Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 135 (Net Cast Into the Sea of Peoples)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

e) Xalqlar Dengiziga tashlangan To'r (Matto 13:47-53)


MATTO 13:51-53
51 Iso shogirdlaridan so'radi: - Bularning hammasiga tushundingizlarmi? - Tushundik, - dedi ular. 52 Iso shogirdlariga: - demak, Osmon Shohligi to'g'risida ta'lim-tarbiya olgan har bir ulomo o'z hazinasidan yangi va eski narsalar chiqaradigan uy egasiga o'xshaydi, - dedi. 53 Iso bu masallarni aytib bo'lgach, u yerdan ketdi.
(Mark 6:1, Luqo 4:16)

Shogirdlar Isoning hamma o'rgatgan narsalarini tushundik deb o'ylashdi. Iso ularga qarab, mehr bilan kulib qo'ydi, chunki bilish bu hamma narsa emas, balki hayotdagi amaliy qo'llanmani talab qilinadi. Masihni va Uning xushxabarini tushundim deb shoshilib gapirmang. Ko'proq ochiqlikka muhtojligingizni tushunishingiz uchun bilganlaringizni amalda qiling va doyimiylik ibodatlar bilan diqqat qilib oyatlarni qaytaring.

Yangi Ahd haqidagi umumiy va sayoz xabar bizga yetarli emas. Biz buning har bir qismida chuqur ildiz otgan bo'lishimiz kerak, va biz xayot va xudojo'ylik uchun hamma narsada to'la rivojlanib va boshqalarga ustoz bo'lishimiz uchun Muqaddas Ruhning rahbarligi va kuchidan olishimiz kerak. Kamolotga yetgan ustoz o'zining fikrlarini bo'lishmasdan balki Masihning fikrlarini bo'lishib, havoriylarning hurmatli so'zlari bilan U uchun dalolat keltiradigan va Najodkori haqida yangi tajribalarini tan olishi qanday ajablanarlidir. Masihning qutqarish ishlari bilan dunyomizga bo'lgan Uning har bir harakati barhayot Rabbimizga minnatdorchilik va hamdu-sanolarga loyiq bo'lgan buyuk mo'jizadir. U ibodatlarga javob beradi, imonni tasdiqlaydi va U marhamatlarni izdoshlariga yog'diradi. Uning shohligi faolsiz emas, balki tirik, o'sib rivojlanyapdi. Siz Uning hosildorligida Uning yo'lini va ishini tayyorlaysizmi? Siz xalqingizda Uning imonini o'sishini ko'rasizmi? Guvohligingiz bilan Rabbingizni ulug'lang. Uni faqat Ustoz deb atamay, balki imkoni bo'lsa Uni Qudratli Rabbiy va sodiq Najodkor bo'lgan Xudoning O'g'li deb chaqiring.

IBODAT: Sodiq va Muqaddas Rabbiy, biz Seni ulug'lab, Senga sajda qilamiz, chunki Sen bizning yovuz dunyomizni tark etmasdan, balki barcha odamlarga xushxabar to'ringni tashlading. Biz Sendan bu kunlarda millionlab kishilarni tortishingni, ko'plarning najodida bizni ishlatishingni, yuragimizda so'zingni saqlahsimiz uchun bizga yordam berishingni va kuch va ulug'vorlik abadiy Seniki ekanini bugunlik kunda ishlarimiz orqali shohidlik qilib, do'stlarimizga so'zingni olib kelishimizni Sendan so'raymiz.

SAVOL:

  1. Bizga to'r haqidagi masal nimani o'rgatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)