Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 003 (Introduction to the Book)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

1. Kitobga Kirish va Masihning oxirgi Vadasi (Havoriylar 1:1-8)


HAVORIYLAR 1:3-5
3 Iso azob chekib o'lganidan keyin, qirq kun mobaynida havoriylariga zohir bo'lib, Xudoning shohligi haqida ularga so'zlar va ko'p ishonarli isbotlar bilan O'zini barhayot qilib ko'rsatar edi. 4 Ularni to'plab, buyurib dedi: Quddus shahridan ketib qolmanglar, balki Otamning bergan va'dasi amalga oshguncha u yerda kutib turinglar. Sizlar bu va'dani Mendan eshitgansizlar. 5 Yahyo payg'ambar odamlarni suvga cho'mdirib, tavba qildirgan, sizlar esa ko'p o'tmay Muqaddas Ruhga cho'mdirilasizlar.

Xudo shohligining porlashi Masihning o'limdan tirilishi bilan boshlandi. Kimdir qabirdan chiqib kelib, do'stlari orasida qiriq kundan ko'proq ko'rinib, ular bilan jimgina o'tirib, ularning oldida yeb, eshikni ovozsiz berkitgan, jimgina tashqariga chiqib devorlaning oldidan kelayotgan kishini tasavvur qiling. Barhayot va tirilgan Masih haqidagi bu hodisalar havoriylarning miyyalarini qoqib yubordi, chunki ular shaxsan Masih qanday nohaq va uyatli hukm qilinganini ko'rishgan edi. Ular Iso qanday qilib odamlar va hukmdorlar orqali mazahlangan va nafratlangan Masihni xochda uyatdan o'lganini ko'rganlar. Ular Isoning o'limi va ko'milishi ularning umidlarining oxiridek Juma kuni Uning ko'milishini ko'rdilar.

Uning tirilish kuni vaqtga abadiylikning kirishi bilan, yangi asrning mash'ali yoritishidek boshlandi. Masihning huzuri Uning shohligi bu dunyoniki emas ekanini balki ruhiy shohlik, o'lmaslik, to'la hursandchilik, solihlik, sevgi, haqiqat, kamtarlik va o'zini tiyish ekanligini isbotladi. Bu maktublar nafrat, nopoklik, mag'rurlik, yolg'on, urushlar va nohaqliklar orasida samoviy haqiqatning tasvirlari bilan to'ldiriladi. Masih qiriq kundan ko'proq shogirdlariga solih payg'ambarlar orqali yozilgan ajoyib voqealarni aralashtirib Payg'ambarlar siridan, Zabur honishlaridan va Qonundan tushuntirib berdi. Ular Xudoning shohligini qumsab uning nuri porlashini kutdilar. Endi samoviy olam keldi va Barhayot Shoh izdoshlari orasida aniq turib, namoyon bo'ldi.

Xudoning shohligi payg'ambarlar o'ldirilgan va Xudoning O'g'li xochga mixlangan Quddusda boshlandi. Biroq Rabbiy bu tinchlik shahrida O'zining haqiqiy tinchligini o'rnatish uchun tanladi va U Jalilalik baliqchilarga Teberiya Ko'lida baliq tutish kasblariga qaytib bormasliklarini buyurdi. Ular o'zlarida tushunilish uchun Xudoning Va'dasini sodiqlik bilan kutishlari uchun bu haqoratli shaharda ibodat qilib qolishlari kerak edi.

Masih boshidan shogirdlariga Xudodek Xudoni bilishlari uchun aniq qilingan ilohiy va'daning haqiqiy ma'nosini e'lon qildi. Iso ularni O'zining mahsusi, havfsiz bolalari qilib, otadek ularga O'zini e'lon qildi. Ular qudratli buzg'unchidan va noma'lum Hukmdordan qo'rqmasliklari kerak. Bu Masihning muhim xabari: Muqaddas Xudo shavqatli Otahamdir. Bu vahiy orqali bizning madanyatlar o'zgardi; biz kelayotgan shohlik otalik shohligidir va Uning bolalari xizmat qilish uchun shahzodalar va ibodat qilish hukmdorlaridir deb tushunamiz. Ular Xudoning qahridan ularni saqlash uchun hamma uchun o'lgan Isoning misoliga ergashadilar.

Luqo Isoning og'zidan oxirgi so'zlarning ba'zilarini bizga yozgan: “Sizlar Mendan Otaning Va'dasini eshitdingiz”. Bu bayon bizni O'zining bolalari qiladigan, muhimligi bilan to'ldiradigan va bizni asrab qoladigan Buyuk va Muqaddas Xudoning O'g'lining hamma ta'limlarining natijasini anglatadi. Bu xochdagi Isoning o'limining aniq maqsadi edi. Biz Xudoga kirishni topishimiz uchun va Otani sevishimiz uchun bizning gunohlarimizni kechirib bizni muqaddasladi. Uning ismi bizning hulqimiz orqali muqaddaslanishi kerak.

Bundan oldin Suvga Cho'mdiruvchi Yahyo osmon va yerlarni qimirlatadigan kelayotgan o'zgarishdan habardor bo'lgan. Cho'lda yashagan Masihning ajdodi ham Xudoning Shohligi tezda yovuz odamlarga va ziqna kishilarga kelmasligini butun vaqt mobaynida ularning tosh yuraklari va rad etish fikrlari tayyor bo'lmaganini ham bilar edi. U tavba qilganlarning o'limga loyiqliklarining ramzi qilib O'rdun Daryosida ularni suvga cho'mdirdi. Ularning suvdan ko'tarilishi yangi ijotdek ko'rinishini ramzi bo'ldi. Yahyo uning suvga cho'mdirishi haqiqatdan insonlarni o'zgartira olmasligini o'rgatib, ochiqchasiga tan oldi. Suvga cho'mish hech kim o'zini o'zgartira olmasligini yoki boshqalarni o'zgartira olmasligini ko'rsatdi. Hech kim o'zini qattiq qo'llik bilan poklay olmaydi, chunki biz hammamiz yovuz, tanaviy va gunohkormiz.

Cho'ldagi payg'ambar tavba qilganlarni Muqaddas Ruh bilan cho'mdiradigan Xudoning Qo'zisini ko'rsatdi. U Xudoning Ruhidan tug'ilgan va gunohsiz yashagan. U O'zini ayibsiz Xudoning Ruhida Xudoga berdi va bizda bu mehribon, saodatmand Ruhning qismi bo'lishi uchun sodiqlik bilan hammani Otasi bilan yarashtirdi. Aziz birodar, Otaning Va'dasini bilib oldingizmi? Bu Ruh sizda yashash uchun tayinlangan. Bu sodir bo'lganida Masihning O'zi yuragingizning to'risida bo'ladi, va sizning tanangiz barhayot Xudoning ma'badi bo'ladi. Bugun siz Xudoni qabul qilish uchun tayyormisiz?

Masihning O'zi har doim kamtar bo'lganidek, o'zingizni kamtar tuting va Xudoning Va'dasi uchun tayyorlaning. U shunday demadi: “Men sizni Muqaddas Ruh bilan cho'mdiraman”, xuddi Yahyo Unga zikr qilganidek, balki Iso Otasiga bu ulug'vorlikni qoldirib, Muqaddas Ruhning O'zi bizga kelish uchun tayinlanganligini o'rgatdi. Ota va O'g'il bizga Muqaddas Ruhni to'la birlikda taqdim etadi, chunki Ota va O'g'ildan bo'lgan bu Ruh Ilohiy Sevgidir. Aziz birodar, siz Xudoning irodasini bildingizmi? Masih O'zi havoriylariga kutish va ibodat qilish uchun amr berganidek, Uni qabul qilish uchun ibodat qilib o'zingizni tayyorlayapsizmi?

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso, Sen Muqaddas Xudosan. Biz endi buyuk Xudodan va Uning hukmidan qo'rqmasdan haqiqiy Otamizdek Uni sevishimiz uchun, Unga hursandchilik bilan bo'ysunishimiz uchun, Uning ismini e'lon qilishimiz uchun va zamirimizda yangilanishimiz uchun Muqaddas Ruhing bilan va Ota bilan birlikda tavba qilganlarni cho'mdirasan. Bu bayonni e'lon qilish uchun bizga ruhsat berganingdan minnatdormiz: “Osmondagi barhayot Otamiz, Sening isming ulug'lansin.” Omin.

SAVOL 3: Otaning va'dasi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:38 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)