Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 031 (Gamaliel’s Advice and the Whipping of the Apostles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

18. Gamalielning Maslahati va Havoriylarning Kaltaklanishi (Havoriylar 5:34-42)


'''HAVORIYLAR 5:34-42
34 Lekin farziy mazhabidagi bir Tavrot tafsirchisi, butun xalqning hurmatini qozongan Gamaliel ismli bir kishi Kengashda o'rnidan turib, havoriylarni qisqa vaqtga tashqariga chiqazib turishni buyurdi. 35 So'ng Kengash a'zolariga xitob qildi: <<Ey Isroil erlari, bu odamlardan ehtiyot bo'linglar! Sizlar nima qilmoqchisizlar? 36 Mana, bundan oldin o'zini bir buyuk kishidek ko'rsatgan Fevda paydo bo'ldi-ku, unga esa qariyb to'rt yuz kishi qo'shildi. U o'ldirildi, unga qo'shilganlarning hammasi esa tarqab, yo'qolib ketishdi. 37 Undan keyin, aholini ro'yxatga olish o'tkazilgan vaqtda jalilalik Yahudo paydo bo'lib, ancha xalqning orqasidan ergashtirib bordi. Lekin u ham halok bo'ldi va unga ergashganlarning barchasi tarqab ketishdi. 38 Endi sizlar bu odamlardan qo'l tortinglar, deyman, ularni qo'yib yuboringlar! Chunki agar bu qilingan tashabbus, bu harakat inson ishi bo'lsa, vayron bo'ladi. 39 Lekin agar Xudodan bo'lsa, sizlar uni buzolmaysizlar. Yana siz ham Xudoga qarshi urush qilganlardan bo'lib qolmanglar!>> 40 Kengash a'zolari Gamalielning maslahatiga ko'nishdi. Havoriylarni chaqirib, ularni kaltaklashga buyurishdi. So'ng Iso nomidan so'zlashlarini taqiqlab, ularni qo'yib yuborishdi. 41 Havoriylar esa, Rabbimiz Iso nomi uchun haqoratga sazavor bo'ldik, deb quvonib, Kengashdan chiqib ketishdi. 42 Ular har kuni ma'badda va xonadonlarda ta'lim berish, Iso Masih haqidagi Xushxabarni yoyishdan tinmas edilar.'''

Farziylar farishtalarni borligiga, o'limdan tirilishga va bu dunyomizda Xudoni ko'rish mumkinligiga ishonishdi. Holbuki, ular qulflangan zindondan havoriylar chiqib ketishganini eshitishganida, ular qo'rqib ketishdi. Ular na Isoning tirilishi mumkinligini, va na kengashda Uning aralashishini rad eta oldilar.

Farziylarning sardori bo'lgan, o'qib olim bo'lgan va qonun bo'yicha taniqli bo'lgan Gamaliel o'rnidan turdi. Keyinroq Pavelning diniy ustozi bo'lgan. Barcha odamlar juda hurmat qilgan bu kishi hovliqqan kengashning g'azabini o'rta holda gapirdi. Gamaliel Xudoning qo'li havoriylar bilan ishlayapdimi, yoki bu kishilar Buyuk Xudo tomonidan haqiqatdan ham jo'natilganmikin deb ishonmadi. Bu olim ularga tikilib qaradi, va u bu odamlarda na janjalkashlik va na yuzsizlikni ko'rdi. Aksincha ularda botirlik, sevgi va to'g'rilik bor edi. Ular yovuz kishilar yoki kofir kishilar bo'lish uchun kelmadilar. U donolik va ehtiyotkorlik bilan o'zining oliy kengash jamosini ularning vaqtlarini olish uchun va o'lim haqidagi so'zni gapirmasliklariga maslahat berdi. U Xudoning irodasiga qarshi mensimasdan turgan kengash yana bir bor begunohlarning qonini to'kmaslikni xohlagan edi.

Gamaliel Iso Masihga ishonmagan, yoki havoriylarning chaqiruviga javob berishga qaror qilmagan. Holbuki, barhayot Tangri bu tanqidiy soatda O'zining havoriylariga xizmat qilish uchun va O'zining tirilishiga guvohlardek ularni saqlash uchun bu kamtar muallimdan foydalandi.

Qanday g'alati narsa, bu olim o'zining tortishish daldasiga ko'ra Qonundan foydalanmasdan, balki tajribali haqiqati orqali u yerdagilarni boshqardi. Siyosatchi boshliqlar va bid'atni tashkil etuvchilarni izdoshlaridan foydalanishlarini bilishdi. Agar ulardagi kuch Xudodan bo'lmaganida, ularning ergashuvchilari boshliqlarining o'limiga ergashib, tarqab ketardilar. Xudoning O'zi shohligiga uning boshlanishini, davomini va oxirini beradi. Ayniqsa, Masih muallif va O'zining izdoshlaridagi imonni tugatuvchisidir.

Bugun biz tekshirib Isoning shaxsi haqida Gamalielning xitoblarini tekshirib ko'rishimiz mumkin. Masihning harakati Uning o'limidan keyin daraksizlanib ketmadi, balki abadiy yashnab va kuchlanib yashadi. Bugunlik kunda bu dunyoning yarmini qamrab oladi, bu insondan emas balki Xudodandir.

Yetmishta Oliy kengash a'zolarida yakdil kelishuv yo'q edi. Ularning ko'plari o'n ikki haqqoniy kishilarning ozodliklariga qo'shilish uchun tavbani his qildilar. Shunda ular kutish uchun rozi bo'ldilar va hukm chiqarmadilar. Holbuki, Jahli chiqqan kengash a'zolari va oliy ruhoniylar qasos olishni va qattiq jazoni intiqib kutib, kengashni har bir bu botir va begunoh kishilarni yalong'och bo'lgan bellariga o'ttiz to'qqista qamchi bilan qamchilashlariga majbur qilishdi.

Qo'riqchilar ayiblangan shogirdlarning har birini tashqariga yetakladi. Oliy kengashning nohaq qarorlariga binoan qamchi shogirdlarning yalong'och bellarini achitib yubordi. Ular shikoyat qilmadilar, aksincha ular sharmandalik azobni zavqlanib tanladilar. Ular yengilmas hursandchilik bilan azoblarini ko'tarib yurdilar, chunki ular o'zlarining haqoratlari uchun azoblanmadilar, balki Iso Masihning nomi tufayli azoblandilar. Tangri ularga shunday dedi: ''Mening nomim uchun sizlarni haqorat qilib quvg'in qilsalar va sizga qarshi yolg'on gapirib fisqu g'iybat qilsalar baxtlisizlar. Sevininglar va xursand bo'linglar, chunki sizga osmon mukofoti buyuk. (Mt. 5:11-12)

Bu keskin tinglashning natijasi nima edi? Davom ettirilgan Isoning ismini eslatish taqiqlanadi. Hatto bugun ham, Yahudiylar orasida buni eslatishni xohlashmaydi. Buni talaffuz qilgan kishini o'ldirishmaydi yoki quvg'in qilishmaydi. Bu jamoat ba'zan quvg'indan dam olgan. Ular qatag'on bo'lishidan qat'iy nazar Isoning nomini voizlik qilishgan. Holbuki, havfli qilich ularning boshlaridan judo qilmagan.

Qamchilashgandan keyin, havoriylar hursandchilik bilan va botirlik bilan ma'bad hovlisiga borishdi. U yerda ular o'limdan tirilib zafar qozongan Iso haqida shahodat berishni davom ettirdilar. Ularni savalaganlarining izlarini hamma ko'rishi uchun qo'llarida va orqalarida olib yurishdi. Bu odamlar o'zlarini xalqlarining hukmdorlari ilgari qanchalik Isoning nomidan nafratlangan bo'lsalar, shuncha Undan nafratlanganlarini sezishdi, va Isoga ishongan har bir kishini quvg'inga ochib tashlashdi. Biroq bu havf bug'doyni somondan ajiratish va imonlilarni qaytmas bo'lishlari uchun va ularni bosish uchun edi. Har kuni Xudo ularga inoyatini yog'dirdi.

Havoriylar uylarga tashrif buyurishni, imonlilarga talib berishni va Yozuvlarda, Zabur honishlarida va payg'ambarlarda ularga isbot etishni davom ettirdilar. Ular o'zlari Isodan eshitgan va to'plagan Uning so'zlarini imonlilarga yoritib berishdi. O'sha vaqtning o'zida, cho'ponlar yo'qolgan qo'ylarini qidirishdi va ma'badda olomonga va'z o'qishdi. Ular xochga mixlangan Isodagi to'la najodni odamlarga taqdim qilishdi. Ularning xabarlarining hursandchiligi ikki qisqa bayonda aniq bo'ldi: Iso xochga mixlanib o'limdan tirilgan Masihdir va bu rad etilgan Nosiralik osmonda Xudoning o'ng tomonida o'tirib boshqaryotgan ilohiy Shohdir. Havoriylar qo'rqmasdan Iso Masih hamma insonlar uchun faqat umid ekanligiga ochiqdan ochiq shahodat berishdi.

IBODAT: Ey barhayot Tangrim, Sevging tufayli Seni qamchilashdi Sendan keyin Sening havoriylaring bilan ham shunday bo'ldi. Mening qo'rqoqligim va yuragim bo'linganligi uchun meni kechir. Sening sevgingdan minnatdor bo'lishim uchun meni o'rgat. Imonlilarni ehtiyotkorlik bilan o'rgatishga va kaltabinlarga Sening donoliging va kuching bilan aytish uchun bizlarni boshqar. Omin.

SAVOL 31: Oliy kengashning hukmi hurmat bilan Masihiy jamoatning davomiyligiga nimani belgiladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)