ayol qizlar eshitishlari uchun sevgi va kamtarlik yo'lida bizning yuraklarimizni kengaytirgin. Omin.

SAVOL 79: Lidiyaning hayotidagi mo'jiza nima edi? Nima uchun Pavlus uning butun oilasini suvga cho'mdirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)