Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 077 (Strengthening of the Churches of Syria and Anatolia)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

2. Anatoliya va Suriya Jamoatlarining Mustahkamlanishi: Xizmat uchun Timotiyni Tanlash (Havoriylar 16:1-5)


HAVORIYLAR: 16:1-5
1 Pavlus Derviya va Listra shaharlariga yetib bordi. U yerda Timotiy ismli Iso shogirdi bor edi. Uning onasi imon topgan yahudiy, otasi esa yunon edi. 2 Bu kishi Listra va Ikoniyada yashagan imonlilar orasida yaxshi nom chiqargan edi. 3 Timotiyni o'zi bilan birga olib ketishni istab, Pavlus o'sha atrofdagi yahudiylar sababli uni sunnat qildi. Chunki uning otasi yunon ekanini hamma bilar edi. 4 Ular shaharma-shahar kezib borisharkan, Quddusdagi havoriylar va oqsoqollar tomonidan qaror qilingan qonun qoidalarni imonlilarga topshirib, bularga rioya qilishlarini tayinlashardi. 5 Shu yo'sinda jamoatlarni imoni quvvatlanib, soni kundan-kunga oshib borayotgan edi.

Pavlus Tavrusning cho'l tog'lari bo'lgan tepalikka o'zining stadion va universitetlari bilan porloq shaharga chiqdi. U Anatoliyaning quruq tekkisliklaridan, issiq, tepalikka piyoda uzoq masofani kesib o'tdi. U buyuk azoblardan keyin Likoniya shahri Derviyaga yetib keldi. Biz xizmat uchun bu voizhonda oshib yotgan armonni ko'ramiz. U safari mobaynida har turli havf-hatarlarga qarshi havfsizligi uchun g'amhorlik qilmadi. Uning armoni va rejasi o'zining sevimli kishilarida ko'rinadi. Qanday qilib Masih ham xochda ularni qutqarib, O'zining sevgani bilan bo'lishni istaydi? Rabbiy bizni sog'inadi va yaqinda biz uchun kelyapdi.

Pavlus va Sila Derviyada imonlilarni mustaxkamlab ular uchun ibodat qilgan Antioxiyada jamoat haqida ularga aytishdi. Ular Quddusdagi jamoat qonundan ularning ozodliklariga qo'shilganliklarini ularga isbotlashdi. Sila bu jamoatning vakili bo'lgan a'zosi edi va shuning uchun ularning bayonlari rasmiy edi. U qonunni tutishdan ajralgan yangi imonli G'ayriyahudiyni ochiqchasiga e'lon qilgan Muqaddas Ruhning payg'ambari ham edi. Ular Masihga ishonishganda, ular insonning ishlarisiz Muqaddas Ruhning kuchi va uyini tekinga qabul qildilar. Bu e'lon Yangi Ahddan tekinga oqib chiqayotgan inoyat ruhiga barcha tinglovchilar yuraklarini ochgan hayotiy, siyosiy va shunday buyuk edi.

Bu ikki va'zhon Listraga yetib kelishganda ular Pavlusning ilgarigi safari mobaynida va shaharda tosh bo'ron bo'lganda imonli bo'lgan Timo'tiy ismli yosh kishi bilan uchrashishdi. Bu yosh kishining otasi Yunon va onasi esa Yahudiy edi va uning issiqligi, sevgisi va mexribon donoligi uchun u ajratilgan edi. U havoriylardan birorta vakolat olmasdan jamoatlarni mustahkamlab, ularga dalda berib, birlashtirib va ularga talim berdi. U ham Ikoniyaga safar qilib, u yarda birodarlarnikiga tashrif buyurdi. Shunday qilib u barcha Masihiylarga tanildi va u Masihning sodiq xizmatkoridek tanildi.

Pavlus Muqaddas Ruhning boshqaruvi orqali bu yosh kishi unga yordam bera olishini sezdi. Pavlus uni o'zining uzoq va havfli safarlarida hamroh bo'lishga uni chaqirdi. Haqiqatdan ham, hamroh bo'lgan azoblanayotgan havoriylarning hech biri Timo'tiydek sodiq emas edi. Pavlus uni Filipda, Korinfda va boshqa joylardagi yangi jamoatlardagi qalblarga ta'lim bergan Rabbiydagi sodiq o'g'lini chaqirdi. Havoriylar uzoq turolmagan joyda Timotiy Pavlusning ishini oxiriga yetkazdi (Filip 2:20; 1Korinfliklar 4:170). Pavlusning o'limidan keyin Timo'tiy Efesda buyuk jamoatdagi havoriyning vorisi bo'lgan bo'lsa kerak. Timo'tiy u yerda havoriy o'zining maktubida unga yozganini amalda qildi. Hatto bugungacha bu maktublar jamoat ta'limi uchun yo'l boshlovchi asos bo'lgan.

Pavlusning sayohat hamrohi bo'lishga bu faol yosh kishini taklif qilish tufayli bu mavhum muammo boshliqga keldi; uning onasi Yahudiy va otasi esa Yunon edi. Shunday turmush o'sha vaqtda Yahudiy qonuniga ko'ra qonunsizdek sanalar edi va xuddi shundek yosh kishi ham qonunsizdek hisoblandi. Pavlus Timo'tiyni oqlanishi uchun yoki poklanishi uchun sunnat qilmadi balki Yahudiylar uni tanqid qilish orqali to'siq bo'lmasliklari uchun tezkorlikning harakatidek sunnat qildi. Shunday qilib bu yosh kishi Yahudiy qilindi va unga onasining fuqoroligi berildi.

U Yahudiylar bilan ijtimoiy hayotlarida qatnashishga qodir edi. Ayni shu vaqtda u voizligi orqali Yunonlarga xizmat qilib Yunon bo'ldi. Pavlus Timotiyni qonun bog'liqligiga chekinish uchun emas balki sevgi yo'lini rivojlantirish uchun sunnat qildi. U G'ayriyahudiylardan g'alaba qozonish emas balki Yahudiylar ustidan g'alaba qozonish uchun o'zining shogirdini sunnat qildi. Voizlik qilish mustahkam qolibni chegaralamaydi, balki yurak va qalb bilan xizmat qilishga bag'ishlangan qurbonlik sevgisining ozodligidagi qadamni saqlaydi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sen Timo'tiyga ikkinchi tug'ilishni berganing uchun va uni ruhiy o'g'il qilganing uchun va uni Muqaddas Ruhingning in'omlari bilan to'ldirganing uchun minnatdormiz. Sen uni jamoatlaringga ta'lim berish uchun va qattiq xizmat safarida xizmat qilishga tayyor bo'lish uchun uni tayyorlading. Biz ham Sening noming bilan qalblarga ega bo'lib jamoatingni sodiqlik bilan ta'lim berishda qatnashishimiz uchun va Senga ergashishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 77: Timo'tiyning sunnati zarur edimi yoki yo'q? Nima uchun?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)