Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 129 (Future predictions)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
5. Isoning ko'l bo'yida zohir bo'lishi (Yuhanno 21:1-25)

c) Isoning kelajak haqidagi bashorati (Yuhanno 21:20-23)


YUHANNO 21:20-22
20 Butrus burilib, Isoning sevikli shogirdi orqalaridan ergashib kelayotganini ko'rdi. Bu kecha ziyofatda Isoning bag'riga bosh qo'yib: "Rabbim, Seni kim tutib beradi?"-deb so'ragan shogirdi edi. 21 Butrus uni ko'rib, Isodan: - Rabbim, uning taqdiri nima bo'ladi? - deb so'radi. 22 Iso unga: - Agar Men kelgunimcha uning sog' qolishini istasam, bundan senga nima? Sen Mening orqamdan yuraver,- dedi.

Butrus Ustozining qo'y-qo'zilariga yo'l ko'rsatish uchun Uning chaqirig'i tomon ketdi. Holbuki Yuhanno shogirdlarning eng kichigi edi, Butrus Yuhannoga nisbatan Isoning munosabatini aniqlash uchun besabr edi. Iso u yosh bo'lgani uchun uni jo'natgan bo'larmidi, yoki uni qarshilikda leytenant qilib tayinladimi?

Butrusning so'zlarida hasad nishoni bo'lgan bo'lishi mumkin, chunki Iso boshqalardan ko'ra Yuhannoni avzal ko'rgandek tuyildi va uni ko'proq sevdi. Oxirgi Kechada, Butrus hoinning ismi va bo'g'ilgan havo tinchlanishi uchun Rabbiy bilan vosetachi bo'lish uchun Yuhannoga ishora qildi.

Yuhanno Masihning dushmanlarining oldida hayotini havfga qo'yib, xochning yonida turib Isoga shunday yopishib olgan edi. Yuhanno Rabbiyning tirilganiga ishongan birinchi odam edi va ko'l bo'yidagi baliq tutish paytida Isoni birinchi bo'lib tanigan. Butrus Isoga ergashish uchun chaqirilayotgan payitda, u allaqachon Isoga ergashgan edi. Uning yuragi Masih bilan birlashdi. U Rabbiyga shogirdlardan eng yaqini edi.

Balki, Butrus Isodan Yuhanno haqida karomat qilingan xuddi shunday qiyin kelajak yuz tutishini yoki u uchun farqli boshqacha narsa bo'lishini so'radi. Iso bosh havoriyga, u boshqalarga buyrug' berishga qo'yilmaganligini balki hamma bilan teng bo'lgan birodar bo'lishligini aytdi. Rabbiysi bilan birga bo'lgan Yuhannoning taqdiri haqida qayg'urish Butrusning ishi emas edi, holbuki Butrus havoriylarning vakili edi. Yuhanno Jamoatda talimotni rivojlantirib, sabir-toqat bilan ibodat qilib, jim turardi va ibodatning kuchida ularga tasir o'tkazdi (Havoriylar 3:1; 8:114; Gallatiyaliklar 2:9).

Biz Yuhannoning topshirig'i uchun Isoning burungi ko'rinishiga ahamiyat beramiz, biz Masihning hizmatida ko'p yashaymizmi yoki U uchun erta o'lamizmi yo'qmi bu muhim emas. Ko'proq hayotiy narsa bu Bizning Unga bo'lgan vafodorligimiz va doyim Unga itoatkorligimizdir. Iso shogirdlari bilan xuddi ular bir qolibda bolgandek ular bilan munosabat qilmaydi, balki ularning har biri Ustozini ulug'lashiga ular uchun alohida yo'l tayyorlaydi. Biz Yuhannoning o'limi haqida hech narsa eshitmadik; balki u tabiy o'lim bilan o'lgan bo'lishi mumkin.

Iso Butrusga boshqa shogirdlarga qarashga emas, faqat Unga qarashiga buyruq berdi. Bu degani biz boshqa Masihiylarning mansablariga g'ashlik qilmasligimiz kerak, balki hayotimizda Xudoning irodasini bilish uchun intilib, mutlaqo Unga ergashishga harakat qilishimiz kerak. Oxirigacha ergashish har bir Masihiy uchun shiyordir.

Iso shogirdlariga ham O'zining ikkinchi kelishi haqida aytgan. Bu ikkinchi kelish dunyo tarihining maqsadlaridir. Hamma shogirdlarning fikirlari bu kelajak hodisasiga qaratilgan edi. Insonlarning orasidagi Xudoning huzuri bilan hamma avlodlarning armonlari amalga oshiriladi. Iso shon-shuxratda keladi. Siz ibodat qilib, hizmat qilib, muqaddas qo'shiqlar aytib va bag'ishlangan guvohliklaringiz orqali tayyorgarlik ko'rib Uni kutasizmi? Biz Uning huzurida boshqaga ergashmagan balki faqat imon bilan Isoga ergashgan ko'p imonlilarni topamiz.

YUHANNO 21:23
23 Shunday qilib, birodarlar orasida bu shogird o'lmaydi, degan gap-so'z tarqalib ketdi. Holbuki, Iso uni o'lmaydi demagan. U faqat: "Agar Men kelgunimcha uning sog' qolishini istasam, bundan senga nima",-deb aytgan edi.

Farqi shuki Yuhanno ko'p yashadi va u Masni kutadigan jamoatlaridagi ramzi bo'ldi. Iso kelguncha Yuhanno o'lmaydi degan ishonch o'zib bordi. Pavlus ham Isoning erta kelishini kutgan edi, va u o'lmasdan bir zumda o'zgarib osmonga ko'tarilishini kutgan edi. Yuhanno haqiqatga tik qarar edi va u Masihning va'dasi osmon ochilib Ulug' Iso nomoyon bo'lgunicha Yuhanno o'lmaydi degani emasligini u aniq ko'rsatib berdi. Uning maqsadi va qarorlari Butrusning armonlariga bo'ysunish emas edi. Rabbiy shogirdlarini o'ziga hos yo'lida har birini boshqaradigan Yaxshi Cho'ponligicha qoladi.

IBODAT: Rabbimiz Iso, Sen ulug' Najotkor va sodiq Cho'ponsan. Butrusni va Yuhanno hayot va o'limlarida Seni ulug'lashlari uchun ularning har birini moslashtirilgan yo'lda boshqarganing uchun minnatdormiz. Biz faqat Senga ergashishimiz uchun bizga imkoniyat ber. Bizning qarindoshlarimizni va do'stlarimizni yaqinda Sening kelishing uchun hursandchilik bilan tayyor bo'lishlari uchun O'zingni kelish maqsadiga ularni boshqargin.

SAVOL:

  1. Bu Xushxabardagi Masihning oxirgi so'zlarining ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:35 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)