Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 134 (Net Cast Into the Sea of Peoples)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Hebrew -- Hungarian? -- Indonesian -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Spanish? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

e) Xalqlar Dengiziga tashlangan To'r (Matto 13:47-53)


MATTO 13:47-50
47 “Yana Osmon Shohligi dengizga tashlangan va turli baliqlarni tutgan to'rga oxshaydi. 48 To'r to'lgach, uni qirg'oqqa tortib chiqarishibdi va o'tirishib yaxshi baliqlarni saralab idishlarga solishibdi, yomonlarni esa tashqariga tashlab yuborishibdi. 49 Dunyoning oxirida ham shunday bo'ladi: Farishtalar kelib, fosiqlarni solihlar orasidan ajratib, 50 ularni lovullab turgan o'choqqa tashlaydilar. U yerda yig'i-sig'i va ohu nola bo'ladi”.
(Matto 22:9-10; 25:32)

Shogirdlarning ba'zilari baliqchi bo'lganlar. Ular Ustozlari baliq tutish masalidan foydalanib ularning yangi ishlari haqida ularga tushuntirganida Uning nima deganini tushunganlar. Ular Masih uchun ko'plarni tutish uchun xalqlarining va barcha xalqlarning dengiziga Uning kalomining to'rini tashlashlariga to'g'ri kelgan. Jamoat hamma avlodlardan, irqlardan va vaqt-soatlardan chaqirilganlardan tuziladi.

Xushxabar bajo bo'ladigan vaqt kelyapdi, va biz bu bekor bo'lib qolmasligiga ishonamiz (Ishayo 55:11). Xozir to'r to'lyapdi. Ba'zan bu boshqa vaqtlardan ko'ra tezroq to'ladi, lekin to'r hali to'ladi va “Xudoning siri nihoyasiga yetganida” bu to'r qirg'oqqa tortiladi (Vahiy 10:7).

Bu to'r to'lib qirg'oqqa tortilganda, buning ichida to'plangan yaxshi va yomon o'rtasida ajirashuv bo'ladi. Ikkiyuzlamachi va haqiqiy Masihiylar shunda bo'linadilar. Solihlar ehtiyotkorlik bilan saqlangan qimmatbaho idishlarga to'planadilar, ammo yovuzlar nopok va hosilsiz kabi uloqtirilib yuboriladilar. To'r dengizdaligida, buning ichida nima borligi bilinmaydi. Baliqchilarning o'zlari buni farqlay olmaydilar. Biroq ular ehtiyotkorlik bilan buni ichidagi solihlar tufayli qirg'oqqa buni tortib chiqaradilar. Bu ko'rinarli jamoat uchun Xudoning g'amho'rligidir va xizmatchilarning ishtiyoqi ularing majburyati ostidagilar uchun bo'lishi kerak, hatto u yerda yaxshi va yomonlar bo'lsa ham.

Iso ular yolg'iz ishlamasdan, balki to'rni tortish uchun bir-birlariga yordam berishlarini buyurgan. Hech kim o'z kuchi bilan xalqlar dengizidan ko'plab baliqlarni tortib chiqarolmaydi. Xozir Masih sizni Isoga ko'plab fuqorolaringizni tortishingiz uchun biz va jamoatingizdagi hamma do'stlaringiz bilan atrofingizga Xudo Kalomining to'rini tashlash uchun sizni taklif qiladi. Ular uchun ibodat qiling, Najodkor haqida ularga ayting, uchrashuvlaringizga ularni taklif eting, ruhiy kitoblarni tarqating, va kelinglar Rabiy xizmatida birga ishlaylik. Siz xushxabarni o'qib, bunga tushunmaganlar uchun ibodat qilasizmi? Ular bu xushxabarda haqiqiy Masihni va abadiy hayotni topishlari uchun ibodatlaringiz orqali ular bilan aloqa qiling.

Rabbiy sizni qalblarni hukm qilish uchun emas, balki bularga erishish uchun sizni chorlayapdi. Shuning uchun hurmatli va o'qimishlilarni qabul qiling va kambag'al va g'alayonchilarni rad etmang, chunki hukm odil Hukmdor bo'lgan Masihga topshirilgan. Sizga ma'lum bo'lsinki, sizning xizmatingiz solih va yovuz, eski maktablar va erkin maktablar, qari va yosh, zukko va ahmoq, kambag'al va boy, madanyatli va madanyatsiz, fuqoro va chet elliklar, bemor va sog'lom bo'lgan odamlarning turli hil turlari bilan sizni yuzma yuz qo'yadi. Xudoning barcha Kalomini ularga taqdim eting, va atrofingizdagilarga najod xushxabarini e'lon eting. Yalqovlik qilmasdan, borib kunduziligida g'ayrat bilan ishlang. Xizmatingizda kim yovuz yoki kim solih kishi ekanini hukm qilmang. Xudoning farishtalari ikkiyuzlamachilarni uloqtiradi va keyin tavba qilgan ko'plab gunohkorlarni osmonga oladi chunki ular imon bilan Masihga yopishib oladilar.

Do'zaxga ishonmagan bir yosh kishi bo'lgan edi. Urush paytida, u o'zini bo'mba otilganda yerga tashlagan va olovlar atrofidagi hamma narsani yo'q qilib yuborguncha tishlarini g'ichirlatgan edi. U to'satdan abadiy otash do'zaxining hatarlarini tushungan. Siz atrofingizdagi yo'qolganlarni sevasizmi va ular qiyomat qoyimda do'zaxga tushmasliklari uchun ularni qutqarishni istaysizmi? Agar shunday bo'lmasa, sizda sevgi yo'q va siz do'zaxga loyiqsiz.

IBODAT: Iso, Sen bizlarni insonlarga marhamat bo'lish uchun chaqirding, lekin biz ularga qanday qilib xizmat qilishni bilmaymiz, chunki biz odamlarga najodni e'lon etib voizlik qilishni xohlaganimizda uyalib turamiz. Rabbiy bizning sekin harakatimiz uchun bizlarni kechir, va Sen sevganlarga va Senga olib kelishni istaganlaringga xizmat qilish uchun Senga bo'ysunadiganlar bilan bizni boshqar. Ular tavba qilib, qaytib kelishlari uchun, sevgi shohligiga kelishlari va o'limlaridan oldin abadiy hayotni qabul qilishlari uchun, ularga chaqiruvingni taqdim etish bilan bizlarni ruhlantirgin.

SAVOL:

  1. Masihning shohligi uchun Masih sizdan g'alaba qozonishni istaganlar kimlar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)