Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 198 (Rebuke of the Scribes and Pharisees)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

1. Ulamolar va Farziylarning Tanbehi (Matto 23:1-7)


MATTO 23:1-7
1 Undan keyin Iso xaloyiqqa va shogirdlariga xitob qilib, dedi: 2 “Ulamolar va Farziylar Muso minbarida o'tiribdilar. 3 Shu bois ular sizga nimani bajarishni amr etsalar, bajo keltiringlar. Aytganini qiling, lekin qilganini qilmang! Chunki ular o'z aytganlarini bajarmaydilar. 4 Ular og'ir va ko'tarib bo'lmaydigan yuklarni insonlar yelkasiga tashlab qo'yadilar, lekin o'zlari bu yuklarga barmoq tegizishni ham istamaydilar. 5 Ular butun ishlarini insonlarga ko'rinish uchun qiladilar. Duo qutilarini yirikroq, kiyimlarining gajimlarini uzunroq qiladilar. 6 Shuningdek, ziyofatlarda to'rda va ibodatxonalarda hurmatli o'rinda o'tirishni, 7 xalq yig'inlarida alik olishni va odamlar tomonidan “Ustozimiz, Ustozimiz!” deb olqishlanishni yaxshi ko'radilar.
(Sonlar 15:38-39, Malaki 2:7-8, Matto 6:1-8, 11:28-30, Luqo 14:7-11, Havoriylar 15:10, 28, Rimliklarga 2:21-23)

Iso Musoning vorislaridek Farziylarning obro'larini va lavozimlarini e'tirof qildi: shuningdek, ular Eski Ahd yozuvlariga asoslangan ta'limotni o'rgatishlari kerak edi. Rabbiy bu ishni kerak deb hisobladi, va shogirdlarini ulamo va payg'ambarlarning ehtiyotkor o'rganishini o'zlariga qo'llash uchun va ulamolarning izohlarini qabul qilish uchun ularga dalda berdi.

Farziylar Musoning minbarida Xudo va Isroil o'rtasida vosetachidek emas, balki qonunning yo'lga qo'yuvchilari kabi o'tirishdi (Chiqish 18:26). Ular Oliy Kengashga o'xshab qonun berish vakolati emas edilar, balki ular qonun amrlarini izoxlab, odamlarga bularni qo'llash uchun turtki berganlar.

Bu qonunning 613 amrlari bilan buni shunchaki bilish yetarli emas. Muhim narsa shundaki, buni amalda qo'llash kerak. Qonunni bajargandan ko'ra buni izoxlab o'rgatish ossonroqdir. Bizning hech birimiz komil emasmiz, balki o'zi itoat qilmasdan boshqalarga vazifalarni yuklaydigan kishining holiga voy. Bu ikkiyuzlamachilikdir. Xudoning O'zidan ko'ra qattiq qo'llik bilan buyruq va amrlarning topshirig'ini yuklaydigan kishi Yangi Ahdning ustozi emas, balki bu kishi hali ham Farziylarning udumlaridadir.

Iso kim bu amrlarning eng kichigini ham insonlarga buzib o'rgatsa, hukmga loyiq bo'lishini o'rgatdi (Matto 5:19). U kishining gunohi butun qonunni pisand qilmagan kishidek hisoblaniladi (Yoqub 2:10), chunki bitta amrga ham itoat qilmaydigan kishi Xudoning O'ziga qarshi gunoh qilgan bo'ladi. Hatto Farziylar ham Rabbiyning amrlariga qarshi bo'lgan gunohlari tufayli hukm ostida ekanliklarini bilishar edi, va ular oqsoqollarning urf-odatlariga yopishib olib, haqiqatga etibor qilishmagan. Ular kiyimlariga popuklar tikib (har biri amrni, buyrug'ni va taqiqlashni ko'rsatgan), ibodat va yuvinish vaqtida teri kamarlari bilan qo'llarini bog'lagandek ko'p urf-odatlarga ergashganlar. Ular vijdonlarini va ayiblarni tinchlantirish uchun ko'plab qonun va udumlarni yaratishgan. Ular o'zlari qonunni bajarmasdan buni bajarishga urg'u berganlar.

Yaxshi bir joy yomon insonlar tomonidan band bo'lishi mumkin. Bu eng nopok insonlar uchun hatto Musoning minbariga ko'tarilishi uchun hechnarsa yangi emas (Zabur 11:8). Bu sodir bo'lganda, minbar insonlar tomonidan hurmatsiz bo'lgandek, insonlar bu minbar orqali juda hurmat qozonmaydilar. Xudojo'ylikning mansabi xudojo'ylikning o'zidan ko'ra muhimroq bo'ladi, va shunday odamlarning mag'rurligi sajdani ikkiyuzlamachilikka va kufrga o'zgartiradi. Iso vaqtidagi ikkiyuzlamachilar Iso orqali tanbeh olganlar: Iso ularga Xudoning amrlaridan ko'ra insonlarning udumlarni sevishlarini ularga tushuntirib bergan (Matto 15:9).

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Sendan minnatdormiz chunki Sen o'zlari itoat qilmaydigan amrlarning bajarilishini voizlik qilgan ikkiyuzlamachilarga tanbeh berding. Ular boshqalarning oldida o'zlarini xudojoy tutadilar, lekin ular o'zlari iblisdirlar. Biz gapirgan har bir noto'g'ri so'z uchun va biz xudojo'ylik haqida gapirib balki buni amalda qilganimizda ikkiyuzlamachi emasmiz deb da'vo qilganlarimizni kechir. Bizlarni ikkiyuzlamachilikdan saqla va har doim so'zda va xatti-harakatda to'g'ri bo'lishimiz uchun bizga yordam ber. Bizni ruhiy tavbaga va dono guvohlikka boshla.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun ulamo va Farziylarga tanbeh berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:12 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)