Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 002 (Introduction to the Book)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

1. Kitobga Kirish va Masihning oxirgi Vadasi (Havoriylar 1:1-8)


HAVORIYLAR 1:1-2
1-2 Ey Teofil, Isoning bajarishga va o'rgatishga kirishgan hamma narsalarini, chunonchi Uning dastlabki kunlaridan boshlab, to O'zining tanlagan havoriylariga Muqaddas Ruh amri ila buyruqlar berib, osmonga ko'tarilgan kunigacha ro'y bergan hamma voqealarni ilk kitobimda qalamga oldim.

Ko'plab odamlar katta va ulkan tog' bo'ladigan ko'p kitoblar yozganlar. Bir kun, ular Xudoning g'azabining olovida yoqib yuborishadi, chunki insonning hamma so'zlari noloyiq, mag'rurlik va bo'shdir.

Lekin vrach Luqo yozgan bu ikki kitob Qiyomat Kunida quyoshdan ko'ra brilliantga o'xshab porlaydi. Ular hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi, balki Xudoning taxti oldida yuqoriga ko'tariladi. Havoriy Luqo xushxabarida Masihning so'zlarini va hatti-xarakatlarini tasvirlab bergan. Luqo Isoning hatti-xarakatlarini Uning so'zlari oldida eslatib o'tgan, chunki Masih faqat ustoz bo'lib kelmagan, balki butun dunyoga Najotkor ham bo'lib kelgan. Bu havoriy Isoni ulug'lashni xohlagan. U bizga gunohkorlar qanday qilib Rabbiyning inoyatida imonlari orqali oqlangan bo'lish uchun gunohlarini tan olib, Isoning huzurida tavba qilganlarini ko'rsatadi. Masihning yonida xochga mixlangan qaroqchi Iso bilan Jannatning saodatli olamiga kirganida bir hil narsani boshidan kechirdi. Luqoning xushxabari buyuk hursandchilik kitobidir. Bir farishta oxurdagi bolaning tug'ilishiga bu hursandchilik yangiligini e'lon qilish uchun keldi. Rabbiyning O'zi yo'qolganni qidirib uni saqlab qolish uchun gavdalandi. Bugun biz Xudoga minnatdorchilik bilan ko'p odamlar Luqoning xushxabari bilan saqlanib qolganiga dalolat beramiz. Abadiy hayotning kuchi imonlilarning yuraklari va fikrlariga o'zining qora harflaridan oqib chiqadi.

Oliy tabaqali Rim amaldori Teofil Masihning ajoyib najotiga erishdi. Shunday qilib u o'zining Yunon va vrach do'sti Luqoga Rim Emperiyasida najot xushxabarining aniq tarixini yozib olish uchun, Nasroniylik Isoning hayoti haqida tafsilotlarni to'plashning topshirig'i bilan ishondi. Rim hokimi faqat yumshoq sezgilar bilan qoniqmadi, balki uning tirik imoni uchun tarixiy poydevorlarni xohladi. Bilimli Luqo Rim Emperiyasida o'zining ruhiy hayotida uni qo'yish uchun, hokimiga ularni murojat qilib, bu ikki kitoblarni yozdi. Luqo hokimga tirik Iso Masihdagi umiddan boshqa bizning buzilgan dunyomiz uchun boshqa umid yo'qligini unga dalil qilib berdi.

Dunyomizning barcha mamlakatlari yo'q bo'lib ketadi. Barcha falsafachilar foydasizdir, hatto ular o'zlarining dono fikrlarining bilimli dalil bilan yetishtira olishsa ham. Masih O'zining shohligini ravshan fikrlovchilarning ustiga qurmadi, yoki U kuchli armiyaning kuchiga suyanmadi, balki U havoriylar bo'lishi uchun ularni chaqirib, oddiy odamlarni va bilimsiz baliq ovchilarini tanladi. Uning past va zarar yetkazmaydiganlarni tanlashi dunyoning aqilli, kuchli va buyuklarning rad etishini anglatgan. Xudo mag'rurga qarshi turadi biroq kamtarga inoyatlidir.

Bu aniq kuchli bo'lmaganlarni kuchli qiladigan va siqilyotganlarga hayot beradigan Muqaddas Ruhning rejalari bilan birgalikdadir. Masih O'zida ishlarini ko'rsatmadi, balki har doim Muqaddas Ruh bilan birlikda Otasining irodasini turib ko'rsatdi. Ota Xudo, Muqaddas Ruh va Iso Masih bizning tushunchamizdan va bilimimizdan yaxshiroq bo'lgan to'la birlikdir. Muqaddas Uch Birlik bu adashgan dunyoning o'rtasida O'zining jamoatini qurish uchun va yer-yuzining o'liklari orasiga jannatni tarqatish uchun abadiylikdan qaror qilgan. Xudoning najot tarixi insonlarga voizlik qilish uchun Masih chaqirgan, o'rgatgan va topshirgan havoriylarni tanlash bilan boshladi. Havoriy Luqo bu zarar keltirmaydigan baliqchilarda yashayotgan Xudoning sevgisining kuchini tushunib, Rabbiy tanlagan kishilarining harakatlarini tasvirlab berdi.

Bu mo'jizani tayyorlash uchun, obro'li Shoh tashkil etilgan va strategiya yo'lida shohligini yoyish uchun qiladiganidek, tirilgan Masih bu dunyoda shogirdlarining orasida qolmadi. Balki U osmonga ko'tarildi. Rabbiy shogirdlari qilib qo'yadigan hatolardan qo'rqmadi, chunki ishi bajarilishi uchun ularga imkoniyat berib, Muqaddas Ruh ularning ichida yashashini bilar edi. Masih samoga ko'tarildi, tashvish va qo'rquvdan ozod bo'ldi. U Otasining oldiga ko'tarilib, millionlab odamlarni saqlab, Xudoga qarshi hamma kuchlarni yengib, yovuz dunyodagi muqaddas jamoatini qurib, Xudo bilan hukm surib, va U bilan bir bo'lib, Xudoning o'ng tomoniga o'tirdi. Luqo yer-yuzida Xudoning yashiringan shohligining o'sish mo'jizasidan hayron qoldi. Luqo Quddusda boshlanish qismidan, Rimda tugashigacha bu rivojlanishni ikkinchi kitobida tasvirlab berdi.

IBODAT: Ey Rabbiy, Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz. Hatto bugun ham jamoatlaringda ishlaydigan Sening yashiringan ulug'vorliging va sevging uchun Seni ulug'laymiz. Bizga ham yetib kelgan mehr-shavqating uchun Sendan minnatdormiz. Hurmatga sazavor bo'lgan havoriyning harakatlari haqida bu kitobda Sening harakatlaringni tushunish uchun bizga yordam ber. Bizning hayotimizda tushunilgan ularning amaliy ta'limlarini ko'rishda Seni ulug'lashni xohlaymiz. Amin.

SAVOL 2: Luqoning birinchi kitobining xabari nima edi? Ikkinchi kitobining maqsadi va xabari nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:38 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)