Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 023 (Need for a new birth)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?
2. Isoning Nikodim bilan gaplashadi (Yuhanno 2:23 – 3:21)

b) Yangi tug'ilish uchun talab (Yuhanno 3:1-13)


YUHANNO 3:6-8
6 Tanada tug'ilgan tanadir, Ruhdan tug'ilgan esa ruhdir. 7 Sizlar yuqoridan tug'ilishingiz kerak, deganimga taajjublanmang. 8 Shamol istagan joyda esaveradi. Uning tovushini eshitasan-u, lekin qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga ketishini bilmaysan. Ruhdan tug'ilgan har bir kishida ham shunday bo'ladi.

Iso Nikodimga har bir odam tubdan o'zgarishi kerakligini ko'rsatdi. Bu o'zgarilish et bilan ruhning o'rtasidagi farqdek buyukdir. Yangi Ahddagi "Et" so'zi yiqilqan inson tabiati Xudodan uzoqlashgani va o'lim tomon harakatlanayotganini bildiradi. Bu so'z faqat tanani anglatmaydi, balki bebosh ruhni va fikrlarni ham anglatadi. Bu, "Yurakdan yovuz fikirlar chiqdi" deb Iso ishora qilganidek bu umumiy buzilgan ahvoldir. Hech kim Xudoning Shohligiga kirishga munosib emas. Inson tug'ilgandan gunohkordir va chiqindining manbasidir.

"Ruh", Muqaddas Ruhni, haqiqatga to'la, pok, kuchli va sevgi Xudoni anglatadi. Xudo gunohkordan nafratlanmaydi, lekin Masihda "et"qonunini yengib chiqdi. Bu ikkinchi tug'ilishning maqsadini ko'rsatadi. Bizdagi Ruh tanaviy ehtiroslarni buzadi, shunda biz yashashimiz mumkin. Siz tanaviy zolimlikdan ozod bo'lib, boshqattadan tug'ilmoqchimisiz?

Uchinchi daf'a Iso Nikodimga muloyimlik bilan gapirdi va shunday dedi, "Sen va sening kengashingning hamma a'zolari, Ibrohimning hamma urug'lari yangitdan tug'ilishi kerak." Bu bir farz va muqaddas burchdir. Birodar, biz sizga dalolat beramiz, bu Masih orqali aytilgan "kerak" so'zi buyruqdir. Tubdan yangilanmasdan turib siz Xudoni bilolmaysiz va Uning Shohligiga kirolmaysiz.

Siz shamolning shoshilyotganini eshitganmisiz? Qayta tug'ilish shamolning ko'tarilishiga o'xshaydi. Shamol bo'shliqdan kelib qaytib ketganga o'xshaydi. Shunga o'xshab Xudoning bolalari ham yuqoridan tug'ilib Otalariga qaytishadi. Bu shamolning tovushi shamol u yerdaligini ko'rsatadi.

Qayta tug'ilgan odamdagi aniq belgi ular orqali gapirilgan Muqaddas Ruhning tovushidir. Biz fikrdan keladigan oddiy odamning tabiy ovozi orqali gapirmaymiz. Muqaddas Ruh imonlida Xudoning qudratining ovozi bo'lib, bu dunyoning naridan bizlarga keladi. U sizning yuragingizga kelganmi?

YUHANNO 3:9-13
9 -Bu qanday bo'lishi mumkin?- so'radi Nikodim.10 Iso unga javob berdi:-Sen Isroilning ustozisan-ku axir, nega buni bilmaysan? 11 Senga rostini aytay: Biz bilganimizni so'zlaymiz, ko'rganimiz haqida shahodat beramiz. Lekin sizlar Bizning shahodatimizni qabul qilmayapsizlar. 12 Agar sizlar yerdagi narsalar haqida aytganlarimga ishonmasangizlar, samoviy narsalar to'g'risida gapirganlarimga qanday ishonasizlar? 13 Osmonda turadigan va osmondan tushgan Inson O'g'lidan boshqa hech kim osmonga chiqqan emas.

Masihning tushuntirishida Nikodim Muqaddas Ruhni teginganini sezdi. Uning yuragi ilohiy ishtiyoqqa javob berdi. Lekin uning na dili sezdi , na dilining tubida haqiqatni ushlab qoldi. U shunday deb ming'irladi, "Men qanday qilib tug'ilish ro'y berishini bilmayman." E'tirof etish muvaffaqiyatsizlikning yo'l qo'yishligi edi. Iso rahbarlik berishnga davom etdi, "Ha, sen hurmatli uztozsan, boshqalar o'zlarini Men bilan suhbatlashishga qaraganda yuqoriroq va yorqinroq deb o'ylashganda sen Mening oldimga kelding. Sen ularni yaxshi bajarasan, lekin sen haqiqatdan ham Muqaddas Ruhning maqsadlarini bilmaysan. Sening hamma sajdalaring va tutatqilaring va Qonunni saqlash hatti-harakatlaring behudadir. Sen Xudoning Shohligining oddiy asoslarini bilmaysan."

Uchinchi marta Iso shunday muhim so'zni aytdi, "Senga chinini aytay." Har bir bu ibora orqali Iso yangi o'zgarilishni e'lon qiladi. Chunki bizning insoniy onglarimiz tushunish uchun sekin ishlaydi.

Nikodimning o'rganishidagi yangi qadam nima edi? Masih "Men " yakka so'zdan "Biz" ko'plik so'ziga o'tdi; bu Ruhning ovoziga O'zini qo'shishidir. Masih Xudo bilan birdir va Uning So'zi mujassamlanadi. Masih hech kim bilmagan haqiqatni o'rgatadi. U Ruh bilan hamkorlikda nazorat qiladigan ishlarga dalolat beradi. Biz bu guvohlikni qabul qilishimiz kerak, va unga ishonishimiz kerak.

U boshqa insonlarga qaraganda bilgan narsasi nima edi? U Xudoni bilar edi va Uni ota deb chaqirdi. Bu sir Ruhsiz nozirlarning yomon fikrlariga hech qanday kiraverish topmaydi. Masih Otasidan keldi va Uning oldiga qaytdi, U osmondan pastga tushdi va yana u yerga ko'tarildi. Xudoning Ruhi Isoda inson qiyofasida bo'lganda, insonlar bilan Xudoning o'rtasidagi ajralish oxiriga yetdi, va bu uzulishni yengib chiqdi. Bu Barhayot endi uzoq va qo'rqinchli emas, balki yaqin va muloyimdir. Voajab, insonlar Xudoning haqiqatiga bu guvohligiga ishonmadi. Ular Ruhdan tug'ilgan Isoni va Uning Otasi o'rtasidagi birlikni payqamadilar; chunki ular ishonishdan voz kechkandilar, yoki gunohkorliklarini tan olmagandilar. Ular yangi tug'ilish uchun kerak bo'lgan narsani ko'rishdan mahrum bo'ldilar va ular o'zlarini o'zlari yaxshi va ziyoli deb aldadilar. Ular o'zini o'ylaydigan baraka Muqaddas Uch Birlikni bilish uchun ularni yetaklay olmasligini bilishlari kerak edi.

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz Senga sajda qilamiz; Sen O'zingning xavsiz sevgingda bizlarni yangilading va haqiqatingni farzandlari qilding. Sening haqiqating va Ruhing bizning halqimizga kelsin, shunda ko'plar qutqarilsin, va Ota , O'g'il va Ruh haqidagi dalolat uzo'qqa va keng tarqalsin, va ko'plar qayta tug'ilishi uchun bizning ona tillarimizda aniq-ravshan bo'lsin.

SAVOL:

  1. Imonlilardagi yangi tug'ilishning belgilari nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:23 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)