Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 078 (The Holy Spirit Prevents the Apostles from Entering Bithynia)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

3. Asiya Viloyatida Bitiniyaga Kirishdan Muqaddas Ruh Havoriylarga Halal beradi (Havoriylar 16:6-10)


HAVORIYLAR 16:610
6 Pavlus bilan yo'ldoshlari Frigiya va Galatiya yurtlaridan o'tishdi, chunki Muqaddas Ruh Asiyada Xudo so'zini targ'ib qilishlariga to'sqinlik qildi. 7 Misiya chegaralariga yaqinlashganda, Bitiniyaga bormoqqa intildilar, lekin Isoning Ruhi yana ularga ijozat bermadi. 8 Shunday qilib, Misiya yurtidan o'tib, Troas shahriga tushib keldilar. 9 O'sha kechasi makedoniyalik bir odam Pavlusning tushiga kirdi. U Pavlusning qarshisida turib: “Makedoniyaga kelib, bizga yordam ber!” - deb yolvorar edi. 10 Pavlusning ko'rgan bu karomatli tushidan keyin bizlar darhol Makedoniyaga borish harakatini qildik. Chunki Rabbimiz bizni u aholiga Xushxabarni yetkazishga chaqiryapti, degan hulosaga kelgan edik.

Masih ba'zan havoriylarini og'ir sinovlar orqali sinab ko'radi. Sinovning bir turi Masih ularning ibodatlariga jim qolishi va ularning talablaridan qat'iy nazar Xudo rejalarini rad etishidir. Pavlus bilan Sila Derviya, Listra, Ikoniya va Anatoliyaning Antioxiyadagi jamoatlariga voizlik qilib, birga tumanlardan o'tishdi. Oxiri ular ilgarigi xizmat safarlarining chegarasiga yetib kelishdi. Bunda Pavlusning yosh jamoatlarga borib ularni mustahkamlash rejasi nihoyasiga yetdi (15:36). Endi ular nima qilishlari kerak? Ular orqaga qarab ketishlari kerakmi yoki oldinga?

Bu ikki voizhonlar Rabbiy Asiya viloyati Rimning muhim poytahti Efesga borish uchun Rabbiy ularga ishonishini xohlaydimi yo'qmi buni Rabbiy ularga ko'rsatishi uchun ibodat qildilar. Muqaddas Ruh ularning talablariga e'tiroz bildirib, “yo'q” deb aytdi. Ular orqalariga ketishlari kerakmi? Ular Ikoniyada qolishlari kerakmi? Yana Ruh “yo'q” deb aytdi. Xudoning kishilarida asosiy reja yo'q edi. Balki Pavlus Rim viloyatining markazi Efesga borishni xohlagan bo'lishi mumkin. Biroq u yerga safar qilishga jur'at etmadi chunki bu Rabbiysining irodasiga qarshi talab bo'lar edi. U doim Rabbiyning buyrug'isiz Xudoning shohligidagi har bir harakat gunohligini bilib va tezda muvafaqqiyatsizlikka olib kelishini bilib, Rabbiyning rahbarligini so'radi.

Sila Muqaddas Ruh to'g'ridan-to'g'ri gapirgan payg'ambar edi (15:32). Bu ruh allaqachon qonunga qaramlikdan ozodliklarini G'ayriyahudiy imonlilarga tasdiqladi. Lekin hatto Sila ular keyin qayerga borishlari kerak yoki nima qilishlari kerak to'g'risida Xudodan javob olmagan edi. Xudoning Ruhi ularning rejalarini puchga chiqardi. Oxiri Xudoga ishonib shimolga ketishdi va keyin Galatiya tomon sharqqa va keyin ularni boshqaryotgan Muqaddas Ruh bilan g'arbga ketishdi. U yerdan ular yana bir bor Mediteriya Dengizi bo'yidagi Trosdagi holdan toygan safarlaridan yetib borgunlaricha shimolga yana bordilar. Shu yerda ularning ko'z o'ngilarida dengiz turgan edi.

Nima uchun Xudo ularga gapirmadi? Balki ular Barnabo bilan bixtsiz raqobatni va Markni deb undan ajirashishlarnini hayollaridan o'tkazgandirlar. Ular Muqaddas Ruhning qayg'urishi tufayli va U ulardan ketishiga sabab bo'lgani tufayli birorta xatoga berildilarmi? Balki ular Timo'tiyning sunnati haqida o'ylashgandir. Bu tezkorlik harakati qonundan ozodlikka qarshi edimi va shuning uchun ularning ruhiy kuchlarining sababi cheklanganmidi? Ularning xizmat guruhlarining shakillanishi Rabbiyning qondirishi bilan duch kelmagan bo'lishi mumkinmi? Ulardan birortasi aniq gunoh qildimi? Ular voizliklarining asoslarida zo'rovonlik qilishdimi? Bu savollar ularni tavba qilishga, sinishga, alangali ibodatga va faqat inoyat orqali ishonishni davom ettirishga harakatlantirdi.

Ular na ularning Masihga bo'lgan itoatkorliklari va na ularning haqiqiy ta'limlari inoyat, hosil va ularda, ular orqali Xudoning kuchi oqib chiqishi uchun sabab emasligini tushunib yetdilar. Bu faqat ularni tanlagan, chaqirgan, tayinlagan, muqaddaslagan va saqlagan Masihning inoyati edi. Voizhonlarda o'zlarining kichkina xizmatlari yo'q edi. Ularning hulqlari yoki omadlari hech qanday yo'lda ishlari ustidan ma'qullash muhiri emas edi. Bu faqat hosil, minnatdorchilik va tinchlik keltiradigan, xochga mixlangan Rabbiyning erkin inoyatdagi imondir. Masihning qoni bizni barcha gunohdan tozalaydi va bizni Xudo bilan birligimizda saqlab qoladi. Xochda qilingan yarashish faqat kuch manbasi va bu Rabbiyning xizmatkorlari uchun huquqdir.

Uzoq imon kurashlaridan keyin o'zini imtohon qilish, sinish va to'la tavbaning keyingi tunlarida, Xudo to'satdan Pavlusga vahiyda gapirdi. Pavlus qirg'oq qarshisida turgan Makedoniyalikka o'xshab kiyingan kishini ko'rib, shunday baqirdi: “Makedoniyaga kelib bizga yordamber!” Bu G'ayriyahudiylarning havoriylariga ko'ringan Masih emas edi, balki u o'zining muhtojligini ifoda qilayotgan va najot qidiryotgan oddiy dehqon edi. Bu najotga chaqiruv taskari emas sharqning nuri uchun Yevropaning hamma muhtojligini ifoda qiladi.

Bu vahiyga ergashib uchta kishi buning ma'nosi haqida suhbatlashishni boshladilar. Ular bunda Iso ularni Asiyada bo'lishlarini xohlamaganligini balki ularni Rim tomon g'arbga jo'natyotganini Muqaddas Ruhdan aniq bilishdi. Ular ruhiy chaqiruvdek bu tushni va Buyuk Aleksandr xalqiga xushxabarni voizlik qilish uchun talabni tushundilar.

O'sha zahoti bu va'zhonlar bu chaqiriqqa itoat qilib, kemani qidirishga tushdilar. Ular Makedoniya tilini o'rganmadilar yoki ular u yerda tanishlar va vakillar haqida so'rashmadi. Ular Muqaddas Ruh ularga gapirgan zahoti jo'nab qolishdi. Ular yangi bo'sag'a tomon ularga berilyotgan nur va rahbarlik bo'lgan inoyatni tasdiqladilar. Hozir ezayotgan og'irlik o'tib ketdi va buyuk hursandchilik oqishni boshladi. Ular ruhiy qo'shiqlar va madhiyalar kuylab, hursandchilik bilan suzib ketdilar. Xudoning sevgi bo'roni ularning yelkaniga yana bir bor esdi.

Kitobning muallifi Luqoning 10 oyatdan, “biz” bilan uning nutqi boshlanib uchinchi kishidan birinchi ko'plik kishiga bu hikoya o'zgaradi. Bu adabiy hodisa uchun sabab Xudo tayinlagan payitda Troasda vrach Pavlusning guruhiga qo'shildi. Shu yerdan ular yangi mamlakatlarda hosil tomon ikkinchi xizmat safarlarini davom ettirishadi. Bundan keyin biz Yevropada Masihning zafarli yurishida xizmatkorlari orqali tirik Masih ishlagan ajoybotlar haqida guvohlikdan yangiliklarni eshitamiz.

Luqo Rabbiyning ismini birga ulug'lashlari uchun Rabbiy uni uchta kishi bilan birlashtirishiga ishonchi komil edi. Luqo Suriyaning Antioxiyasida bo'lganida ilgari Pavlus bilan uchrashgan bo'lishi mumkin. Endi ular Masih uchun Yevropani ochish uchun birga ishlashyotgan bo'lishi mumkin.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz atrofimizda Sening ismingni ulug'lash uchun noloyiq va hosilsiz bo'lgan bizlarni bu to'rt kishi bilan birga chaqirganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz Sening ismingni ulug'lay oladigan joyni va vaqtni bilishimiz uchun va Sening irodangni bajarishimiz uchun bizlarni ehtiyotkorsiz qadamlardan saqla va rejalarimizni poklagin. Omin.

SAVOL 78: Imonlilar maqsad qilgan xizmatlarini quvishdan Muqaddas Ruhning taqiqlashining ma'nosi nima edi va yangi xizmatga ularni Muqaddas Ruhning chaqiruvining ma'nosi nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)