Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 024 (The cross)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?
2. Isoning Nikodim bilan gaplashadi (Yuhanno 2:23 – 3:21)

c) Xoch yangi tug'ilishning asosidir (Yuhanno 3:14–16)


YUHANNO 3:14-16
14 Muso saxroda ilonni qanday yuqoriga ko'targan bo'lsa, Inson O'g'li ham xuddi shunday yuqoriga ko'tarilishi kerak. 15 Shu tariqa Unga ishongan har bir kishi halok bo'lmay, abadiy hayotga erishadi. 16 Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin.

Iso Nikodimga o'rgatishni davom etdi, va Masihning insonzod uchun o'limidagi imon va ruhiy o'zgarishsiz va haqiqatdan tavba qilmasdan ruhiy tug'ilish uni to'ldirmasligiga ishontirdi. Bu asoslarni Iso Isroildagi tarihiy hodisalarni ko'rsatish orqali Nikodimga aniqlab berdi.

Sinay cho'lida safar qilganlar Xudoga qarshi g'iybat qildilar, va Uning rahbarligiga qarshi bosh ko'tardilar (Sonlar 21:4-9). Xudo ularni o'jarliklarini jazolash uchun, ularni chaqish uchun otashin ilonlarni jo'natdi va ko'plar bu tufayli nobud bo'ldilar.

Shunda ba'zibirlar gunohlarini tushunib yetdilar, va ular Musoga ulardan Xudoning qahri ko'tarilishi uchun shafoat qilishini o'tinib so'rashdi. Xudo Musoga Xudoning hukmi ramzi qilib ilonni dalil qilishni buyurdi. U insonlar ustidan ilohiy g'azabni ko'targanligini dalil qilib ohiriga yetkazdi. Bu belgiga qaragan va Xudoga ishongan odamlar otashin ilonning zaxaridan shifolandilar va jazo o'z nihoyasiga yetdi.

Momo Havo vasvasaga tushgan paytda, ilon yomonlik belgisi bo'ldi. Iso kelganda U insoniyatning gunohini O'ziga oldi. Shunday qilib gunohni bilmagan Zod bizlar uchun gunohga aylandi. Iso cho'ldagi zaxardan ozod bo'lgan yuzsiz ilondek, U bizning gunohlarimizni O'ziga olguncha gunohsiz edi.

Xudoning O'g'li yer yuzida nur shaklida paydo bo'lmadi, balki Inson O'g'lidek insoniylikda Qonun lanatiligini olish uchun, og'riq va yarani olish uchun paydo bo'ldi. U insoniy shaklda bizning o'rnimizga o'ldi. Inson O'g'li ,U uchun ajralib turadigan belgidir. Ilon belgilangan ilohiy g'azabni chetlashtirishni ko'targanidek,huddi shundek Masih ham illohiy g'azabni so'ndirish belgisi bo'lib xochga mixlandi. Bizning hamma gunohlarimiz Uning ehtirosi orqali bizlarni ozod qilib, Uning O'glida joylashtirildi.

Cho'ldagi ko'tarilgan ilonga qaragan va Xudoning va'dasiga ishongan ba'zi insonlar ilonning chaqishidan shifo topdilar. Inoyat belgisidagi bu e'tiqod imonliga hayot ato etdi. Kimda kim xochga qarasa va xochga Mixlanganga yopishib olsa abdiy hayotni qabul qiladi. Pavel shunday deb yozadi, "Men Masih bilan xochga mixlandim yashayotgan men emas Masih menda yashayapdi. " Uning o'limi meniki, shuningdek Uning hayoti ham. Masihning u uchun o'lganiga ishonib qabul qiladigan odam oqlanadi va U bilan bir umr yashaydi. Bu zanjir Uning tirilishiga ham sherik bo'lishlikni beradi.

Biz hukm qilinganlar Isoga qarab saqlab qolinamiz. U bizlarda yangi tug'ilishni yaratadi. Xochga Mixlangandan boshqa saqlaydigan hech qanday Xudo tomon yo'l yo'qdir. Shuning uchun Shayton, Najotkorning ikkita qoidasi bo'lgan kunu tuni hujumga o'tadi: bu Ilohiy O'g'illik va Masihning xochga mixlanishidir. Lekin bular ikktasi dunyoning najotidir.

Xudo sevgidir; Uning mehr-muruvvati cheksiz dengizdekdir. U sevgida bizlarni dunyomizni tashlab ketmadi, ammo bizlarni sevishda davom etyapdi. U gunohga to'la qo'zg'olonchilarni rad etmaydi, biroq rahm shavqat qiladi. Uning O'g'lini qurbonligi ularni najot topishlari uchun hamma solihlik talablarini bajaradi. O'g'ildan boshqa najot yo'qdir.

Birodar, do'stingiz uchun yuz birlik pulini qurbon qilgan bo'larmidingiz? Uning o'rniga turmaga borish uchun tayyor bo'lgan bo'larmidingiz? Yoki uning o'rniga halok bo'lishga tayyor bo'lgan bo'larmidingiz? Balki uni sevgan bo'lsangiz shunday qilishingiz mumkindir. Balki u agar sizning dushmaningiz bo'lgan bo'lsa hech qachon shunday qilmagan bo'lar edingiz. Bu Xudoning O'g'li jinoyatlar uchun qurbon bo'lib ularni saqlab qolib, Xudoning buyuk sevgisini aytadi.

Masih xochda dunyoning najotini bajardi. Hammamizga Isoning qurbonligi kerak. Bu hamma madanyatli yoki nodon, odobli yoki odobsiz, boy yoki kambag'al, ahloqliy yoki qopag'on bo'lgan hamma insonlarga kerak. Hech qanday solih inson yo'q. Masih bu dunyoni Otasi bilan yarashtirdi.

Voajab, bu haqiqatga xochga Mixlangan Isoga ishonganlardan tashqari boshqa hechkim erisha olmaydi. Najodkor bilan sizning ishonchingizning munosabati sizning najotingizni hal qiladi. Siz ishonchsiz Xudoning qahri ostida yashashga davom etasiz. Sizning ishlaringiz Xudoning muqaddaslik nurida iflos va insofsizlik bo'lib hisoblaniladi. Qonunchi va adolatli ustoz bo'lgan Nikodim bu so'zlarni eshitib dovdirab qoldi.

Kimda kim sharmandali xochni ko'targan O'g'ilga ishonib va shu xoshning najotini qabul qilsa yashaydi va Xudo va uning o'rtasida hech qanday to'siq bo'lmaydi. Isoning bu kechirimi uchun shukur aytasizmi? Unga hayotingizni bag'ishlaysizmi?

Whoever believes lives; whoever abides in Christ will never die. Whoever continues to look to Christ receives the hope of eternal life. Faith assures us of the Holy Spirit’s indwelling. If you realize the depth of meaning in verses 14 to 16 you will discover the essence of the gospel in one text.

Kimdir hayotga ishonadi; Masihda qoladigan inson hech qachon halok bo'lmaydi. Kimdir Masihga ko'z tikishni davom etadi va abadiy hayotning umidini qabul qiladi. Ishonch Muqaddas Ruhning doimo yashashiga bizlarni ishontiradi. Agar 14 oyatdan 16 oyatgacha bo'lgan oyatning ma'nosiga chuqur tushungan bo'lsangiz, siz bir matndagi hush-habarning mazmun-mohiyatini ochib berasiz.

IBODAT: Osmondagi Otamiz Sening cheksiz sevging uchun biz Senga sajda qilamiz. Sen O'zingni yagona O'g'lingni bizning o'rnimizga qurbon bo'lishi uchun berding. U bizning gunohlarimizni va jazolarimizni O'ziga oldi, va bizlarni Sening g'azabingdan halos qildi. Biz ishonib, sevib va shukurlar aytib xoch tomon ko'z tikamiz. Sen bizning gunohlarimizni kechirding va O'zing bilan bu dunyoni yarashtirding. Bu hush-habarni boshqalarga aytishimiz uchun bizlarga yordam ber, shunda ular bizning guvohliklarimiz orqali abadiy hayotga erishishlari mumkin.

SAVOL:

  1. Masih qanday qilib cho'ldagi ilonga o'xshaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:23 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)