Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 001 (Introduction)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

Yuhanno Xushxabariga kirish


Masih shogirdlarini Uning guvohlari bo’lishga chorlagan. U hayoti to’g’risida hodisalarni O'zi yozmagan. U ibodatxonalarga ham birorta xat jo’natmagan. Lekin Uning hatti-harakatlari O’ziga ergashgan insonlarning yuragida katta ta’surot qoldirgan va Muqaddas Ruh ularning Tangrilari Iso Masihning ulug’vorligini ko’rish uchun ularni boshqargan. To’la inoyat va haqiqat bilan Otaning yagona O’g’lining sevgisini, kamtarligini, o’limini va ulug'vor tirilishini guvohi bo’lganlar. Havoriylar Matto, Mark va Luko Isoning hatti –harakatlarini, aytgan so’zlarini va Uning maqsadi Xudoning shohligini o’rnatish ekanligini aniqlagan paytda, Yuhanno Isoni muhum Kishi ekanligini va Uning Muqaddas sevgisini yo’ritib bergan. Bunga sabab Muqaddas Kitobdagi hamma kitoblarning toji bo’lgan asosiy Xushxabar Yuhanno Xushxabari deb nom olgan.

Bu Xushxabarning muallifi kim?

Ikkinchi asirda ibodatxona oqsoqollari Yuhannoni Isoning shogirdi bo’lganligiga va bu noyob kitobning yozuvchisi bo’lganligiga ishonishgan. Havoriy Yuhanno bir necha havoriylarning nomlarini eslatib o’tgan, lekin uning ukasi Yoqubning ismini yoki o’zining ismini eslatib o’tmagan chunki u Rabbiysi va Najotkori ismi bilan o’zini eslatib o’tishga loyiq deb hisoblamagan. Xolbuki Fransiyadag Lyoning Bishop Irenaeusi Yuhannoni Tangrini shogirdi ekanligini, Qutlug’ kechlikda Isoning bag’riga suyanib yotganligi va Imperiya Trajan saltanati davrida Anatoliyan Efusda xizmat qilayotgan paytida bu Xushxabarni yozgan faqat Yuhanno ekanligini aniq yozgan (98-117 Miloddan oldin).

Ba’zi tanqidchilar bu Xushxabarning yozuvchisi Yuhannoni Isoning shogirdi emas, faqat Efesdagi ibodatxonaning oqsoqollaridan biri bo’lgan va havoriy Yohannoning shogirdi deb o’ylashgan va bu keyinchalik yozilgan. Bu tanqidchilar hayolparastlar va yolg’on gapirmaydigan ruhni tanimaydilar, chunki havoriy Yuhanno o’zining Xushxabarini birinchilardan bo’lib yozgan va u shunday degan, ”Biroq biz Unung ulug’vorligidan xabardormiz”. Mana shunday Xushxabarning yozuvchisi Isoning o’limini va tirilishini ko’rgan guvohlardan biri bo’lgan. Yuhannoning do’stlari uning Xushxabarining oxirida, ”Ana shu shogird bu ishlarning hammasiga guvoh bo’lib ularni yozib olgan. Uning guvohligi haqiqat ekanligini bilamiz, (Yuhanno 21;24)” - deb qo’shimcha qilib qo’yishgan. Ular uni birinchi Muqaddas qutlug’ kechlikda Isoning bag’riga suyanishiga ruhsat berganligi va Iso uni sevganligi to’g’risida, Yuhannonig xususiyati va uni boshqa havoriylardan ajratib ko’rsatilganligini ta'kidlab o’tishgan. U Isodan uning xoini kim ekanligini: ” Rabbiy u kim? [kim Seni topshiradi]?” – deb so’rashga jur’at etgan faqat birgina u edi (Yuhanno 13:25).

Iso Yuhannoni Uning izdoshi bo’lishga chaqirgan payitda Yuhanno yosh bo’lgan. U o’n ikki havoriylar ichida eng yoshi edi. U baliqchi bo’lgan. Uning otasining ismi Zabadiy, va onasining ismi esa Salom edi. U Batsayda Tiveriya ko’li qirg’og’ida oilasi bilan birga yashagan. Tavba-tazarru qilishga chaqirayotgan suvga cho’mdiruvchi Yahyoning oldiga O'rdun Vodiysiga birga tushgan paytlarida, u Butrus, Idris va uning ukasi Yoqub, Filip va Natan'il bilan birga edi. Odamlar suvga cho’mdiruvchi oldiga shoshilishar edilar, ularning orasida O'rdun daryosida suvga cho’mdiruvchining qo’lida suvga cho’mgan va gunohlari kechirilishi uchun kechirim so’ragan Zabadiy o’g’li Yuhanno ham bo’lgan. U oliy ruhoniy Anna oilasining qarindoshi bo’lishi mumkin, chunki ular uni bilishar edi, va u saroyga kirishga haqqi bor edi. U ruhoniy oilasiga yaqin inson bo’lgan. Demak u o’zining Xushxabarida boshqa havoriylar eslatib o’tmagan so’zlarni Suvga cho’mdiruvchi Iso haqida aytgan so’zlarni ya’ni U Xudoning qurbonlik Qo’zisi va U dunyoning gunohini O'ziga olish to’g’risida eslatib o’tgan. Shunday qilib havoriy Yuhanno boshqalarga qaraganda Muqaddas Ruh rahbarligida Rabbiysini ko’proq sevgan shogirdlaridan bo’lgan.

Yuhanno va boshqa uchta havoriylarning o’rtasidagi munosabatlar.

Yuhannoning o’zi Xushxabar yozgan paytda ancha vaqtdan beri ibodatxonada Mattoga, Markga va Lukoga ko’ra Xushxabarlar yozilgan va tanilgan edi. Uch havoriylar Isoning aytgan gaplarini Matto orqali bilib olib ularni to’plab asl yahudiy kitobiga ko’ra o’zlarini kitoblarini yo’zib chiqarishgan, shuningdek ular balki adashmaganlar, asosan yillar o’tishi bilan Rabbiy hali qaytib kelmadi. Xoynohoy Isoning hatti-harakati va hayotining voqealari alohida to’plamga taalluqli bo’lgan. Havoriylar sadoqatlik bilan bu yozuvlarni juda ham qattiq omonatlik bilan asrashgan. Vrach Luko Isoning onasi Maryam bilan va boshqa guvohlar bilan uchrashguncha boshqa manbalarga bog’liq bo’lgan.

Yuhannoning o'zi muhim ma'lumotlarga ega edi, bunga yuqoridagi manbalar misol bo'la oladi. U ibodatxonada hamma bilgan narsalar haqida aytishni va yangiliklarni qaytarishni xohlamas edi, biroq u ularga qo’shimcha qilishni manzur ko’rar edi. Uch havoriylar birinchi Isoning hatti-harakatini Jaliliya yurtida e’lon qilishayotgan payitda Isoning xizmati mobaynida qilgan ishlarini va faqat birgina Quddusga sayohat qilishini ko’rsatib, Iso u yerda o’lishini va Jaliliya xududiga Uning xizmatidan oldingi, xizmati davomida, xizmatidan keyingi va Isoning Quddusda qilgan ishlari to’g’risda to’rtinchi Xushxabar bizga ko’rsatadi va Iso yashagan mamlakatdagi xalqning oqsoqollari Isoni rad etgan joyda Iso uch martda zohir bo’lganligiga Yuhanno dalil bo’la oladi. Isoga qarshilik kuchaygandan so’ng Uni xochga mixlash uchun qo’lga oldilar. Xullas Yuhanno ahamiyat bergan joyi shu ediki Eski Ahd madaniyat markazi va Quddusdagi yahudiylar orasida Isoning xizmatlarini bizga ko’rsatib berdi.

Tortinchi Xushxabar Isoning qilgan mo’jizalariga ahamiyat bermagan faqat oltitasini eslatib o’tgan. Yuhanno bu bilan nimalarni aniqlashni xohlagan? U Isoning “ Men” degan so’zlarini e’lon qildi va shu yo’l bilan Isoning shaxsiyati to’g’risida tushuntirib o’tadi. Birinchi uch havoriylar Isoning hayotini va Uning qilgan hatti-harakatini eslatib o’tishga diqqatini qaratgan. Lekin Yuhanno bizning ko’z oldimizda Isoni ulug’ Shaxs ekanligiga ko’proq diqqatini qaratgan. Lekin Yuhanno boshqa Xushxabarlarda yozilmagan va Iso O’zi haqida aytgan so’zlarni qayerdan oldi? Birinchi elliginchi kundan keyin ularni Yuhannoga Muqaddas Ruh eslatgan edi. Shogirdlar Isoning ba'zi so'zlarini asl ma'nosini Muqaddas Ruh ularga tushmagunigacha tushunmaganliklarini Yuhanno tan oladi. Zero Yuhanno o’zi xar-hil vaqtda Isoni tan olgan. Shunday qilib Isoning aytgan so’zlarini va “ Men” degan so’zlarining ma’nosini keyinchalik Yuhanno tushundi.

Yuhanno ham Iso bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni aytganini, masalan: nur va zulmat, ruh va tana, haqiqat va yolg'on, hayot va o’lim, yuqoridan va pastdan bo’lgan narsalar haqida eshitgan gaplarini eslatib o’tadi. Biz boshqa Xushxabarda zo’rg’a qarama –qarshi so’zlarni topishimiz mumkin lekin Yuhanno Tangri Taolloning aytgan so’zlari tasirida Yunon xududida yashagan paytida bir necha yillar o’tgandan keyin Muqaddas Ruh Yuhannoga eslatdi. Iso faqat Semitik Yahudiy yo’li bilan emas biroq xalq uchun Yunon iboradan ham foydalanib gapirganligini Yuhanno aniqlagan.

Yuhanno Xushxabarining maqsadi nima?

Yuhanno Isoga badiy faylasuf yoki ruhiy tasavvur qilish yo’lida e’tiborini qaratishini ohlamagan, lekin u boshqa Unda mujassamlashgan narsalarga fikrini qaratgan yani u xochga osilayotgan paytida kuchsiz bo’lganligi va chanqaganligiga e’tiborini ko’proq qaratgan.Yuhanno yana Iso faqat Yahudiylarning Qutqaruvchisi emas balki insonzotning Qutqaruvchisiligini aniqlagan, chunki U Xudoning Qurbonlik Qo’zisi va dunyoning gunohini O’ziga olgan. U bizga Xudo insonzodni juda sevganligi to’g’risida e’lon qilgan.

Biz eslatib o’tgan narsalar usul va yurakka etib boruvchi guvohliklar va Xushxabarning mag’zidir, yani Iso Masih Xudoning O’g’li. Uning abadiyligi Uning vaqtinchaligida, Uning ilohiyligi Uning insoniyligida va Uning obro’-e’tibori Uning kuchsizligida nomoyon bo’lgan. Shu tarzda Xudo Iso orqali insonzod orasida nomoyon bo’ldi.

Yuhannoning aniqlik kiritishining maqsadi, Isoning falsafa va sirli yo’l bilan bilish emas balki chuqur imon bilan Muqaddas Ruh orqali bilishdir. Shunday tarizda u xushxabarni mashhur so’zlar bilan tugatgan. Iso Xudoning O’g’li Masih ekanligiga ishonishingiz uchun va ishonib, Uning nomi bilan hayotga erishishingiz ucun yo’zilgan (Yuhanno 20:31) Yuhannoning Xushxabarining maqsadi Isoning ilohiyotidagi tirik imonidir. Bu imon bizda ilohiy, muqaddas va abadiy hayotni keltirib chiqaradi.

Yuhannoning Xushxabari kimga yozilgan?

Haqiqatga to’la va Iso haqidagi shahodatlarga to’la bu kitob imonsizlarga yani Isoni tanimaydiganlarga yozilmagan balki muqaddas ruhda to’la kamolotga etkazib ibodatxonani barpo qiluvchilarga yozilgan. Pavlus Rimdagi qamoqxonadan chiqqandan keyin u Anatoliyada har-xil ibodatxonalarni barpo qilishni boshladi, va Butrus yuz o’girilgan ibodatxonalarga borib ularga dalda berdi va ularni ruhlantirdi. Butrus va Pavlus o’lganda Rimdagi Neroning qo'l ostida quvg’in davomida Yuhanno ularning qabirlarini oldi va shu paytda masihiy markazi Efusda yashadii. U Osiyo Minoriga tarqalib ketgan xilma-xil jamoatlarni etakladi. Kimki uning Vahiy kitobining ikkinchi va uchunchi boblarini o’qisa, Iso Masihda mujassamlashgan Xudoning sevgisini bizlarga yoritib bergan bu havoriyning g’oyasini va dardini tushunadi. Faylasuf imonlilar o’zining podalarini bo’rilardek tutganiga, bemani fikrlar bilan miyyalarini zaharlaganiga, qattiq qonun –qoidalariga va nopok erkinliklariga Yuhanno qarshi kurashgan chunki ular haqiqat bilan besamara fikrlarni chalkashtirib tashlashgan.

Najotkor Isoga qaraganda tavba-tazarruga chaqirgan va Uni e’zozlagan Suvga cho'mdiruvchi Yahyoning shogirdlari ham Anatoliyada yashagan. Ular Masih hali kelmagan deb o’ylab, Masihning va'dasini kutishar edi. Yuhanno, Isoning shaxsini tasvirlash orqali Masihga teskari chiqayotgan har-xil oqimlarga qarshi qarama-qarshi chiqqan. U ovozini baland qilib qarshi chiqqan ruhlarga qaratib shunday degan, Biz inoyatga va haqiqatga to’la Otaning yagona O’g’lining shon-shuhratini xabardorimiz.

Bu Xushxabarni qabul qilganlarning ko’pchiligi G’ayriyahudiylar bo’lib chiqadi chunki Yuhanno ular oldida tushuntirish kerak bo’lmagan Yahudiylar hayotini batafsil ochib berdi. Alohida, Yuhanno shu vaqtda Aramik tilida yozilgan uning Xushxabaridagi Isoning so’zlariga ta'luqli bo'lmagan va havoriylardan qolganini Yunon tiliga tarjima qilgan. Madomikiy u ibodatxonasida tanilgan iboralardan foydalangan va Xushxabar ruhi bilan ularni to’ldirgan, Muqaddas Ruhning rahbarligida va ozodligda aniq Yunon tilida Isoning so’zlarini dalili bo’lgan. Xullas uning Xushxabari badiy qobilyatining hatti-harakatlariga qaraganda oddiylikda, teranlikda va buyukroq gapdonlikda gapirradi. Demak Muqaddas Ruh soddalikda haqiqiy marvarid bo’lgan bu Xushxabarda bizga namoyon bo’ldi, va shunungdek hamma yoshlar unung mustahkam ma'nolariga tushunishlari mumkin.

Qachon bu yagona Xushxabar yozilgan?

Biz Rabbimiz Isoga shukronalar aytamiz shunki U bir necha yillar oldin Misrdagi sharqshunos arhealoglarni Yuhannoning ba’zi Xushxabarining iboralarini va Eramizdan oldingi 100 yilda aniq yozilgan yozuv qog’ozlarning bo’laklarini topishga boshqardi. Bu kashfiyot bilan uzun munozaralar oxiriga yetdi va zaharli ortiqcha gaplar so’ndi chunki shunday narsani kovlovchilar Eramizdan oldingi 100 yilda Yuhannoning Xushxabari faqat Osiyo Minorda emas balki Shimoliy Afrikada ham tanilganini isbot etdilar. Rimda ham u tanilganiga shubha yo’q. Havoriy Yuhanno haqiqatdan faqat bu Xushxabarning birgina yozuvchisi ekanligini va Muqaddas Ruhga to’la bo’lganligini bu haqiqat bizning imonimizni mustahkamlaydi.

Bu Xushxabarning mavzusi nima?

Inson uchun ilhombaxsh etilgan Yozuvni tartibga qo’yish osson emas. Va ayniqsa Yuhannoning Xushxabarini yaqqol qisimlarga bo’lish qiyin. Xolbiki, biz quydagilarga fikringizni qaratamiz:

  1. Ilohiy nurning porlashi (1:1- 4:54)
  2. Nur zulmatda porlaydi, zulmat esa nurni qoplay olmadi (1:5-11:52)
  3. Nur havoriylarning davrasida porlaydi (11:55- 17 26)
  4. Nur zulmatni egallab oladi (18:1-21:25)

Havoriy Yuhanno har bir halqada bir yoki ikki asosiy so’zlar yoki g’oyalar markaz qilingan ruhiy zanjiridagidek tutashtirilgan uzuklar aro o’zining fikrlariga buyurdi. Halqalar bir-biridan to’la ajratilmagan, lekin ma’nolari ba’zan kesishadi.

Semitik Ibroniylar Yuhannoni chuqur ruhiy ko’rishi bilan, yagonalikda Yunonlar bilan ahil va bir deb o’ylashadi. Hozirgacha Muqaddas Ruh bu Xushxabarning iboralarini ochib berib kelmoqda. U bizlarga payonsiz donolik va bilimning manbasi bo’la oladi. Kimdir bu kitobni samarali o’qiydi va Xudoning O’g’li oldida bosh egadi, Unga hayotini minnatdorshilik ila bag'ishlaydi, ulug’laydi va abadiy najatkorlikga ega bo’ladi.

SAVOLLAR:

  1. To’rtinchi Xushxabarning muallifi kim?
  2. Birinchi uch havoriylar va to’rtinchi Xushxabar o’rtasidagi munosabat nima?
  3. Yuhanno Xushxabarining maqsadi nima?
  4. Bu yagona Xushxabar kimga yozilgan?
  5. Qanday qilib Xushxabarning ish mavzisini tashkillashtirib, uni bo'laklarga bo'lish mumkin?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 09:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)