Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 032 (Organization of the Church)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

19. Jamoatni Tashkilashtirish va Yetti Vazifadorni Tanlash (Havoriylar 6:1-7)


Havoriylar 6:1-7
1 Iso shogirdlari ko'payib borayotgan o'sha kunlarda yunon tilida so'zlashuvchi yahudiylar orasidan yerli yahudiylarga qarshi norozilik yuz berdi, chunki kundalik ehtiyojlarini ulashib berayotganda, ularning beva ayollari e'tiborsiz qolardilar. 2 Ana shu sababli, o'n ikki havoriy Iso shogirdlarining jamini chaqirib, bunday dedilar: Biz Xudoning kalomini yoyish ishini chetga qoldirib, dasturxonga xizmat qilishimiz yaxshi emas. 3 Ey birodarlar, endi sinalgan hamda Muqaddas Ruh va hikmatga to'lib-toshgan yetti kishini orangizdan tanlab olinglar; ularni bu hizmatga tayin etamiz. 4 Bular esa doimo ibodatga berilib, Xudo kalomini yoyish xizmatida mashg'ul bo'laylik. 5 Bu taklif butun jamoatga ma'qul tushdi. Imoni komil va Muqaddas Ruhga to'lgan Stefan ismli odamni, shuningdek Filip, Proxor, Nikanor, Timon, Parmen, va yahudiy diniga kirgan antioxiyalik Nikolayni sayladilar. 6 Ularni havoriylar oldiga turg'izib qo'ydilar. Havoriylar esa ularning boshiga qo'llarini qo'yib duo qildilar. 7 Shunday qilib, Xudoning kalomi yoyilgan sari, Quddusdagi Isoning shogirdlarining soni nihoyatda ko'payib borar edi. Ayniqsa, ruhoniylardan ko'pchilik imonga bo'ysunishar edi.

Shogirdlarning soni ko'payib borayotganda hayriya muammolari boshlandi. Jamoat tashkilotidan talab qilishdi. Bu dars bugun bizning jamoatlarimizda bunday nozik muammolarni qanday yechish uchun bizga o'rgatadi. Bu ish tortta muammolarni aralashtirdi; Muqaddas Ruh oltita yo'l bilan ularni yechish uchun imonlilarni boshqardi.

Bu vaqtda, O'rta Sharqda tullar uchun uylaridan tashqarida ishlash uchun ruhsat berilmagan. Shuning uchun, Yahudiya Masihiylari erlari vafod etgandan keyin eri yo'q bo'lgan ayollarga erga tegishlari uchun va qobilyatsiz, bemor, yoki farzandi yo'q ayollarga yordam berish xizmatini tashkil etishdi. Ilk jamoat qo'shilish uchun imonli tul ayollar uchun ovqatlanish stolini tayorlashdi. Umumiy mablag' ustidan kuzatib turadigan havoriylar ham eng yaxshi yo'lda ovqatlanish stolini tayyorlash uchun javobgar edilar.

Masihga ishongan yunon tilida gaplashadigan Yahudiylar ilk Jamoatga keldilar. Ular Falastinni qoldirib ketishmadi, balki o'zlarining mamlakatlarida qolishdi. U yarda na Yahudiy va na Yunon tilida so'zlasholadigan faqat Yunon tilida gaplashadigan Yunon Yahudiylarning ahamyatli soni ham bor edi. Ular o'zlarining yurtlarida ossonlikcha Yunon tilida gapirish yoki talaffuz qilolmaydigan begonalar bo'lishdi. Shuning uchun, ular bir-birlarini muammosiz tushuna olishmadi va aloqa qilisholmadi. Yunon Yahudiylarining qiynalgan tullari to'la hursand bo'lishmayotgan edi, hatto Barnoba va boshqalarga o'xshagan tashqi Masihiylar katta miqdordagi pullarini kambag'allarga berib hissalarini qo'shishdi.

Havoriylar va'zlar, ibodatlar, voizlik qilish, uchrashuvlar, uylarga tashrif buyurish, shifo berish, umumiy mablag'ni boshqarish va imonlarini himoya qilish bilan band edilar. Ularda aniq va to'la bu qo'shimcha vazifalarni bajarish uchun qobilyatlari va yetarli vaqtlari yo'q edi. Shunda Yunon tilida o'zlarining muhtojliklarini ifoda qilib berolmaydigan tullar nazardan chetda qolib ketishdi. Bu kungacha biz o'zlarining vazifalarini yaxshi va aniq bajara olmaydigan ba'zilarni va dunyoviy va ruhiy javobgarliklar bilan band bo'lgan ruhoniylarni va hizmatchilarni topamiz.

Xudoga shukur, o'sha vaqtda imonlilar bir-birlari bilan ochiqchasiga qaplashishgan. Muammolar yechilmasdan qolganda jamoatda buyuk shikoyat ko'tarildi, shunda ularning kuchli va otashin sevgi birligi buzilish arafasiga kelgandi..

Havoriylar jamoatda hamma vazifalarni ijro etisha olmasdi, hususan a'zolarning soni o'sib boryotganda. Ular hamma savob ishlar uchun tayyor bo'lishga va amaliy xizmat uchun yordamchilarning muhtoj qisuvida edilar. Muqaddas Ruh yangi jamoat idorasi uchun dasturhon tayyorlash va narsa sotib olib ovqat pishirish uchun ularning na do'stlarini va qarindoshlarini va na Isoning oilasining a'zolarini tanlashga boshladi. Aksincha bu hizmatni qiloladigan yetti kishini tanlash uchun imonlilar gruhidan so'rab ular butun bir jamoatni birgalikda chaqirishdi.

Havoriylar qanday qilib tanlovning lozimligini isbotladilar?

Ular shunday deyishdi: Biz talab qilingandek voizlik qilolmaymiz. Xudoning so'zi va ibodat ovqatdan ham muhim. Inson faqat non bilan yashamas; balki Xudoning so'zi bilan hayot u. Shuni aytib, havoriylar ta'lim berish va voizlik qilishdan ko'ra ibodat muhimligini aniqlab berishdi. Kelinglar gapirishdan oldin ibodatni muhim ekanligini tushinaylik. Aks holda, barcha ta'lim berishimiz va voizlik qilishimiz behuda bo'ladi. Aziz birodar, siz doim ibodat qilasizmi?

Hayriya xizmatlari uchun aniqlanganlar kimlar? Ular Muqaddas Ruh va donolik bilan to'lganlardir. Birinchi holat imon, sevgi, sabr-toqat, umid, ibodatning kuchi va to'la Muqaddas Ruhdan chiqadigan voizlikdagi kuch bilan birgalikda ikkinchi tug'ilishdir. Ikkinchi hususiyat hayotdagi tajribani ko'rsatadi: Odamlar bilan munosabatdagi donolik, pulni boshqarish layoqati va sotib olishdagi va dasturhon tayyorlashdagi mohirlik. Jamoatdagi xizmat qilish uchun holatda ikki qism mavjud: Birinchisi, sevgi boyligi va Masiga bo'lgan imondan chiqan buyuk kamtarlik. Ikkinchisi, xizmat qilish uchun odamlar bilan muomaladagi bilim va donolik bilan birga tegishli va amaliy xizmatdagi tajriba.

Tanlov tufayli Muqaddas Ruh va donolik bilan to'lgan va tanlangan yetti jamoat hamnafas kishi bo'lgan havoriylar qatnashishmadi. Tullarning orasida nonni taqsimlab berishda xizmat qilish uchun Iso orqali qabul qilingan kishilarni U tanlashi uchun havoriylar ibodat qilishdi. Bu tanlanganlarning varog'ida, biz bu kishilarning ko'plari Yunoniy Yahudiy ekanliklarini topamiz, chunki tanlangan ismlar yahudiylar emas Yunonlar edi. Biz eng ko'p Stefan va Filip haqida o'qiymiz. Yana biz xushxabar uchun keyinchalik markaz bo'lgan Antiohning ismini birinchi marotaba o'qiymiz. Luqo bilan birga Masihiy bo'lishidan oldin Yahudiylarga xushxabar aytgan G'ayriyahudiy bo'lgan Nikolay bu jamoatdan chiqqan. Biz bu vaqtdan beri havoriylarda jamoatning bosh ta'siri Yunon Yahudiylardan tarqaganini o'qiymiz. Ular Masihga imon keltirish uchun kelishgan va xushxabarni tarqatishda buyuk ro'lni o'ynashni davom ettirishgan. Havoriy Pavlusning o'zi bu gruhning biri edi.

Tanlovdan keyin jamoat tanlangan kishilarni boshlariga qo'llarini qo'yib duo qilishlari uchun havoriylarning oldiga chaqirtirishdi. Havoriylarga tuhfa etilgan kuch ruhsat berilgan kishilarga chiqishi kerak edi. Yetti kishi allaqachon qabul qilib Muqaddas Ruh bilan to'lgan edi. Imonlilar havoriylarda mahsus kuch borligini bilishardi. Holbuki, jamoat tanlangan kishilarni o'zlarining muassasalariga bag'ishlash uchun havoriylardan so'radi. Bu uchrashuv havoriylar javobgarligi va butun bir jamoatni ortasidagi birlikda yuz berdi. Hammalari Xudo bu havoriylarning qo'llari orqali O'zining yetti hizmatkoriga kuch berishi uchun ibodat qildilar.

Havoriylarning hizmatini yo'l ko'rsatuvchi nurlarga qaraganda oliyroq bo'lishidek hisoblashmadi, chunki ularning barchasida bitta Tangri bor edi, va ularning hammasi bir Muqaddas Ruhga to'lgan edilar. Havoriylarning soni kichik bo'lgani uchun faqat havoriylik ishlarini qila olardi. Yo'l ko'rsatuvchilarning hizmati haqiqatdan ham hizmat qilishga chegaralanmaganlar. Yettitalarining biri bo'lgan Stefan birinchi shaxid Masihiy bo'lgandan keyin Masihga buyuk guvoh bo'ldi. Filip ham xushxabarchi edi, keyinchalik Etiopaga Xudoning kuchida voizlik qilib uni suvga cho'mdirgan. Biz ko'ramizki yo'l ko'rsatuvchilar faqat hayriya hizmatlarida ishtirok etmaganlar, balki Masih haqida ajoyib guvohliklar ham keltirishgan.

3 soni shu yerda osmonning ramzidek ko'rinadi, 4 son yerning ramzini ifodalaydi. Havoriylar 12 bo'lgan, boshqa so'zlarda 3x4. Holbuki, yo'l ko'rsatuvchilarning soni 7 bo'lgan, osmon Masihning saylov imkonida yer bilan birlashgan va bu ikkalasida 3+4 ko'rsatyapdi.

Imonlilarning orasida so'z et bo'lganidek jamoatda ham bu ishning tashkiloti o'sishni keltirib chiqaryapdi. Havoriylar shunday deb aytishi mumkin: Xudoning so'zi tarqalyapdi, chunki Quddusdagi imonlilarning soni oliy kengash Isoning ismi haqida guvohlik bermasliklarini talab qilishidan qat'iy nazar ko'payib bordi. O'n ikki havoriylar hanuz orqalarida og'riqli qamchining izlarini olib yurishgandi.

Ajablanarli narsa shundaki, ruhoniylarning ko'plari Masihga o'zlarini bo'ysundirdilar, hatto jamoatning eng yomon dushmanlari bo'lgan bosh ruhoniylar ham. Muqaddas Ruh endi ruhoniylar atayin Xudoning sevgisining kuchiga o'zlarini berkitib olmasliklari uchun shunday darajagacha Masihning izdoshlarida gavdalandi. Ba'zilari o'zgarib xushxabarga bo'ysunishdi. Ular yangi imonlari tufayli o'zlarining muassasalarida havfga duchor bo'lishdi. Masihning chaqirig'i ularga yetib borib, ular Isoga samimiy bo'ysunishdi. Ular yangi imonga itoatkor bo'lishdi.

Aziz birodar, siz xushxabarni tushundingizmi? Xudoning chaqirig'ini qabul qildingizmi? Muqaddas Ruhga bo'ysundingizmi? To'la ibodat bilan Masihga o'zingizni bag'ishlang, chunki Uni bilishingizdan oldin U sizga O'zining hayotini bergan.

IBODAT: Ey Rabbim Iso, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen dunyoning Najodkorisan. Sen gunohkorlarni yangilading, go'liblikda O'zingning jamoatingni boshqarasan va Sening ismingni ulug'lash uchun imonlilarga yangi til berasan. Sening jamoatingga kelib qo'shilishlari uchun ko'plarni saqlab qol. Adashyotganlarni O'zingni abadiy birligingga chaqirgin. Omin.

SAVOL 32: Iso qanday qilib O'zining Ruhida yetti vazifadorlarni tanlashni tashkil qildi? Bugunlik kunda bu biz uchun qanday ma'noni beradi?

2-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobhon,
Siz bu daftarchada Havoriylardagi bizning izohimizni o'qib chiqdingiz va siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz aniq 90% quydagi savollarga javob bersangiz, sizning talimingiz uchun rejalashtirilgan keyingi bu kitobning qismini sizga jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va manzilingizni javob varog'iga yozishni unutmang.

  1. Nasroniylik Iso Masihning nomi bilan degan bayonning ma'nosi nima?
  2. Nasroniylik Isoning ismiga bo'lgan imonning ma'nosi nima?
  3. Insoniyatni tarihining maqsadi nima?
  4. Oliy kengash va ikki havoriylarning o'rtalaridagi uchrashuv nimani anglatadi?
  5. Bosh ruhoniylarning oldida Butrusning murojatining mohiyati nima edi?
  6. Nima uchun faqat butun dunyoning najodi Isoning ismida o'rin olgan?
  7. Nima uchun Xudoning so'zini e'lon qilish kerak va ishlash uchun Muqaddas Ruh zarur?
  8. Siz hayotingizda qo'llash uchun ilk Msihiylikning hislatlarining qaysi birini eng muhim deb hisoblaysiz?
  9. Muqaddas Ruh nima uchun o'sha zahotiyoq hananiyaga o'lim keltirdi?
  10. Er-hotinning bir-birining oldidagi ruhiy vazifasi nima?
  11. Ilk jamoatdagi hayr-ehsonning siri nima edi?
  12. Zindonband qilingan havoriylarga bo'lgan farishtaning buyrug'ining mohiyati nima edi?
  13. Hukmchilariga qarshi havoriylarning qaysi himoya nutqi sizga yoqdi?
  14. Oliy kengashning hukmi hurmat bilan Masihiy jamoatning doimiyligiga nimani belgiladi?
  15. Iso qanday qilib O'zining Ruhida yetti vazifadorni tanlashni tashkil qildi? Bugunlik kunda bu biz uchun nima ma'noni beradi?

Siz abadiy mukofotni olishingiz uchun Havoriylar kitobining bu sinovini bajarishingiz uchun biz sizlarni rag'batlantiramiz. Biz siz uchun ibodat qilib javobingizni kutib qolamiz.

Bizning manzilimi:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)