Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 09 (You shall love the LORD your God with all your heart, with all your soul, and with all your strength)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean? -- Lingala? -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai? -- Turkish? -- Twi? -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 9 -- EGANG XUDOVANDni BUTUN qalbing bilan, BUTUN joning bilan va BUTUN onging bilan sevgin. (Qonunlar 6:5, Matto 22:37)


Xalq peshana teri bilan non yeb yurib, hayotlarida oldinga orqaga yurishadi (Ibtido 3:19). Ular hursandchilik va tinchlikni izlashar edi. Biroq ular Xudo haqida o'ylashmaydi; Xudo ularning kunlik tartiblarining qismi emas.

Ba'zi odamlar Qudratli Yaratguvchidan qo'rqadi. Ular yomon harakatlaridan afsusdalar, Muqaddas Xudoning g'azabidan qo'rqadilar va Hukm Kunidan qo'rqadilar. Ular ibodat qiladilar, ro'za tutadilar, ushr beradilar, ziyorat qilishni davom ettiradilar va Ollohni rozi qilish uchun Undan qo'rqadilar. Ular yaxshi ishlari ularni do'zaxdan qutqarishga yetarli emasligini tushunib yetmaydilar. Hatto jinlar ham Xudoga ishongani uchun daxshatdan titraydilar (Yoqub 2:19).

Haqiqatni izlovchilarning kichik soni ertalabdan kechgacha sekin asta yuzini atrofga egkan va quyosh nurini olib, pishib, ko'p "meva" keltiradigan kunga boqarga o'xshab nomoyon bo'ladi. Xudosi tomon kechikmasdan Unga qaytadigan kishi, Uning sevgi nurini oladigan va Undan ruhiy kuch to'playdigan kishi abadiy mevani yetishtiradi.

Siz qanday turdagi odamsiz? Bir kunda Xudoyingiz haqida va haqiqatdan ham Unga xizmat qilish haqida qancha minut o'ylaysiz? Ilohiy sevgi haqida yozilgan so'zlarni eslang:

Agar men insonlarning va farishtalarning tillarida gapirsam-u, LEKIN SEVGIM BO'LMASA,jaranglaydigan mis cholg'u, yangraydigan zang bo'lib qolaman. Agar bashoratgo'y bo'lsam, agar butun sirlardan voqif bo'lib, har qanday ilmni bilsam, agar tog'larni ko'chiradigan imonga ega bo'lsam-u, LEKIN SEVGIM BO'LMASA, men hech narsa emasman. (1 Korinfliklarga 13:1-2)

Eski Ahddagi eng muhim amr bu Egang XUDOVANDni butun qalbing bilan, butun yuraging bilan va butun kuching bilan sev deganidir. Biz o'zimizni tekshirishimiz kerak: Biz haqiqatdan ham Xudoni sevamizmi? Biz Uni butun yuragimiz bilan, butun qalbimiz bilan va butun kuchimiz bilan sevamizmi?

Bu amr haqida fikr yuritadigan kishi, o'zini past oladi va siniq bo'ladi, chunki u XUDO uchun sevgisi kamligini tushunib yetadi va shunday deb tan olishi kerak, "Men Uni butun yuragim bilan, qalbim bilan va kuchim bilan sevmayman! Mening fikrim va mehrim to'la XUDOda yashamaydi. Mening yuragim faqat Xudo uchun urmaydi, mening vijdonim Xudoning sevgisi bilan to'lmaydi va mening ichki borlig'im faqat Yaratguvchi tomon harakatlanmaydi. Men Qudratli Muqaddas Xudoni sevaman lekin Uni butun borlig'im bilan sevmaganman, chunki men ko'p vaqtimni, kuchimni va pulimni bu dunyoning o'lik narsalariga sariflayman."

Qudratli Xudo bizni tavba qilishimiz uchun va ko'z yoshlar bilan bizning o'zimiz sajda qiladigan butlar ekanimizni tan olishimizni kutadi, chunki biz o'zimizni butun yuragimiz bilan va butun kuchimiz bilan sevamiz. Biz butun marhamat Undan keladigan Xudoyimizni sevmaymiz. Bu bizning asl gunohimizdir.

Biz Xudoning g'azabiga loyiqmiz. Bizning jazomiz o'lim va do'zax bo'lishi kerak, chunki XUDO hayotimizda birinchi va oxirgi emas. Agar biz samimiy tavba qilmasak, biz hozir va to abad adashib yuramiz.

Yaratguvchi bizni tushunadi va biz gunohkor ekanimizni biladi. Bu haqiqatdan qat'iy nazar, U bizni sevadi va bizni tashlab ketmadi, chunki U bizga Xudo va insonlar oldida haqiqiy sevgini ko'rsatish uchun Maryam O'g'lini yubordi. Masih komil va samimiy ravishda eng muhim amr bilan hayot kechirgan. U shunday deb ibodat qilgan va shogirdlariga Rabbiyning Ibodatini o'rgatgan:

Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas isming ulug'lansin. Sening shohliging kelsin. Osmonda bo'lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo kelsin. Bugungi rizq-ro'zimizni bergin. Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin. Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan halos qilgin. Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuhrat to abad Senikidir. Omin. (Matto 6:9-13)

Masih O'zini ulug'lamadi, balki osmondagi ruhiy Otasini ulug'ladi va shunday deb tan oldi, "''Mening ovqatim - Meni Yuborganning irodasini ado etish, Uning yumishini bajo keltirishdan iboratdir" (Yuhanno 4:34).

Shunday qilib, Masih Xudo uchun O'zining haqiqati va komilligiga dalil keltirdi. Maryam O'g'li na Sufi va na darvish bo'lgan, chunki Xudoga bo'lgan Uning sevgisi hamma insonlar haqida Uning sevgisi orqali ta'sirli va tushunarli bo'lgan. U shaxarlarga va qishloqlarga piyoda tashrif buyurgan, hammaga Xudoning Ota ekanini aytgan, kasallarga shifo berdi, jinga chalinganlarni nopok ruhlardan ozod qilgan, o'liklarni tiriltirgan, bu dunyoning gunohini olgan va barcha xalqlarni Xudo bilan yarashtirib, ular uchun to'lov to'lagan. Masih bizni O'zining yagona to'lovi orqali barcha gunohdan tozalaydi. U Unga ishonib o'zini topshirgan kishi abadiy hayotga ega bo'lishi uchun bizning o'rnimizga Xudoning hukmini olib yurdi. Xudoning sevgisi Masihda gavdalandi. Biz Mehribon Xudo kabi mehrli bo'lishimiz uchun O'zining mehriga bizni o'zgartirishni istaydi.

Masih izdoshlarini gunohlaridan oqlab, ibodat qiladiganlarga va inoyatining kuchini kutadiganlarga Muqaddas Ruhini yog'diradi. Bu yaxshi Ruh Xudoning sevgisidir, havoriy Pavlus yozgani kabi, "Chunki bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimiz Xudo sevgisiga to'lib toshadi." (Rimliklarga 5:5).

Biz Xudoni butun yuragimiz bilan, butun qalbimiz bilan va butun kuchimiz bilan sevishimiz uchun va Unga xursandchilik va quvonch bilan xizmat qilishimiz uchun bizga bu Ruh ilohiy rahbarligini va nurini beradi. Bu Ruh Masih yashagani kabi yashash uchun va boshqalar uchun Unga ibodat qilishga bizni boshqaradi. Xudo bizga a'loqadorsiz amrlarga ergashishimiz uchun amr bermaydi; U bizga Unga yoqadigan hayot kechirishimiz uchun rahbarlik va kuch beradi.

Aziz kitobxon,
qora harfda yozilgan barcha oyatlarni yod oling, chunki ular Muqaddas Kitobdandir. Siz butun yuragingiz va ongingiz bilan Xudoni sevish uchun ulardan kuch olishingiz mumkin. Yuragingizga Xudoning sevgisining Ruhini yog'dirishi uchun Unga ibodat qiling.


Siz Xudoning amrlari va va'dalari haqida ko'proq o'qishni istaysizmi?

Biz fikrlash va ibodatlar bilan Masihning Xushxabarini sizga jo'natish uchun tayyorlandik. Bunda siz besh yuzdan ko'proq ilohiy amrlarni topasiz, va agar siz Xudo Ruhining yordamini istasangiz, U sizga ularni tushunishingiz uchun ruhiy kuchni beradi.


Xudoni va insonlarni sevish uchun do'slaringizga dalda bering.

Bu sahifani berish bilan yaqinlaringizga va do'stlaringizga Xudo sevgisi haqidagi xushxabarni taqdim eting. Agar siz bizga qancha bo'lisha olishingizni aytsangiz, biz sizga bu nushalarning sonidan yuborishdan boshimiz osmonga yetadi.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)