Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 038 (Capernaum as a Residence)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
C - MASIH JALILIDA XIZMATINI BOSHLAYDI (Matto 4:12-25)

1. Masih Uy-joydeb Kafarnahumni Tanlaydi (Matto 4:12-17)


MATTO 4:12-17
12 Iso Yahyoning hibsga olinganini eshitgach, Jalilaga qaytib bordi. 13 U Nosira shahrida ko'p qolmay, Zavulun va Naftoli yurtidagi ko'l bo'yida joylashgan Kafarnahum shahriga kelib o'rnashdi. 14 Shunday qilib, Isha'yo payg'ambarga vahiy bo'lgan ush bu oyat bajo keldi: 15 “Ey Zavulun diyori va Naftili diyori, O'rdun Nahrining naryog'ida dengiz yo'lida joylashgan majusiylar Jalilasi! 16 Zulmatda qolib kelgan xalq katta ziyoni ko'rdi, o'lim soyasida burkangan el ufqlari yorishdi”. 17 Shu kundan boshlab Iso voizlik qiladigan bo'lib: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlab qoldi”, - deb aytar edi. (Ishayo 9:1-2; Matto 3:2; Mark 1:14-20; Luqo 4:14-15; Yuhanno 8:12)

Iso O'rdun Daryosida suvga cho'mgandan keyin va cho'lda Masihning vasvasasida zulmat ustidan yorug'lik g'alabasi kelganidan keyin, suvga cho'mdiruvchi Yahyoning xizmati nihoyalanib qolgan edi. Bu vaqtda, Masih Matto eslatib o'tmagan boshqa turdagi xizmatlar bor edi.

Iso suvni sharobga aylantirgan Jalilaning Kana shahrida nikoh to'yini boshqagan (Yuhanno 2:1-11).

  • U Kafarnahumga ketdi (Yuhanno 2:12).
  • U Fisih bayrami uchun Quddusga bordi va Ma'badni tozaladi (Yuhanno 2:13).
  • U Quddusda Nikodim bilan suhbatlashdi (Yuhanno 3:1-21).
  • Yahyo Eynoda suvga cho'mdiryotganda, Iso ham Yahudiyada Uni qabul qilganlarni cho'mdiryotgan edi (Yahyo 3:22).
  • Iso Samaryalik ayol bilan suhbatlashdi (Yuhanno 4:1-42).
  • U Jalilaning Kana shaharchasida amaldorning o'g'lini shifoladi (Yuhanno 4:43-54).

Keyin Xudo Unga sodiq qolganlar va Ayubning azobiga ruhsat bergandek, Xudo shaytonning qo'lida azoblanish orqali komil bo'lish uchun xizmatkoriga ruhsat beradigan zindonga Yahyo tashlandi. Zindonda Yahyoning voizligi ohirlagandan keyin, Masih Jalilada shohlikni voizlik qilishni boshladi.

Masih vaqti kelmaguncha Jalilaga kelmadi. Rabbiyning yo'lini tayyorlash uchun vaqt berilishiga to'g'ri kelgan. Xudoning irodasi Yahyo Masih porlashi oldida pasayishi kerakligiga donolik bilan buyurdi. Aks holda, odamlar shunday deb bir – ikki guruh o'rtasida chalg'igan bo'lar edi, “Men Yahyo ummatiman,” va boshqasi, “Men Iso ummatiman.” Masih Yahyo zindonbandligini eshitishi bilanoq Jalilaga jo'nadi, U faqat Yahudiyadagi Farziylar Yahyoga bo'lgan Hiroddek unga juda dushman bo'lganliklarini bilib, O'zini saqlab qolish uchun emas balki Yahyoga dalda berish uchun va u qurgan yaxshi poydevor ustiga qurish uchun u yerga bordi.

Xudo O'zini guvohsiz, yoki boshqarilmasdan jamoatini tark etmaydi. U bir foydali odamni chetlatganda, jamoatlarga berilgan Muqaddas Ruhning kuchi orqali boshqasini ko'taradi. Va Unda bajarish uchun ish bo'lsa buni qiladi.

Bu Masihga Otasi Uni Ma'bad bor bo'lgan joy Yahudiyaga yetaklamagani balki shahar tashqarisiga va Jalilaga yetaklagani ma'lumdir. Iso O'zi tug'ilib o'sgan Nosirani tark etib, sayyohlik markazi bo'lgan Kafarnahumga yo'l oldi. U bu joyni O'zining shahari deb atadi va bu joyni xizmatining va mo'jizasining markazidek oldi. Matto buyuk muhimlik bilan Masihning har bir qadamini allaqachon Muqaddas Yozuvning payg'omlarida rejalashtirganini aniqlab berdi. U ilgarigi boblarda Baytlahm Isoning tug'ilgan joyi va Nasroniya qadimgi payg'omlarga ko'ra yoshligidagi uy-joyi ekanini isbotlab berdi. U Ishayo (9:1-2) payg'omida Jalila Xudoning abadiy irodasiga ko'ra Isoning harakatlarining markazi ekanini ham ko'rgan.

Masih dunyoning nuri va Jalilada birinchi porlagan yerli xizmatining nuridir. Bu chiroyli hudud Quddusdan uzoqda va uning Ma'badi va odamlari poytaxtdagi olimlardek Muso Qonunlarini va Muqaddas Yozuvlarni yaxshi bilishmagan. Aksincha, ular talonchilik va noqonuniy yo'l bilan narsalar olib kirish bilan shug'illanganlardan ba'zilari qo'pol kishilar bo'lganlar. Bu Iso porlatishni xohlagan qorong'u hudud bo'lgan.

Zavulun va Naftoli Lalila viloyatini o'rab olgan qabilaviy hudud bo'lgan. “Zavulun” so'zi “Zavhal” (ko'tarish) dan olingan. Masih solihlik uchun och bo'lganlarni qondirish uchun va ularni ruhan ko'tarish uchun xalqining pastroq darajasiga tushdi.

Masihning eng birinchi va'zining eng birinchi so'zi Yahyoning eng birinchi va'zining eng birinchi so'zi bo'lgan: bu “Tavba” dir. Xushxabarning mavzusi hamma era uchun bir hildir. Amrlar bir hil va ularni qo'llash uchun sabablar ham bir hildir, va insonlar yoki farishtalar hech qanday boshqa xushxabarni voizlik qilishga jur'at etishmaydi (Gallatiyaliklarga 1:8). Tavba, bu “abadiy xushxabar” dan bo'lgan chaqiruvdir va bu sizga bugunlik kunda e'lon qilinyapdi.

Masihda Yahyoning xizmati uchun buyuk hurmat bor va Yahyo Isodan oldin voizlik qilgan muqaddaslikning bir hil xabarini voizlik qilgan. Bu Yahyo o'zining xabarchisi va elchisi bo'lganligini isbotidir – Iso uning xabarchisining so'zlarini tasdiqladi. O'g'il tavbaning loyiq hosillari “hosilni qidirish” uchun payg'ambarlar bir hil vazifa bilan kelgan.

Masih o'rgangan dunyo ajablanadigan samoviy narsalar va ilohiy xalqlarga to'liq voizlik qilgan, lekin U bu oddiy xabarni voizlik qilgan, “Tavba qiling, chunki osmon shohligi yaqindir.”

Xudo sodiq xabarchilarining xizmatlariga dalda bergan va hammadan birinchi Muqaddas Ruh fikrlarimizni o'zgartirishni va gunohlarimizni tark etishni bizdan xohlashini tasdiqladi. Gunoh muammolarimiz uchun sababdir; gunohning to'lovi o'lim. Iso shunchaki bizni muammolarimizdan ozod qilmaydi balki gunoh bo'lgan muammolarimizning sababidan bizni ozod qiladi. U bizdan yuraklarimizni va fikrlarimizni tayyorlashni va bizni muqaddaslikka yetaklash uchun Xudoga ishonishga va gunohdan nafratlanish va ayiblarimizdan o'zimizni to'liq ajiratishimiz uchun butun borlig'imiz bilan qaror qilishimizni so'raydi.

Gunoh bizni Yaratguvchidan ajratadi, chuning uchun Isoning tavba qilish uchun buyrug'i Otamizning uyi va shohligiga yolg'izlikdan bizni qaytarib olib kelgan umidni taklif qiladi. Bu taklif Masihiylik qonunidagi birinchi ilohiy buyrug'dir. Inson o'zining ishlari bilan Xudoga qaytib borolmaydi; unga taklif, buyrug' va qaror kerak bo'ladi. Bu osmon shohligiga qaytish Matto Xushxabarining sifati bo'lgan. Matto “Xudoning shohligi” yoki “Masihning shohligi” dan foydalanmaganligi qiziqarli lekin u tez-tez “osmon shohligi” dan foydalangan. Bu bir necha istisnolar bilan Yahudiylar behuda Xudoning nomini ishlatishga ta'qiqlangan amrni buzishdan qo'rqanlari uchun Uning ismidan foydalanishmagan.

Osmon shohligi va osmonning hursandchiligi ularda yashayotgan Xudoning Ruhi bor bo'lganlarning yuraklarida yashaydi. Eskilar jannat boshlarining tepasida va do'zax oyoqlari ostida deb o'ylashadi lekin biz Masih har doim biz bilan ekanini, hatto asrlar oxirigacha biz bilan ekanini bilamiz. Dunyoning g'am-tashvishlaridan qat'iy nazar, Iso bizga aytgandek, Uning bepayon hududlarida yashay olamiz, “Bularni sizlarga Menda hotirjam bo'lishingiz uchun aytdim. Dunyoda qayg'u alam chekasizlar; lekin dadil bo'linglar, Men dunyoni yengdim (Yuhanno 16:33).

Zavulun yeri va Naftoli yeri “G'ayriyahudiylarning jalilasi” bo'lib, bu Yahudiy qabilasini olib kelgan past va nafratlanarli holatini ko'rsatadi. “Zavulun” ismi “yuksalgan joyni” anglatadi (Ibtido 30:20). Zavulun uchun Yoqubning duosi ular “dengiz sohilida joylashadilar” edi (Ibtido 49:13). Bu yakka hayot kechiryotgan Xudo xalqining surati edi va “xalqlar orasida hisoblaniladi” (Sonlar 23:9), lekin ular boshqa xalqlar orasida aralashib ketishgan va tubanliklari bilan qoniqishgan (Zabur 105:35; Hoshea 7:8).

“Naftoli” ismi “kurashchim” (Ibtido 30:8). Bu kurashlarida Xudoga ishonganlari tufayli Uning ozodligining hursandchiligidagi Xudo xalqining surati edi (Ibtido 49:21). Ular kurashdan chekinganlarida, dushmanlar ularni siquvga olishni boshladilar.

Masihsiz bo'lganlar zulmatdadirlar. Hammasidan ham yomoni, ular bu holatda “o'tiribdilar.” Biz o'tirgan joyimizda uzoq holatda o'tirib, qolish uchun reja qilamiz. Zulmatdagi va u yerda qulaylikda bo'lgan ko'plar yo'lni bilib olishni rejalashritmaydilar. “Va bu nur dunyoga kelganligi va insonlar nurdan ko'ra ko'proq zulmatni sevganliklari; chunki ularning qilmishlari yomonlik” bo'lgan hukmdir (Yuhanno 3:19).

Isroil qabilalarining holati achinarli edi. Ko'plab buyuk va qudratli xalqlar bugun bir hil holatda va bunga achinib ibodat qilish kerak. Hatto bu bugun ham achinarliroqdir, chunki xalqlar atroflaridagi hamma xushxabar nuri bilan zulmatda o'tirishibdi. Bu kishi qorong'udadir chunki hozir qorong'u balki albatta quyosh qisqa muddat ko'tariladi, lekin u qorong'ulikdadir chunki bu kishi ko'r chunki uning ko'zlari ochilmaydi. Biz kunning nurimiz ammo agar bizda Xudoning nuri bo'lmasa bizdan nima foyda?

“Shohlik” so'zi donolik, hokimyat va ulug'vorlikni olib yuradigan shoh uchun ataladi. Masih o'limi va tirilishidan keyin, “Menga osmonda ham yerda ham butun hokimyat berilgandir” deb aytgan. Bu so'zlar orqali, U O'zini osmon shohligining shohidek e'lon qilgan. Biz Xudo shoh degan dalildan quvonamiz. Xudo bizni gunohdan qutqarish uchun va O'zi uchun Ruhidan tug'ilgan xalqini poklashga biz uchun O'zini bergan O'g'li orqali hukm suradi.

Masihning shohligi kelishi asta ro'y berdi. Birinchi xabarchi Yahyo keldi; keyin izdoshlariga nur olib keladigan va xalqi Xudo bilan munosabatda loyiq bo'lib yashashi uchun ularni poklaydigan Shoh Iso keldi. Keyin Xudoning shohligiga kirishimizga bizni ishontirib, imonlilari ustiga Isoning Ruhi keldi. Oxiri, Iso ulug'vorligida keladi va Uning shohligi yer yuzida hukmronlik qiladi. Xudo shohligining tarixi ulug'vor maqsad tomon rivojni, harakatni va o'sishni ko'rsatadi. Bu boshlangan, bu hozir bizdadir va bu o'zining ulug'vorligini va kuchini hamma ko'rish uchun ochiqdan-ochiq ko'rsatadi. Bu nima uchun biz shunday deb aytyotgan Isoni tinglashimizdir, “Tavba qiling, chunki osmon shohligi yaqindir.” Siz osmon shohligidamisiz yoki buning tashqidamisiz? Shuni unutmangki bu shohlik faqat shaxsiy najotingiz haqida emas. Bu xushxabarni eshitishni kutayotganlar tavba qilishlari uchun va samoviy Otalarining oilasida yangi tug'ilgan imonli bo'lishlari haqida hamdir.

IBODAT: Muqaddas Rabbiy, men Seni ulug'layman, chunki Sen men loqaydlarcha yashamasdan balki mehringni ko'rib va yaqinda kelishingni kutib ismingning kuchi orqali gunohlarimni tark etishim uchun tavba so'zini va shohliging haqidagi e'lonni qayta aytding. Sen menda hulqim orqali shohona Shohimni ulug'lashim uchun qat'iyatlikni, poklikni va muqaddaslikni yaratishingni so'rayman. Iltimos sevging shohligiga kelishni xohlaganlarni boshqar va ularni huzuringga taklif qilib yaqinlashtirish uchun meni yuborgin. Omin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun Yahyoning shunday ezgu xabarini takrorladi: “Tavba qilinglar, chunki osmon shohligi yaqindir?”

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:51 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)