Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 133 (Parable of the Hidden Treasure and Parable of the Pearl)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

d) Yashirinlgan Xazina va Qimmatbaho Marvarid haqidagi Masallar (Matto 13:44-46)


MATTO 13:44-46
44 “Yana Osmon Shohligi dalada yashirligan hazinaga o'xshar. Uni bir odam topib sir saqlabdi va juda sevinganidan borib, bor-yo'g'ini sotib, u dalani harid qilibdi”. 45 “Yana Osmon Shohligi nodir marvarid izlayotgan bir savdogarga o'xshar. 46 U qimmatbaho marvaridni topganda, borib bor-yo'g'ini sotib, marvaridni harid qilibdi”.
(Matto 19:29, Luqo 14:33, Filipliklarga 3:7)

Ko'p yillar oldin, mahaliy ko'chaga yaqin bo'lgan baland tepalik bo'lgan. Odamlar bunga e'tibor bermasdan bu tepalik orqali o'tishga odatlanganlar. Bu tepalikda devorlariga o'zining muhim yozuvlari o'yilgani bilan tasvirlab berilgan qadimiy shaharning qoldig'i bo'lgan. Bir kuni dexqon buldozerni ishlatib bu tepalikni buzyotganda, u kishi kutilmaganda eski qasirni, qimmatbaho idishlarni va devorga o'yilgan yozuvlarni ochib yubordi. Ilmiychilar hursandchilik va hayajon bilan g'ingshiyotgan edilar va davlat xodimlari yangi kashfiyotdan quvonyotgan edilar.

Bu shahar odamlar yashiringan xazinadan boxabar bo'lib ko'p yillardan beri bu tepalik orqali o'tganlari kabi, xuddi shunday odamlar ham Masih Uning oldiga qaytib kelgan har bir kishini hursand va marhamatli qilishiga va U eng buyuk xazina ekaniga e'tibor bermasdan ular Masih orqali e'tiborsizlik bilan o'tishadi. Xochga mixlangan Iso imon bilan Unga qaraydigan kishiga abadiy kechirimni taqdim qiladi va uni abadiy hayot uchun oqlaydi. Masihga yopishib oladigan imonli tizza cho'kadi va Uning yagona qutqaruvi uchun minnatdorchilik bilan Unga hayotini topshirib Unga sajda qiladi. Agar biz Uning qo'llariga butun hayotimizni qo'ysak, biz Masihga ega bo'lamiz. Sizning barcha maqsadlaringiz, hursandchiliklaringiz va umidingiz Xudo O'g'li bilan a'loqada hech qanday qimmati yo'q, shuning uchun Beruvchining O'ziga erishish uchun o'zingizni qurbon qiling.

Masihga qiziqishi bo'lganlar U uchun hamma bilan bo'lishishni istashi kerak va Unga ergashish uchun hamma narsani qoldirishi kerak. Masihga bo'lgan qarshilikda yoki sevgimiz va Unga bo'lgan xizmatimiz bilan raqobatlikda nimadir tursa, bu bizga hatto juda qadirli bo'lsa ham bundan hursandchilik bilan bosh tortishimiz kerak.

Ko'plar Masihni darhol yoki tasoddifan topmaydilar, balki abadiy tinchlikni qidirishda Muqaddas Yozuvni uzluksiz izlashlari kerak. Ularning ko'zlari qimmatbaho haqiqatni farqiga borishga tayyor bo'ladi. Ular Masihning haqiqatida Uni o'rganganlarida va Uning mehrli sevgisini ko'rganlarida, ular ko'p g'ayrat bilan Uning buyukligi orqali chulg'anib olinadilar. Ular bizning dunoymizda Xudoning mavjud bo'lgan sevgisini solishtirib bo'lmasligini bilib oladilar. Bu ular o'zlarining bekor bo'lgan falsafalari, qonuniy ta'limotlari va hamma narsa uchun to'lov to'laydigan yagona Najodkorga erishish uchun halokatli qoidalarni tark etishlaridir.

Siz Masihni kutilmaganda topdingizmi yoki ko'p o'rgangandan keyinmi? Ibodat orqali va Kalomni o'rganish orqali Uni izlang. Biz U bilarni topganiga va bizga O'zini berganiga guvohlarmiz.

IBODAT: Samoviy Ota, biz hech qachon Seni yoki O'g'lingni oldin izlamaganmiz, lekin Sen bizlarni izlab oxiri topding. Bizga bo'lgan g'amho'rliging uchun Senga rahmat. Biz bu dunyoga tegishli bo'lgan hamma narsalarni qoldirib, O'g'linga erishishimiz uchun har bir dunyoviy narsalardan bizlarni qutqarishingni Sendan so'raymiz. Atrofimizdagilar Seni tanib, barcha dunyoviy fikrlarini va xazinalarini tark etib, mehribonchiliging bilan buni qilishlari uchun ko'plarga O'zingni e'lon et.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun dunyomizdagi eng qimmatbaho xazina?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)